This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#XDP_tashabbusi
❗️ Qonuniy yechimga muhtoj
17 iyul kuni hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari “Eng katta “xufyona iqtisodiyot” ham qurilishda”, deya sohada sog‘lom raqobatni yaratishga to‘siq bo‘layotgan omillarga e’tibor qaratdi.
Yodingizda bo‘lsa, bundan avval ham, aniqrog‘i, 16 yanvarda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Prezident qurilishda 50 trillion so‘mlik mahsulot “soyada qolayotgani”ni tanqid qilib, Toshkent shahridagi “BM Group” qurilish kompaniyasi atigi uch nafar xodimi bilan umumiy qiymati 20 mlrd so‘mlik 62 xonadonli turar joy barpo etganini misol sifatida keltirgan edi...
Endilikda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hukumat tarkibiga o‘tkazilib, vakolatlari kengaytirilishi, ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar bo‘yicha jazo choralari kuchaytirilishi, yangi loyihalarda tadbirkorlar uchun elektr va gazdan texnik shartlar olishda inson omili ishtirok etmay, tizim raqamlashtirilishi belgilandi...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

«Ayollarga ko‘mak» loyihasi o‘tkazildi
O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi va partiyaning Qonliko‘l tumani kengashi tomonidan o‘tkazilgan "Ayollarga ko‘mak" loyihasi doirasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Kasalligi aniqlangan xotin-qizlar va bolalarga davolanish yo‘llanmalar va dori-darmonlar berildi.
Shuningdek, partiya mas’ullari va deputatlar shu hududdagi «Ayollar daftari»da ro‘yxatda turuvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning xonadoniga borib, ularning holidan xabar olindi.
🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook

Forwarded from Markaziy saylov komissiyasi
Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси томонидан бугун ўтказилган мажлисда Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси депутатлари ва маҳаллий кенгашлар депутатлари сайловига доир муҳим қарорларни қабул қилди.
Маълумки, Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 128-моддасига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатасига ҳамда Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесига, вилоятлар, туманлар, шаҳарлар давлат ҳокимияти вакиллик органларига сайлов тегишинча уларнинг конституциявий ваколат муддати тугайдиган йилда – октябрь ойи учинчи ўн кунлигининг биринчи якшанбасида ўтказилади.
Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 128-моддасига ва Ўзбекистон Республикаси Сайлов кодексининг 14, 36-моддаларига мувофиқ, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси ҳамда маҳаллий кенгашлар депутатлари сайлови 2024 йил 27 октябрь, якшанба куни ўтказилади.
Марказий сайлов комиссияси томонидан Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ва Сайлов кодексида белгиланган муддатлардан келиб чиқиб, бугундан, яъни 2024 йил 26 июлдан Ўзбекистон Республикаси Қонунчилик палатаси депутатлари ва маҳаллий кенгашлар депутатлари сайлови бўйича сайлов кампаниясига старт берилиб, Календарь режа тасдиқланди.
2024 йил 27 октябрь куни Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси, Халқ депутатлари вилоятлар ва Тошкент шаҳар кенгашлари, Халқ депутатлари туман ва шаҳар кенгашларига сайловлар бўлиб ўтади.
Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat
#Elektorat_manfaati
❗️ O‘zini band qilgan odamlar va ularni o‘ylantirayotgan muammolar
Aholi bilan muloqotlar, ularning murojaatlari, joylardagi o‘rganishlar, tarmoqqa oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati va huquqni qo‘llash amaliyotining tahlili ayrim muammo hamda kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Birinchidan, joriy qilingan tizimning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida aholi o‘rtasida yetarlicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmayotgani sababli o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinganlar tomonidan ijtimoiy soliq to‘lash darajasi pastligicha qolmoqda. Xususan, 2020–2023 yillarda ro‘yxatga olinganlarning faqatgina 13 foizi (336 ming, shu jumladan, 131 ming ayol) ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshirgan, xolos...
Ikkinchidan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam miqdorda soliq to‘langan hollarda ularga tegishli yil uchun mehnat staji hisoblanmagan va to‘langan summani soliq to‘lovchiga qaytarish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yilmagan.
Uchinchidan, qonunchilikka muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ijtimoiy soliq to‘lovini hisobot yilining 1 dekabriga qadar amalga oshirishlari lozim. Amalda mazkur sanadan keyin (1–31 dekabr oralig‘ida) soliq to‘lagan shaxslarga tegishli yil uchun mehnat staji hisoblanmagan. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 70 minggi aynan 1–31 dekabr oralig‘ida ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshirgan...
Malika QODIRXONOVA,
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi,
O‘zXDP a’zosi.

🗳 Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov kampaniyasi boshlanganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi mamlakatimizda birinchi tashkil etilgan siyosiy partiya sifatida barcha saylovlarda faol ishtirok etib, dasturiy maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha munosib natijalarga erishib kelmoqda.
Ijtimoiy tenglik va birdamlikka erishish, huquqlar va imkoniyatlar tengligini ta’minlash, ijtimoiy himoya va ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq g‘oyalarning ahamiyati bugungi kunda ham juda dolzarbdir.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga muvofiq, mamlakatimizda ilk bor aralash tizim asosida, xalqimizning siyosiy-huquqiy faolligi hamda daxldorligi oshgan davrda o‘tadigan ushbu saylovda Xalq demokratik partiyasi yuz minglab a’zolari, millionlab xayrixohlariga tayangan holda, faol qatnashish istagida ekanini bildiramiz.
Muhim siyosiy jarayonda ishtirok etish partiyamiz uchun keng imkoniyat va albatta katta mas’uliyatdir. Saylov jamiyatimizdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha yangi taklif-tashabbuslarni ilgari surish, xalqimiz xohish-irodasini bilish, ko‘proq deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritishga sharoit yaratadi.
Saylovda g‘alaba qozonish, parlamentda ko‘proq o‘ringa ega bo‘lish, mahalliy Kengashlardagi deputatlarning ustunligiga erishish uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni ishga solishni rejalashtirganmiz.
Xalq demokratik partiyasi xalqimizning ishonchini qozonishdek ezgu maqsad yo‘lida yuqori natijalar uchun intilishini ma’lum qilamiz.
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi

#Saylov_2024
🗳 Partiya Markaziy Kengashining plenumi bo‘lib o‘tdi
Unda Markaziy Saylov komissiyasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlangani e’lon qilinishi munosabati bilan partiyaning ushbu saylovda ishtirok etishi bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Plenumda Xalq demokratik partiyasining saylovda ishtirok etishi haqida yakdil qaror qabul qilindi.
Plenumda saylov kampaniyasi davrida barcha tashkiliy-huquqiy ishlarni qat’iy reja asosida, mas’uliyat bilan tashkil etish maqsadida partiya Markaziy saylov shtabini tuzish haqida qaror ham qabul qilindi. Shtabning vazifa va vakolatlari belgilandi.
Plenumda ko‘rib chiqilgan masalalar va qabul qilingan qarorlar haqida O‘zXDP Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov maxsus bayonot berdi...

Saylov okrugidagi samarali muloqot
Dastlab, Denov tumanidagi “Denov diyorbek trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati bilan tanishildi. Ushbu jamiyat ta’sisligidagi “Evro med” klinikasi bugungi kunda aholiga bir necha tibbiy xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda. Yaqinda, yangi olti qavatli bino qurib foydalanishga topshirilib, yurak-qon tomir kasalalliklarini davolash uchun viloyatda yagona bo‘lgan zamonaviy tibbiy uskunalar olib kelib o‘rnatilgan. Murakkab jarohlik amaliyotini amalga oshirish imkoniyatini bermoqda. Bu esa aholini uzog‘ini yengil, xarajatini qisqartirmoqda.
So‘ng tumandagi Yangi hayot “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Yettilik mahallada hamjihatlik bilan ishlarni tashkil etib kelayotgani guvohi bo‘lindi. Ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar berildi...
Firdavs SHARIPOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
XDP fraksiyasi a’zosi.

Forwarded from Ulug‘bek Inoyatov
🥇 Diyora Keldiyorova bilan faxrlanamiz!
Parijda o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarida dunyoning eng kuchli sportchilarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘lgan Diyora Keldiyorova xalqimiz faxriga, millionlab yoshlarimiz uchun mehnat va matonat namunasiga aylandi.
Tarixiy natijaga erishgan sportchimizni, ota-onasi va murabbiylarini O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi samimiy qutlaydi.
Olimpiadada ishtirok etayotgan barcha sportchilarimizga kuchli iroda va yorqin g‘alabalar tilaymiz.
Telegram | Facebook | Instagram