Bugungi kunimdan ajoyib lavxalar. Juda ham mazza qildim. Bilim borasida gap ketganida, aslo pulimni ayamaydigan insonman. Balki boshqa qizlardek turli xil kiyinlar kiymasman, ammo bilimga kelganda, pulimni hech ikkilanmay sarflayman. Seminar juda ham zo’r o’tdi. Ta’surotlar bilan sal turib bo’lishaman. Va albatta barcha video va rasmlar shu yerda saqlanishini xoliman.
21.07.24
🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃
21.07.24
🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃
❤1🥰1
Bugun erta tong bilan, seminarga yo’l oldim, kayfiyatim a’lo albatta. Yetib ham bordim, boshida biroz boshimga og’riq kirib, yoqmay boshladi, nu keyin qizg’in davom etdi, hattoki boshimni og’rishi ham unut bo’ldi. Juda ham ilmli inson, mazza qib eshitdim. Ammo savol javob qismiga kelganida, biroz asablarim chiqdi. Nega deyszmi? Juda ham g’alati, umuman yoshi va ko’rinishiga mos kelmaydigan savollar ham berishdi. Esda qolgani, hech Allohdan qo’rqib yig’laganmisz emish😏. Shunday omi insonlar ham bor bu olamda. Xullas yaxshi ta’surot va ajoyib kayfiyatla uyga qaytdim. Bu shukuh kechgacha davom etdi. Manaviyati boy bo’lgan insonlar bilan bir davrada bo’lish, insongga huzur bag’ishlidi. Barchasi uchun Allohimga hamdlar.
🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃
🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃
👍1🔥1👏1
Ko’nglim negadir juda ham g’ash. Bilmam,vaqt o’tmayotgandek, na o’tira olaman va na yura. Ich ichimdan yig’lagim keliyapti. Go’yoki nimadir bo’lgandek, g’ashlik. Uyda o’tira olmadim. Shu sabab hozir o’zim uchun yangicha nimadir qilmoqchiman. Chalg’itmasam bo’lmaydi o’z o’zimni.
🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃
🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃
Tomosha ham qilib bo’lib, o’tmishim ko’z oldimda gavdalandi. Bir inson :”Bir insonning qalbi yarador bo’lsa, ikkinchi bir inson unga malham bo’lishi kerak. Shundagina birga yashab keta olishadi “- degan edi.
Va uning onasini otasi azob berishi, bu narsa esa uni qiynashini. Oyisini juda ham yaxshi ko’rishini, kelajakda otasidek inson bo’lmasligi, ayolini asrashini aytgan edi. Ammo u bora bora otasidek yo’l tutdi, zotan bu narsani o’zi sezmasada. Otasi onasiga qanday azob bergan bo’lmasin, u ayolini undanda ortig’i bilan qiynardi. So’ngida esa ajirim yoqasida ular.
Qizning hayotida, onasining taqdiri, o’g’il bolada esa otaning deganlari rost ekan. Ishonchim komilki, bularni hech birini u anglayotgani yo’q. Otasidek yo’l tutayotganini o’ylab ham ko’rgani yo’q. Deyarli bu kinoda ham shunday. Tushunganlarim anchayin, ammo bu yerda atiga 1 donasini yozdim.

Bilaszmi bu hayot juda ham qiyin. Bugun shod u xurramdirmiz, ertaga esa buni aski bo’lishi ham amri maxol. Nelarni orzu qilasanu, nelar yuz beradi. Hattoki yetti uxlab tushingga ham kirmagan narsalar sen bilan yuz berishi mumkin. Va so’ngida naxot taqdirim shu bo’lsa deya qolasan. Qo’lingdan esa hech narsa kelmas ham ekan. Bari ketma ket kelar ekan. Qadding bukulishi tugul , sinasan ham. Va ichingda , Alloh nimani anglatmoqchi, nimani tushumib yetishim kerak, nimani boy beraman… deya savollar qurshab oladi, ammo hech ham javob yo’q. Quruq qo’lla qolaverasan. Ammo barini zamirida xayr bo’lishi tabiiy. Qachonki shu sinovlardan o’ta olsakkina anglay olamiz. Aksi bo’lsa, yo’qotgan ham biz bo’lamiz. Alloh barimizni o’z panihida asrasin.
🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃
🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃
Aslida biz ham Gitlerdekmiz. Biz ham borimizga shukur qilmaymiz. Boshqalardan borini olgimiz keladi. Velosiped bo'lsa matatsikl xoxlaymiz. Matatsikl bo'lsa mashina. Nixoyasi yo'q ochko'zlik. Jaxon urushi tugaganu, bizni urushimiz qachon tugashini hech kim bilmaydi.
🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃
🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃🍃