Shoir Fayzullo Gofurov ijodi✍
2 subscribers
45 photos
2 videos
Ko'ngillar sinmoqda suyaklar butun.
Sohillar qirg'oqda qirg'oqlar sokin.
Dunyo tashvishlardan iborat nechun.
Hayollar og'ushi bermaydi taskin.

Fayzullo G'ofurovπŸ“š
Download Telegram
Shaxarda.

Mashina signali atrof shovquni.
Yomg'irda uvigan junjukkan shahar.
Bir nimadan quruq qolgani kabi.
Odamlar uyg'onar quyoshdan avval.

Qadamlar toqnashar nigohlar emas.
Gavjun metrolar ham chekar tamaki.
Oyog'i og'riqdan hech orom bermas.
Joylar bant ,tik turar qari amaki.

Daraxtlar barglarlari yuvildi nogoh.
Shamol olib ketdi qushning inini.
Nimadir demoqchi chekadi oh voh.
Birov tushunmaydi uning tilini.

Ijara haqqini tolay olamagan.
Talaba haydalar yana kuchaga.
Bu hayot boshiga nelar solmagan.
Pul topish qiyindir yetim bolaga.

Mashina signali atrof shovquni.
Yomg'irda ivigan junjukkan shaxar.
Bir nimadan quruq qolgani kabi.
Odamlar uyg'onar quyoshdan avval.

Muallif Fayzullo G'ofurov.✍

11-aprel 2022
Sher hayotim mazmuni mening.
Bo'm bosh varoq bo'yalgan siyoh.
Gohi kunning, gohida tunning.
Oromini ug'irlagan men.

Yozilmagan aytilmagan so'z.
G'am anduxga to'lib bo'lgan qalb.
Hazon bo'lib to'kiladi kuz.
Ne uchundir meni qilgan jalb.

She'r sinaydi bardoshlarimni.
Ayriliqdan darddan so'zlasam.
Kuzataman teng doshlarimni.
Bari baxtli bundoq uylasam.

Ko'p yozaman hayot haqida.
Qiyinchilik sinalgan jasad.
She'rlarimda chuqur halsafa.
Bulmasa ne qilasiz hasad.

Sevgi sizga eskirgan mavzu.
Sevmadinggiz uyin qildinggiz.
Men uchun bu eng go'zal tuyg'u.
Yo'lgon bo'lsa sizning sevginggiz.

Men to'kaman dilda borini.
Navoiydek yoza olmasman.
Oshiq sevsa Haqni Robbini.
Uzi doim madadkor bo'lgan.

Men yozaman dilda borini.

Muallif Fayzullo G'ofurov ✍
@hayolann

25.12.2021
Moychechak.

Moychechak bir olam quvonch baxsh etdi.
Shunchaki qulimda tutganim uchun
Qara bu yuragim faqat dard yutdi.
Kelishing intizor kutganim uchun.

Kelmasang ham mayli endi bir bora.
Yonimda moychechak Ikkimiz holi.
Shunchasi yetarli buldim ovvora.
Qiziqma ne kechdi deya axvoli.

U meni sendan ko'p yaxshi kuradi.
Tashriflar aylaydi oddiy kulbamga.
Har bahor havlimda o'sib chiqadi.
Iltifot qiladi kelib telbangga.

Sen esa kelmading kutgan onlarim.
Yulingga intizor kuzlarim tolgan.
Baxtim ne ekanin bilmas chog'larim.
Moychechak kelgan-u dardlar yuqolgan.

U meni sendan ko'p yaxshi kuradi.
Yolg'iz qoldirmaydi uzimni holi.

Shoir Fayzullo G'ofurov ✍
@hayolann
Ayollarga tabrik

Bahoriy gullarga uxshatdim seni.
Usha Gullar ichra yagona gulsan.
Guyo binafshalar sezadi shuni.
Qiyosi yo'q misli pinhona gulsan.

Onasan, singilsan mutabar AYOL.
Sen yorsan dilkashsan munavvar Hilol.
Sen baxtsan baxtsizlik yuliqtirmagan.
Sen suvsan mavjlanib oqar hur Zilol.

Sen Ona oyog'ing ostida Jannat.
Sen singil Duzohdan pardalar bo'lgan.
Sen umr yuldoshsan hizmati beminnat.
Og'ir kunimizda daldalar bo'lgan.

Sen nursan uzingga chorlab tuguvchi.
Quyoshdek yoritib porlab turguvchi.
Sen nomus hamiyat erkak zotiga.
Ayollik sha'nini oqlab yurguvchi.

