Shoir Fayzullo Gofurov ijodiโœ
3 subscribers
45 photos
2 videos
Ko'ngillar sinmoqda suyaklar butun.
Sohillar qirg'oqda qirg'oqlar sokin.
Dunyo tashvishlardan iborat nechun.
Hayollar og'ushi bermaydi taskin.

Fayzullo G'ofurov๐Ÿ“š
Download Telegram
Men izlagan usha sodda qiz.

Balki senga yetmog'im mushkul.
Balki menga bularsan orzu.
Sendek ayol uchratish uchun.
Umrimni baxsh etarman mangu.

Balki ming yil oldin kelgansan.
Meni izlab kezgansan jahon.
Balki ming yil kiyin kelarsan.
Biz Ikkimiz ko'p buldek sarson.

Balki qaysi chekka qishloqda.
Meni so'rab yig'laysan mudom.
Sen bilmaysan, qo'lim duoda.
Men ham seni so'rashim har dam.

Mendek yig'lab, to'kib ko'z yoshing.
Joynamozda sajda aylasang.
Meni so'rab toq o'tsa boshing.
Dardimiz bir agar anglasang.

Yo'llar hali tutashgani yo'q.
Ammo dilda sevgimiz pinhon.
Sendek qizni uchratganim yo'q.
Topishim ham garchi dargumon.

Qalb, qalbidek, qalbga oshiqdir.
Hatto qasam, ichishim mumkun.
Bu dunyodan topmasam agar.
Jannatgacha kutishim mumkin.

Men izlagan ushal sodda qiz.
Seni so'rab o'tishim mumkin

Muallif Fayzullo G'ofurov โœโœ

@hayolann
Seni asrab.

Daryo bo'lib mavjlanib oqsam.
Tulqin bo'lib sen tomon borsam.
Guyo ko'lmak qurib borsang gar.
Najot bo'lib seni yupatsam.

Bir gul bo'lsang sahroda ungan.
Nobut bo'lsang quyosh tig'idan.
Yomg'ir bo'lib ustunga yoqsam.
Asrasam men uni issiqidan.

O'lja bo'lsang kimlar uchundir.
Ozor cheksang yig'latsa birov.
Seni asrab yuray bir umr.
Sochlaringga tushirmay qirov.

Qolsang agar o'rmon ichida.
Yitqichlar gar qilsada hamla.
Men yoningda bo'laman ishon.
Senga kumak bo'laman dalda.

Yodingda tut har bir so'zimni .
Baxsh etaman senga o'zimni.
Har soniya hayolimdasan.
O'g'irlading oshiq ko'nglimni.

Shoir Fayzullo G'ofurov โœโœโœ

Fayzullo
@hayolann
Yaxshilikka chorlov.

Hech bir she'rga bormaydi qo'lim.
Yozayin deb lek yozolmayman.
So'zlamoqni istaydi ko'nglim.
Barin kurib ko'z yumolmayman.

Insonlarga boqib hayronman.
So'zlamasam bo'lmaydi bugun.
Nohaqlikka chiday olmayman.
Haq turadi men uchun ustun.

Er qizg'onmas ayolin hatto.
Yoshlanmaydi ko'zlari mayus.
Kuz- kuz etar o'zin kuchada.
Ayol, erin qilmoqda dayus.

Be namozlik oddiy hol bo'lsa.
Yana bundan baxtiyor yursa.
Ibodatdan yiroqda yurgan.
Namozhonning ustidan kulsa.

Do'stni ko'pi faxshga choryadi.
Zalolatda yurar to'ymaydi.
Haqiqiy do'st seni muntazam.
Ibodatga tinmay undaydi.

Bachchabozlik avj olgan zamon.
Osmon yerga qulamas shukur
Arsh larzaga kelarkan shu on.
Inson zoti qilmas tafakkur.

Firibgarlik mohirlik emish.
O'g'irlik ham oddiy hol guyo.
Aldab sodda molini yemish.
Foizga pul bermoqlik ribo.

Etim haqqin yeganlar qancha.
Mol joniga jafo qilganlar.
Sizga azob vada qilingan.
Bilib turib hato qilganlar.

Yor yoriga qilib hiyonat.
O'zgasini ko'zlab yuribti.
Atrof tula bo'lib jinoyat.
Barin Alloh ko'rib turibti.

Yuborildi qancha payg'ambar.
Tushirildi shariat hukum.
Haqiqiy yo'l to'g'ri yo'l shudir.
Islom doim g'olibdir butkul.

Qarz so'zimni aytgim kelmoqda.
Qiyomat bor savol javob bor.
Yaxshilarni jannat kutmoqda.
Yomonlarni jahannam alov.

Muallif Fayzullo G'ofurov โœโœ

@hayolann

28. 02. 2021.
Ayni yigit chog'imda.
Bir gul bo'lding bog'imda.
Qara qancha baxtliman.
Yigirma bir yoshimda.

Otam Onam duosi.
Seni menga bergandir.
Alloh qilib iltifot.
Taqdirim qo'shilgandir.

Sevmoq nasib etsaya.
Ohim senga yetsaya.
Oshiqni solihasi
Uzi yo'qlab kelsaya.

Bugun juda baxtliyman.
Hayotimga sen kelding.
Yulduz uchganda emas.
Namozda so'ragandim.

Orzular birga endi.
Sodiqman senga endi.
Meni chin muhabbatim.
Yolg'iz bir senga endi.

Turgin dinim eslatib.
Tahajjutga turg'azib.
Duolarda topganim.
Umrim senla utkazib.

Chiroylidir ko'zlaring.
Shaydosiman ko'zingni.
Begim degan so'zlaring.
Begoyimim o'zimni.

Qara qancha baxtim bor.
Bilmam qancha vaqtim bor.
Umrimni so'ngigacha.
Bulgum senga vafador.

Shoir Fayzullo G'ofurov โœโœโœ

Fayzullo
@hayolann
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yurakdanโ™ฅ๏ธ so'zlasam yuraging yonmas.
Mayli bor mensizlik lazzat bo'lsa gar.
G'ururing aqlingga aslo bo'ysunmas.
Qaytib kir Yurakkaโค๏ธ kirolsang agar.

Muallif Fayzullo G'ofurov โœ
@hayolann

27.06.2021
Bir kun tuproqlarga aylanib qolsam.
Yo'qlab kelarmisan ushanda erkam.
Ko'zingga yosh olib qabrimga kelib.
Qadrim bilurmisan dunyodan o'tsam.

Bir kun gullar unsa usha tuproqdan.
Ifori dumog'ing hush etsa birdan.
Bir chashma rang olib tursam buloqdan.
Seni chorlab tursam hatto shunda ham.

Bir kun qabr toshiga o'yilsa ismin.
Hayot yo'llarimni so'rasa Kimdir.
Bir kun yashadimi yo'qmi bu jismim.
Senchi har lahzada ko'nglimni sindir.

Bir kun usha kun bor kelmog'i tayin.
Lekin bir laxza ham sezmading buni.
Oldingdan oqqan suv qadri yo'q dayin.
Meni azoblarda yoqding har kuni.

Qara yuragimga berding azoblar.
Sanasam qadamlar sanog'idan ko'p.
Axir yo'limga zor qancha sanamlar.
Menichi seni deb tukilmog'im ko'p.

Baribir parvona bo'laveraman.
Balki tushunmassan telba holimni.
Sevmasang ne qilay sevaveraman
So'ra hadya etay shu on jonimni.

Bir kun tuproqlarga aylanib qolsam.
Yo'qlab kelarmisan ushanda erkam.
Ko'zingga yosh olib qabrimga kelib.
Qadrim bilurmisan dunyodan utsam

Sh. Fayzullo โœ
Sen so'nma ming yulduz so'nib ketsa ham.
Ming yil yashasang ham mayli dunyoda.
Senga yetmay oshiq o'tib ketsa ham.
Sevgisi qoladi dilda pinhona.

