UZUN TUMANI 3-BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI MATBUOT XIZMATI
210 subscribers
3.08K photos
545 videos
39 files
984 links
Uzun tumanidagi 3-Bolalar musiqa va san'at maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ 25-may kuni O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev hamda Rossiyada xizmat ko'rsatgan artist, Moskva drama teatri badiiy rahbari Yevgeniy Pisarev o’rtasida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.

☑️ Uchrashuv davomida teatr san'ati sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilinib, so'nggi yillarda O'zbekiston va Rossiya munosabatlari barcha sohalar singari madaniyat va san'atda ham izchil rivojlanib borayotganligi ta’kidlandi.

☑️ Uchrashuvdan so’ng, Yevgeniy Pisarev oliygohda teatr san’ati fakulteti professor-o'qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. Ijodiy uchrashuv davomida talabalarning sohaga oid savollariga javob berdi.

☑️ Shuningdek, uchrashuvdan so’ng teatr san'ati fakulteti estrada aktyorligi va dramatik teatr aktyorligi ta'lim yo'nalishi talabalarining ijodiy ishlari namoyish etildi.

🗣 Ma’lumot uchun, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti hamda Rossiya teatr san'ati instituti, Qozon davlat madaniyat instituti, Sankt-Peterburg kino-televedeniye instituti o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Premyera
#Matbuot_anjumani

⚡️ Bugun, 25-may kuni Kinematografiya agentligi ijodkorlari, kino san’ati vakillari va OAV vakillari “Amir Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmining ilk premyerasini o’tkazish uchun Samarqandga yo’l olishdi.

💙 Ma’lumot uchun, Samarqand shahrida OAV vakillari uchun film haqida matbuot anjumani bo’lib o’tadi.

🗣 Batafsil: Film haqida

❗️ Bizni kuzatib boring, premyera jarayonlarini o’tkazib yubormang!

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 25-may – yurtimizdagi barcha maktab bitiruvchilari uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarang sochdi. Xususan, viloyatimizdagi 961 ta umumta’lim, 17 ta ixtisoslashtirilgan, 1 ta Prezident va 4 ta nodavlat maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangramoqda. Joriy yilda mazkur ilm dargohlarining 9-sinfini 47 ming 982 nafar, 11-sinfini 33 ming 89 nafar o‘quvchi tamomlayapti.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 16-sonli maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Viloyat rahbari bitiruvchilarni maktabni muvaffaqiyatli yakunlayotganliklari bilan tabriklab, yoshlar mamlakatiga aylanib borayotgan Yangi O‘zbekistonimizda yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlashni va ulardan unumli foydalanishni so‘radi hamda katta hayotda o‘z o‘rinlarini topishda oq yo‘l tiladi.

Viloyatdagi barcha maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari 1, 4, 9 va 11-sinf o‘quvchilari ishtirokidagi bayram dasturlari bilan o‘tkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X