"Inna Lillahi va Inna Ilayhi Rojiun"
Bu gapni yoki iborani manosini hamma bilsa kerak, va buni ishlatish juda og'riqli narsa. Hammamiz buni ishlatishdan qo'rqamiz, tanishlarimizga, do'stlarimizga, yaqinlarimizga, oila azolarimizga, va eng qo'rqinchlisi ota onamizga.... Lekin bu iborani ona yurtimiz, davlatimiz, kindik qonimiz to'kilgan joyga nisbatan ishlatishchi? Bir kun shunday deyishimdan qo'rqaman, va shunga qarab ketmoqdamiz ham.
Gap kuni kecha bo'lib o'tgan Jennifer Lopezning Toshkentda bo'lib o'tgan konserti haqida ketmoqda. Konsert 7 chi avgust kuni bo'lib o'tgan, chiptalar narxi esa 1 mln so'mdan 4 mln so'mgacha sotilgan(taxmiman). Va bu konsert uchun umumiy miqdorda 25 000 chipta sotilgan(taxmiman). Ko'rdik bildik, odamlarda bunga nisbatan qiziqishlar yuqori, balki bu turizim uchun ham foydalidur, ammo naxotki kimdur kiyinish tartibi haqida Jennifer opamizga biron narsa deyishmagan bo'lsa?
Hop, bunga erkinlik yaratib berilgan ekan, bag'ri kenglik qilgandur xalqimiz. Lekin meni shunchaki shok qiladigani bunaqa erkinlik o'z iffatini ibo hayosini saqlab yurgan onalarimiz opa singillarimiz uchun yo'qligi. Shunda bu ochiqlik madaniyatiga targ'ibotmi?
Tasavvurimda huddi bu davlat botqoqlikga cho'kayotgan yoki komaga tushib qolgan-u ahvoli yaxshilanmasdan battar yomonlashayotganga o'xshaydi. Balki bu tasavvurimda emas, balki haqiqatdan ham shundaydur. Bir kun kelib yuqoridagi gapni davlatimiz, ona yurtimiz uchun ham ishlatishga qo'rqaman. Va yana bir meni ranjitgan narsa bu xalq ham qabul qilgani. Aytishingiz mumkin nega buncha vaxima qilasan deb, lekin bu huddi qachonlardir qilingan xatoga o'xshaydi. Qachon qilingan? Qay tarzda qilingan? Va o'sha qilingan mitti xatoni asoratlari nega buncha yomon? Bu huddi bir mevaning qaysidur joyi lat yeganki endi bu lat yegan joy butun vujudni chirishiga olib kelayotgandek.
Men bu narsaga ko'nib qolmoqchi emasman, bu juda yomon holatda davom etish, va bir kun kelib biz xar xil jinsliklar bilan bir joyda yashab qolishimizdan, ammo qo'limizdan hech narsa kelmay qolishidan qo'rqaman. Bu ishlar esa albatta qolgan yomon ishlar uchun yo'l ochishdur. Aytganimdek men bunga ko'nib qolmoqchi emasman, lekin shunga rozi bo'lgan davlatimiz, o'z iffatini himoya qilib yurgan ayollarimizga ham adolat qilishlarini hohlardim(to'g'risi nega bu davlat uchun hali ham "adolat" so'zini ishlatayotganimga o'zim ham hayron qolaman).

❤🔥4❤2🔥1💯1
Why ?.....
"Inna Lillahi va Inna Ilayhi Rojiun" Bu gapni yoki iborani manosini hamma bilsa kerak, va buni ishlatish juda og'riqli narsa. Hammamiz buni ishlatishdan qo'rqamiz, tanishlarimizga, do'stlarimizga, yaqinlarimizga, oila azolarimizga, va eng qo'rqinchlisi ota…
Haa yana bir gap, Alisher Qodirovning adolat borasida bildirgan fikrlari ham taqsinga sazovor. Xar xolda oldingi fikrlariga qaraganda bunisida ancha mano bor, va iloji boricha dunyoviylik va dinda neutrallikni saqlab qolishga harakat qilgan menimcha.
https://t.me/alisherQodir/2620
https://t.me/alisherQodir/2620
Telegram
Alisher Qodirov
O‘zbekistonning dunyoviy davlat ekanligi tortishilmaydi. Dunyoviy davlat ko‘pchilik saylagan Parlament tomonidan qabul qilinib, ko‘pchilik saylagan Prezident tomonidan maqullangan qonunlarni buzmagan holda, o‘zi istaganidek yashash imkonini beradi.
