Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov
65.3K subscribers
1.06K photos
375 videos
507 files
4.14K links
Ambassador of @profiuniversity

www.xalqtaliminfo.uz sayti rasmiy kanali.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: http://myurls.co/xalqtaliminfo

Savol yuborish vaqtincha cheklangan.

Reklama: @XalqinfoREK

Guvohnoma: №146004
Download Telegram
#Sõragan_edingiz

Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari 4–15-dekabr kunlari o'tkaziladigan diagnostika testida qatnashmaydimi?

#Savol
O'qituvchilarni diagnostika testidan o'tkazish to'g'risidagi vazirlik buyrug'i ilovasida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari yo'q ekan. Ular testda ishtirok etishmaydimi?

#Javob
Diagnostika testini o'tkazishdan maqsad o‘qituvchilar malakasini tabaqalashtirilgan holda oshirish tizimini joriy etishdir. Bu jarayonlar 2024-yil yanvar oyidan boshlab to'liq joriy etilishi munosabati bilan diagnostika natijalariga ko‘ra o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash reja qilingan.

Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining malaka oshirish tartibi esa biroz boshqacharoq. Shu sababli ular testda ishtirok etadigan fan o'qituvchilari ro'yxatida yo'q.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-iyuldagi "Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari" to‘g‘risidagi 355-sonli qaroriga ko‘ra jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari to‘rt yilda kamida bir marta malaka oshirishlari belgilangan.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Diagnostika testiga ilk tayyorgarlik: “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasidan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha YOʻRIQNOMA


Xabaringiz bor, joriy yilning 4-15 dekabr kunlari oʻtkaziladigan Diagnostika jarayonlari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali onlayn ravishda tashkil etiladi.

A.Avloniy nomidagi milliy- tadqiqot instituti tomonidan pedagoglarning diagnostika testini topshirishlari boyicha videoyo‘riqnoma ishlab chiqildi.

Diagnostika testida o‘qituvchilar o‘zlarining ish joylarida va qulay sharoitlarda testlarni topshirishlari mumkin. Testlarni barcha gadjetlar, ya’ni, kompyuter, telefon, planshet, noutbuklar yordamida topshirish imkoniyatlari yaratilgan.

Maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazishdan asosiy maqsad, o‘qituvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash orqali malaka oshirish kurslarini tashkil etishdir.

📄YO‘RIQNOMA matn shaklda

Murojaat va savollarga @onlinedu_uz_bot orqali javob beriladi.

Eslatib o'tamiz, platformadan ro'yxatdan o'tgan pedagoglar to'g'ridan-to'g'ri diagnostika testlarida qatnashishlari mumkin.

Manba

👉@xalqtaliminfo
Vazir o‘rinbosari bilan ta'limga oid masalalarni muhokama qildik

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Komilov Temurjon Kalandarovich bilan uchrashib, pedagoglarni qiynab kelayotgan ayrim muammoli masalalarni muhokama qildik.

Shuningdek, Xalq ta'limi Info tahririyatining vazirlik bilan o‘zaro hamkorlik masalalari va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir qancha loyihalar haqida ham gaplashib oldik.

Uchrashuvda Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Laylo Rustamova ham ishtirok etib, biz amalga oshirmoqchi bo‘lgan loyihalarga o‘z fikr va takliflarini bildirib o‘tdi.

Pedagoglarni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf qilish uchun esa shu zahoti mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bu haqida keyinroq yana to‘xtalib o‘tamiz.

