Ta'lim nazorati
103K subscribers
3.84K photos
903 videos
362 files
5.5K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
“Maktablarda ayrim lavozimlarni qisqartirish taklif qilindi” degan mazmundagi xabarlarga nisbatan shuni maʼlum qilamizki, bu taklif Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tayyorlanmagan va bugungi kunda shtatlar qisqartirilishi boʻyicha hech qanday meʼyoriy hujjatlarga oʻzgartirish kiritilmagan.“

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Matbuot kotibi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4-18-aprel kunlari O‘zbekistonda xalqaro TALIS 2024 tadqiqotining asosiy so’rovnoma jarayonlari oʻtkaziladi

Joriy yilda Oʻzbekistonda xalqaro TALIS 2024 (The Teaching and Learning International Survey) tadqiqoti oʻtkaziladi.

Tadqiqotda ishtirok etish uchun mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari orasidan tasodifiy reprezentativlik tamoyili asosida 210 ta maktab tanlab olingan. Joriy yilning 4-18-aprel kunlari oʻtkazilayotgan tadqiqot jarayonlarida mazkur maktablar direktorlari va ularda faoliyat yuritayotgan 4507 nafar oʻqituvchi ishtirok etadi.

❗️TALIS - Oʻqitish va taʼlim olish muhitini oʻrganish xalqaro tadqiqoti boʻlib, unda maktab direktorlari va oʻqituvchilar soʻrovnoma toʻldirish orqali ishtirok etadi.

✔️Tadqiqotda dunyo boʻylab 52 ta (shundan tayanch oʻrta taʼlim (ISCED level 2) moduli ishtirokchilari 33 ta) mamlakat qatnashmoqda. Oʻzbekiston, Albaniya, Ozarbayjon, Bahrayn, Kosta Rika, Germaniya, Montonegro, Marokash, Shimoliy Makedoniya, Serbiya davlatlari qatorida yangi ishtirokchi sifatida qatnashmoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💚💚💚

💚Hurmatli ustozlar Nasiba Abdullayeva guruhi Ramazon oyi munosabati bilan CHEGIRMA EʼLON QILAMIZ

Boshlangʻich taʼlim ustozlari uchun

🫶Bizda "Dolzarb 15 kunlik" guruh

💲35.000 soʻm

📌Guruhda :

👉Har kuni 50 talik test va tahlili

👉Yangi darslik darslari;

👉10 kun ona tili 5-6 - sinf mashqlar tahlili

🟣🟣🟣🟣🟣🟣🟣🟣🟣
YUQORI SINF USTOZLARLARI UCHUN PEDAGOGIK MAHORAT VA KASB STANDARTI BOʻYICHA

➡️Biologiya
➡️Geografiya
➡️Matematika
➡️Ona tili
➡️Ingliz tili
➡️Rus tili
➡️Kimyo
➡️Tarix
➡️ Jismoniy tarbiya
➡️Huquq
➡️MTT tarbiyachilari
➡️Defektologiya oʻqituvchilari uchun



10+20 ballga tayyorgarlik darslari

💲CHEGIRMA 40.000❤️

⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️⤵️

@Nasibabdullayeva

https://t.me/attestatsiya2024Nasiba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📝 2024-yil 3-mart kuni o‘tkazilgan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Imtihon natijalarining statistik tahlili ertaga Agentlikning rasmiy veb saytiga joylashtiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ayrim telegram kanal va guruhlarda 2024-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar tarqatilmoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Rossiyaning TOP universitetlariga GRANT oʻrinlari uchun qabul boshlandi

Qulayliklar:
• Kafolatli 4 yil BEPUL taʼlim;
• Stipendiya;
• Patentsiz ishlash imkoniyati;
• Transfer xizmat;
• Yotoqxonalar;
• 10 dan ortiq shaharlar;
• 30 dan ortiq yoʻnalishlar;
• Oʻzbekistonda turib onlayn oʻqish.

🤩 30-aprelga qadar firma xizmatidan 20% chegirma mavjud!

☎️ Murojaat uchun:
+998940031001 | +998334961001
+998999861001 | +998999841001

👩🏻‍💻Onlayn murojaat: @rustudy_tash

Telegram | Instagram | 🇷🇺Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Men toifa olish uchun attestatsiyaning navbatdan-tashqari turini tanlab murojaat yuborgan edim. Belgilangan miqdordagi toʻlovlarni ham qilgan edim. Attestatsiya turini notoʻgʻri tanlagan ekanman. Arizam “navbatdagi-majburiy attestatsiyada topshirishdasiz”- deb rad etildi. Toʻlagan to‘lovimni qaytarib olsam bo‘ladimi?

Javob: Nizomning 25-bandiga ko‘ra Notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.

Vakolatli vazirliklarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, vakolatli vazirliklar tomonidan tegishli vakolatli tashkilotlarga soʻrovnoma yuboriladi.

Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora koʻrish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

📌 Attestatsiya turini toʻgʻri tanlanmaganligi ham notoʻgʻri maʼlumot taqdim etilgan deb hisoblanadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 7-aprel (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Til sertifikati talabi natijasida OTMlar 3 yilda 206 mlrd 435 mln so‘m yo‘qotgan

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB) dan o‘tkazilmoqda.

Vazirlik tomonidan mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TSTB hisoboti e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun ajratilgan kvotalar ochiq qolganligi tufayli oliy ta’lim muassasalari uchun yuzaga kelgan moliyaviy yo‘qotishlar 2021–2023-yillar oralig‘ida jami 206 mlrd 435 mln so‘mni tashkil etgan.