Vatanimizda…
Vatanimizda…
❤3
Yaqinda tarqalgan bu habarni ko'plar eshitdi: germaniyaning barcha maktablarida islom darslari kiritilishi mumkinligini ta'lim va tarbiya (VBE) assotsiyasi e'lon qildi.
Bu ajoyib! Ho'sh Vatanimizda vaziyat qanaqa ekan..?!
2oycha burun bir tanishim ( O'zbekistondagi Universitetlar orasida top 5 talikka kirgan , Markaziy Osiyo bo'yicha eng qadimiy nufuzli Univer talabasi) aytib qoldi, dinshunoslik ustoz hato malumotlar tarqatishini, yana 60dan ortiq talabalar orasida leksiya vaqtida unga ochiq, yensiz kiyinadigan qizlar yoqishini aytgan, falsafadan dars berib turib, nazariya haqiqat emasligini bilgan ustoz Darvin odamsimon maymunlardan odam emas, balki maymunsimon odamlardan kelib chiqqan degan evolutsiya nazariyasida va buni 100% bilaman deb aytgan ekan. Qiziq ahvol darajasini 10gacha baholasak hozir qayerda ekanmiz-a... Qalban his qildik javobini.
Maktablarimizda odobnomadan kalta yubka kiygan o'qituvchilar dars bersa, Vatan tuyg'usi ustozning orzusi Amerika, dinshunoslik domlasi behayo, dinizmizni bilmaganlar bizga dinni o'rgatishsa, majburiy ta'limda 11 yil mobaynida faqat Darvinni maqtab ulug'lab yozishgan bo'lsa, bolalarga evalutsiya nazariyasi singdirilsa,.... Bu qatorni juda uzoq davom ettirish mumkin. Ahvol yaxshilanayotganini ham sezamiz. Alhamdulillah. Ammo ko'p joylar hali hamon yomonligini ham rad eta olmaymiz.
Charlis Darvin g'oyasiga to'xtaladigan bo'lsak, uning bobosi Erasdus Darvin faylasuf, fizik va shoir bo'libgina qolmas Mason ham bo'lgan. Nazariyaga qaytsak, u "odamsimon maymunlardan" yoki "maymunsimon odamlardan" aytgan deb tortishishni o'zi juda katta xato va aqlsizlik. Uning nazariyasiga muoffiq tirik organinizmlar soddadan murakkab tomon rivojlangan. Yani maymundan odam kelib chiqqan degan. Shu yerda A'zam Xoshimiyning "Alvido Vatan" kitobidagi aytilgan so'zlar esimga keladi. Aniq so'zma so'z keltira olmayman, ammo mazmun quyidagicha: haqiqiy din unutilmoqda, aqlsiz va dushman fitnasiga uchgan ulamolar masjidlarda haqiqiy dolzarb masalalar, sahobalar hayoti, hadislar mazmuni qolib, namozda ko'rsatgich barmoq joizmi yoki yo'q, Rasulullohning soyalari bormi yoki yo'qmi, Rasulilloh s.a.v ning ota-onalari kofirmi yoki yo'qmi, kabi ko'plab masalalarda bir birlari bilan muhokama qilib qadrli vaqtlarini besamar o'tkazishmoqda, bundan tashqari shu tortishuvlari oqibatida ular bir birlariga dushman bo'lib qolishmoqda. Haqiqiy va pok islomni avlodlarga o'rgatish va tanitish o'rniga butun salohiyat va aqllarini shu kabi tortishuvlarga qaratishardi va bu mulohazalar shahsiy adovat bilan tugardi.
(Shu kitobni o'qishni maslahat beraman !)
#by_admin

❤4❤🔥2🔥2👏1
Bir videoda ko'p mashinalar oynalaridan O'zbekiston bayroqlarini chiqarib olib, ketma ket signal chalishib nimanidur nishonlashayotgan ekan. Men o'yladimki mustaqilligimizning 34 yilligini nishonlashayotgan bo'lsa kerak deb. Lekin mustaqilligimizni emas, "Open budget"da g'alaba qilishganini nishonlayotgan ekan, xalqim......😅😅😅
Hammangizni mustaqilligimizni 34 yilligi bilan tabriklayman!(kechroq bo'lsa ham)🥳🥳🥳

❤7😁5🤣1
"Go'zallar" bor sevaman degan,
Kami borday ko'nglim to'lmaydi.
Kimga yolg'on kimga chin sevgi,
Ikki marta sevib bo'lmaydi!
Oxu misol ko'zlardan kechib,
Qalbga yaqin so'zlardan kechib.
Armon bo'lgan sevgidan qochib,
Ikki marta sevib bo'lmaydi.
Boshing toshga urib ko'r mayli,
Harakating foyda bermaydi.
Hayolingda o'sha bir layli,
Ikki marta sevib bo'lmaydi.
O'zing kulib yurganing bilan,
Qalbing aslo yayrab kulmaydi.
Yurak urib turgani bilan,
Ikki marta sevib bo'lmaydi
Garchi sevsang o'yla o'zingni,
Ilk sevgida vafo bo'lmaydi.
Unutmagin oshig'ing so'zin,
Ikki marta sevib bo'lmaydi.
Kami borday ko'nglim to'lmaydi.
Kimga yolg'on kimga chin sevgi,
Ikki marta sevib bo'lmaydi!
Oxu misol ko'zlardan kechib,
Qalbga yaqin so'zlardan kechib.
Armon bo'lgan sevgidan qochib,
Ikki marta sevib bo'lmaydi.
Boshing toshga urib ko'r mayli,
Harakating foyda bermaydi.
Hayolingda o'sha bir layli,
Ikki marta sevib bo'lmaydi.
O'zing kulib yurganing bilan,
Qalbing aslo yayrab kulmaydi.
Yurak urib turgani bilan,
Ikki marta sevib bo'lmaydi
Garchi sevsang o'yla o'zingni,
Ilk sevgida vafo bo'lmaydi.
Unutmagin oshig'ing so'zin,
Ikki marta sevib bo'lmaydi.
❤5💯3
#InnoWeek_2025
📣 Hurmatli InnoWeek–2025 mehmonlari!
2025-yil 9–11-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi — “InnoWeek–2025” doirasida ishtirokchilar va mehmonlar hamda OAV vakillariga qulaylik yaratish maqsadida Toshkentning bir nechta hududidan “CAEx Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmalar majmuasiga bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
❗️Diqqat! Tadbirda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim.
📱Ro‘yxatdan o‘tish uchun: www.innoweek.uz
🤔 Yilning eng yirik innovatsion voqeasida ko‘rishguncha!

“InnoWeek–2025” — bu ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi eng ilg‘or ishlanmalarni namoyish etish uchun muhim platforma. Sizni ko‘rgazmalar, panel sessiyalar, startaplar taqdimotlari, xalqaro ekspertlarning chiqishlari hamda keng ko‘lamli networking imkoniyatlari kutmoqda.
❗️Diqqat! Tadbirda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim.
📱Ro‘yxatdan o‘tish uchun: www.innoweek.uz
🤔 Yilning eng yirik innovatsion voqeasida ko‘rishguncha!
🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram| Instagram| YouTube
Do'stim yozing deysan, nimaga yozay,
Ko'nglimni ilitmas na she'r na may.
Qirdagi barglari sarg'aygan gulga,
Sherim kerak emas harqalay.
Oyoqqa turg'iza olarmi yoki,
Yalangto'sh daraxtdek el bemorini.
Yo yorin yot bilan ko'rgan yigitga,
Qaytara olarmi unut orini.
Do'stim yozing deysan nimaga yozay,
Sherim bilan o'zini o'nglarmidi el.
Suruvi ochlikdan qirilayotgan,
Cho'ponga qo'shiqmas, sel kerakdir, sel.
Qay puchmoq qay bitta tubka tagida,
Otam burda non deb to'kayotir ter.
Sovuqdan qo'llari qotgan onamga,
Bir quchoq o'tincha naf bermaydi sher.
Do'stim yozing deysan, nimani yozay?
Do'stim yozing deysan, nimaga yozay?
_RavshanHaqmurod

❤4❤🔥2
Yoshing ulg'ayib yana shuni anglaysanki, endi sen o'qiganlaring har doim ham yaxshilik bilan tugayvermaydi. Aksincha endi ko'proq og'riqli va ayanchli yakun topadi!
