Xalqaro Innovatsion Universitet
2.22K subscribers
3.01K photos
205 videos
6 files
610 links
Murojaat uchun:@xiuedu_uz

Bizni ijtimoiy sahifalarimizni kuzatib boring👇
https://taplink.cc/xiuedu.uz
Download Telegram
#OTM_va_mahalla_hamkorligi
#mahalla_yoshlari_nazoratda

❇️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida 11.04.2023 yilda "Yoshlar siyosati soxasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari"ga bag'ishlangan videoselektor yig’ilishida Davlat rahbari tomonidan ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

❇️Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan Shahrisabz tumani "Saroy" mahallasida istiqomat qiluvchi alohida e’tiborga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 2-may kuni Xalqaro innovatsion universitet rektori U.D.Ortiqov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor F.P.Rajabova, O'quv-uslubiy boshqarmasi boshlig'i M.I.Imomaliyevlar tomonidan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi va muammolari atroflicha o'rganildi. Kelgusida yoshlarni qiynoyatgan masalalar bosqichma-bosqich bartaraf qilish choralari ko'rildi.

❇️Suhbat davomida yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish, ularni qiynayotgan muammolarga ijobiy yechim topish masalalari ilgari surildi.

Ma’lumot o‘rnida, Xalqaro innovatsion universiteti rektori U.D.Ortiqovga Shahrisabz tumani Saroy MFY yashaydigan davlatning alohida ko‘magiga muhtoj “og‘ir” toifadagi 12 nafar yoshlar biriktirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM