UZUN TUMANI 3-BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI MATBUOT XIZMATI
207 subscribers
3.39K photos
587 videos
41 files
1.07K links
Uzun tumanidagi 3-Bolalar musiqa va san'at maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Qaror ijrosi amalda
#Lektoriy_konsert

⚡️Muhtaram Prezidentimizning 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora -tadbirlari to'g'risida"gi PQ-112- sonli qarori ijrosi yuzasidan jarayonlar amalda davom etmoqda.

  O'zbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyat bo'linmasi ijodiy jamoasining "Surxon navolari" ashula va raqs ansambli sozanda, xonandalari tomonidan viloyatning Angor, Muzrabot, Sherobot ,Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon  tumanlarining chekka hududlaridagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida Lektoriy konserti dasturlari namoyish etildi. Oʻquvchilarga dasturda belgilangan reja asosida milliy cholgʻu asboblari, milliy musiqa va opera sanʼatining eng sara durdonalari ijro etildi.

O'quvchi yoshlarimizning milliy musiqa san'atimizga bo'lgan qiziqishlari e'tiborga loyiqdir.
Jonli ijroda yangragan har bir san'at asari madaniy xordiq olishlariga sabab bo'ldi

✍️Bizni kuzatishda davom eting
#Batavsil👉t.me/surxonmadaniyati
#Ijodiy_uchrashuv
#Mahorat_darsi

Joriy yilning 26-mart kuni Sariosiyo tumani 4-bolalar musiqa va san’at maktabi konsert zalida Afg’on rubob sozi bo’yicha respublika va xalqaro ko’rik tanlovlar lavuryati Nihol mukofoti sovrindori Respublika san’at va madaniyat kolleji katta o’qituvchisi Shafoatov Fazliddin o’quvchilarga afg’on rubob sozi bo’yicha mahorat darsi o’tkazildi. Mahorat darsida Uzun tumani 3-bolalar musiqa va san’at maktabi birinchi toifali afg’on rubob sinfi katta o’qituvchisi Asqarov Jahongir o’quvchilari bilan mahorat saboqlarini olib bordi. Har bir o‘quvchi ijrosini tinglab, ularni ustozlariga tegishli tavsiyalarni bildirib o‘tildi
“Ustoz va shogird” an’anasiga muvofiq tashkil etilgan ijodiy uchrashuv va mahorat darsi ko‘taringi ruhda bo‘lib o‘tdi.



✍️Uzun tumani 3-BMSM matbuot xizmati.
📌 Kanalga ulanish uchun havola ustiga bosing 👇

💬 Telegram
https://t.me/uzuntumani3_bmsm_matbuot_xizmati
🌐 Facebook
https://www.facebook.com/Uzuntumaniuchinchisonlibolalarmusiqavasanatmaktabi
Ishchi guruhi bolalar musiqa va san’at maktablarida

Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasida shakllantirilgan ishchi guruhi tomonidan tasarrufdagi bolalar musiqa va san’at maktablarida edo.ijro.uz moduli orqali elektron hujjat aylanish tizimida ishlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi hamda shu tizim orqali kelib tushgan topshiriqlarning o‘z vaqtida ijrosi ta’minlanayotganligi, tahsil olayotgan o‘quvchilar uchun ota-onalar badal to‘lovidan yuzaga kelgan qarzdorliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar tomonidan ko‘rilayotgan choralar, shuningdek, 2023/2024-o‘quv yilida maktab bitiruvchilarining bitiruv imtixonlarini o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganilmoqda.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatilib, amaliy tavsiyalar berilmoqda

✍️Bizni kuzatishda davom eting
#Batavsil👉t.me/surxonmadaniyati
⚡️ Aziz va muhtaram teatr san’ati xodimlari!

27-mart – Xalqaro teatr kuni butun dunyo bo'ylab keng nishonlamoqda. 

Siz azizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – Xalqaro teatr kuni bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka, baxt va omad hamda mehnat faoliyatingizda tuganmas ilhom manbai, ijodiy muvaffaqiyatlar, muxlislarning doimiy e’tibori va olqishlari yor bo‘lishini tilaymiz.

Bayram muborak bo‘lsin, aziz teatr san’ati xodimlari!

💐 Hurmat bilan, Madaniyat vazirligi jamoasi!

💬 Vazirlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘lish:
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook |🌐 Veb-sayt
🎼 O'zbekiston davlat konservatoriyasida “Navro‘z sadolari” milliy cholg`ular ko‘p ovozli ansambl va orkestrlari X Xalqaro festivalining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Uch kun davom etgan festivalda o‘z mahoratlarini munosib namoyon qila olgan ijodiy jamoalar va yosh iste'dodlar ishtirokida yakuniy gala-konsert hamda g'oliblarni taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Festival hakamlar hay'ati qaroriga ko‘ra, 11 nominatsiya bo'yicha 1-2-3-o'rin g'oliblari aniqlanib, ularga diplom, statuetka va pul mukofotlari topshirildi.

🏅 Festival Gran-Prisi Qozog'iston Respublikasi Aktobe shahar A.Jubanov nomidagi musiqa kolleji orkestriga nasib etdi.

E'tiborlisi, mazkur festival davomida ijodiy tanlovlardan tashqari san'at ustalari tomonidan mahorat saboqlari hamda Germaniyaning Bad Vilber kamer orkestri va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi qoshidagi “Sug'diyona” davlat xalq cholg'ulari kamer orkestining “Do'stlik ko'priklari" nomli qo‘shma konserti ham bo‘lib o‘tdi.

Shu tariqa o‘zgacha shukuhda o'tgan hamda yosh iste'dodlar va ularning ustozlari qalbiga bir olam taassurotlar bag'ishlagan "Navro'z sadolari" X Xalqaro festivali o‘z yakuniga yetdi.

💬 Vazirlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘lish:
🚀 Telegram | 📷 Instagram | 🔵 Facebook |🌐 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM