Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
65.5K subscribers
902 photos
347 videos
506 files
3.94K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo

Murojaat uchun: @savollar_murojaat_bot

Reklama: @XalqinfoREK
Download Telegram
#DIQQAT

Kelgusi yil uchun malaka oshirish shaklini o'qituvchining o'zi tanlaydi

Xalq ta'limi tizimida amalga oshirilgan eng katta islohotlardan biri pedagog xodimlarning kelgusi yil uchun qayerda va qanday shaklda malaka oshirishni shaxsan ularning o'zlari tomonidan ixtiyoriy asosda tanlanishini ko'rsatish mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli "Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi qaror nizomiga ko'ra, Reyestr orqali har yili 5-oktabrda navbatdagi kalendar yilda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari haqidagi ma’lumotlar kurslarni tashkil qiladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari hamda elektron platforma bo‘yicha barcha xodimlar e’tiboriga havola qilinadi.

Xalq ta’limi tashkilotining har bir xodimi, joriy yilning 6-oktabridan 15-oktabriga qadar, o‘z ehtiyoji va ixtiyoridan kelib chiqib, navbatdagi kalendar yilda malaka oshiradigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotini tanlaydi.

☝️Shu munosabat bilan bugundan 15-oktabr qadar har bir pedagog xodim "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida REYESTR qismi orqali kelgusi yil uchun malaka oshirish shaklini tanlashlari so'raladi.

👨🏻‍🏫 Ilk bor ro'yxatdan o'tganlar uchun yo'riqnoma: https://avloniy.uz/uz/resource-center/curricula/93

🧑🏻‍💻 Reyestrda malaka oshirish shaklini tanlash bo'yicha videoyo'riqnoma: https://t.me/video_yoriqnoma/51


❗️A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring 👇👇

Telegram |Facebook |Website|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔 #DIQQAT 🔔

ORIENTAL (AL-BUXORIY) UNIVERSITETIDA QABUL DAVOM ETMOQDA!

ORIENTAL UNIVERSITETI
– bu yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilar tarkibi, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy moddiy-texnik vositalar, qishki va yozgi sport maydonchalari va talabalar uchun qulay ta’lim olish muhiti demakdir.

✍️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari;
🎓MAGISTRATURA mutaxassisliklari.

✍️ Bakalavriat bosqichida quyidagi ta’lim shakllari mavjud:
➡️ Kunduzgi;
➡️ Kechki;
➡️ Sirtqi.

🗣️Universitetga o‘qishga kiring va yuqori malakali kadrga aylaning, karyerangizni biz bilan birgalikda quring.

☎️ Call markaz:
1-bino: Lokatsiya.
+99895-501-24-42
+99895-500-24-42

2-bino: Lokatsiya
+998955152442;
+998955122442.

📄 Hujjatlarni online topshirishingiz mumkin👇👇👇
oriental-edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Maktab o‘qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish muddatlari bilan tanishing

Demak, 4–15-dekabr kunlari respublika bo'yicha barcha o‘qituvchilar o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha test topshiradilar. Fan o'qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish muddatlari quyidagicha:

4-dekabr kuni

O‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari (ona tili va adabiyoti);
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari.

4–5-dekabr kunlari

Rus tili fani (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda) o‘qituvchilari.

5–6-dekabr kunlari

Ingliz tili fani o‘qituvchilari;
Nemis tili fani o‘qituvchilari.

6-dekabr kuni

Fransuz tili fani o‘qituvchilari;
Davlat (o‘zbek) tili fani o‘qituvchilari;
Davlat (qoraqalpoq) tili fani o‘qituvchilari;
Kimyo fani o‘qituvchilari;
Rus tili va adabiyoti fani (rus sinflarda) o‘qituvchilari;
Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari.

7-dekabr kuni

Biologiya fani o‘qituvchilari;
Geografiya fani o‘qituvchilari;
Fizika fani o‘qituvchilari.

7–9-dekabr kunlari

Matematika fani o‘qituvchilari.