Har bahorda gullar ochilar qiyos.
Va nobut bo'ladi saraton kelib.
Sen doim gullagin ko'zlari charos.
Men esa ishqingda ketay tukilib

Atirgul olaman tutib qulimga.
Sevadi sevmaydi sanay boshlayman.
Sen uchun tayyorman hatto o'limga.
Sevmaydi chiqsa gar qanday yashayman.

Ko'zlarim yumaman kurar vaslingni.
Quyosing topmadim kezib dunyoni.
Men uchun bag'ishla desam aslingni.
Javobing ne bulur so'zim ro'yomi.

Muallif Fayzullo G'ofurov โœ
@hayolann

11.08. 2021
Robbim rizoligi

Menga keragini qaydan bilarding.
Hilvat joy sokinlik zikr bo'lsa bas.
Hech kimsa tushunmas dardim bo'lardi.
Robbim huzurida aritganim rost.

Ko'p narsa kerakmas o'zi aslida.
Dunyoni moliga qo'ymadim havas.
Shod hurram yurib Jannat qasrida.
Robbim rizoligin topsam bo'ldi bas.

Muallif Fayzullo G'ofurov โœ
@hayolann
Qara gulim,senga yetmadi qo'lim.
Orzular sarobmi, holim harobmi.
Ayriliq ediku biz uchun o'lim.
Topganim buyog'i faqat azobmi.

Ne bo'ldi barchasi topdimi yakun.
Bugun ketmoqdamiz ikki yo'l tomon.
Balki ketmoqdasan boylikka uchib.
Mayli ne bo'lsa ham bo'lgin sog' omon.

Bir kuni qaytmagin mehrimni qumsab.
Yaltiroq toshlarni, tilloga yo'ysang.
Ushanda bariga qo'limni silab.
Sen tillo teganing bahosi arzon.

Barcha yaltiroq tosh tillomas axir.
Tillolar, olmoslar, asli yashirin.

Muallif Fayzullo G'ofurov โœ
@hayolann

21. 11.2021
Senga ko'z yosh yarashmaydi.

Ko'p yig'lading men sabab.
Ko'zlaringni qildim nam.
Bir bormadim hol so'rab.
Sog'inganing bilsam ham.

Qara qancha hudbenman.
Ojizman g'ururni deb.
Sog'insam ham bormayman.
Sevaman bildingmi deb.

Yo'l qo'ymaydi nelardir.
To'sadilar yo'limni.
Imkon bo'lsa aytardim.
Oshkor aylab sevgimni.

Sog'inchlarga bosh qo'yib.
Uxlab qolibman gohi.
Isming yurakka o'yib.
Aytaman u meniki.

Sen yig'lama iltimos.
Senga yarashmas yig'i.
Qara ko'zlaring charos.
Labingda esa kulgu.

Dardim she'rga to'kaman.
Vasling qumsaydi dilim.
Kelmasang men o'laman.
Yo'qlab kelaqol gulim.

Muallif Fayzullo G'ofurov โœ

@hayolann

13.11.2021. 23.16. Maskva
Vidolashuv.

Balki erta ko'rmaysan meni.
Hayotingdan ketaman balki.
Tashlab ketgim kelmaydi seni.
Bu yuragim urarkan toki.

Hastaligim aytmaganman ham.
Qo'ygim kelmas seni azobga.
O'zgasini demagan man ham.
Orzularim yaqin sarobga.

Ketsam kuyar yig'laydi onam.
Hovullaydi mensiz bu honam.
Meni izlab topolmaysan hech.
Topolmagach yig'laysan sen ham.

Balki shu tun oxirgi tunim.
Shu yodgancha turishim gumon
Senla baxtli utsada kunim.
Yonginangda bo'lishim gumon.

Bildirmadim aytmadim sira.
Kutmoqda ku meni yer qabr.
Bu ko'nglingda qolsa bir yara.
Senga gulim tilayman sabr.

Bu yuragim sekinlashmoqda.
Suyulmoqda tomirmda qon.
Balki ajal yaqinlashmoqda.
Hayrlashmay topshiraman jon.

Dodvoy solma yig'lama oshkor.
Ko'z yoshlaring kurmasin birov.
Balki jannat bo'ladi joyim.
Bu hammasi biz uchun sinov.

Duoda bo'l sendan iltimos.
Birga qilsin bizni jannatda.
Karami keng Robbimni doim.
Juft bo'lgaymiz bizlar albatta.

Rozi bo'lgin shoir akangdan.
Ko'p dilingni og'rigan bo'lsam.
Araz qilib yurmagim yana.
Seni tashlab bir o'zim ketsam.

Balki bu tun oxirgi tunim.
Balki shu So'z oxirgi so'zim.

Muallif Fayzullo G'ofurov โœโœ

@hayolann
Layk uchun, (bazibir qizlarga.)

Layk uchun qilmagan ishinga qolmadi.
Labingni ishirding sochingni kesding.
Sen kabi qizlarni birov olmaydi.
Hudo bergan yuzni ne kuyga solding.

Orqangni oldingni ko'z ko'z qilasan.
Rasmlar joylaysan har kuni yangi.
Bir kuni bariga javob berasan.
Ushanda o'zgarar tanangni rangi.

Hayo gapirsa qotadi ensang.
Guyoki hisobsiz bu yurishlaring.
Hozircha quyoshsan ertaga so'nsang.
Ne bular oxiring va qilmishlaring.

Rek uchun kunda yangi yigitlar.
Mashxurlik davosin qilasan yana.
Senga halol emas bunday yurishlar.
So'zimni eshitib kulasan yana.

Qandaydir guruhlar tuzib olibsan.
O'g'il qiz bir uyda turarmish birga.
Ikkita nomahram bir uyda qolsa.
Uchunchisi shayton bo'lishin uyla.

So'zlarim haqiqat og'ir bulsa ham.
Qalbimni kemirar shundayin qayg'u.
Aytaman boshimga qilich kelsa ham.
Shunday so'zlamoqda dildagi tuyg'u.

Bu ishing hatodir bu ishing gunoh.
Axir dalillar bor Oyat hadisda.
Kel endi birodar bo'laqal ogoh.
Alloh rizoligi bo'lsin har ishda.

Men esa donolik qilmayman da'vo.
Donalar daholar avlotlarimiz.
Otamiz Odamdir onamiz Havo.
Shunday insonlarni farzandlarimiz.

Muallif Fayzullo G'ofurov โœโœ

@hayolann

28.04.2021
Oddiy qizni sevaman.

Bir zum hayol suraman
Sochin mayda o'raman.
Hayolimda bir qiz bor.
Oddiy qizni sevaman.

Boshlarida ro'moli.
Qo'llarida Qu'roni.
Andeshali hayoli.
Oddiy qizni sevaman.

Qalbida ilm talab.
Sahar turar ertalab.
Uyg'otadi erkalab
Oddiy qizni sevaman.

Qiziqmas u boylikka.
Yuzduzlikka oylikka.
Arziydi sevishlikka
Oddiy qizni sevaman.

Qalbi Kaba tomonda.
Qiyo boqmas zamonga.
Sog'inaman har onda
Oddiy qizni sevaman.

Haromdan tiyar ko'zin.
Behuda aytmas so'zin.
Usha sochlari uzun.
Oddiy qizni sevaman
๐‘บ๐’‰๐’๐’Š๐’“ ๐‘ญ๐’‚๐’š๐’›๐’–๐’๐’๐’ ๐‘ฎ'๐’๐’‡๐’–๐’“๐’๐’—

@hayolann
Senga ko'p so'zlarni aytib charchadim.
Foydasi bo'lmadi hech bir narsani.
Bugun o'z holingga seni tashladim.
Eshit senga aytar jimliklarimni.

So'zlamoq istamas jimliklarim bor.

Muallif Fayzullo G'ofurov โœโœ

@hayolann
Yashashga izin ber, qo'lingni tutmay.
Ko'zlar to'qnashganda qaramaslikka.
Yo'lingda davom et, tuxtama kutmay.
Olib ket o'zingni tanimaslikka.

O'lama, o'ylaring ,bitirmasin yeb.
So'zsiz so'zlamagin, zabonda so'z yo'q.
Bir kuni juftimga, aylanardi deb.
Taqdirni koyima, axir aybi yo'q.

Soatning millari asabing buzsa.
Zarif satirlarda yozganimda she'r.
Qalbingni egallab eng og'ir g'ussa.
Dema Yaratganga uni qaytib ber.

Shoir Fayzullo G'ofurov.โœ

12.04.2022
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hafa qildim bir qizni.

Bir qizni ko'nglini og'ritdim bugun.
Barchasi ko'zidan bo'lgandi ayon.
Hafa qilib qo'ydim bilman ne uchun.
Yuzimga boqardi, u lolu hayron.

Ko'zdagi yoshiga sababchi bo'ldim.
Tog'lar qulamadi bu holni ko'rib.
Tik boqib ko'ziga sevaman derdim.
Chunki yuragimdan qolgandi urib.

Tosatdan aytilgan so'zlarim hato.
Ko'zlar to'qnashganda ketdi o'grilib.
So'zimni dildorga yetkazgin sabo.
Gunohimdan o'ting qo'ying kechirib.

Shoir Fayzullo G'ofurov โœ

@hayolann
Utmishimga nazar.

Hayollar kezadi darbadar.
Biron taskin topmoqni istab.
Hayollarga chumsamda agar.
Qo'ygim kelar nelarni eslab.

Gul berganda olmaganlarni.
Chin sevgimni bilmaganlarni.
Do'stingman deb yonimda turib.
Dushmanlikdan toymaganlarni.

Yurar yulim poylab yurgan kim.
Yiqildi deb bolta urgan kim.
Hammasiga ko'z yumib bugun.
O'tiribman sukut saqlab jim.

O'tmish yo'lim kuzatasan yana.
Qaysi mahal qaysidir sana.
Bazan omad yuzin o'girgan.
Bazan esa qildim tantana.

To'g'ri so'zni o'yin bilganman.
Ibodatni qiyin bilganman.
Boshim toshga urilib bo'lgach.
Hammasini kiyin bilganman.

Kimlardandir ayrilganim rost.
Qo'yganlarim bo'ldi qabriga.
Bir o'zimni qoldirdi holos.
Qoyil qoldim bugun sabrimga.

Topganimdan ko'p yo'qotganim.
Bilolmadim anglolmadim hech.
Xatolarim tushundim bugun.
Hechdan ko'ra bo'lsa hamki kech.

Shoir Fayzullo G'ofurov โœโœโœ

@hayolann
Mayda yoqqan qor parchalar.
Kelib urdi, yuzimga bir oz.
Sen ketdinggu keldi qanchalar.
Bir senchalik bo'lmadi holos.

Derazadan qarab, termuldim.
Kelarmi deb sendan bir habar.
Sen baxtlisan balki kim bilsin.
Sevgimizdan qolganmi asar.

Hato bo'ldi, kimda bilmadim.
Sen ketdinggu, sen bilan qoldim.
Uzdan kechdim tondim gohida.
Nega sendan ayt kechaolmadim.

Muallif Fayzullo G'ofurov โœโœ

@hayolann
Senga yetmog'im mushkul.
Kechmoq undan qiyinroq.
Bugun ahvolim tushgun.
Aytaolmayapman biroq.

O'rtamizda masofa bor.
Qarshiliklar ko'p bisyor.
Bu yurak bir senga zor.
Har kun qilmoqda isyon

Kuchli bo'lishim kerak.
Senla bo'lmog'im uchun.
Kel yonimga bo'l tigak.
Baxtga yetmog'im uchun.

Sen axir ruyomassan.
Osmonimiz bir bo'lsa.
Uzing yo'qlab kelmassan.
Hatto yuragim tinsa.

Muallif Fayzullo G'ofurov โœโœ

@hayolann