Bu borada moliyaviy yo‘qotishlar 2021-yilda 18 mlrd 690 mln so‘mni, 2022-yilda 101 mlrd 865 mln so‘mni, 2023-yilda 85 mlrd 880 mln so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun 2021-yilda 20,7 foiz kvota ochiq qolgan bo‘lsa, 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan.

Shuningdek, hujjat topshirgan yoki talabgorlar soni so‘nggi 3 yilda 12,5 baravarga kamaygan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rus tili bo'yicha diagnostika testlari yuklandi!

Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.

Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testida haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegran botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar joylashtirildi:

🔹Rus tili (milliy)
🔹
Fizika
🔹Biologiya
🔹Qoraqalpoq tili va adabiyoti
🔹Geografiya
🔹 Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
🔹 Ona tili
🔹 Matematika
🔹 Ingliz tili
🔹Tarix
🔹Jismoniy tarbiya

❗️Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.

Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

👉 @uztditestbot
👉
@uztdi_testbot
👉
@uztditestt_bot

👆Yuqoridagi videoda ushbu telegram botlardan qanday foydalanish lozimligi ko'rsatib berilgan.

📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul
.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xorijiy tillardan dars beruvchi ustozlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq:

2024/2025-o‘quv yiliga qadar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan.

❗️Mazkur talabdan kelib chiqqan holda, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi barcha xorijiy til ustozlari 2024/2025-o‘quv yiliga qadar kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi lozimligini eslatadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiyada kalkulyatordan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ishga tushirilgan test platformasida pedagoglar attestatsiyasiga tayyorgarlik boʻyicha oʻtkazilayotgan onlayn-repetitsiyalarda ayrim fanlardan kalkulyator va qoʻshimcha qoʻllanmalardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Attestatsiya jarayonlarida ham kalkulyatordan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bilimga yoʻnaltirilgan taʼlimdan natijaga yoʻnaltirilgan taʼlim standartlariga oʻtiladi

Taʼlimni rivojlantirish markazi boʻlim boshligʻi Shavkat Xoʻjaqulov brifingda ma’lum qilishicha:

Vazirlar Mahkamasining “Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan nizomni ishlab chiqish jarayonida Taʼlimni rivojlantirish markazi tomonidan YUNISEF tashkiloti koʻmagida xalqaro ekspertlar jalb qilinib, ular bilan birgalikda ilgʻor mamlakatlarning taʼlim standartlarini ishlab chiqish boʻyicha tajribalari oʻrganilgan.

📌Qarorga asosan:

Oʻzbekistonda mavjud taʼlim turlari YUNESKOning “Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi” darajalari bilan muvofiqlashtiriladi.

DTS, davlat taʼlim talablari va ular asosida ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari oʻquv natijalarini baholash komponenti qismi bilan toʻldiriladi.

Bilimga yoʻnaltirilgan taʼlimdan natijaga yoʻnaltirilgan taʼlim standartlariga oʻtiladi.

📅 2024-yil 1-avgustga qadar:

Oʻquv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash konsepsiyasi tayyorlanadi;

Taʼlim natijalarini baholash, taʼlim sifati va samaradorligini monitoring qilish, taʼlim siyosatida dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish amaliyotini joriy etish maqsadida umumiy oʻrta taʼlimda baholash konsepsiyasi ishlab chiqiladi;

Standartlarni ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha dts.uz” — Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablarining yagona ochiq muhokama portali ishga tushiriladi.

🔹 Batafsil: https://bit.ly/4arJIrW

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

Avval xabar qilinganidek, maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari 2024-yil 15-apreldan boshlab attestatsiyadan o‘tkaziladi.

❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mazkur malaka toifa sinovlari o‘tkazilish vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 15-16 aprel kunlari (2 kun);
Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 17-22 aprel kunlari (5 kun);
O‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 23-25-aprel kunlari (3 kun);
Matematika fanidan — 26-29-aprel kunlari (3 kun);
Fizika, Kimyo fanlaridan — 30-aprel — 1-may kunlari (2 kun);
Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 2-3 may kunlari (2 kun);
Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo’nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo’nalishi - o’g’il bolalar uchun) fanlaridan — 4-6 may kunlari (2 kun);
Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlaridan — 7-8 may kunlari (2 kun);
Fransuz tili, Hind tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 10-13 may kunlari (3 kun);
Davlat va huquq asoslari, Tarbiya, Tarix fanlaridan — 14-15-may kunlari (2 kun);
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya fanlaridan — 16-17-may kunlari (2 kun);
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, O‘qituvchi-defektolog, O‘qituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixologlarga — 18 may kunlari (1 kun);
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan — 20-21 may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

👉 Ma’lumot uchun: malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joy manzillari quyida keltirib o‘tilgan: https://t.me/uztdi/8206

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kimyo fani bo'yicha diagnostika testlari yuklandi!

Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.

Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testida haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegran botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar joylashtirildi:

🔹Kimyo
🔹Rus tili (milliy)
🔹
Fizika
🔹Biologiya
🔹Qoraqalpoq tili va adabiyoti
🔹Geografiya
🔹 Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
🔹 Ona tili
🔹 Matematika
🔹 Ingliz tili
🔹Tarix
🔹Jismoniy tarbiya

❗️Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.

Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

👉 @uztditestbot
👉
@uztdi_testbot
👉
@uztditestt_bot

👆Yuqoridagi videoda ushbu telegram botlardan qanday foydalanish lozimligi ko'rsatib berilgan.

📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul
.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun, 8-aprel kuni matematika, rus tili va adabiyoti fanidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatga olish boshlanadi.

Ro‘yxatga olish jarayonlari 14-aprelga qadar davom etadi.

💴 To‘lovlar esa 15-aprelgacha amalga oshirilishi mumkin.

✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 28-aprel kuni o‘tkaziladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM