2-qism
Lekin natija kutilganidan boshqacha bo’ldi. Head teacher meni tajribam yo’qligiga qaramay ishga oldi — chunki o’sha darsda tajriba emas, potensial ko’rgan edi.
O’shanda bir narsani angladim: ba’zida eng qo’rqinchli lahzalar aslida imkoniyat bo’lib chiqadi — faqat ko’rish kerak.
4 yil o’tib, endi bilaman: men bu kasbni pul uchun boshlagan bo’lsam ham, unda qolishimning sababi butunlay boshqa narsa bo’ldi — xohish. O’sha ishimni boshlashimda bo’lmagan narsa endi menda bor :)

Kino ko’rishni unchalik yoqtirmayman lekin bugun miyam uchun foydali kino ko’rishga qaror qildim.
Ancha yillar oldin o’zim ko’rishni judayam istagan lekin o’zbekchasini topolmay, inglizchasini tushunmaganim uchun ko’ra olmagan film - Legally Blonde.
Har bir maqsadlaridan chalg’ish arafasida turgan lekin orzulari talaygina qiz ko’rishi kerak bo’lgan kino.
Va bugun guruhlarimda darsni o’zlashtirishga qiynalayotgan o’quvchilar bilan individual yondashib suhbatlashdik, muammolarni uchini topdik, anglashimcha :)
Osuda tun ✨
t.me/with_nafisa

Bugun birinchi marta Xo’ja Buxoriy madrasasiga bordim — arab tilini o’rganish sayohatim boshlandi. 🌙
Nega arab tili? Chunki til o’rganish men uchun shunchaki kasb emas — bu hayot tarzim.
Va bu safar o’zim ham yana til o’rganuvchi bo’lib, shu jarayonda uchraydigan qiyinchiliklakni boshdan o’tkazib ko’rmoqchiman.
Bu yo’lni siz bilan ham baham ko’raman. Kuzatib boring 🤍
t.me/with_nafisa
Hayajon ham, biroz qo’rquv ham bor edi. Yangi harflar, yangi tovushlar, yangi dunyo.
Lekin bilaman — har bir katta yo’l birinchi qadamdan boshlanadi.
Nega arab tili? Chunki til o’rganish men uchun shunchaki kasb emas — bu hayot tarzim.
Va bu safar o’zim ham yana til o’rganuvchi bo’lib, shu jarayonda uchraydigan qiyinchiliklakni boshdan o’tkazib ko’rmoqchiman.
Bu yo’lni siz bilan ham baham ko’raman. Kuzatib boring 🤍
t.me/with_nafisa
Ustozimga ustoz bo’ldim)
— Ingliz tili menga shu rizqni nasib qildi.
• Musiqa maktabidagi ustozim bilan ingliz tilini intensiv, individual formatda o’rganishni boshladik.(Ha musiqa maktabni bitirganman ;)
Aytishim kerak — har bir o’quvchini kursga qabul qilishdan avval, har bir talaba bilan avval qisqa suhbat/imtihon o’tkazaman — maqsadi, hohishi, tayyorligini bilish uchun.
Chunki natija faqat ikki tomon ham jiddiy bo’lganda keladi.
t.me/with_nafisa
— Ingliz tili menga shu rizqni nasib qildi.
• Musiqa maktabidagi ustozim bilan ingliz tilini intensiv, individual formatda o’rganishni boshladik.
Ustozimning yoshi 40 ga yaqinlashib qolgan. Lekin bu uni to’xtatmagan — u ham ishi uchun, ham o’g’lining kelajakdagi o’qishi uchun ingliz tilini mukammal bilishi kerakligini angladi.
Va shu qarorni qildi.
Menga bu juda ta’sir qildi. Chunki yosh — bahona emas ekan, faqat sabab kerak ekan.
Aytishim kerak — har bir o’quvchini kursga qabul qilishdan avval, har bir talaba bilan avval qisqa suhbat/imtihon o’tkazaman — maqsadi, hohishi, tayyorligini bilish uchun.
Chunki natija faqat ikki tomon ham jiddiy bo’lganda keladi.
t.me/with_nafisa
Xullas bugunim til o’rganuvchilar ichida o’tdi, atrofimda shunaqa odamlar yig’ilganiga hamd)
Bugun bir necha marta o’yladim — yoz ta’til emas, bu shaxsiy rivojlanish uchun eng zo’r fursat.
Boshqalar dam olayotganda, sen bir qadam oldinga o’tasan. Va bu qadam — kelajagingizni butunlay o’zgartirishi mumkin.
Yosh, vaqt yo’qligi, charchoq — bularning hech biri haqiqiy to’siq emas. Shunchaki “gaziga bosib” o’qish kerak.
Imkoniyat yo’qligi faqat bahona. Ustozim buni bugun menga yana bir bor isbotladi.
Agar ichingizda “boshlagim keladi” degan tuyg’u bo’lsa — unga quloq soling. Yoz tugamasdan boshlang.
Ha aytgancha, Lady so’zini Leidy yozmaslik uchun ham ingliz tilini o’rganing. Kurslarimga qabul ochiq 😉

– Axir shuncha o’qiganman. Nega gapirolmayapman?
Bu gapni juda ko’p eshitganman. Va javob har safar odamlarni hafsalasi pir bo’ladigan darajada sodda.
Sabab — vaqt emas. Sabab — qanday o’qiyotganing.
5 yil o’qish — kafolat emas. Shu 5 yilda qanday o’qiganingiz muhim.
Agar siz ham shu holatda bo’lsangiz— o’zingga achinmang. Faqat uslubni almashtiring :)

Ko’pchilik 5 yil davomida bir xil narsani qiladi: yangi so’z yozadi, ma’nosini yodlaydi, ertasiga unutadi. Video ko’radi, tushunganday bo’ladi, lekin o’zi gapira olmaydi. Grammatika mavzusini “o’tadi”, lekin real gapda ishlata olmaydi.
Bu — passiv o’rganish. Va passiv o’rganish qancha davom etmasin, natija bermaydi.
Men buni o’z tajribamda ham ko’rganman: birinchi 3-4 yilim shunday o’tgan. Ko’p vaqt sarfladim, lekin sifat past edi.
Natija sezilarli o’zgarganda — men faol o’rganishga o’tganimda boshlandi: har bir yangi so’zni gapda ishlatish, xatolarimni tahlil qilish, real vaziyatlarda gapirishga majburlash.
5 yil o’qish — kafolat emas. Shu 5 yilda qanday o’qiganingiz muhim.
Agar siz ham shu holatda bo’lsangiz— o’zingga achinmang. Faqat uslubni almashtiring :)
t.me/with_nafisa
Darslarimni tugatvoldim, hamd!
Xullas bo’ynimdagi barcha burchlarimni ado etvoldim bugun, kechasi deyarli uxlamasligimni hisobga olsak, ozgina “me time” qilib, keyin arab tiliga sho’ng’isam bo’ladi..
Buncha baxtlimaneey, MashaAllah✨
t.me/with_nafisa
Kechgi soat 6 da dars boshladik, odatda dars 1.30-2 soatga mo’ljallangan bo’ladi, lekin ba’zan darslarimiz shu darajada qiziqarli, interaktiv bo’lib ketadiki, vaqtga qarashni ham unutarkan kishi :)
Bugun shunaqa baxtli kunlardan biri bo’ldi, darsimiz salkam 4 soat bo’ldi, darsdan oldin kayfiyatim yo’q edi va tabiiyki bu dars sifatiga ta’sir qilishi mumkin edi, lekin yonib turgan o’quvchilarimni energiyasi barini unuttirdi) Yaxshi kayfiytda “goodnightlashib” darsni ham yakunlavoldik..
Xullas bo’ynimdagi barcha burchlarimni ado etvoldim bugun, kechasi deyarli uxlamasligimni hisobga olsak, ozgina “me time” qilib, keyin arab tiliga sho’ng’isam bo’ladi..
Buncha baxtlimaneey, MashaAllah✨
t.me/with_nafisa
Tashqi ko’rinish emas — ichki energiya.
Ba’zi odam xonaga kirganda, hech narsa demasa ham, atrofga yorug’lik taratadi.
Ba’zilari esa tashqi ko’rinishi bilan mukammal bo’lsa-da, yonida o’zingizni charchagan his qilasiz.
Bu — energiya.
Shuning uchun har doim: ichkarida baxtli bo’ling. Qolgani — o’zi keladi.
Sizga osuda, manga produktiv tun✨

Kiyim, tashqi ko’rinish — bir necha soniyaga ta’sir qiladi. Lekin odamning ichki holati — uning nigohi, gapirish ohangi, boshqalarga munosabati — bu uzoq muddatga eslab qolinadi.
Men buni har kuni darslarimda ham ko’raman: eng chiroyli slayd emas, eng yaxshi tayyorlangan taqdimot ham emas — o’quvchiga eng ko’p ta’sir qiladigani, ustozning ichki quvonchi, samimiyati va energiyasi.
Chunki odamlar sizning nima aytganingizni unutishlari mumkin, lekin siz bilan bo’lganda o’zlarini qanday his qilganini — hech qachon unutmaydilar.
Shuning uchun har doim: ichkarida baxtli bo’ling. Qolgani — o’zi keladi.
Sizga osuda, manga produktiv tun✨
t.me/with_nafisa
Uyqi emas harakat.
Kech tuni bilan uxlolmadim.
Fikrlar bir-biriga chalkashib, me’yordan ko’p o’ylash boshlandi. Overthinking degani shu — hech narsa hal bo’lmaydi, faqat charchoq qo’shiladi.
Sizda ham shunday kunlar bo’ladimi — hammasidan charchab, faqat sukunat kerak bo’lganda?

Ertalab uyg’onganimda xayolimga bir fikr keldi: bugun telefonsiz yashayman!
Shamol yuzimga urilganda, fikrlar birdan tinchidi. Hech qanday bildirishnoma, hech qanday “kim nima yozdi” degan tashvish — faqat men va shu lahza.
Ba’zida eng katta dam — bu hech narsa qilmaslik emas, balki telefondan uzoqlashib, o’zing bilan qolish ekan.
Sizda ham shunday kunlar bo’ladimi — hammasidan charchab, faqat sukunat kerak bo’lganda?
t.me/with_nafisa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Va keyin… adrenalin vaqti keldi 😁 (eng sevganim)
Kanatga chiqish, katerda shamolni his qilish — bu allaqachon
mini-depressiyamga qarshi kurash edi.
Bilasizmi, eng qizig’i shu bo’ldi: miyam tinchlikni emas, harakatni so’rayotgan ekan. Uyqu emas, aynan shu — hayajon, xavf, va o’sha bir lahzalik “hozir tushib ketaman” degan his kerak ekan.
Har bir qadam, har bir to’lqin meni o’sha kechagi overthink’dan butunlay chiqarib yubordi. Miya band bo’ldi, lekin foydali tarzda.
Ba’zida dam olish — bu yotish emas, aksincha, o’zingni butunlay boshqa narsaga tashlash ekan.
Siz-chi, qachon oxirgi marta shunday “yashash” his qilgansiz? 👀

Ertadan yana o’z hayotimga qaytaman.
Online darslarim, o’quvchilarim, kundalik intizom — hammasi kutib turibdi. Dars o’tish, ovqatlanishimga e’tibor, kunlik yurish, arab va ispan tillarim.
Bu qonunlar emas, bu — men tanlagan hayot.
Bir kun tanaffus olish kerak edi, chunki charchagan miya bilan hech narsani to’g’ri qila olmayman.
Lekin tanaffus — qochish emas. U shunchaki kuch to’plash uchun to’xtash edi.
Endi qaytaman. Sekin emas, lekin barqaror. Har kuni ozgina yaxshiroq, ozgina intizomliroq..
Sayohatimni ko’p maqtanvordim, uzur😆
Osuda tun✨

Good evening, odamjonlar 🌚
Yana bitta zooo’r kunni tugatib qaytyapman yonilarga :)

Kecha ertadan odatiy hayotga qaytaman deb o’ylagandim, adashibman, ertalab ko’zimni ochganimdan olib ketib qolishdi go’zal go’shalarga :)
Lekin darslarimni ham o’tvoldim, albatta. Online teachingning man eng sevadigan tomoni ana shu, vaqt, manzil tanlamaydi, ooo’ta qulay..
Oila bilan vaqt o’tqazishni shu darajada sog’inibmanki, bu haqida oxirgi paytlar o’ylamay ham qo’yibman. Doim ish-o’qish deb yuguramiz, lekin oila, biz, yoshlik.. hammasi g’animatligini, oila davrasidagi bir kunimiz balkim oxirgisi bo’lishi mumkinligini shunchaki unutamiz..
Shukur, miyam, xayollarim asta-sekin joyiga qaytyapdi, bitta uyqu rejimini ham to’g’irlavolsam mandan baxtli inson bo’lmasa kerak :)
Silargayam shuni maslahat beraman. Ish-o’qish, hayot tashvishlari o’z yo’liga, oila, mehr-oqibat, oilaviy munsabat judayam muhim)

– Oxirgi paytlarda o’zimda burnoutni ancha kuchli his qildim.
Stress — hayotning bir qismi. Ammo uni ichimizda yig’ib yurish shart emas. Har birimiz vaqti-vaqti bilan dam olishga, o’zimizni eshitishga va shunchaki yashashga ham muhtojmiz.
Agar siz ham oxirgi paytlarda charchagan bo’lsangiz, o’zingizni buning uchun ayblamang. Bir kun dam olish ba’zan bir hafta majburlab ishlashdan ko’ra foydaliroq bo’ladi.
O’zingizga mehribon bo’ling 🤍
t.me/with_nafisa
Ba’zan shunchalik ko’p ishlaymiz, maqsadlar ortidan yuguramizki, to’xtab nafas olishni unutamiz. Lekin inson robot emas ekan.
Shu kunlarda shuni tushundimki, baxt faqat ishlash yoki natijalarda emas. Ba’zan tabiat qo’ynida sayr qilish, telefonni chetga qo’yish, yaqin insonlar bilan samimiy suhbatlashish ham ruhni tiklaydi.
Stress — hayotning bir qismi. Ammo uni ichimizda yig’ib yurish shart emas. Har birimiz vaqti-vaqti bilan dam olishga, o’zimizni eshitishga va shunchaki yashashga ham muhtojmiz.
Agar siz ham oxirgi paytlarda charchagan bo’lsangiz, o’zingizni buning uchun ayblamang. Bir kun dam olish ba’zan bir hafta majburlab ishlashdan ko’ra foydaliroq bo’ladi.
O’zingizga mehribon bo’ling 🤍
t.me/with_nafisa
Sekin-asta o’zgarish haqida
Bir necha oy oldin men butunlay boshqa odam edim.
Tashkentda o’qigan, kunlar bir xil ritmda o’tgan, va ichimda doim allaqanday shoshilinchlik bo’lardi.
Hammasini tez qilishim kerak edi. Tez o’rganish, tez natija, tez o’sish. Go’yo hayot poyga edi, va men orqada qolayotgandek his qilardim.
Keyin Qashqadaryoga qaytdim.
Birinchi hafta men o’zimni deyarli yo’qotgandek his qildim.
Shahar shovqini yo’q, kunlar boshqacha o’tadi va men — birinchi marta — o’zim bilan yolg’iz qoldim. Hech qanday tashqi tezlik meni ortga tortmasdi.
Va shu slow-mode hayotimda, hammasini birin-ketin anglayapman. Inson o’zining hayotida ekan nimaga kech qolishi mumkin?

For real ^_^
Tilni o’rganish jarayonidan zavqlanib o’rganganda, o’sha tilda chet elga borganda odamlar orasida gapirishni tasavvur qilib o’rganganda natija boshqacha bo’lardi, masalan)
O’quvchilar bilan birinchi darsni boshlaganda man eng ko’p his qiladigan feeling shu.
Nega til o’rganishni ichida shunaqa qiziq jarayonlar, listening-reading, speaking clublar bor bo’lgan joyda nega hamma grammatikaga yopishvolgan derdim..
Keyin qarasam ayb o’quvchilarda emas, o’qitish sistemasida ekan, o’quvchilar til o’rganishga emas, testdan o’tishga tayyorlanarkan va ana shu 70% o’quv markaz/maktablar qiladigan eng katta xato.
Tilni o’rganish jarayonidan zavqlanib o’rganganda, o’sha tilda chet elga borganda odamlar orasida gapirishni tasavvur qilib o’rganganda natija boshqacha bo’lardi, masalan)
Bir paytni o’zida dars qilib, serial ko’rib, onasi bilan gaplasha oladigan teacherilardan xayrli tun :)
Arab tili darslarimni tugatdim, o’quvchilarimni vazifalarini ham tekshirib, feedbacklar bilan ko’mib qoydim. Endi natijasini ko’ramiz sekin-sekin..
Osuda tun, odamjonlar ✨

Bugun silar bilan Speaking haqida gaplashsak, nima deysilar?
Oxirgi paytlar o’quvchilarimda kuzatayotgan xato va kamchiliklar haqida bo’lsachi?
Yaxshisi, bugun sizga bir voqea aytib beraman.
O’quvchim bor edi — grammatikasi zo’r, lug’ati boy. Yozma ishlarida hech qanday muammo yo’q.
Lekin og’zaki gapirtirsam — jim qoladi. 5 soniya. 10 soniya. Ko’zlari pastga qaraydi. Uyaladi.
Muammoni so’rasam “Bilaman… lekin aytolmayapman” deydi.
Tanish holatmi 👀
(davomi bor)

O’shanda men ham o’ylanib qoldim — nega shunday bo’ladi? O’zimda ham shunday holat bo’lganmidi? Nima qilgandim?
Keyin tushundim: bu bola miyasida gapni “tekshiruvdan” o’tkazyapti. Grammatika to’g’rimi? So’z to’g’ri tanlanganmi? Talaffuz qanday bo’ladi?
Va shu “tekshiruv” davom etar ekan — og’zidan bir og’iz so’z chiqmaydi.
Bilasizmi, hatto ingliz tilida tug’ilib o’sgan odamlar ham har doim mukammal gapirmaydi. Ular “um”, “you know”, “like” deyishadi, gapni yarim yo’lda o’zgartirishadi.
Ular shunchaki — gapiraveradi. Mukammallikni kutib o’tirishmaydi.