Sherlar olami👑
2 subscribers
1 link
SHERIY BATLLAR 👉..https://t.me/sherlar_olami_batl
Download Telegram
ONANGNI ONANGDEK SEVOLASANMI?

Hammangizga tegishli. Savolim xoh erkak, xoh ayol - bir o'ylab ko'ring...

Borimsiz deysan-a gapirib buncha,
Tun-u kun yonida qololasanmi?
Qo'lingdan kelsa, yo zo'r bo'lsang shuncha,
Onangni onangdek sevolasanmi?


Bilsang yangi emas, eski kiydi u,
Og'rinsang, og'rinib g'aming yeydi u.
Munofiq bo'lsang ham bolam deydi u,
Onangni onangdek sevolasanmi?


Olib ber, tusaydi uning ham ta'bi,
Tarbiya qilmabdi hayot maktabi.
O'g'ilsan farzandi sen ham u kabi,
Onangni onagdek sevolasanmi?


Kechmaydi hech qachon mayli eshik yop,
Unday bo'lolmaysan qancha yugur, chop.
Yolg'onni so'zlamay aytchi? javob top,
Onangni onangdek sevolasanmi?


Ko'nglini xushlamay izlaysan kamol,
Sochlari qoramas, oqardi zavol.
Ey banda, musulmon, oddiy bir savol
Onangni onangdek sevolasanmi?


Qo'llaring shishmaydi chaqmasa ari,
Do'stlardan ayrilding, ketmadi nari.
Boshqa begonamas, onang singari
Onangni onangdek sevolasanmi?


Xatoying o'chirar sabri to'lsa ham,
Dardi bor, ishonma qara kulsa ham!
Tog'ni talqon qilgan kuching bo'lsa ham,
Onangni onangdek sevolasanmi?


Holiga boqmaysan, qizlarda ko'zing,
Sovigan yuraging erisin muzing.
Bolangni suygandek endi sen o'zing
Onangni onagdek sevolasanmi?


Sog'indim, bir yo'qlab kelgin deb aytdi,
Oson diydor bo'ldi internet sayti.
Sevgingni isbotlash mavridi payti,
Onangni onangdek sevolasanmi?


O'rtaga gap tashlab chiqardim nizo,
Barcha jim kutyapti hatto yer, fazo.
Odamlar so'rasa, ey Sarvar Mirzo
Onangni onagdek sevolasanmi?

❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Bahor keldi seni so’roqlab…

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

Qancha sevar eding, bag’rim, bahorni,
O’rik gullarining eding maftuni.
Har uyg’ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko’zlaringga surtib o’parding uni.

Mana qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so’radi seni,
Ul ham yosh to’kdi-yu, chekindi nari.

Seni izlar ekan, bo’lib shabboda,
Sen yurgan bog’larni qidirib chiqdi.
Yozib ko’rsatay deb husn-ko’rkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.

Topmay, sabri tugab bo’ron bo’ldi-yu,
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog’laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog’ning toshini.

Qirlarga ilk chiqqan qo’ychivonlardan
Qayda shoir, deya ayladi so’roq.
Barida sukunat, mayuslik ko’rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq…

So’ngra jilo bo’lib kirdi yotog’imga,
Hulkar va Omonning o’pdi yuzidan.
Singib yosh kuydirgan zafar yonog’imga
Sekin xabar berdi menga o’zidan.

Lekin yotog’imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana el bo’ldi-yu, kezib sarsari,
Mendan so’ray ketdi qalbimni tilib:

«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo’shig’i mavjlanib bir daryo oqqan?
«Baxtim bormi deya, yakkash so’roqlab»
Meni she’rga o’rab suqlanib boqqan?

O’rik gullariga to’nmaydi nega,
Elda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho’x nashidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?

Qanday ishqqa to’lib boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo’shig’ida
Mudom ko’rar edim o’z jamolimni.

Qani o’sha kuychi, xayolchan yigit?
Nechun ko’zingda yosh, turib qolding lol.
Nechun qora libos, sochlaringda oq,
Nechun bu ko’klamda sen parishonhol?»

Qanday javob aytay, loldir tillarim.
Baridan tutdim-u, keldim qoshingga.
U ham g’aming bilan kezdi aftoda,
Boqib turolmayin qabring toshiga.

Alamda tutoqib daraxtga ko’chdi,
Kurtakni uyg’otib so’yladi g’amnok.
Sening yoding bilan elib beqaror,
Gullar g’unchasini etdi chok-chok.

Gulu rayhonlarning taraldi atri,
Samoni qopladi mayin bir qo’shiq.
Bu qo’shiq naqadar oshno, yaqin,
Naqadar hayotbaxsh, otashga to’liq.

Bahorga burkangan sen sevgan elda,
Ovozing yangradi jo’shqin, zabardast.
O’lmagan ekansan, jonim, sen hayot,
Men ham hali sensiz olmadim nafas.

Hijroning qalbimda, sozing qo’limda,
Hayotni kuylayman, chekinar alam,
Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Qaydan ham bilarding dilda ne dardu,
Qaysi savollarning qoshida lolman.
Kimning oyogʻini ostida gardu,
Kimning osmonida tanho hilolman!

Qaydan ham bilarding sirtimga boqib,
Ichimda itlarning tirnoq izlarin.
Kimga shu turishim, borimcha yoqib,
Kimga isitmadi mening yuzlarim!

Qaydan ham bilarding...
Ming yildan beri,
Yurak siniqlarin terib yurganim.
Tugmadek sogʻ yerin naridan beri,
Qancha umid bilan senga berganim!

Qaydan ham bilarding,
Qaydan bilarding,
Kulgan yuzlarimdan oʻtmay nariga.
Hayot ummonida qayiqman suzgan,
Lek choʻkib boʻlganman uning qaʼriga!

Sen qaydan bilarding...
❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xoji bo'lsin mening ota-onam ham!

Dasturxon boshida tongi payt sahar,
Duoga qo'l ochdim yaratgan Egam.
Sening koshonanga qilsinlar safar,
Xoji bo'lsin mening ota-onam ham

Mehnatda o'tmoqda umrining bori,
Halol luqma berdi bizlarga har dam.
Diydorni nasib et ko'plar qatori,
Xoji bo'lsin mening ota-onam ham.

Hayot deb atalmish umr bog'ida,
Sitamlar chekmasin, yutmasinlar g'am.
Qad raso, sog'-omon yurgan chog'ida,
Xoji bo'lsin mening ota-onam ham.

Go'yoki qaytadan topib tavallud,
Oppoq liboslarda ko'rinib ko'rkam.
Yuzlardan yog'ilib nur ila xushnud
Xoji bo'lsin mening ota-onam ham

Kaftidan suv ichay bamisli kavsar
O'shal kun ziyoga to'lsin olam ham
Gunohdan poklanish bo'lib muyassar
Xoji bo'lsin mening ota-onam ham

Iltijo qilurman ko'zlarim yumib,
Kaftimda duolar bo'lib jam-u jam
Do'q urib shaytonga tosh otib quvib
Xoji bo'lsin mening ota-onam ham

Mo'min-musulmonga orzu Qiblagoh
O'zing muruvvatli o'zingsan xotam
Sening ostonangda bosh urib Alloh
Xoji bo'lsin mening ota-onam ham.

❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,
Bu nihol nomini Yaxshilik ata.
Niholing yoniga bir gul ekib qo‘y,
U gulning ismini Go‘zallik deb qo‘y.

Gulu niholingga baxsh etib hayot,
Suv ber va bu suvga Mehr deb qo‘y ot.
Sendan farzandingga bog‘ qolsin, ey do‘st,
Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st...
❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
She'riyatning timsoli-qalam,
U haqda-ku, she'rlar behisob.
Ey shoirlar, bitganda kitob,
Eslab qo'ying o'chirg'ichni ham.

Usiz bo'lmas she'ringiz ravon,
Usiz qilmas satrlar xanda.
Siz qalamga she'r ataganda,
O'chirg'ichga bag'ishlang doston.
❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Senga maftun bo'lib sevib qolganim,
Ishqing olovida o'rtanganim rost.
Sening yoding bilan nafas olganim,
Isming takrorlashga o'rganganim rost".

Dedingu, ey yigit, yuzimga boqding,
Sendan uzolmadim men nigohimni,
O'sha go'zal bahor bag'rimni yoqding,
Endi o'zing tingla tortgan ohimni!

Qizlar bo'yi yetsa, tikardi palak,
Men seni sevdimu oldim qo'limga.
Savatda tovlanar rang-barang ipak,
Bahor nusxa tashlar chizgan gulimga...

Dushman ajal tortib keldi Vatanga,
Bizning sevgimizga tashladi hijron.
Sen ketding yarog'ing olib yelkanga,
Qaytaman, kut,– deding, – yov bitgan zamon.

Sen-la, birga ketdi bahor ham yurak,
Yomon vahimalar oldi hushimni.
Kelgach dilbar xating, xayrli darak,
Umidim o'sdi-yu, tikdim ishimni.
Uni tika berdim kechalar bedor,
Qarshimda surating, tortdim qatimni.
Xayolimda sensan doim, aziz yor,
Ishqing bilan chekdim sevgim xatini.

Yozni tamom qilib sen qaytsang g'olib,
Ishqda birga tepgay bizdagi yurak.
Seni qarshilagay quyoshday yonib,
Yo'lingga ko'z tutib men tikkan palak.

Sening dillaringga bergay ul orom,
Sevgim armug'on bo'lur umrbod.
Mehribon qo'limning san'ati mudom
Sening ro'parangda tursa bas, men shod!
❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Boshimda aylanar ming bitta tashvish,
Azal fe'limda yo'q har kimga nolish...
Mendan noliyvermang Allohdan har ish,
Mendan xafa bo'lib yurgan odamlar!

Dunyoning ishlari xilma-xil turfa,
Odamlar topilar sizdan ham xafa...
Sizga shu jonimni qilaymi tuhfa?
Mendan hafa bo‘lib yurgan odamlar!

Balki, tik qaradim ko'zingizga goh,
Balki, qarolmadim ko'nglingizga goh...
Deydilar avvalo sen o‘zingga boq!
Mendan xafa bo'lib yurgan odamlar!

Tangriga ayondir savob, gunohim,
O'zi yuragimdan yolg'iz ogohim...
Sizga aytolmayman, har bitta ohim
Mendan xafa bo‘lib yurgan odamlar!

Gohi hol so'rashga vaqtim bo'lmadi,
Vaqtim bo‘lganida naqtim bo'lmadi...
Holim so'rmadingiz qadrim bo'lmadi,
Mendan xafa bo'lib yurgan odamlar!

To'g'ri, kimlarnidir mensimay o'tdim,
Kimnidir avaylab kiprikda tutdim...
Balki o'zni o'ylab sizni unutdim,
Mendan xafa bo'lib yurgan odamlar!

Balki begonasiz balki jigarim,
Bunchalar sinamang tosh emas sabrim...
Bir kun uzr so'rar yig'lagan qadrim,
Mendan xafa bo'lib yurgan odamlar!
❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hayotni tushunmoq istasang
qiyin,
Balki topolmassan oʻzinga
javob.
Bir gapni aytaman sen shuni
bilgin,
Oʻliklar ortidan, oʻlib boʻlmaydi,
Tiriklar ichra yashab boʻlmaydi.


Boshingni qotirmaz gʻavgʻoga
solib,
Beshavqat dunyodir domiga
tortib.
Balolar yog'ilsa ketmaysan
qochib,
Oʻliklar ortidan, oʻlib boʻlmaydi,
Tiriklar ichra yashab boʻlmaydi.


Gʻam degani kulfatga sherik
aslida,
Chidaymiz, bandamiz qoʻygin
maylida.
Muhabbat ham oʻzgardi, boylik
qasrida,
Oʻliklar ortidan, oʻlib boʻlmaydi,
Tiriklar ichra yashab boʻlmaydi.


Mushtoq kutar boʻlsang arzimas inson,
Sadoqat deganda, ancha
olislar.
Mehr berganing ham aslida
shayton,
Oʻliklar ortidan, oʻlib boʻlmaydi,
Tiriklar ichra yashab boʻlmaydi.
❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MEN SEVIBMAN 💔


Jon kuydirib oʻylasam,
Muxabbatdan soʻylasam.
Jim koʻngliga qarasam,
Men sevibman u emas.

Axdimga vafo qildim,
U ham sevadi derdim.
Keyin oʻylab qarasam,
Men sevibman u emas.

Xatlar yozsam javobsiz,
Gunoxkorman asossiz.
Savolim koʻp javobsiz,
Men sevibman u emas.

Turna qator argʻumchoq,
Menga ochmagan quchoq.
Nozikkinam koʻzmunchoq,
Men sevibman u emas.

Kutgan kunlarim kelmas,
Zoʻrgʻa olyapman nafas.
Muhabbat soʻrab kelmas,
Men sevibman u emas.
❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dunyo ajib oʻyinidan tilim ojiz,
Shodlanadi yutugʻimdan goʻzal bir qiz.
Umr ekan bir bevafo essiz essiz
Asra Alloh uzoqdagi farishtamni.

Yuzda kulgu, koʻzlar mungli boqib turar,
Dilga ezgu tilaklarni yoqib turar,
Jilmaygancha menga sogʻliq tilab yurar,
Asra Alloh yiroqdagi farishtamni.

Dard bersada shukur deya koʻnib qolgan
Hasta yurak sevgi deya kuyib yongan,
Qismatiga indamasdan netay koʻngan
Asra Alloh uzoqdagi farishtamni.

Kunlar kelar bu kunlari ortda qolar
Sevgi bilan hasta yurak yana yonar,
She'rlarimdan olam olam quvonch olar
Asra Alloh yiroqdagi farishtamni.
❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Сиз юрган йўлларда гуллар ифори,
Сиз бормаган жойнинг арзи бор Она...
Ҳуснингиздан ҳусн олган баҳори,
Сиздан баҳорларнинг қарзи бор Она...

Жамийки гўзаллик юзингизда жам,
Қуёшнинг нурлари нурингиздан кам,
Сизку бу ҳақида ўйламайсиз ҳам,
Сиздан баҳорларнинг қарзи бор Она...

Ўзин мақтайверар уялмай сира,
Гўзалман деб қўяр кўксига ура,
Кимдан олганини унутгандира,
Сиздан баҳорларнинг қарзи бор Она...

Кунлар шамол каби тинмай елади,
Йиллар сочингизни оққа белади,
Қарзингни бер дея айтгим келади,
Сиздан баҳорларнинг қарзи бор Она...

Бўлмасангиз ўша баҳор не керак,
Шодликлар улашган анҳор не керак,
Тонг, сизни кўрмасам наҳор не керак,
Сиздан баҳорларнинг қарзи бор Она...

Сиз юрган йўлларда гуллар ифори,
Сиз бормаган жойнинг арзи бор Она...
Ҳуснингиздан ҳусн олган баҳори,
Сиздан баҳорларнинг қарзи бор Она...
❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yuragimdan kichkina dunyo!

Betartibdir mening o'ylarim,
Shovullagan shamoldek erka.
Mubohotdek yonar ko'zlarim,
Men sengadir, sen esa menga...

Oqshom bo'yi kuyladi oqshom,
Unga jo'shib kuyladim men ham.
Maqsadimiz bittadir mudom -
"Men sengadir, sen esa menga..."

Tushlarimda ungan gulg'uncham,
Ro'yolarga ko'ngan gulg'uncham.
Qismatimni yenggan gulg'uncham,
Men sengadir, sen esa menga...

Tosh otishar yo'llarimizga,
Kelib tegmas dillarimizga.
Qo'llarimiz qo'llarimizga,
Men sengadir, sen esa menga...

Yuragimdan kichkina dunyo,
Sochlaringdek ingichka dunyo.
Biznikidir shu - mitti dunyo!
Men sengadir, sen esa menga...
❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ARMON


Bilmadingiz bevafoyim qadrimni
Alloh toğlardan bersin sabrimni
Gar soğinip qolar bòlsam qabrimni
Sem meni sevmasliging men uchun armon

Kòzlarim intizor boqadi hayron
Gullagan chamanim ettingiz hazon
Esizz senga bergan hayotim uvol
Sen meni sevmasliging men uchun armon

Yolğiz qoldim ishq sohilida
Qadrimga yetmading men borligimda
Seni mehringa men zorligimda
Sen meni sevmasliging men uchun armon

Qahirliy qarashing azbday jonim
Men seni sevganman ishongin borim
Yalinib bormayman yòl qòymass orim
Sen meni sevmasliging men uchun armon.
❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TIKUVCHI QIZ

Yuragimni xovuchlab,
Ko’chasi yonidaman.
Tikuvchi qizni sevgan,
O’sha shoir bolaman.

U tikkan liboslari.
Ko’zlarim qamashtirar.
Aytgan shirin so’zlari,
Boshimni aylantirar.

Bir kun yorim bo’ladi.
Shunda ko’nglim to’ladi.
Kuyovlik kastimimni,
O’zi tikib beradi.

Eh o’qigan qizlardan,
Juda ko’p pand yeganman.
Shuning uchun oddiy qiz,
Tikuvchini sevganman.

Manga kulib boqdi u.
Qalbimdan joy oldi u.
Omadim keldi qarang,
Onamga ham yoqdi u.

Bir kun yorim bo’ladi.
Shunda ko’nglim to’ladi.
Kuyovlik kastimimni,
O’zi tikib beradi.
❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Имконга ўхшайди баьзи одамлар,
Меҳри ила дардинг тузатадилар.
Тиконга ўхшайди баьзи одамлар,
Санчилиб, йиғлашинг кузатадилар

Ризвонга ўхшайди баьзи одамлар
Юзингга шодонлик улашадилар
Нодонга ўхшайди баьзи одамлар
Фақат нафси учун курашадилар.