9-dekabr kuni

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari.

9–11-dekabr kunlari

Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari.

11-dekabr kuni

Tarix fani o‘qituvchilari;
Davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchilari;
Musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari.

11–12-dekabr kunlari

Tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchilari.

12-dekabr kuni

Texnologiya fani o‘qituvchilari;
Iqtisodiy bilim asoslari fani o‘qituvchilari;
Tarbiya fani o‘qituvchilari;
Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari.

13–15-dekabr kunlari

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (o‘zbek sinflarda).

15-dekabr kuni

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (qoraqalpoq sinflarda);
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari (rus sinflarda).

Maktab o‘qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazishning Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar kesimidagi reja-jadvali va o'tkazilish kun, soati haqidagi qo'shimcha ma'lumotlarni quyidagi reja-garfik bilan tanishib, bilib olishingiz mumkin.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Diagnostika testiga ilk tayyorgarlik: “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasidan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha YOʻRIQNOMA


Xabaringiz bor, joriy yilning 4-15 dekabr kunlari oʻtkaziladigan Diagnostika jarayonlari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali onlayn ravishda tashkil etiladi.

A.Avloniy nomidagi milliy- tadqiqot instituti tomonidan pedagoglarning diagnostika testini topshirishlari boyicha videoyo‘riqnoma ishlab chiqildi.

Diagnostika testida o‘qituvchilar o‘zlarining ish joylarida va qulay sharoitlarda testlarni topshirishlari mumkin. Testlarni barcha gadjetlar, ya’ni, kompyuter, telefon, planshet, noutbuklar yordamida topshirish imkoniyatlari yaratilgan.

Maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazishdan asosiy maqsad, o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash orqali malaka oshirish kurslarini tashkil etishdir.

📄YO‘RIQNOMA matn shaklda

Murojaat va savollarga @onlinedu_uz_bot orqali javob beriladi.

Eslatib o'tamiz, platformadan ro'yxatdan o'tgan pedagoglar to'g'ridan-to'g'ri diagnostika testlarida qatnashishlari mumkin.

Manba

👉@xalqtaliminfo
#Diqqat

O'qituvchilarga malaka toifa berishning yangi tartibi bo'yicha tajriba-sinovlar quyidagi manzillarda o'tkaziladi

Xabaringiz bor, joriy yilning 5–7-dekabr kunlari pedagoglar uchun malaka toifa berishning yangi tartibi asosida tajriba-sinov jarayonlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Tajriba-sinov jarayonlari quyidagi manzillarda o'tkazilishi belgilandi
:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
6-dekabr kuni Qorao'zak tumanidagi 26-maktab (Qorao‘zak tumani, Yesim MFY, Bereket ko‘chasi, 1-uy)da;

Andijon viloyati
6–7-dekabr kunlari Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish hududiy markazi (Andijon shahri Istiqlol ko‘chasi 8-uy)da;

Buxoro viloyati
6-dekabr kuni Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish hududiy markazi (Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasi 15-uy)da;

Jizzax viloyati
6–7-dekabr kuni Jizzax shahridagi 8-umumta’lim maktabi (Jizzax shahri Uchariq mahallasi O‘zbekiston ko‘chasi 48-uy)da;

Qashqadaryo viloyati
6–7-dekabr kuni Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish hududiy markazi (Qarshi shahar Olimlar ko‘chasi 2-uy)da;

Farg'ona viloyati
6–7-dekabr kunlari Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish hududiy markazi (Farg‘ona shahri K.Bekzod ko‘chasi 2-uy)da;

Navoiy viloyati
6-dekabr kuni Navoiy shahridagi 8-maktab (Navoiy shahri Gʻalaba Shoh ko‘chasi 129-uy)da;

Namangan viloyati
6-dekabr kuni Yangi Namangan tumanidagi 86-maktab (Yangi Namangan tumani, Yoshlik MFY, 2-Tabarruk ko‘chasi 10-uy)da;