💯5
G'urur va ayol
Oilada qiz farzand dunyoga keldi, Ona dedi: hali qizim katta bo'lib o'qimishli bo'ladi, Zulfiya mukofotini oladi. Ota dedi: yo'q meni qizim o'qimaydi! Boshqalar o'yladi "Bunchalar beshavqat, razil bu odam". Lekin Erkak tushundi, bu g'urur, bu qizg'onish edi. Qiz ulg'aydi boshqa bolalar qatori bog'chaga borgisi, boshqa bolalardek imkoniyatlar hohladi, ota qizchasini iltimoslariga yengildi, bir parcha g'ururdan kechdi. Qiz ulg'ayishda davom etdi, maktabga chiqishni hohladi, ota ruxsat berolmasdi, faxshga qarab borayotgan bu dunyoga qizini chiqargisi kelmasdi, lekin yana yengildi va yana bir parcha g'ururdan kechdi.
Qiz balog'atga yetdi, yaxshiroq ta'lim uchun Poytaxtga borishni xohladi, ota rozi bo'lmadi, ona aralashdi, bobo, buvi aralashdi, ota yana g'ururdan kechdi. Qiz dunyoni ko'rdi, o'sdi ulg'aydi, va chet elda o'qishni xohladi. Otani hech kim ko'ndira olmadi, lekin qizining ko'zlaridagi bu iltijo bu o'tinch yana bir parcha g'ururidan kechishga majbur qildi, ha ota yana yengildi. Bu safar uncha qiyin bo'lmadi chunki ota yillar davomida "Zamon talabi" ila g'ururidan bir necha bor kechib kelgandi.
Bu hikoyaning davomi yo'q..... Lekin shunday bir ikki xil usulda bo'lishi mumkin:
1. Qiz o'qidi o'sdi, dinni chuqur o'rgandi, firkladi, dunyo qarashlari kengaydi. Qiz juda aqlli, masuliyatli bo'lib ulg'aydi, chunki u bilgandi, anglab yetgandi qizini dunyolarga alishmaydigan juda qizg'onib ardoqlaydigan bir g'uruli ota, qizining xohishlari uchun yillar davomida g'ururidan kechib kelganini.
2. Qiz chet elda juda ko'p imkoniyatlar ichida yashadi, lekin barchasini suiiste'mol qildi va faxshga botdi, ateist bo'ldi, chunki u hali otasi u uchun nimalardan kechganini, yillar davomida erkakni erkak qilib turadigan rashk, g'ururni qizining xohishlari uchun parchalab kelganini tushunmagandi, anglab yetmagandi. Aksincha qolgan bir parcha g'ururni ham tamomila yo'q qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar faxshni oddiylashtirish, targ'ib qilish bilan to'lib toshdi. Ko'chalar yarim yalang'och qizlaru, suniy yuzlarga to'ldi. Bunda otalarni dayus, g'urursiz orsiz deya ayblamang. Ular o'sha paranjisini yechib o'tda yoqgan ayollarni avlodlari edi, ular o'sha paranjisini yechib o'tda yoqayotganini ko'ra turib g'ururlari parcha parcha bo'lgan otalarning avlodlari edi.

❤🔥3⚡3❤1
Forwarded from Jahongir Ganiev⚖️
Koreyada havo ifloslansa, hech kim 바비큐 qiladigan joylarni buzib tashlamaydi. Chunki ular muammoni ilmiy asosda aniqlaydi, haqiqiy manbani qidiradi. Mamlakat bo‘ylab minglab barbekyu restoranlari bor, lekin hech kim “mana shular tutun chiqaryapti, havo shular tufayli iflos” deb borib ularni yopmaydi.
Lekin O‘zbekistonda esa havo ifloslanishining asosiy aybdori sifatida somsa va shashlik xonalarini ko‘rsatib, “4 dona tutun”ni muammo markazi qilib qo‘yishibdi. Xuddi atmosferani somsa tandiri buzib yuborgandek.😬
Asl sabablar esa hammaga ma’lum: minglab eski avtomobillar, ko‘mir yoqadigan korxonalar, texnikasiz issiqxonalar, ochiqchasiga chiqindi yoqishlar, ekologik nazoratning sustligi. Lekin nimalargadir oson yo‘l tanlanadi — oddiy xalqni, kichik biznesni siqib qo‘yish eng oson chora bo‘lgani uchun, xolos.
Havo ifloslanishi kabi katta muammoni shashlik tutuniga yopishtirish — bu muammoni hal qilish emas, balki undan ko‘z yumishning o‘zi.

💯6
Bir qiz so'rab qoldi to'satdan bugun,
Qariyb 30 yilda nima topdingiz?
Na bir vatan bordir yashamoq uchun,
Omad kelganda ham eshik yopdingiz.
Na bir oliygohning oliy hujjati,
Na bir tadbirkorlik boshida borsiz.
Buncha beparvosiz qiziq jihati.
Negadur maxliyo va vafodorsiz.
Jimgina tingladim tilimni tishlab
Kulgimni qistadi aslida bu hol.
Har holda shayonni ko'nglini hushlab
Birovning umriga bo'lmadim zavol.
Har holda yuribman o'zimni eplab
Og'irim tashlamay do'stu dushmanga
Davron surmasam ham tillolar to'plab,
Qalbim o'rtanmaydi aslo pushmondan.
No umid qaramang tiyiling yoshdan
Eng katta boylik bu yurak emasmi
Meni hech vaqom yo'q nomusdan boshqa
Yaxshi qiz sizga or kerak emasmi?
- Ravshan Haqmurod
Qariyb 30 yilda nima topdingiz?
Na bir vatan bordir yashamoq uchun,
Omad kelganda ham eshik yopdingiz.
Na bir oliygohning oliy hujjati,
Na bir tadbirkorlik boshida borsiz.
Buncha beparvosiz qiziq jihati.
Negadur maxliyo va vafodorsiz.
Jimgina tingladim tilimni tishlab
Kulgimni qistadi aslida bu hol.
Har holda shayonni ko'nglini hushlab
Birovning umriga bo'lmadim zavol.
Har holda yuribman o'zimni eplab
Og'irim tashlamay do'stu dushmanga
Davron surmasam ham tillolar to'plab,
Qalbim o'rtanmaydi aslo pushmondan.
No umid qaramang tiyiling yoshdan
Eng katta boylik bu yurak emasmi
Meni hech vaqom yo'q nomusdan boshqa
Yaxshi qiz sizga or kerak emasmi?
- Ravshan Haqmurod
🔥3❤2💯1
Kambag’allikdan chiqarib qashshoqlikga tiqish…..
Hozir imkoniyatlar keng bo’lgan, texnalogiyalar rivojlanayotgan zamonda hech bo’lmaganda boshlang’ich bilimngiz bo’lmasa yoki Islomga amal qilib yashamasangiz yomon ahvolingiz yanada yomonlashishi mumkin. Gap nima haqida ketyapti? Gap online qarz, pulni sotish yoki tushunarli qilib aytganda “kredit” va kiber jinoyat haqida ketmoqda.
Yaqinda bankga ishim tushishi orqali sodda xalqimiz orasida bo’layotgan bir qancha muammolarga quloq soldim. Va shuni angladimki o’zlarining nochor hayotidan chiqishga urunib qilayotgan noto’g’ri harakatlari ortidan battar qashshoqlikga kirib ketishayotganini angladim. Bunga oddiy bir misol, kambag’allik ro’yxatiga kirgan va davlatdan moddiy yordam oladigan (davlatimizga rahmat) oila bunga qanoat qilmay noto’g’ri tushunchalar orqali bankdan qarz evaziga beriladigan lekin falon pulga arzimaydigan chorva mollari, parrandalar yoki shunga o’xshash narsalarni oladi. Qarabsizki endi bu oila kambag’allik ro’yxatidan ham chiqariladi va davlatdan moddiy yordam ham to’xtaydi. Chunki ularda endi chorva mollari yoki parrandalar bor. Endi bu qarz botqog’iga botgan oila na boyagi kasal va puliga umuman arzimaydigan chorva mollari yoki parrandalardan foyda ko’raoladi na bu qarz botqog’idan chiqaoladi.
Bu sudxo’rlik ishlari Islomda ham shunday bayon qilinadi:
Судхўр бўлган кимсалар (қиёмат кунида қабрларидан) турмайдилар, магар жин чалган мажнун каби турадилар. Бунга сабаб уларнинг: «Байъ (олди-сотди) ҳам судхўрликнинг ўзи-ку?!» деганларидир»(Бақара сураси, 275). Yoki
Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам айтдилар: «Қайси қавм орасида зино ва судхўрлик авж олса, улар ўзларига Аллоҳнинг азобини ҳалол қилган бўладилар»(Абу Яъло ривояти).
Keling buni endi oddiy bir matemtik yo’lda ham tahlil qilib ko’ramiz. Hozirda kreditlarning o’rtacha qarz berish foizi 30%, bu degani siz olgan qarz yiliga 30% ga ko’payadi degani.
Agar barcha bizneslar to‘plamini oladigan bo‘lsak (startuplar, kichik korxonalar va yirik kompaniyalar bilan birga):
Yillik daromadi >30 % bo‘lish ehtimoli juda past (kam uchraydi) — ko‘pgina yirik yoki barqaror bizneslar uchun oddiy daromad o‘sishi 5–15 % atrofida bo‘ladi.
Kichik bizneslar yoki innovatsion startuplar orasida yuqori o‘sish ko‘proq bo‘lishi mumkin, lekin ular ham unchalik ko‘p emas.
Taqdim etilgan statistikalar asosida taxminiy ehtimol:
<10 % bizneslar uchun yillik daromad o‘sishi 30 % dan yuqori bo‘lishi ehtimoli juda kam.
Startuplarda yoki yuqori o‘sish strategiyasiga ega bo‘lganlarda bu ehtimol ko‘proq, lekin umumiy bozor uchun hali ham past hisoblanadi.
Bunday yo’l orqali biz uchun hech qanday foyda yo’qligi shundoq ko’rinib turibdi. Hop bundan nimadur qilaolarsiz mashina yoki uy qo’lingizda qolar, lekin bu qarzni to’lash davomida orttirgan asab va boshqa kasallaringiz ham siz bilan qoladi, oilada esa tinchlik yo’qoladi. Zero bu ishni qilishdan Alloh va payg’ambarimiz ham qaytarganlar.

💯3❤1
Forwarded from davletovuz
Банклар кредитни вақтида ундиришдан эмас, кечикишидан манфаатли бўлиб қолмоқда — Марказий банк
Регулятор томонидан жорий йилнинг 20 январь куни тижорат банкларига хат юборилди.
Хатда кредит (микроқарз) шартномаларида белгиланган тўлов мажбуриятлари бажарилмаган ҳолатларда, банклар томонидан қўлланилаётган айрим чора ва санкциялар танқид остига олинган.
Таҳлиллар натижасида айрим банкларда:
➖ кечиктирилган тўловлар учун ҳисобланадиган фоиз ставкалари шартномада белгиланган йиллик ставкага нисбатан бир неча баробарга, айрим ҳолатларда йиллик 150–180 фоизгача оширилаётгани;
➖ кредит бўйича фоизларни тўлаш кечиктирилганда энг юқори чегараси белгиланмаган кунлик пеня ҳисобланаётгани;
➖ кредиторнинг ҳақиқий харажатлари билан боғлиқ бўлмаган қўшимча бир марталик жарималар қўлланилаётгани аниқланган.
Марказий банк мижозлар кредит тўловини кечиктирганда банклар томонидан қўлланиладиган чоралар банк учун "даромад манбаи" эмас, аксинча компенсацион характерга эга бўлиши кераклиги, бунда "адолат ва мутаносиблик" тамойилларига қатъий риоя қилиш кераклигини таъкидлаган.
Регулятор бу борада қонунчилик талаблари қайта кўриб чиқилишини билдирган.

davletovuz
Банклар кредитни вақтида ундиришдан эмас, кечикишидан манфаатли бўлиб қолмоқда — Марказий банк Регулятор томонидан жорий йилнинг 20 январь куни тижорат банкларига хат юборилди. Хатда кредит (микроқарз) шартномаларида белгиланган тўлов мажбуриятлари бажарилмаган…
Bu banklar xalqni men o’ylagandanda ko’proq ezishar ekan, yillik foizdan tashqari kechikgandagi jarimalar, bir martalik jarimalar va h.k…..
