Web Dasturlash
2 subscribers
40 photos
4 videos
1 file
29 links
Web Dasturlash bo'yicha video darslar, foydali maqolalar va boshqa ko'plab ma'lumotlarni o'ziga jamlagan kanalga xush kelibsiz!

💬 Guruh: @WebDevelopment_UZ_Chat
👨🏻‍💻 Aloqa: @abdurahmancoder
Download Telegram
☠️ Ehtiyot bo'ling! Yangicha virus! Crackonosh!

Avast labaratoriyasiga foydalanuvchilar kompyuterlaridan Avast antivirusi yo'qolib qolayotganligi haqida shikoyat xabarlari kelib tushgan. Foydalanuvchilardan biri oxirgi marta torrent orqali o'yin yuklab olganligini aytgan. Tekshiruvlardan so'ng foydalanuvchilar kompyuterlari zararli Crackonosh nomli virus bilan zararlanganligini aniqlashgan.

Crackonosh mashhur programmalar va o'yinlarning "piratskiy" nusxalari bilan birga tarqalgan va ular o'rnatilgan kompyuterda Crackonosh Safe Mode yordamida antiviruslarni o'chirib qo'yish xususiyatiga ega bo'lgan, hamda quyidagi antiviruslarni o'chirib qo'ya olgan:

- Adaware
- Bitdefender
- Escan
- F-secure
- Kaspersky
- Mcafee (faqat skaner)
- Norton
- Panda

Ushbu zararli dastur - Crackonosh'ning asosiy maqsadi foydalanuvchilar kompyuterlaridan kriptomayning uchun (XMRig) foydalanish bo'lgan. Avast labaratoriyasining xabar berishicha, XMR to'lovlar soni 9000 ta bo'lib, bu $2.000.000 (🤑) ni tashkil etadi. Ya'ni zararli dastur yaratuvchilari shuncha mablag' ishlab olgan bo'lishlari mumkin.

Hozirda Avast lab quyidagi o'yinlarning "piratskiy" versiyalari Crackonosh bilan infeksiyalanganligini ta'kidlamoqda:

- NBA 2K19
- Grand Theft Auto V
- Far Cry 5
-The Sims 4 Seasons
- Euro Truck Simulator 2
- The Sims 4
- Jurassic World Evolution
- Fallout 4 GOTY
- Pro Evolution Soccer 2018

Batafsil: link

Kompyuter foydalanuvchilaridan ishonchsiz manbalardan o'yin yuklab olmasliklarini, hech qachon "piratskiy", crack dasturlardan foydalanmasliklarini so'rab qolamiz. Zero, o'zinga ehtiyot bo'l, antivirusni o'g'ri tutma)

@WebDevelopment_UZ / #virus