Surxondaryo viloyati
6–7-dekabr kunlari Termez shahridagi 26-maktab (Termiz shahar Kattabogʻ MFY Farovon massivi 2-mavze, 7-manzilgoh)da;

Samarqand viloyati
6–7-dekabr kunlari Urgut tumanidagi 154-maktab (Urgut tumani Mergancha massivi Mergancha MFY)da;

Sirdaryo viloyati
6–7-dekabr kunlari Sayxunobod tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab (Sayxunobod tumani, Shodlik mahallasi Ravonlik ko‘chasi 249-uy)da;

Xorazm viloyati
6–7-dekabr kunlari IT PARK Xorazm viloyati filiali (Urganch shahar, Tinchlik ko'chasi, 6 "a"-uy)da;

Toshkent shahri
5-dekabr kuni Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy (Mo‘ljal: Metroning "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi)da;

Toshkent viloyati
Toshkent viloyati (Bo‘ka va Ohangaron tumanlari) 6–7 dekabr kunlari Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy (Mo‘ljal: Metroning "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi)da.

Manba

👉@xalqtaliminfo
#Diqqat

⚡️8-dekabr barcha xodimlar uchun dam olish kuni bo‘lib, bu kunga to‘g‘ri kelib qolgan dars mavzulari ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi

Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bo'lib, barcha xodimlar uchun ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida Nizom"ning 25-bandiga ko'ra mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari esa o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Diqqat #Attestatsiya

ATTESTATSIYA IMTIHONI ga tayyorlanishda o'qituvchilar tomonidan ENG KO'P QILINADIGAN 3 XATO haqida bilarmidingiz?

Aynan shu xatolar sababli o'tgan imtihonda 82,6 FOIZ o'qituvchi yomon natija bilan imtihonni yakunladi!

Pastdagi BATAFSIL MA'LUMOT tugmasini bosib, bu xatolarni bilib olishingiz mumkin.

Reklama
#Diqqat

Diagnostika testida texnik sabablarga ko'ra ishtirok etamagan pedagoglar qayta test topshirishi mumkin


Diagnostika jarayonlaridagi ishtirokchilar qamrovini oshirish hamda barcha o‘qituvchilarning ishtirok etish huquqini ta’minlash maqsadida, diagnostika testlarida ishtirok etmagan hamda texnik holatlar kuzatilgan oʻqituvchilar uchun joriy yilning 18-19 dekabr kunlari diagnostika testlarida ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Diagnostika testida ishtirok etamagan pedagoglar quyidagi sanalarda test topshirishi mumkin:

18-dekabr kuni

Fizika
Matematika
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
Informatika va axborot texnologiyalari
Tarix
Davlat va huquq asoslari
Musiqa madaniyati
Tasviriy san’at va chizmachilik
Texnologiya
Iqtisodiy bilim asoslari
Tarbiya
Maxsus maktab internatlari tarbiyachilari
Boshlang‘ich ta’lim

19-dekabr kuni

O‘zbek tili va adabiyoti (Ona tili va adabiyoti)
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
Rus tili (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda)
Ingliz tili
Nemis tili
Fransuz tili
Davlat (o‘zbek) tili
Davlat (qoraqalpoq) tili
Kimyo
Rus tili va adabiyoti (rus sinflarda)
Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari
Biologiya
Geografiya

Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

O‘qituvchilar attestatsiyadan o‘tayotganda maktabdan taqdim etiladigan 20 ballik ma'lumotnoma berish tartibi bekor qilindi


Ma'lumki, ilgari attestatsiyaga jalb qilinadigan o‘qituvchilar faoliyati birinchi bosqichda ta'lim muassasasining pedagogik (kuzatuv) kengashlari tomonidan o‘rganilib, 20 ballik tizimda baholanib, ularga ma'lumotnoma berilardi.

Bu ma'lumotnoma esa o'qutuvchilarga attestatsiya test natijalaridan tashqari 20 ballgacha yig'ib olish imkonini berardi.

Ikkinchi bosqichda esa o‘qituvchining bilimlari test orqali 80 ballik tizimda baholanib, ikki bosqich yakunlariga ko‘ra to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ko‘rsatkich 100 ballga teng bo'lardi.

Pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibiga ko'ra, endi maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagoglari uchun ta'lim tashkilotidan 20 ballik ma'lumotnoma berilmaydigan bo'ldi.

Endi pedagog kadrlar uchun attestatsiyaning birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.

Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi. Bunda har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

Shunda ikki bosqich yakunlariga ko‘ra to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ko‘rsatkich 100 ballga teng bo'ladi.

Ma'lumot uchun: Pedagoglar faoliyatini 20 ballik tizimda baholab, ularga ma'lumotnoma berish tartibi faqatgina o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkiloti pedagog kadrlari uchun saqlanib qoldi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili o‘qituvchilar attestatsiyadan o‘tayotganda maktabdan beriladigan 20 ballik tizimga ishonchsizlik bo‘layotgani, shu sababli bu tartib tez orada bekor qilinishi mumkinligi haqida xabar bergandik.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Vazir ustamasiga da'vogarlik qiladigan pedagoglarga yanvar oyida 1-bosqich test sinovlari o‘tkazilishi reja qilinmoqda


Xabaringiz bor o'tgan o'quv yilidan boshlab vazir jamg'armasi tashkil etilib, ushbu jamg'arma hisobidan maktablarda faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lash yo'lga qo'yilgan.

O'tgan o'quv yilida amaldagi tartib bo'yicha barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 1697 nafar pedagog xodimlarga vazir jamg'armasi hisobidan ustamalar tayinlangan.

Bu yil pedagoglarga vazir ustamasini tayinlash bo'yicha hech qanday harakatlar olib borilmayotganini ko'rgan pedagoglar vazir jamg'armasi hisobidan beriladigan ustamalar to'xtatildimi deb savol bera boshladi.

Shuning sababli biz bu mavzuda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ul xodimlari bilan suhbatlashib, ulardan javob oldik.

Ma'lum bo'lishicha, pedagoglarga vazir jamg'armasi hisobidan ustama tayinlash bo'yicha ishlar ketmoqda. Yanvar oyida esa mazkur ustamaga da'vogarlik qiladigan pedagoglarga 1-bosqich test sinovlari o‘tkazilishi reja qilingan.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Diqqat

Ertadan boshlab menejerlik o‘quv kurslarida o'qish istagida bo'lgan direktorlikka nomzodlar uchun ro'yxatdan o'tish boshlanadi


Xabaringiz bor endi maktab direktorligiga nomzodlar har 5 yilda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutidagi menejerlik o‘quv kurslarida o'qib, sertifikat olishi belgilandi.

Menejerlik o‘quv kurslarida o'qish istagida bo'lgan nomzodlar uchun ro'yxatdan o'tish ertadan, 16-yanvardan boshlanadi.

Buning uchun nomzodlar manager.uzedu.uz platformasidan ro'yxatdan o'tishlari lozim. Ro'yxatga olish jarayoni yakunlangach, joriy yil 1-fevraldan boshlab o'quv kurslariga start beriladi.

Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ishtirokida bo'lib o'tgan brifingda ma'lum qilindi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat #2024Attestatsiya

❗️2024-yil bahorgi ATTESTATSIYA IMTIHONI qay yo'sinda bo'lishi ma'lum bo'ldi

2024-YIL BAHORGI ATTESTATSIYA IMTIHONI ga tayyorlanishda o'qituvchilar tomonidan 3 ta ENG KO'P QILINAYOTGAN xatolarni aniqladik.

Aynan shu xatolarni qilayotgan o'qituvchilarning juda katta qismi bu ketishda IMTIHONDAN O'TOLMAYDI.

❗️Xuddi shu xatolarni qilmasligingiz uchun biz bu haqida batafsil ma'lumot berdik.

Pastdagi BATAFSIL MA'LUMOT tugmasini bosib, bu xatolar nima ekanligini bilib olishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM