UZUN TUMANI 3-BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI MATBUOT XIZMATI
204 subscribers
3.3K photos
570 videos
41 files
1.04K links
Uzun tumanidagi 3-Bolalar musiqa va san'at maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov oila a'zolari bilan birga Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 19-saylov uchastkasida bo‘lib, referendumda ovoz berdi.
#bayramlar

Bugun 1-may - O‘zbekistonda “Favvoralar kuni” bayrami

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-apreldagi qarori bilan 1-may mamlakatda “Favvoralar kuni” sifatida keng nishonlanmoqda.

Aslida o‘tayotgan har bir kunimiz xursandchilik va bayramlarga boyligi bilan ajralib turadi.

Ayniqsa may oyi o‘zining tarovati, tabiatdagi ob-havoning mo‘tadilligi va bahorning dillarga yoqadigan epkinlari bilan barchamizga birdek yoqadi.

Har yili O‘zbekistonimizda 1-may “Favvoralar kuni” sifatida nishonlanishi, hayotimizda bayramlarning soni yana bittaga ko‘payganligidan darak bermoqda.

Suv aslida hayot ramzi sanaladi. Ayniqsa uning favvora bo‘lib otilishi va uning etlarni junbushga keltiradigan shabadasi qalblarimizga xushnudlik olib kiradi.

Shu bois aytadilar-ku, bayramlar tinch yurtga yarashadi deb.

Xalqimizga favvoralar bayrami kunida yana bir bor xursandchilik tilaymiz.

Va qalblarimizda mehr-oqibat, samimiyat kabi tuyg‘ular ana shu favvorlar kabi otilib tursin.
#Ustoz_shogirt_mahorat_darsi
#Ijodiy_uchrashuv

Bugun (26.04) Uzun tumanidagi 3-bolalar musiqa va san’at maktabining qirq uch yillik tajribaga ega oliy toifali o’qituvchi, O’zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi, O’zbekiston kompozitor va bastakorlar uyushmasining, a’zosi Batir Jilkibayev ishtirokida Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrining ixtisosolashtirilgan san’at maktabida mahorat darsi o’tkazildi. “Ustoz va shogird” an’anasiga muvofiq tashkil etilgan ijodiy uchrashuv ko‘taringi ruhda bo'lib o'tdi.

✍️Uzun tumani 3-BMSM matbuot xizmati.
📌 Kanalga ulanish uchun havola ustiga bosing 👇

💬 Telegram
https://t.me/uzuntumani3_bmsm_matbuot_xizmati
🌐 Facebook
https://www.facebook.com/Uzuntumaniuchinchisonlibolalarmusiqavasanatmaktabi
🌐 Instagram
https://www.instagram.com/uzun_tuman_3_sonli_bmsm
#dars_jarayoni
#xoreografiya
Milliy raqs xalqimizning eng munavvar qadriyati

Uzun tuman 3-bolalar musiqa va san'at maktabining Xoreografiya yo'nalishida dars jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda. O'quvchilarga, o'quv dasturi talablari asosida har bir fan chuqur o'qitilib kelinmoqda.
O'quvchi qizlarimiz ongu shuuriga ezgulik va nafosat, estetik-ma'naviy kamolotga muhabbat tuyg'ularini singdirishda o'zbek milliy raqs san'atining o'rni hamda ahamiyati beqiyos.
O'qituvchilar Mirzayeva Muhayyo va jo'rnavoz Azimov Zayniddilar hozirda o'quvchilarga, xalqimizning eng munavvar qadriyatlari, insoniy fazilatlari, milliy an'analari ifodalangan milliy raqslarni o'rgatib kelmoqdalar.

✍️Uzun tumani 3-BMSM matbuot xizmati.

📌 Kanalga ulanish uchun havola ustiga bosing 👇

💬 Telegram
https://t.me/uzuntumani3_bmsm_matbuot_xizmati
🌐 Facebook
https://www.facebook.com/Uzuntumaniuchinchisonlibolalarmusiqavasanatmaktabi
🌐 Instagram
https://www.instagram.com/uzun_tuman_3_sonli_bmsm