UZUN TUMANI 3-BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI MATBUOT XIZMATI
197 subscribers
3.41K photos
588 videos
41 files
1.07K links
Uzun tumanidagi 3-Bolalar musiqa va san'at maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
9-may "Xotira va qadrlash kuni" Surxondaryo viloyatida ham o'zgacha kayfiyatda nishonlandi. Tong sahardan Termiz shahridagi Xotira maydonida taralgan harbiy orkestr sadolari ostida "Motamsaro Ona" haykali poyiga viloyat hokimligi, kuch tuzilmalari, huquq-tartibot idoralari, korxona-tashkilotlar, viloyat madaniyat boshqarmasi, oliygohlar, Termiz shahar madaniyat bo'limi va boshqa davlat muassasalari tomonidan gulchambarlar qo‘yildi. Shundan so'ng, “Vatanparvarlar bog‘i” da Ikkinchi jahon urushi va uning oqibatlari, frontdagi voqealar, front ortidagi og‘ir hayotni aks ettirgan sahna ko‘rinishlari, harbiylashtirilgan chiqishlar hamda qurol-aslahalar namoyish etildi. Viloyatimizda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, halok bo‘lgan jangchi-faxriylarimizning oila a’zolari, front ortida mehnat qilgan nuroniylarimiz, davlat va jamoat tashkilotlari, harbiylar va yoshlar ishtirokida xotira tadbirini bir piyola choy ustida suhbati Termiz shahridagi "Grandalmaz" tantanalr saroyida mehmonnavozlik dasturxoni atrofida davom etdi. Unda viloyat madaniyat boshqarmasi, viloyat maqom ansambli, viloyat filarmoniyasi va O'zbekkonsert DM Surxondaryo viloyat bo'limi estrada xonandalari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. Tadbirning boshlovchilik qismini Termiz shahar madaniyat bo'limi ommaviy tadbirlar boshlovchisi "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi Akramjon Quchqarov va Sitor Omonqulovalar olib borishdi.


Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi matbuot xizmati

✍🏻 Kanalimizga_a'zo_bo'ling
🤗

#Batafsil 👉 t.me/surxonmadaniyati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi

🔘Bugun erta tongda Uzun tuman hokimi Xabibulla Bozorov, sektor rahbarlari, davlat idoralari va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar hamda yoshlar tuman markazining eng ko‘rkam manzillaridan biri-“Yoshlar” istirohat bog’iga yig‘ildilar.

Ishtirokchilar, ikkinchi jahon urushida va mustaqillik yillarida el-yurt tinchligi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan o‘g‘lonlarning porloq xotirasini yod etib, Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘yildi.

✔️Tuman hokimi ibratli umr yo‘lini bosib o‘tgan keksalar, mehnat faxriylari bilan suhbatlashdi. Ularni bayram bilan tabrikladi.

✍🏻 Uzun tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegramm I Facebook I Web-site I Youtube I instagram
9 may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan faxriylar va xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oilalaridan xabar olindi  

🔘9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xalqimizning ezgu fazilatlari yana-da yorqin namoyon bo‘ladi. Yoshlikning navqiron chog‘larini urush yillarida frontda va front ortida mehnat qilib, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati beqiyosdir.

✔️Xususan, Uzun tuman hokimi X.Bozorov hamda DXX chegara qo‘shinlari rahbariyati tomonidan DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi marhum kichik serjant Shokirov Jamoliddin Hasanovichni oilasi holidan xabar olinib, oila vakillariga esdalik sovg‘alari berilib, marhumning haqqiga duolar qilindi!

Sana munosabati bilan xabar olingan xonadon sohiblarining yashash sharoitlari, sog‘liklari, muammo va takliflari tuman hokimi tomonidan o‘rganildi.

✍🏻 Uzun tuman hokimligi Axborot xizmati

Telegramm I Facebook I Web-site I Youtube I instagram
#Sinov_darsi_jarayonlari

Uzun tumani 3-bolalar musiqa va san’at maktabining nazariy fanlardan solfedjio va musiqa adabiyoti fanlaridan 1-sinf o‘quvchilari uchun 2024-yil 10-may kuni 2-yarim yillikni 4-chorak yakuni bo‘yicha sinov darslari o‘quv rejada belgilangan dastur asosida bo‘lib o‘tdi.




✍️Uzun tumani 3-BMSM matbuot xizmati.
📌 Kanalga ulanish uchun havola ustiga bosing 👇

💬 Telegram
https://t.me/uzuntumani3_bmsm_matbuot_xizmati
🌐 Facebook
https://www.facebook.com/Uzuntumaniuchinchisonlibolalarmusiqavasanatmaktabi