Виждонга ўхшайди баьзи одамлар
Тўғри йўлни топсанг, алқаб суярлар.
Зиндонга ўхшайди баьзи одамлар
Ўзингни ўзингга қамаб қўярлар.

Достонга ўхшайди баьзи одамлар
Дардини дунёга тинмай айтади.
Чистонга ўхшайди  баьзи одамлар
Сирларга ўралиб яшаб ўтади.

Шайтонга ўхшайди баьзи одамлар
Гуноҳга ботсангиз ҳузурлар қилар
Иймонга ўхшайди баьзи одамлар
Кўрсатган йўлидан ажрлар тилар

Хақиқий ошиқдир  баьзи одамлар
Бир Ёрни соғиниб, суйиб ўтарлар
Мунофиқ, фосиқдир баьзи одамлар
Гуноҳлар йўлини махкам тутарлар

Дилдорга ўхшайди баьзи одамлар
Хаммага яхшилик тилаб юради.
Юраги дардларга тўлиб кетса ҳам
Билдирмай, жилмайиб кулиб туради
❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandlik go‘zal qiz 🕌🙎🏻‍♀

Oydan go‘zal yuzingiz🌚🙎🏻‍♀
Kulguchi bor asal qiz 🍯🙎🏻‍♀
Buncha o‘jar qaysarsiz🤨
Samarqandlik go‘zal qiz! 🕌🙎🏻‍♀

Ko‘zlaringiz munchoqday🫠
Qalbimga ovunchoqday❤️
Arazingiz qiynoqday☹️
Samarqandlik go‘zal qiz🕌🙎🏻‍♀

Yoqimli ovozingiz🗣
Jonga yoqar nozingiz🙈
CHertay dilda sozingiz🪕🎼🎼
Samarqandlik go‘zal qiz🕌🙎🏻‍♀

Sizga bitta arzim bor🫵
Yorim bo‘ling vafodor🤵🏻‍♂👰🏻‍♀
Ishqingizdaman bemor🤧🤕🤒
Samarqandlik go‘zal qiz🕌🙎🏻‍♀
❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joningizga tegibmizda!


Sevdik deya bilib bilmay
Boshimizni egibmizda
Vaqtlar oʻtib endi bilsak
Joningizga tegibmizda

Yurakkinam boʻldi ado
Podsho koʻngil endi gado
Bilmam qayda qildik xato
Joningizga tegibmizda

Yot manzilda toʻxtadikmi
Yo sizni koʻp maqtadikmi
Sevgingiz bir martalikmi
Joningizga tegibmizda

Qoʻlimizdan ushlamaysiz
Gaplarimiz xushlamaysiz
Nahot endi xoxlamaysiz
Joningizga tegibmizda

Soʻndimikan ishq hiloli
Tindimikan soy ziloli
Yonib oʻchar sham misoli
Joningizga tegibmizda

Muhabbatim chopdingizmi
Yuzga eshik yopdingizmi
Yo boshqani topdingizmi
Joningizga tegibmizda

Endi sizga soʻzlamayman
Visolingiz koʻzlamayman
Ketavering izlamayman
Joningizga tegibmizda

Dilsizlarga dil beribman
Arzimasga gul beribman
Qaydanam koʻngil beribman
Joningizga tegibmizda

Boring endi koʻnglingiz toʻq
Yuragimda sanchilgan oʻq
Zorimiz bor zoʻrimiz yoʻq
Joningizda tegibmizda.
❤️@sherlar_olami_batl❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Unutishni uddalasam va'da beraman!
Boshqa sevmayman tavba qildim...)💔🥺
🔥1
Hoʻp jonim 🤭

Senga mehrim koʻp jonim,🤗
Orzularim toʻp jonim,🥰
Faqat araz qilmagin...🥹
Nima desang hoʻp jonim!😉

Aylanding dil sha'niga,🫶
Oshigʻing jon taniga,💝
"Ket"dan oʻzga bariga,☹️
Nima desang hoʻp jonim 😇

Aylanib ketdi boshim,🙃
Mohim, aziz quyoshim,🌞
Oʻzimni bagʻritoshim,😛
Nima desang hoʻp jonim!🥰

Asabni qilma tarang,🤯
Chidab yuribman arang,😥
Dil boʻldi ishqdan garang,🤫
Nima desang hoʻp jonim!😘

Mayli dedim oʻzinga,☺️
Porlab boqqan koʻzinga,😍
Koʻnaman har soʻzinga,😚
Nima desang hoʻp jonim!💋

Yuragim boʻldi asir,❤️
Quraylik ishqdan qasr,🏰
Sevaman jondan ahir,
Nima desang hoʻp jonim!💌