#Mulohaza
Maqsadi yo'q abituriyentlar tayyorlaydigan tizim yaratyapmizmi?
Maʼlumki, 2024-yildan boshlab abituriyentlar avval test ishlab ko'rib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydigan tizim joriy qilinyapti. Bu O‘zbekiston sharoitida, ayniqsa bizning hozirgi qarashlarimizni hisobga olsak, ko‘zlagan maqsadimizga olib boruvchi eng oson yo‘l hisoblanadi.
Lekin bu masalaga boshqa tomondan qaraydigan bo‘lsak, eng noto‘g‘ri yo‘l bo‘lishi ham mumkin. Yangi tizim bo‘yicha shifokor bo'lishni maqsad qilgan abituriyent oldin imtihon topshirib ko‘radi, agar past ball yig‘sa, bir yil yo‘qotmaslik uchun biologiya yo‘nalishini tanlashi mumkin bo‘lyapti.
Tasavvur qilyapsizmi, bu yerda bo‘lajak kadrning kim bo‘lishi umuman qiziq emas, maqsad yo‘q. Faqat oliygohga kirib, diplomli bo‘lsa bo‘lgani. Taʼlim tizimi uchun ham o‘quvchining kim bo‘lishidan ko‘ra, uning oliygohga kirib maktab reytingini ko‘tarishi muhimroq.
Biz raqamlar ketidan quvmasligimiz kerak. Hozir biz bolalarga maktabdanoq aniq maqsad qo‘yishni va bu maqsad qanaqadir ball yoki boshqa bir sabablar tufayli o‘zgartirmaslikni o‘rgatish o‘rniga ularga boshqa narsani targ'ib qilyapmiz.
Sizningcha, o‘zi umuman boshqa bir kasb egasi bo‘lishni istagan, lekin biroz ball yetmay qolgani uchun o‘qituvchilikni tanlagan kadrdan yaxshi pedagog chiqadimi? Shuning uchun hamma bilimi yetgan joyga emas, topshirayotgan yo‘nalishiga yarasha bilimga ega bo‘lishga harakat qilishi kerak deb o‘ylayman.
Eng muhimi yoshlarimizda aniq maqsad bo‘lishi kerak. Maqsadi yo‘q kadrlar tayyorlash uchun sharoit yaratib berib, ularni tizimga to‘playversak, yana 30 yildan keyin ham dunyo hamjamiyatining ta'lim yonalishida hech qanday o‘rnimiz bo‘lmaydi.
© Ulug'bek Po'latov
👉https://t.me/xalqtaliminfo

Telegram
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
Ambassador of @profiuniversity
www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo
Savol yuborish vaqtincha cheklangan.
Reklama: @XalqinfoREK
Guvohnoma: №146004

Maktab formasi o‘quvchilarga erkin harakatlanishi uchun imkon berishi kerak
Maktab formasi deganda juda ko‘pchilik oq ko‘ylak, qora kostyum-shim, galstuk va tuflini tushunadi. To‘g‘ri, bular namunaviy maktab formasi bo‘lishi mumkindir lekin bu ko‘pchilikka noqulaylik tug‘diradi.
O‘quvchidan aynan an’anaviy ko‘rinishdagi oq ko‘ylak, qora kostyum-shim va tufli talab qilish, ularga hozirdan galstuk taqtirish menimcha shart emas.
Masalan, o‘quvchilar biz o‘rganib qolgan an’anaviy ko‘rinishdagi oq ko‘ylak, qora kostyum-shim emas balki, oq futbolka (polo) yoki oq qishki kiyim kiyishlari ham mumkin. Oyoqlariga esa aynan tufli emas o‘zlariga qulay bo‘lgan boshqa poyabzal kiysa ham bo‘ladi.
Oq futbolka (polo) va "krossovka" maktab formasi emas deyish ham biroz noto‘g‘ri bo‘lsa kerak. Chunki majburiy forma joriy qilingan vaqtlarda ham oq ko‘ylak hamda poyabzal maktab formasi to‘plamiga kiritilmagandi.
Demak, oq futbolka (polo) va "krossovka" kiyish maktab formasiga qo‘yilgan talablarni ham buzmaydi. Shuning uchun maktab ma’muriyati mana shu narsalarni hisobga olib qo‘ysa zarar qilmasa kerak.
O‘quvchilar ta’lim muassasasiga odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan kiyimda kelmasalar bo‘lgani. Nima bo‘lgan taqdirda ham maktab formasi o‘quvchilarga erkin harakatlanishi uchun imkon berishi kerak deb hisoblayman.
Yuqoridagi fikrlarga qo‘shilmaydiganlar bo‘lsa, unda o‘zingiz bir kun oq ko‘ylak, kostyum-shim, galstuk va tuflida ishlang boshqa kuni esa oq futbolka (polo) va yengil "krossovka"da ishlab ko‘ring. Shunda ular o‘rtasidagi farq yaqqol seziladi.
Ta’limning maqsadi barcha o‘quvchilarni bir xil "ramkaga" solish emas, balki sifatli ta’lim berish bo‘lishi kerak. O'quvchilar qora kostyum-shim va tufli kiyib olsa PISA tadqiqotlaridagi natijalarimiz yuqorilab qolmaydi.
© Ulug'bek Po'latov
Telegram | Instagram | YouTube |

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mulohaza
O'qituvchilar malaka oshirish shaklini emas, uning sifatini ko'proq muhokama qilishlari kerak
So'ngi paytlarda malaka oshirish tizimi, ayniqsa diagnostika test jarayonlari juda ko'p muhokama bo'lyapti. Eng ko'p muhokama qilinayotgan mavzu onlayn yoki offlayn shaklda malaka oshirish tizimidir.
Aslda bu muhokama qiladigan narsa emas. Chunki, o'qituvchilar shaklga emas uning sifatiga ko'proq ahamiyat berishlari lozim.
Malaka oshirish kurslarida nimalar o'rgatilyapti, maktab o'qituvchisiga dars berayotgan pedagoglarning bilim saviyasi, pedagogik mahorati yaxshimi, bir hafta mobaynida malaka oshirgan o'qituvchilar o'zida biron-bir o'zgarish sezyaptimi degan savollarni o'rtaga tashlab, kamchiliklarni bartaraf qilishga hissa qo'shishi kerak.
Ko'pchilik o'qituvchilar quyidagi "muammoli" savollarni yozdi: "Endi onlayn malaka oshirishga vazirlik ruxsat bermas ekanmi?", "Vazirlikning bunga haqqi bormi?", "Nima uchun o'qituvchilarni qiynab, onlayn malaka oshirishni bekor qilishyapti?".
Ochig'i bu savollarga vazirlik javob beradi va javob berilgan taqdirda ham bu ta'lim sifati uchun xizmat qilmaydi. Menimcha, malaka oshirishning shakli unchalik muhim emas. Eng muhim narsa u yerda nimalar o'rgatilishi.
Undan ko'ra malaka oshirish tizimi bo'yicha takliflar beraylik. Nimalar sizga yoqmaydi, qaysi mavzular sizga kerak emas, qaysi pedagoglarning darsida hech nima o'rganolmayapsiz? Mana shularni ko'proq muhokama qilishimiz kerak.
Bu orqali siz kimnidir shaxsiyatiga tegmaysiz, vazirlik yoki malaka oshirish institutuni obro'siga putur yetkazmaysiz. Aksincha, bu orqali ularga yordam bergan bo'lasiz.