Senga hurmatimiz cheksiz bepayon.
Tug'ri bazan buni qilmaymiz ayon.
Sizlar hayotimiz charog'onlari.
Erkaklar baxtiga bulinggiz omon.

Muallif Fayzullo G'ofurov ✍✍

@hayolann

07.03.2021
Quylar soyaladi oftob nuridan.
Chunonam bir yerga yig'ildi bari.
Mening qishlog'imni chekka qirida.
Baxtli yashayotir usha chuponi.

Dashtida dexqoni zahmat chekadi.
Suv bormas joylarga oladi ariq.
Chigitni ekadi bug'doy sevadi.
Va oxir halqiga etadi tortiq.

Bog'boni har sahar borib gulzorga.
Ularga suv quyar kurastib himmat.
Daraxtlar kurtaklar har yil bahorda.
Quyoshi charaqlar yulduzlar so'nmas.

Va ta'lim sohasin etaman bayon.
Misoli choqqida ko'zlari yonar.
Maqtash kerak emas hammasi ayon.
Fidoyi jon kuyar ishlashar halol.

Tibbiyotga ulkan quyildi qadam.
Buyuk maqsatlarda jamlanmish xalqim.
Shoiring ushladi quliga qalam.
Va noming ulug'lab shu sherni bitdim.

Mulallif fayzullo G'ofurov.✍
Men hayol suraman be jon be tinim.
G'alati hislarga bo'lganday asir.
Atrofda bahorning nafasi so'lim.
Quyoshni nurlari qilgandek ta'sir.

Qaydadir qushlarning honishi yilar.
Yuragim urishi sezilar birdan.
Qaydadir kapalak bir gulga qunar.
Men esa qunmayman azizam hech ham.

Sovuqqon jasadim jimlik pallasi.
Arosat maydoni tushunish qiyin.
Axir tugagandi sevgi azasi
Qolgani shunchaki bo'shlikni yo'li.

Men esa kapalak bo'lmoq istadim
Gulgamas kaktusga qo'nmoq istadim.
Hamma hidlamagan hamma sevmagan.
Tikonga sanchilib o'lmoq istadim.

Muallif Fayzullo G'ofurov✍
@hayolann.
6-aprel 2022
Mensiz yashashga sen o'rganib bo'lding.
Aksimni izlamas hatto ko'zlaring.
Sensiz qovjuragan gul kabi so'ldim.
Yonimga qaytib kel qaytgin sevganim.

Men sensiz yashashga o'rganolmadim.
Yurakni sug'ursang o'tga tashlasang.
Ex sendan o'zgani yor deyolmadim.
Qani endi sen ham mendek sevolsang.

Boshimni harsangga urmoq istarman.
Kemadan dengizga otsam o'zimni.
Bag'rimga qayt deya seni qistayman.
Yerda qoldirmasdan kelgin so'zimni.

Gulzordan sen uchun lolalar terib.
Ismingni qalbimga jo etib mahtal.
Uzin Sochlaringni maydalab o'rib.
Labingdan bosalar olsaydim bir bor.

Sog'inchdan boyningga gulchambar osding.
Bildirmay yashaysan Sog'inganingni.
Bugun suratingni bag'rimga bosdim.
Va sezdim yuraging og'riganini.

To'g'ri men qalbingni og'iritib quydim.
Rashkim samolarga sig'may ketganda.
Seni dunyolarga alishmay Sevdim.
Sen mening qalbimda bilgin yagona.

Boshimni harsangga o'rmoq istarman
Kemadan dengizga otsam o'zimni.
Bag'rimga qayt deya seni qistayman.
Yerda qoldirmasdan kelgin so'zimni

Sh. Fayzullo G'ofurov ✍
Kimnidir sevdingmi kurasholsang sev.
Hatto ranjitsa ham yarasholsang sev.
Vadalar berdingmi baxtli qilmoqqa.
O'sha vadalarda tura olsang sev.

Kimnidir sevdingmi berma ozorlar.
Ayriliq yomondir sog'inch humorlar.
Muhabbat aylagin sadoqat birla.
Hatto sahrolar ham bo'lsin gulzorlar.

Kimnidir sevdingmi boqma chiroyga.
Yoringni taqqosla ko'kdagi oyga.
Ko'zingga harom qil undan o'zgani.
Vafoni ko'rsatib qo'ygin dunyoga.