Hayotda 3 xil insonlar bo’ladi deb o’ylayman:
1. Bu “trend” yaratuvchilar. Ular jamiat yurayotgan yo’ldan farqli o’laroq o’zlari uchun yo’l quraoladigan va bu yo’lni jamiat uchun ko’rsatib ham beraoladiganlardir. Ularning yo’li doim ham muvaffaqiyatli bo’lavermaydi lekin o’zlari qurgan hayotda yashayoladilar.
2. Bu toifadagi odamlar “trend”ga ergashuvchilardir. Ular jamiyat o’rin tutgan odamlardan o’rnak olgan holda harakat qilishadi, lekin ular bu yo’lni o’zlari tanlashlari taxlil qilishlari mumkin.
3. Bu toifadagi odamlar jamiatda trend yaratuvchilarni ham unga ergashuvchilarni ham ortidan gapiraverib, muhokama qilaverib o’zlarini hayotida yashayolmaydiganlar. Ular o’zlarini hayotidagi maqsadlarini unutishgan holda boshqalar qo’ygan maqsadlarini muhokama qilib charchashmaydi. “Odamlar nima deydi” jumlasidagi “odamlar” shular bo’ladilar.

❤4👍2🔥2
Men bazi asarlarni yomon ko’raman….
Men oxiri yaxshilik bilan tugamaydigan, yomonlik yoki afsus pushaymonga to’la bo’lgan asarlarni yomon ko’raman. Bu hatto hissiyotgan berilmaydigan insonni ham o’ta o’ylantirib, asabiylashtirib qo’yadi(o’zimdan kelib chiqib), ruhan juda nozik, hissiyotga juda kuchli beriluvchan kitobxonni aytmasa ham bo’ladi, tamoman ezib qo’yadi (ruhan).
Undan kinolar yaxshi doim quvnoq va baxtli yakun bilan tugaydi. Ko’rib mazza qilasan, o’ylanishni siqilishni hojati yo’q shunchaki baxtli yakun.
Lekin….
Bu kabi asarlar hayotni to’g’ri qabul qilishga ko’proq o’ylab ishonchli qaror qabul qilishga, kinolarda ikkinchi imkoniyat doim bo’lganidek hayotda ham bunday ikkinchi imkoniyat bo’lavermasligiga odamni ishontiradi va buni hazm qilishga undaydi. Bu asarlarni hayotda ko’p xato qilgan qahramonlarni o’rnida o’zingni qo’yib ko’rishingni va masuliyatdan qochmasdan uni yelkanga olishinga undaydi. Kinolardagidek seni ichingni doim baxtli yakunlar bilan tugatib hoyu havasga, bo’shliqga to’ldirmaydi, yoki orzularda yashatib qo’ymaydi, aksincha achchiq yakun bilan asarni o’quvchini haftalab hatto oylab o’ylantirib qo’yadi, fikrlashga undaydi va muhimi hayotda huddi asardagidek sen ham adashishga yo’l qo’ymaydi. Huddi Ikki eshik orasi, Odam bo’lish qiyin yoki Sarvqomat dilbarim…. asarlari kabi.
Ps: va yana oxirgi o’qigan o’zbek asarlarimda shunga etibor berdimki, zino bilan boshlangan xar qanday muhabbat baxtli yakun topmadi.

❤2🔥2
G'urbatda g'arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiq-u mehribon bo‘lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg'a tikondek oshiyon bo‘lmas emish.

❤5
Dunyo shaxmat doskasi kabi, har qanday yurish sen uchun so'ngisi bo'lishi mumkin. Istaganingni qilku, lekin har doim qayerdan boshlaganingni unutma. Qirol (hokimiyat) itoatni talab qiladi, ota esa bo'ysunishni. Lekin kim bo'lishidan qatiy nazar Hudoning oldida o'zi uchun o'zi javob beradi. Qaytariqa o'ynasang ham, raqibing kim bo'lishidan qatiy nazar qalbing, va qilayotgan qarorlaring o'z qo'lingda bo'ladi. Hatto usting qirollar turib buyruq berayotgan bo'lsa ham Hudo seni huzuriga chorlaganida "Men faqat buyruqni bajarganman, or-nomus vijdon haqida o'ylamaganman" deya olmaysan. Har bir qilgan ishing va qarorlaring uchun o'zing javob berasan.
"Muqaddas Zamin"
"Muqaddas Zamin"
👏2🔥1