Xullas, bugungi uchrashuv juda yaxshi o‘tdi. Shu o‘rinda taklifimizga yo‘q demay biz bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatgan Komilov Temurjon Kalandarovichga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

👉@xalqtaliminfo
#Diqqat

O'qituvchilarga malaka toifa berishning yangi tartibi bo'yicha tajriba-sinovlar quyidagi manzillarda o'tkaziladi

Xabaringiz bor, joriy yilning 5–7-dekabr kunlari pedagoglar uchun malaka toifa berishning yangi tartibi asosida tajriba-sinov jarayonlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Tajriba-sinov jarayonlari quyidagi manzillarda o'tkazilishi belgilandi
:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
6-dekabr kuni Qorao'zak tumanidagi 26-maktab (Qorao‘zak tumani, Yesim MFY, Bereket ko‘chasi, 1-uy)da;

Andijon viloyati
6–7-dekabr kunlari Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish hududiy markazi (Andijon shahri Istiqlol ko‘chasi 8-uy)da;

Buxoro viloyati
6-dekabr kuni Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish hududiy markazi (Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasi 15-uy)da;

Jizzax viloyati
6–7-dekabr kuni Jizzax shahridagi 8-umumta’lim maktabi (Jizzax shahri Uchariq mahallasi O‘zbekiston ko‘chasi 48-uy)da;

Qashqadaryo viloyati
6–7-dekabr kuni Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish hududiy markazi (Qarshi shahar Olimlar ko‘chasi 2-uy)da;

Farg'ona viloyati
6–7-dekabr kunlari Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish hududiy markazi (Farg‘ona shahri K.Bekzod ko‘chasi 2-uy)da;

Navoiy viloyati
6-dekabr kuni Navoiy shahridagi 8-maktab (Navoiy shahri Gʻalaba Shoh ko‘chasi 129-uy)da;

Namangan viloyati
6-dekabr kuni Yangi Namangan tumanidagi 86-maktab (Yangi Namangan tumani, Yoshlik MFY, 2-Tabarruk ko‘chasi 10-uy)da;

Surxondaryo viloyati
6–7-dekabr kunlari Termez shahridagi 26-maktab (Termiz shahar Kattabogʻ MFY Farovon massivi 2-mavze, 7-manzilgoh)da;

Samarqand viloyati
6–7-dekabr kunlari Urgut tumanidagi 154-maktab (Urgut tumani Mergancha massivi Mergancha MFY)da;

Sirdaryo viloyati
6–7-dekabr kunlari Sayxunobod tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab (Sayxunobod tumani, Shodlik mahallasi Ravonlik ko‘chasi 249-uy)da;

Xorazm viloyati
6–7-dekabr kunlari IT PARK Xorazm viloyati filiali (Urganch shahar, Tinchlik ko'chasi, 6 "a"-uy)da;

Toshkent shahri
5-dekabr kuni Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy (Mo‘ljal: Metroning "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi)da;

Toshkent viloyati
Toshkent viloyati (Bo‘ka va Ohangaron tumanlari) 6–7 dekabr kunlari Toshkent shahri, Beruniy ko‘chasi 83-A-uy (Mo‘ljal: Metroning "Tinchlik" bekati, "IMZO" firmasining eski binosi)da.

Manba

👉@xalqtaliminfo
Diagnostika testi bo'yicha call-markazi ishga tushirildi

Maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilayotgan Diagnostika testlari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan savollarga tezkor javob berish maqsadida, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining yagona call-markazi ishga tushirildi.

Savollaringiz bo'lsa, 55-508-0667 telefon raqamiga murojaat qiling va Diagnostika murojjatlari bo‘yicha 1 (bir) raqamini tanlang.

Shuningdek, hududlar kesimida ham Diagnostika bo'yicha savollarga javob beriladigan telefonlariga mas’ullar biriktirildi.

Quyida hududlar kesimida bog‘lanish uchun telefonlar:

1.Toshkent shahri — 99-181-80-98

2.Navoiy viloyati — 94-680-94-49

3.Andijon viloyati — 99-647-15-04

4.Buxoro viloyati — 95-083-30-33

5.Jizzax viloyati — 99-077-54-34

6.Qashqadaryo viloyati — 95-727-55-58

7.Namangan viloyati — 93-705-13-19

8.Samarqand viloyati — 99-629-68-06

9.Surxondaryo viloyati — 90-372-65-80

10.Sirdaryo viloyati — 90-000-80-78

11.Toshkent viloyati — 93-973-08-19

12.Farg‘ona viloyati — 95-414-55-58

13.Xorazm viloyati — 90-808-84-87

14.Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 97-357-79-76

Manba

👉@xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

Qaysi toifadagi pedagoglar 4–15-dekabr kunlari o'tkaziladigan diagnostika testida ishtirok etmaydi?


Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'i bilan o‘qituvchilar 4–15-dekabr kunlari o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha test topshiradilar.

Quyidagi toifadagi pedagoglar diagnostika testlarida ishtirok etmaydi:

Maktab direktori;

Direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari;

Direktorning o'quv-ishlari bo'yicha o'rinbosari;

*Shuningdek, boshqa toifadagi rahbar xodimlar;

Maktabda dars berayotgan talabalar;

Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari

Tojik, Qozoq, Qirg'iz, va Turkman tili va adabiyoti fani o'qituvchilari.

❗️Izoh: *CHQBT rahbarlari – Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi sifatida ushbu diagnostika testida ishtirok etadi. Shuningdek, maktab amaliyotchi psixologlari ham ushbu testga jalb etiladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

Maktabda dars berayotgan rahbar xodimlar ham diagnostika testida ishtirok etishi kerakmi?


Eʼtibor bergan bo‘lsangiz diagnostika test jarayoniga asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan fan o‘qituvchilari jalb qilinmoqda. Chunki asosiy maqsad o‘qituvchilar malakasini tabaqalashtirilgan holda oshirish tizimini joriy etishdir.

Yaʼni, ushbu diagnostika testlarida faqat asosiy ishi o‘qituvchilik bo‘lgan pedagog xodimlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Shu sababli, rahbarlik lavozimiga qo‘shimcha ravishda dars ham o'tayotgan rahbar xodimlar ushbu testlarga jalb qilinmaydi.

Shuni ham alohida qayd etib o‘tish lozimki, agar pedagogning asosiy ishi o‘qituvchilik bo‘lib, rahbarlik lavozimi unga vaqtincha yuklatib turilgan bo‘lsa, bu toifadagi pedagoglar diagnostika jarayoniga jalb qilinishi lozim.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Diqqat

⚡️8-dekabr barcha xodimlar uchun dam olish kuni bo‘lib, bu kunga to‘g‘ri kelib qolgan dars mavzulari ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi

Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bo'lib, barcha xodimlar uchun ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risida Nizom"ning 25-bandiga ko'ra mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi.

Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari esa o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Bugun quyidagi fan o'qituvchilari uchun diagnostika test jarayonlari bo'lib o'tadi

Rus tili fani (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda) o‘qituvchilari:

Namangan va Samarqand viloyatidagi Rus tili fani (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda) o‘qituvchilari uchun soat 09:00-10:00 ga qadar;

Xorazm va Farg'ona viloyatidagi Rus tili fani (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda) o‘qituvchilari uchun soat 10:00-11:00 ga qadar;

Toshkent viloyatidagi Rus tili fani (o‘zbek va qardosh tillardagi sinflarda) o‘qituvchilari uchun soat 11:00-12:00 ga qadar.

Ingliz tili fani o‘qituvchilari:

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Buxoro viloyati Ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun soat 12:00-13:00 ga qadar;

Andijon va Jizzax viloyati Ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun soat 13:00-14:00 ga qadar;

Qashqadaryo viloyati Ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun soat 14:00-15:00 ga qadar;

Navoiy va Namangan viloyati Ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun soat 16:00-17:00 ga qadar;

Samarqand viloyati Ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun soat 15:00-16:00 ga qadar;

Surxondaryo va Toshkent shahar Ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun soat 17:00-18:00 ga qadar;

Sirdaryo va Toshkent viloyati Ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun soat 11:00-12:00 ga qadar.

Nemis tili fani o'qituvchilari:

Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyati Nemis tili fani o'qituvchilari uchun soat 14:00-15:00 ga qadar;

Namangan va Samarqand viloyati Nemis tili fani o'qituvchilari uchun soat 16:00-17:00 ga qadar.

Ertaga, 6-dekabr kungi diagnostika test jarayonlarida ishtirok etadigan o'qituvchilar haqida keyinroq ma'lumot beramiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Sõragan_edingiz

Diagnostika test sinovida ma'lum bir sabablarga ko'ra qatnasholmay qolgan o'qituvchilar nima qiladi?


Test sinovi jarayonida uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan maktab o‘qituvchilari vazirlik ruxsati bilan alohida grafik asosida diagnostikadan o‘tkaziladi.

Test sinovida uzrli sabablarsiz ishtirok etmaganlar diagnostikada nol ball olgan deb hisoblanadi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Qashqadaryo_tajribasi

Olis hududdagi maktablarda ishlaydigan o'qituvchilarga qo'shimcha kompensatsiya pullarini to'lab bermaslikning yo'lini topishibdi

Ma'lumki, Prezidentning 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qaroriga ko'ra olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi to'lab berilishi belgilangandi.

Ammo Qashqadaryo viloyati hokimligi ayrim o'qituvchilarga ushbu to'lovlarni to'lab bermoqchi emas. Viloyat hokimligi olis hududda ishlash uchun kelgan pedagoglarni ishga joylashtirishdagi ayrim talablar bajarilmaganligini sabab qilib ko'rsatgan.

Amaldagi tartibga ko'ra olis hududdagi ta'lim muassasasida ishlash istagida bo'lgan talabgor viloyat hokimligi bilan belgilangan imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha shartnoma imzolashi hamda hokim mas’ul o‘rinbosari tavsiyanomasini olishi kerak edi.

Ammo olis hududdagi ta'lim muassasasida ishlash istagida bo'lgan pedagoglarga buning tartibi to'liq tushuntirilmasdan ular to'g'ridan-to'g'ri maktabga ishga qabul qilib yuborilgan.

Bizningcha, olis hududlar ro'yxatiga kiritilgan ta'lim muassasalari mavjud bo'lgan viloyat hokimliklari o'qituvchilarga bu borada tushuntirish ishlarini olib borishi, bu toifadagi maktablarda ishlash istagini bildirgan talabgorlarni belgilangan tartib bo'yicha ishga qabul qilishni nazoratga olishi kerak edi.

Qashqadaryo viloyat hokimligi esa bunday qilmagan. (yoki ataylab jim turgan bo'lishi ham mumkin) Endi esa ishga qabul qilib bo'lingan ayrim pedagoglarga bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joy ijarasi uchun kompensatsiyani to'lab berishdan bosh tortmoqda.

Aslida bu masalani kanalda e'lon qilmay hal qilishga juda ko‘p urindik. Bu borada O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi hududiy bo'linmasi bizga ancha ko'maklashdi. Ammo viloyat hokimligi rasmiy xat orqali ham ushbu to'lovlarni baribir to'lab bermasligini ma'lum qilibdi.

Bu olis hududdagi maktablarda ishlaydigan o'qituvchilarga qo'shimcha kompensatsiya pullarini to'lab bermaslikning yangicha yo'li bo'lsa kerak. O'ylaymizki, Qashqadaryo viloyat hokimligi bu masalani yana bir o'ylab ko'radi. Aks holda o'qituvchilar ortlariga qaytib ketmoqchi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Bugun quyidagi fan o'qituvchilari uchun diagnostika test jarayonlari bo'lib o'tadi

Ingliz tili fani o‘qituvchilari:

Farg'ona viloyati Ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun soat 09:00-10:00 ga qadar;

Xorazm viloyati Ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun soat 10:00-11:00 ga qadar.

Nemis tili fani o'qituvchilari:

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon va Buxoro viloyati Nemis tili fani o‘qituvchilari uchun soat 11:00-12:00 ga qadar;

Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyati Nemis tili fani o‘qituvchilari uchun soat 09:00-10:00 ga qadar;

Toshkent shahar, Farg'ona va Xorazm viloyati Nemis tili fani o‘qituvchilari uchun soat 10:00-11:00 ga qadar.

Fransuz tili o‘qituvchilari:

Respublika bo'yicha barcha hudud Fransuz tili o‘qituvchilari uchun soat 10:00-11:00 ga qadar.

Davlat (o‘zbek) tili o‘qituvchilari:

Respublika bo'yicha barcha hudud Davlat (o‘zbek) tili o‘qituvchilari uchun soat 11:00-12:00 ga qadar.

Davlat (qoraqalpoq) tili o‘qituvchilari:

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Navoiy viloyati Davlat (qoraqalpoq) tili o‘qituvchilari uchun soat 12:00-13:00 ga qadar.

Kimyo o‘qituvchilari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyati Kimyo fani o‘qituvchilari uchun soat 12:00-13:00 ga qadar;

Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyati Kimyo fani o‘qituvchilari uchun soat 13:00-14:00 ga qadar;

Toshkent shahar, Farg‘ona va Xorazm viloyati Kimyo fani o‘qituvchilari uchun soat 14:00-15:00 ga qadar.

Rus tili va adabiyoti (rus sinflarda) o‘qituvchilari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyati Rus tili va adabiyoti (rus sinflarda) o‘qituvchilari uchun soat 14:00-15:00 ga qadar;

Toshkent shahar, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyati Rus tili va adabiyoti (rus sinflarda) o‘qituvchilari uchun soat 15:00-16:00 ga qadar.

Umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro va Jizzax viloyati psixologlari uchun soat 15:00-16:00 ga qadar;

Qashqadaryo, Navoiy, Namangan va Samarqand viloyati psixologlari uchun soat 16:00-17:00 ga qadar;

Toshkent shahar, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyati psixologlari uchun soat 17:00-18:00 ga qadar.

Ertaga, 7-dekabr kungi diagnostika test jarayonlarida ishtirok etadigan o'qituvchilar haqida keyinroq ma'lumot beramiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
O‘zbekiston PISA 2022 tadqiqotida past natijani qayd etdi

PISA — Xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturi bo'lib, turli davlatlarda 15 yoshli oʻquvchilarning savodxonligini (oʻqish, matematika va tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi dasturdir.

Ushbu dastur 1997-yilda joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta oʻtkaziladi, birinchi marta 2000-yilda oʻtkazilgan. 2022-yilda esa nihoyat O‘zbekiston ham ilk bor PISA xalqaro tadqiqotda ishtirok etgandi.

Kecha "PISA 2022" tadqiqoti natijalari e'lon qilindi. Afsuski natijalarimiz yaxshi chiqmadi. "PISA 2022" tadqiqotida O‘zbekistondagi 15 yoshli o‘quvchilar matematika fanidan jami 364 ball to'plashgan.

Bu natijalarni boshqa mamlakatlar bilan solishtiradigan bo'lsak, bu ancha past ko'rsatgich ekanligini bilishimiz mumkin. "PISA 2022" tadqiqotida jami 81 ta davlat ishtirok etgan bo'lsa, O'zbekiston ana shu mamlakatlar orasida 72-o'rinni egallagan.

Undan tashqari "PISA 2022" tadqiqotining boshqa yo'nalishlari bo'yicha natijalarimiz quyidagicha:

O'qish savodxonligi — 336 ball. 81 ta mamlakat orasida 80-o'rin;

Tabiiy-ilmiy savodxonlik bo'yicha — 355 ball. 81 ta mamlakat orasida 80-o'rin.

Eslatib o'tamiz, 2021-yilda o‘tkazilgan PIRLS tadqiqotida ham O‘zbekiston ushbu dastur uchun qabul qilingan o‘rtacha balldan (500) sezilarli past (437 ball) natija ko'rsatgan bo'lib, 57 mamlakat orasida 49-o‘rinni egallagandi.

Shuni alohida qayd etib o'tish lozimki, natijalarimiz past bo'lsa ham aslida O'zbekistonning bu kabi nufuzli xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etayotganligi yaxshi qadamlardan biri bo'ldi albatta.

Chunki, O'zbekiston mustaqillik yillaridan buyon ilk marotaba xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etdi. Demak, endi yo'l qo'yilgan xatolarni tuzatish uchun ta'lim siyosatini belgilovchi shaxslarning qo'lida aniq tahliliy ma'lumotlar bor.

Faqat endi xatolarimizni tan olib, ularni bartaraf etish uchun uzoq yillik strategiyani belgilab, faqat shu strategiyadan chetlashmagan holda harakat qilsak bo'lgani.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Bilasizmi

Maktab o'quv xonalari harorati necha gradus bo'lishi kerak?


Ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq o‘quv xonalarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º C, o‘rtacha og‘ir ishda 17º C va og‘ir ishda 16º C dan past bo‘lmasligi kerak.

Shuningdek, ta'lim muassasidagi ayrim xonalar harorati quyidagicha bo'lishi lozim:

Sport zalida muntazam ravishda harorat 18º C – 20º C, havoning namligi 50 – 60 foiz;

Fizika o‘quv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat 18º C – 21º C, havoning namligi 40 – 60 foiz bo‘lishi kerak.

Shuningdek, ta’lim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.

Ta’lim muassasasida kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda ta’lim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Bugun quyidagi fan o'qituvchilari uchun diagnostika test jarayonlari bo'lib o'tadi

Biologiya fani o‘qituvchilari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyati Biologiya fani o‘qituvchilari uchun soat 9:00-10:00 ga qadar;

Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Namangan viloyati Biologiya fani o‘qituvchilari uchun soat 10:00-11:00 ga qadar;

Samarqand, Toshkent va Farg'ona viloyati Biologiya fani o‘qituvchilari uchun soat 11:00-12:00 ga qadar;

Toshkent shahar va Xoazm viloyati Biologiya fani o‘qituvchilari uchun soat 12:00-13:00 ga qadar.

Geografiya fani o‘qituvchilari:

Jizzax viloyati Geografiya fani o‘qituvchilari uchun soat 9:00-10:00 ga qadar;

Namangan viloyati Geografiya fani o‘qituvchilari uchun soat 10:00-11:00 ga qadar;

Navoiy viloyati Geografiya fani o‘qituvchilari uchun soat 11:00-12:00 ga qadar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo Geografiya fani o‘qituvchilari uchun soat 12:00-13:00 ga qadar;

Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyati Geografiya fani o‘qituvchilari uchun soat 13:00-14:00 ga qadar;

Toshkent shahar Geografiya fani o‘qituvchilari uchun soat 14:00-15:00 ga qadar;

Xorazm viloyati Geografiya fani o‘qituvchilari uchun soat 16:00-17:00 ga qadar.

Fizika fani o‘qituvchilari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo va Buxoro viloyati Fizika fani o‘qituvchilari uchun soat 14:00-15:00 ga qadar;

Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand va Surxondaryo viloyati Fizika fani o‘qituvchilari uchun soat 15:00-16:00 ga qadar;

Toshkent shahar, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyati Fizika fani o‘qituvchilari uchun soat 16:00-17:00 ga qadar.

Matematika fani o‘qituvchilari:

Sirdaryo viloyati Matematika fani o‘qituvchilari uchun soat 16:00-17:00 ga qadar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyati Matematika fani o‘qituvchilari uchun soat 17:00-18:00 ga qadar.

9-dekabr kungi diagnostika test jarayonlarida ishtirok etadigan o'qituvchilar haqida keyinroq ma'lumot beramiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Rus tili maktab darsligidagi QR-kodga bog‘langan sayt buzib kirilib, “onlayn kazino” reklamasi joylangani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda rus tili maktab darsligida kazino reklamasi aniqlangani haqidagi xabarlar tarqaldi va muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirovaning ma’lum qilishicha, o‘tgan 2022-yilda chop etilgan 10-sinf rus tili darsligidagi QR-kod havolasi shu paytga qadar to‘g‘ri bo‘lgan va dars topshiriqlariga yo‘naltirilgan. Bugungi kunda QR-kodga bog‘langan sayt buzib kirilgani mutaxassislar tomonidan tasdiqlandi.

Vazirlik tomonidan 10-sinf rus tili darsligidagi mashqlarni bajarish uchun QR-kod orqali kirilganda paydo bo‘layotgan “onlayn kazino” havolasiga kirish imkoniyatini cheklash bo‘yicha tegishli soha tashkilotlariga murojaat qilingan.

© O‘zA

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Taʼtil yoki maktab

Maʼlumki, o‘quvchilar uchun qishki taʼtil 28-dekabrdan boshlanadi. Negadir qishki taʼtilga yaqin qolganda mavsumiy kasalliklar tarqalishi ko‘payib qoladi. Bu orada Sog‘liqni saqlash vazirligi maktablar yopilishiga asos yo‘qligi haqida xabar bera boshlaydi.

Keyinroq esa maktablarda qishki taʼtil uzaytirilganligi haqida rasmiy axborot beriladi. Qishki taʼtil 2022-yilda yuqumli kasalliklar ko‘paygani uchun, 2023-yilda esa havo haroratining keskin tushib ketishi sababli uzaytirilgan. Xuddi shunday jarayon go‘yoki bu yil ham takrorlanayotgandek tuyulmoqda.

Yaqinda Sog‘liqni saqlash vazirligi mavsumiy kasalliklar sabab o‘quv muassasalarida taʼlim jarayonini to‘xtatishga asos yo‘qligini maʼlum qildi. Ayni damda esa yurtimizga sovuq havo massalari kirib kelmoqda. Ishqilib bu yil ham shunday bo‘lmasin.

Nima bo‘lsa bo‘lsin, faqat qishki taʼtilni uzaytirib, maktablarni ochish yoki ochmaslikni mahalliy hokimliklar ixtiyoriga bermasak bo‘ldi.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
#Ustozga_yordam

Boshiga og'ir musibat tushgan yana bir ustozimizga sizlarning yordamingiz zarur


Xabar berishlaricha, bir necha yillardan buyon o'quvchilarga informatika fanidan dars berib kelgan farg'onalik o'qituvchi yaqinda buyrak yetishmovchiligi kasalligidan davolanish natijasida katta miqdorda qarzga kirib qolibdi.

Holatdan xabar topganimizdan so'ng ushbu ustozimizga ham sizlar orqali yordam qo'lini cho'zishni lozim deb topdik.

Agar kimgadir yordam qo‘lini cho‘zishni niyat qilgan bo'lsangiz ana shu ustozimizga ham ko‘mak berishingizni so'rab qolamiz.

O‘qituvchining hisob raqami haqida ma’lumot:

💳 8600042397682492
Soliyev Jamshid nomida

☎️ +998993637448

🪧Manzili: Farg'ona viloyati Qo'qon shahar Turon ko'chasi 55-uy

👉https://t.me/xalqtaliminfo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiyada qanday savollar tushadi?

Maʼlumki, 2024-yildan boshlab pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinyapti. Shu sababli 5-7 dekabr kunlari o‘qituvchilarga malaka toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkazildi.

Biz attestatsiya test sinovlari qay tartibda o‘tkazilishini bilish maqsadida Toshkent shahar Yangihayot tumani pedagoglari uchun tashkil qilingan attestatsiya test sinovlari jarayonidan maxsus lavha tayyorladik.

O‘qituvchilar attestatsiya sinovlarida qanday savollarga duch kelishganini sizga qiziqmi? Unda ushbu lavhaning to‘liq qismini YouTube sahifamizda tomosha qiling.

📹To'liq video👉https://youtu.be/C-HienHePeQ?si=e1JypSmEWgnHbheM

👉@xalqtaliminfo
Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi

O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.

Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

© O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 52-modda

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan barcha pedagog xodimlarni muborakbod etamiz.

👉https://t.me/xalqtaliminfo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Konstitutsiya nima?

Profi University odamlar orasida Konstitutsiya nima ekanligi haqida ajoyib savol-javob o‘tkazibdi.

Videoni ko‘ring va odamlarning Konstitutsiya haqidagi tasavvurlari qanday ekanligini bilib oling.

👉@xalqtaliminfo