Designer_yoldosheva
14 subscribers
27 photos
1 video
2 links
Xavaskor dizayner
Murojat un:@hilol_designer
Download Telegram
🌭 "Xotdogni kim ixtiro qilgan?"
Xotdog 1860-yillarda AQShda nemis muhojirlari tomonidan kiritilgan va darhol xalq sevimlilariga aylangan.
👍2
🍟 "Har bir Amerikalik yiliga o‘rtacha 13 kg fri yeyisharkan!"
Tasavvur qiling, bir yil davomida bunday miqdordagi kartoshkani iste’mol qilish qanday bo‘larkin? 🍟
👍2
🍔 "Burgerning kelib chiqishi qayerdan?"
Hozirgi burgerning ildizlari Germaniyaning Gamburg shahriga borib taqaladi. Shu sabab, uning nomi “Hamburger”!
👍2
Portfolio
https://hilola.framer.ai/
Bu mening veb saytim Portfolio uchun
Oqtepa lavashda yangi yil
👍2
Master klass uchun qilingan SMD poster
🔥3
Infografika
🔥1
SMD BATTLE
🔥3
Product design
👍3
Channel photo removed
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu video darslarni korsam bu sohaga qiziqishim yanada oshadi bu man uchun juda ham qiziq 🤩🤩🤩
👍4🤩2
Kasbiy Tarbiya – Mening Dizayn Yo‘limdagi Eng Qimmatli Kashfiyotim

2024-yil noyabr oyida boshlangan o‘quv jarayonim hanuz davom etmoqda. Bu vaqt oralig‘ida nafaqat dizayn bilimlarini o‘rgandim, balki o‘zim uchun juda muhim, chuqur bir tushunchani – Kasbiy Tarbiyani kashf qildim.

Dizayn sohasiga kirib kelishimdan avval, bir nechta zamonaviy kasblarda o‘zimni sinab ko‘rganman. Har bir tajriba menga nimanidir o‘rgatdi, lekin bir jihat – kasbiy tarbiya – ham borligiga ahamiyat bermasdim.

Ustozim Ismoil Safarov bizga faqat bilim, ko‘nikma va amaliyot bilan birgalikda, kasbning ichki madaniyatini, uni yurakdan sevishni, unga halol va mas’uliyat bilan yondashishni o‘rgatyaptilar.

Kasbiy tarbiya bu –
nafaqat chiroyli interfeyslar yaratish, balki halol mehnat qilish, intizomli bo‘lish, ishingga mas’uliyat bilan yondashish, eng muhimi esa samiymilik va halollikni yo‘qotmaslikdir.

Men uchun UX/UI dizayn endi faqat “dizayn” emas. Bu – insoniy qadriyatlar, halollik, yurakdan ishlash, va har bir loyihaga qalbni qo‘shib yondashish.
👍4
Bu farzandlarim ijodi
Mustaqil yaratishgan birinchi HOME PAGE ❤️
👍421👏1
Dizaynerlar ko‘pincha loyihalari rad etilganda, tanqidga uchraganda yoki o‘zlarini ilhomdan yiroqlashgan paytda tushkunlikka tushadilar.

Shunday holatlar kuzatilyotgan bir paytda Kutibxonaga bordim va o'zim uchun yangi kitob sotib oldim.

Mirach Chag‘ri Oqtoshning "Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar" kitobi

1.Ba’zida eng kuchli g‘oyalar jimlikda tug‘iladi.
Qiyofasi yo‘q, lekin sezilarli.
Shu sukunatda o‘zingni eshitasan.

2.Har safar rad javobi olganingda, esla: bu oxir emas, bu yangilanishga chaqiriq.
Dizayner hech qachon yiqilish bilan yakunlamaydi – u o‘sha joydan boshqacha ko‘rishni boshlaydi.

3."Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar."
Demak, yo‘ling aynan shu yerda – bekor qilingan loyihada, rad etilgan taklifda, tuni bilan ishlanib, ertalabda o‘chirilgan faylda boshlanadi....
Bu boshlanishi ..

Kitobni o'qishni tavsiya beraman bu qaysi kasb egasi bo'lishizdan qatiy nazar sizlarga aniq va tog'ri yo'l ko'rsatadi.
🔥2
O'qish bilan ish bilan band bo'lib kitob mutoala qilolmaydiganlar (Dangasalar )uchun audio variant ham bor
https://t.me/ovozli_kutubxona
3🔥2👍1💯1🤝1
📖 James Clear “Atomic Habits”

Yaqinda shu kitobni o‘qib chiqdim. Rostini aytsam, o‘qiganlarim orasida eng ta’sir qilganlaridan biri bo‘ldi.

Kitobdan olgan xulosalarim shu boʻldiki katta o‘zgarishlar — birdan emas, balki mayda, ammo doimiy odatlardan boshlanishini tushunib oldim

Shundan beri men o‘zim uchun bitta oddiy qoida qo‘ydim — har kuni atigi 10 sahifa kitob o‘qish.
Bu ko‘p emas, lekin har kuni qilganda qanday ta’sir berishini sezdim:
fikrlar tiniqlashdi, e’tibor oshdi, yangi g‘oyalar paydo bo‘ldi.

Oldin “ko‘p vaqtim yo‘q” deb o‘ylardim. Endi esa tushundim: vaqt topilmaydi ,lekin odat yaratiladi.
Har kuni 10 sahifa — bu mening kichik, ammo kuchli “atom odatim”. 🌱

Agar siz ham o‘zingizni rivojlantirishni boshlasangiz, katta rejalardan emas, shunday kichik qadamlardan boshlang.
Natija asta-sekin, lekin albatta keladi. 💫
3👍1🔥1
Channel name was changed to «Designer_yoldosheva»