Kimnidir sevdingmi mansabin emas.
Yoki mashxurligin nasabin emas.
Allohga muhabbat qo'yganin sevgin.
shunda u ham sendan o'zgani demas.

Muallif Fayzullo G'ofurov✍
Shoir juda kam namo.

Hammada menga havas.
Lekin dardim qiziqmas.
Quloqchining bant etdim.
Netay yuraging emas.

Eshitib har bir she'rim.
Qoyil tasanno dedi.
Shunday talanti bilan.
Shoir sarsona edi.

Nimadir bo'ldi unga.
Shoir juda kam namo.
Sherlari yoqar dilga.
Yurakka yetar hatto.

Yoki charchaganmikan.
Hayot tashvishlaridan.
Yo'llari to'la tikan.
Qoqildimikan birdan.

Balki sevgidan kuygan.
Ishongan kimlargadir.
Bugun baridan to'ygan.
Yo'l olgan qaylargadir

Umri zahmatda utdi.
Qo'l chuzib nochorlarga.
Kimnidir intiq kutdi.
Kelgani ozorlarda.

Hayot bir tekis emas.
Derlar baland pasti bor.
Shu kunlarda kurinmas.
Yo'qligida qadri bor.

Balki hasta bemordir.
Hech kim olmagay habar.
Balki qora mehnatda.
Sotib yurgandir tavar.

Kitoblari nashriyot.
Yuzin ko'rmay ketmasin.
Sherlarimda barhayot.
So'zim sehri o'lmasin

Shoir Fayzullo G'ofurov ✍✍

@hayolann
Bugun bir singlimiz aytib qoldi otam namoz uqishimga qarshilik qilayapti. Nima qilay deb. Holiqqa oyislik qiladigan ishlarda mahluqqa itoat qilinmaydi. Singlimiz nomidan yozilgan sher.

Muslima qiz dardi.

Hijobga qarshi ona.
Namozga qarshi ota.
Bundan ortiq johlillik.
Kurmayapman men yana.

Meni qizim emassan.
Namoz o'qisang bir bor.
Rumolni ham urama.
Boshqa kurmayin zinhor.

Zamonga qara qizim.
Tinglagin meni so'zim.
Eskilik sarqiti bu.
Qolib ketgan bir udim.

Qiz tanirdi Robbisin.
Ibodatin qilardi.
Otasi lek shart quygan.
Endi nima qiladi.

Yod olgandi hadislar.
O'qirdi edi Qur'onni.
Fido ham qilar edi.
Robbisi uchun jonni.

Qabrda ham birinchi.
So'raladi der nomoz.
Qabrimga kirasizmi.
Birga kiring iltimos.

Otasiga aytdi qiz..
Yig'lar edi tinmasdan.
Qiyomatda ne diyman.
Tark etib ketsam qastdan.

Namozim tashlamayman.
Bo'lmang mendan norozi.
Savol javob paytida
Og'ir bosar tarozi.

Namoz bilan yashayman.
O'lsam ham namoz deyam.
Ro'molimni yechmayman.
Kim chiqsa ham yo'limdan.


Shoir Fayzullo G'ofurov ✍✍✍

Fayzullo
@hayolann
Bilmadim.

Ko'zlarim yoshini sanamoq bo'ldim.
To'kilgan tolaga achinmay qo'ydim.
Nega Sevdim o'zi ne uchun Sevdim.
Bilmadim.

Qishda yozni dedim yozda aksini.
Ishq asli hatomi bilmadim buni.
Sen usha kuydirgi menchi jununi.
Bilmadim.

Hozir qayerdasan qaysi axvolda.
Yoki Ohu kabi qattiq qo'rquvda.
O'lja bo'lmoqlikdan saqlan har holda.
Bilmadim.

Balki yig'lamoqni qilding ixtiyor.
Ko'zingda yosh yog'-u sog'inding bisyor.
Balki sog'inchning ham o'zin vaqti bor.
Bilmadim.

Ne bo'ldi bilmadim ayrilib bo'ldik.
Sevgini yergamas samoga ko'mdek.
Balki sening ham yuraging kemtek.
Bilmadim.

Muallif Fayzullo G'ofurov ✍
@hayolann

14. 03.2022
Sajdada utkaz.

Vafot topganlar-ku uyg'oq aslida.
Tiriklar g'aflatdan bushamas sira.
O'liklar istaydi sajda qilmoqni.
Chunki bu mozorlar mayitga to'la.

