Vodiylik aka
1.57K subscribers
329 photos
43 videos
15 files
257 links
Dasturchi, jiddiy, kamgap, oddiy inson.
Download Telegram
Agar kompyuteringizda Ubuntu va NVIDIA video kartasi bo'lsa va driverlar o'rnatgandan keyin kompyuterni yoqib login parolni kiritgandan so'ng yana kirish sahifasi ochilaverayotgan bo'lsa (loginloop) quyidagi amallarni bajaring:

1. Kirish sahifasida Ctrl + Alt + F2 klavishini bosing
2. login va parolni kiritib konsolni ishga tushiring.
3. Quyidagi ketma-ketlikdagi buyrulqnia ishga tushiring:
sudo apt update
sudo apt remove --purge nvidia-*
sudo apt upgrade
sudo ubuntu-drivers autoinstall
reboot


Keyin kompyuter o'chib yongach qayta kirishni amalga oshiring.

#useful

P.S.: odatda ushbu holat o'zboshimchalik bilan driver versiyasini ko'tarishga harakat qilinganda va yoki majburan (force) mos kelmaydigan dasturlar o'rnatilganda ham ro'y beradi.
Ssenariyda biroz o'zgarish qilib muammoga olib kelgan dasturni konsolda o'chirish ham u muammoni hal qiladi.

@vodiylik aka 🧑🏻‍💻
Assalomu alaykum barchaga yangi hafta ish kuni muborak bo'lsin!

Bugun sizlar bilan dasturlash tillarida o'zgaruvchilar, classlar va funksiya(method)larni nomlashda ishlatiladigan harflar uslublari bo'yicha foydali maqola bilan bo'lishmoqchiman:

https://www.imediacto.com/blog/list-of-letter-case-types-in-programming/

#useful

@vodiylik aka 🧑🏻‍💻
Menga o'xshab yoshligidan kosmonavtika va osmon jismlari sayyoraga qiziqadiganlar. Ushbu sohada bilimlarini yaxshilashni yoki o'z qiziqishlari bo'yicha ko'plab koinot haqida bilimlar olmoqchi bo'lganlarga YouTube olamidan ajoyib kanal topib keldim:

📹 KOSMO


To'g'ri videolar uzunligi o'rtacha 20 daqiqadan 4 soatgacha cho'zilishi mumkin. 👀 Lekin ishoning siz kutmagan va bilmagan judayam ko'plab ma'lumotlarni beradi. 🤩

Xurmo yoki shunga o'xshagan studiya ushbu kanal kontentlarini ham o'zbek tilida o'z auditoriyasiga taqdim etsa judayam savobli ish bo'lardi. 🤲

O'zingiz ko'rib baho bering, men har kuni kechki taomlanish vaqtida o'rtacha uzunlikdagi roliklardan bir qismini ko'raman. Masalan bugun Somon yo'li (Milky Way) dagi bizga yaqin yulduzlar turkumlari haqidagi videoni ko'rib tugatdim.

#kosmos #useful

@vodiylik aka 🧑‍💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
echo "set linenumbers" >> ~/.nanorc

ushbu yuqoridagi komandani terminalda bir marta ishga tushirib qo'ysangiz Terminalda nano editoridan foydalanadiganlar uchun qatorlar raqamini yoqadi.

#useful

@vodiylik aka 🧑‍💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ko'pchilik Linux foydalanuvchilari Terminalda sudo bilan boshlanadigan buyruqni kiritganlaridan so'ng parol so'raladi, parolni ko'pchilik kiritilayotgan yoki yo'qligini bilishga qiynaladilar.

Hozir ushbu holatda parol terilayotganda * lar bilan ko'rsatish uchun bajarilishi kerak bo'lgan amallarni ko'rsataman:

1. Terminalda sudo visudo buyrug'ini yozib, parolni terib Enterni bosing.
2. Ochilgan faylda 9-qatordagi env_reset kalit so'zidan keyin ,pwfeedback kalit so'zini yozing,
3. Ctrl+X ni va ortidan Y ni bosing.
4. Terminalni yopib, qaytadan ishga tushiring.
5. Vualya!

Foydali bo'lgan bo'lsa xursandman.
#useful

@vodiylik aka 🧑‍💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫵Siz Linux foydalanuvchilari va kastomizatsiya (moslashtirish, o'zgartirish)ni sevadigan va Linux sozlamarini chuqalab ko'radiganlarni va buzib qo'yib nima qilishni bilmay oxiri OS ni qayta o'rnatadiganlar uchun yana bitta foydali maslahat.

Tasavvur qiling OS da qandaydir theme (mavzu), ikon paketi yoki boshqa interfeysda o'zgartirish qildingiz, yoki qandaydir extension (kengaytma) o'rnatdingiz va interfeys buzilib ketdi, yoki File managerda yoki biron joydagi sozlamalaringiz xato ketdi va uni joyiga qaytarguncha asablaringiz ketyaptimi?
Buni oldini olish imkoni bor. Faqat bu holatda OS ga kiritgan barcha sozlamaringiz, OS ni qayta o'rnatgan holingizga qaytib qoladi (hech qanday ilova yoki fayllar o'chib ketmaydi!). Buni amalga oshirish uchun Terminalda quyidagi buyruqni ishga tushiring:
dconf reset -f /

dconf - bu Linuxning huddi Windowsdadi Windows Registry (winreg) ga o'xshagan umumiy sozlamalarni saqlaydigan reestri hisoblanadi.
Yuqoridagi komanda bilan esa ushbu joyda qilingan barcha o'zgarishlarni odatiy(default) holatga qaytaramiz.

#useful bo'ldi degan umiddaman. So'raganlarga sekin tashappo'yorasiz)

@vodiylik aka 🧑‍💻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DevOpschilarga.

*NIX serverga miner kirib olib CPU ni 100% ga ko'targanda minerni aldash usuli.

#useful

@vodiylik aka 🧑🏻‍💻