Shohini kurginda gadosini ko'r.
Olim-u nodonin mavlosini kor.
Barchasi yotibti tuproq ostida.
Dunyoni titratgan bo'lganlar ham zo'r

Guyo musofir bo'l yo'lga otlangan.
Manziling aniq u, bormoging tayin.
O'limga tayyorlan keladi bir kun.
Yasha Holiqqingga sodiq quldayin.

Gar qullar keksayib qolsalar kuchdan.
Hojalar ozot qilar kursatib himmat.
Tillar toxtamasin Alloh deyishdan.
Allohim qulingni duzohdan qutqaz.


O'liklar uyg'oqqu Tiriklar mudroq.
Qalblar o'lib bo'lgan quruq yer kabi.
Yomg'irda yashnaydi qurigan tuproq.
Qalbingni da'vosi Qur'on nur kabi.

Qalbingga Qur'onni yo'lini kursat.
Robbing huzuriga topib bor fursat.


Muallif Fayzullo G'ofurov ✍
@hayolann

30.11.2021
Ko'ngillar sinmoqda suyaklar butun.
Sohillar qirg'oqda ,qirg'oqlar sokin.
Dunyo tashvishlardan iborat nechun.
Hayollar og'ushi bermaydi taskin.

Izinsiz keladi hatto g'am qayg'u.
Yomg'ir tomchilaydi tarnovdan chak-chak.
Yuragi yig'laydi maxzun odamni.
Azroil jonini olganday attang.

Savolga tutadi har sahar o'zin .
Javob bermoqlikka chiqmaydi ovoz.
Rastan ham ko'chada yog'moqda yomg'ir.
Rostan ham kelsachi azroil hozir.

Muallif Fayzullo G'ofurov.✍

31 .03.2022
@hayolann
Kutulgan qung'iroq, bo'ldi nihoyat.
Kutargim kelmaydi, uni negadir.
Juda ham hursandman, bundan bag'oyat.
Endi bu yurakka boshqa egadir.

Vaqtida bulmadi, biron bir habar.
Bir yo'qlab quymadi, telba oshiqni.
Jonimni berardim, so'rasa agar.
Sevganim hatosi, bo'ldi yoshlikni.

Qancha habarlarim, qoldi javobsiz.
Qancha umid bilan, yozilgan bari.
Kunim utmadiku, bir kun azobsiz.
Endi bu kungildan yuring sal nari.

Endi kerak bo'lib, qoldimmi sizga.
Sog'ingan paytimda, qayda edinggiz.
Endi hayotimga kirganda o'zga.
Kechirimlar so'rab, nega keldinggiz.

Keting, qaytmang, yig'lamang bo'ldi..
Be samar urinmang, sevmayman ortiq.
Sizga bo'lgan mehrim, quyoshdek so'ndi.
Chunki, o'zga gulga bo'lganman oshiq.


Muallif Fayzullo G'ofurov ✍
@hayolann
Yorimga

Maylimi sizni men quysam yashirib.
Birov topolmasa mendan tashqari.
Topganim bittasiz axir axtarib.
Hech kimni tushmasin sizga nazari.

So'zinggiz yashirib saqlamang sukut.
Bitta savolimga aqalli hop deng.
Iltimos aylasam , demanggiz unut.
Sizdan boshqa meni oshig'im kop deb.

Bu ko'zlar o'zgaga boqmagan sira .
Nomahram yuzidan qilganman hazar.
Kelganman qalbimdek bir qalbni so'rab.
Menga yor bo'lasiz yuragim sezar.

Va yana bekitib quygim keladi.
Bu rashkning qandaydir quyish qoniga.
Taqdir ikkimizni rosa sinadi.
Yur qochib ketaylik jimsasiz joyga.

Muallif Fayzullo G'ofurov ✍✍

@hayolann
U menga kerak.

U bir dengiz edi,oqqan mavjlanib.
Men esa sahroda uni istagan.
U kelsa ketardi, meni g'amlarim.
Guyo bir niholman uni so'ragan.

U esa kelmasdi, hatto bir bora.
Unga qiziqmasdi, meni dardlarim.
Uzim boramanda, boshqa yo'q chora.
Aytib kelaman men, guzal hislarim.

Yo unga yetaman, yetmasam nobut.
Ahir nihol sahroda, yasholmas uzoq.
Ha u menga kerak, men unga sodiq.
Ungachi qiziqmas, bu holim biroq.

Muallif Fayzullo G'ofurov ✍✍

@hayolann
Kapalakim.

Bir kunlik umridan qanchalar mamnun.
Gullar ichida u chamanzorlarda.
Kapalak umridek mening umrim ham.
O'tib bormoqdaku dil ozorlarda.

Yig'lamas meningdek qalbi kuymagan.
Oshiqmas meningdek balki sevmagan.
Be ozor kapalak kel ko'r holimni.
Bevafo sanamim qadrim bilmagan.

Soyadek izidan yurganman holos.
Men uni juda ham sevganligim rost.
Shu sherimni bitdim senga termulib.
Kel Kapalak birga yig'laymiz bir oz.

Meni uni dedim, u o'zgasini.
Ketsa ketar mayli boshqa kelmasin.
Sen meni degin, qo'y boshqasini.
Ikkimiz qolaylik birov bilmasin.


Muallif Fayzullo G'ofurov ✍✍✍


@hayolann
Sevgi deb.

Topganing Sevgidan azobmi rohat.
Mitti yuragingga sig'armi faqat.
Fayzullo ne sabab muhabbatlisan.
Goh unga muhtojsan, gohida be farq.

Unga yetishmoqlik eng guzal istak.
Gohida sevishing tan olging kelmas.
Uni deb uradi, kuksingda yurak.
Yoniga Bormoqqa g'ururing kunmas..

Nima bulsa buldi bormasang bulmas.

Muallif Fayzullo G'ofurov ✍
@hayolann
O'zni malomat.
(Maskvada yozilga she'r.)

O'zim bilan o'zim ovvora bugun.
Hayolga shong'iyman ajnabiy hislar.
Birovga dil yorsam aylaydi dilxun.
Be foyda ketmagay aytilgan so'zlar

Qo'limda qalamim qurigan siyoh.
Yurakda alamim yozmoq istayman.
Yana hayolimga keladi nogoh.
Usha qishloq qizni ko'nglim qumsaydi.

Yurtim dalasini kezgan chog'larim.
Qo'limda bobomning ketmoni edi.
Yodimda uzimroz, olma bog'larin.
Sog'inib eslayman barchasin endi.

Uttizinchi qavat, boqib shaharga.
Guzallik, chiroqlar, olar aqlingni.
Bomdodda uxlayman turmay saharga.
Qara g'ayri dendan, topchi faqingni.

Maqtanib qo'yaman yozgan sherimga.
Dunyoda men kabi shoir yo'qdayin.
Tushinib bo'lmaydi aslo fe'limga.
Savyasiz yozilgan she'ring bir tiyin.

Ikki yil oz vaqtmi senga iy noshut.
Onang duo qilib kelishing kutar.
Bu holda bir kuni bo'lasan nobut.
Bormasang sevging ham seni unitar.

Nelarga erishdim neni yo'qotdim.
Topganlarim ko'pmi yo'qotganlarim.
Nafsni botqog'iga butunlay botdim.
Qolib ketdi qancha ibodatlarim.

Bu yerlar begona baribir o'zga.
Qushni qiz, voyaga yetib qolgandir.
Onajon boraman manashu kuzga.
Yo'limga intizor, ko'zi tolgandir.

Shoir Fayzullo G'ofurov ✍✍

@hayolann

06.07.2021
Ayriliq.

Sensiz muzladimmi, yoki yondimmi.
Yoki baxt topdimmi, yo berdimmi baxt.
Bugun sensizlikda, yolg'iz qoldimmi.
Bugun yuragimni, kemiradi dard.

Kecha kunlarimning mazmuni eding.
Kecha yuragimning, g'amhor tabibi.
Kecha oshig'ingni orzusi eding.
Sevgani, suygani, tanho habibi.

Kecha yig'lamasdim, bir seni o'ylab.
Dartlar chekmas edim, alamlar yutib.
Bugun yig'layapman, o'zimni qiynab.
Sendan olis ketib, va senga qaytib.

Kecha bu ko'ngilda har kuni bahor.
Turfa rang gullarga bezanar edi.
Bugun bu kungilni, egallab hazon.
Sevgilim kimni deb yig'laymiz endi.

Aniq esimda yo'q kim qildi xato.
So'ngi bor qaysimiz qildik qo'ng'iroq.
Sen ham sog'indingmi, men bo'ldim a'do.
Yo bizni yomonlar ayirdi yiroq.

Sen ham kelmadinggu men ham bormadim.

Muallif Fayzullo G'ofurov ✍
@hayolann