Oʻqishga kiritib qoʻyish va diplomni noostrifikatsiya qilish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda Nukus shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.J. fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, uni Qoraqalpoq davlat universitetining texnika fakultetiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Sariosiyo tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.S. fuqaro U.R.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki oʻzini “Taʼlimni nazorat qilish inspeksiyasi” xodimi deb tanishtirib, 2 500 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida uning xorijiy davlat institutini tugatganligi toʻgʻrisidagi diplomini noostrifikatsiya qilib berishni aytib, shundan 1 900 AQSH dollari va 1,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'lim sifati past maktablar buyrug'i 2024.pdf
153.6 KB
2024-2025 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirining 2024-yil 26-martdagi 95-son buyrug‘i bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi.
Ushbu ro‘yxatdan jami 545 ta maktab o‘rin olgan bo‘lib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.
✅ Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.
Ushbu maktablarga ishga kirish uchun hujjat topshirish, saralash va imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha kanalimiz orqali (@uztdi) batafsil ma’lumot beramiz.

⚡️ Guruh nazoratchiligiga nomzodlar diqqatiga!
📣 Ma’lumki, 2024-yil 1-fevral kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.
✅ Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan va o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etib, seminar yakunida test sinovi topshirgan nomzodlarning test sinovi natijalari e’lon qilindi.
📱 Nomzodlar test sinovi natijalarini my.uzbmb.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali bilishlari va test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
📝 Tanlovning suhbat bosqichi barcha hududlarda 2024-yil 22-apreldan 26-aprelga qadar (shu kunlari ham) o‘tkaziladi.
🔗 Havola: https://my.uzbmb.uz/service/62
❕ Izoh: tanlovning suhbat bosqichiga kelmagan nomzodlar tanlovdan chetlatiladi.
✅ Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📣 Ma’lumki, 2024-yil 1-fevral kuni Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.
✅ Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan va o‘quv-seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etib, seminar yakunida test sinovi topshirgan nomzodlarning test sinovi natijalari e’lon qilindi.
🔗 Havola: https://my.uzbmb.uz/service/62
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Namangan viloyatida “Maktab – litsey – texnikum – universitet” yuridik taʼlim uzluksiz tizimini eksperiment tariqasida joriy etishi mumkin
Muhokamalar portaliga "Taʼlim muassasalarida yuridik taʼlimning uzluksiz tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.
Unga ko‘ra:
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab “Maktab – litsey – texnikum – universitet” yuridik taʼlim uzluksiz tizimini eksperiment tariqasida Namangan viloyatida joriy etish;
2024/2025 oʻquv yilidan Namangan shahri, “Soxibkor” MFY, M.Egamberdiyev koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internatida variativ oʻquv rejasi asosida huquq fani chuqurlashtirib oʻqitiladigan sinflarni tashkil qilish;
2024-yilda Adliya vazirligining Namangan viloyat yuridik texnikumi tugatilib, uning negizida Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Namangan viloyat akademik litseyini tashkil etish taklif etilmoqda.
Shuningdek, 8–11-sinflari uchun huquq fanidan yangidan yaratilayotgan oʻquv adabiyotlarini nashr etishdan oldin ularga Toshkent davlat yuridik universitetidan xulosa olish amaliyotini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.
Maktablarda huquqiy fanlardan dars beradigan oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlmagan pedagog xodimlar malakasini bosqichma-bosqich oshirish boʻyicha zarur choralar ko‘riladi.
2024-yil 1-avgustga qadar maktab-internatning rahbar va boshqa kadrlari attestatsiyadan oʻtkaziladi hamda tanlov asosida maktab-internatni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka va yuqori professional tayyorgarlikka ega boshqaruv va boshqa kadrlar bilan toʻldiriladi.
Akademik litsey huquqiy maqomi, shu jumladan shtatlar, mehnatga haq toʻlash tizimi, oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, bitiruvchilarni Toshkent davlat yuridik universitetiga qabul qilish va boshqa masalalar boʻyicha Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyga tenglashtiriladi.
👉 Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/97673

Pedagoglar diqqatiga!
Firibgarlarga ishonib qolmang!
Ijtimoiy tarmoqlarda turli firibgarlar tomonidan pedagoglar attestatsiya uchun “X-variantlar” taklif qilish holatlari uchramoqda.
Yolg‘on ma’lumotlarga ishonib, qimmatli vaqtingiz va pullaringizni bekor sarflamang!
Malaka (test) sinovi uchun tuziladigan savollar bazasi har yili butunlay yangilab boriladi va bu ma’lumotlarning uchinchi tomonga taqdim etilmasligi qat’iyan kafolatlangan.
Agar sizga kimdir ma’lum miqdordagi to‘lov evaziga shu kabi xizmatlarni taklif qilsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishni tavsiya qilamiz.

❓Oʻqituvchi navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etmasa nima boʻladi?
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda attestatsiyada uzrli yoki uzrsiz sabablarga asosan ishtirok etmaganlik uchun koʻriladigan choralar belgilab qoʻyilgan.
✅ Pedagoglar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.
Pedagog kadr uzrsiz sababga koʻra navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etmagan boʻlsa, u attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda uning tegishli malaka toifasi (lavozimi) bir pogʻona tushiriladi.
❗️Uzrsiz sababga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi hamda ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.
✅ O‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.

#Attestatsiya
Attestatsiya jarayonlariga doir muhim axborot!!!
✅ Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Sinovlarga kiruvchi har bir talabgor ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari tomonidan tekshirilmoqda.
➖ Aytish lozimki, oʻz bilim va malakalariga tayangan holda berilgan topshiriqlarni imkon qadar bajarishga intilayotgan, yuqori ballarni qoʻlga kiritayotgan ustozlarimiz soni kundan-kun ortib borayotgani bizni xursand qiladi.
➖ Ammo vaziyatga noxolis yondashgan holda, test sinovlarini turli qingʻir yoʻllar bilan bajarishga harakat qilayotgan nomzodlar ham afsuski, uchrab turibdi. Bu kabi ustozlarimiz test oʻtkazilayotgan binoga har xil qoʻshimcha buyumlar (telefon, ovoz yoki tasvir yozish uskunasi, matn)larni olib kirishga urinishmoqda.
➖ Bunday yoʻl tutayotgan pedagoglar nazoratchilar tomonidan aniqlanib, oʻrnatilgan tartibda test sinovlaridan chetlashtirilmoqda. Joriy yilning 19-apreliga qadar 18 nafar bu kabi ishtirokchi pedagoglar sinovlardan chetlashtirildi va ularga nisbatan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
❗️Hurmatli pedagoglar!
✔️ Test sinovlarining barcha jarayonlari: binoga kirish, belgilangan joyga oʻtirish, roʻyxatdan oʻtish, topshiriqlarni bajarish va hatto qaysi tomonga qarayotganingiz ham kuzatuv kameralari orqali sinchkov kuzatuvchilarimiz tomonidan nazorat qilinmoqda.
❗️ Shunday ekan, faqat va faqat oʻz bilimingizga tayangan holda, test sinovlarida ishtirok etishingizni soʻraymiz. Pedagog imidjiga xos boʻlmagan turli harakatlardan uzoq boʻling.
👉 Barchangizga test sinovlarida omad tilaymiz!

vazir jamg'armasi 2-bosqich.pdf
489.4 KB
⚡️Vazir jamgʻarmasidan ustama olishga nomzodlarning kasbiy mahoratini mezonlari va suhbat bo‘lib o‘tadigan manzil va sanalar tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga asosan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasidan ustama olish uchun oʻtkazilgan birinchi bosqich test sinovlarida maksimal ballning 80 va undan yuqori foiz natijani qayd etgan nomzodlar ikkinchi bosqichga tavsiya etilgan.
Ikkinchi bosqichda nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun mamlakatimizning barcha hududlarida joriy yilning 23-27-aprel kunlari suhbat oʻtkaziladi.
Shu munosabat bilan Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama toʻlanadigan nomzodlarning 2-bosqich kasbiy mahoratini baholash boʻyicha Nizom, baholash mezonlari va hududlarda suhbat oʻtkazish jadvali tasdiqlandi.
Har bir nomzod hududiy maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari tomonidan suhbat topshiradigan kuni va vaqti bo'yicha qo'shimcha xabardor qilinadi.

21-28-aprel kunlari @attestatsiya_online telegram kanalida bir necha xalqaro olimpiadalar g'olibi, 2019-yil Jautikov xalqaro olimpiadasi oltin medal sohibi va 2 yildan beri ustozlar attestatsiyasi bilan shug'ullanib kelayotgan ABBOSXON SAYLIEV tomonidan 1 haftalik BEPUL-JONLI intensiv darslar bo'lib o'tadi
Darslar @attestatsiya_online telegram kanali orqali bo'lib o'tadi. Dars mavzularini yuqoridagi rasm orqali ko'rib olishingiz mumkin. Darslarni o'tkazib yubormaslik uchun hoziroq ushbu telegram kanaliga obuna bo'lib qo'ying
P.S. bu xabarni matematikadan attestatsiya topshiradigan ustozlarga yuborib qo'yamiz 😉
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar
⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻi bilan:
Umumtaʼlim muassasalarida “Tabiiy fan (science)“, “Tarbiya” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarini boshlangʻich sinflarda “Boshlangʻich taʼlim” oʻqituvchilari, “Tabiiy fan (science)“ni 5-6-sinflarda esa “Geografiya”, “Biologiya” va “Fizika” oʻqituvchilari, 5-11-sinflarda “Tarbiya” fanini, Tarix, Milliy istiqlol gʻoyasi va huquq mutaxassisligiga ega fan oʻqituvchilari dars oʻtishlariga:
“Tabiiy fan (science)“ va “Tarbiya” fanidan dars berayotgan boshlangʻich taʼlim, shuningdek, fizika, geografiya, biologiya, tarix, davlat va huquq asoslari fanidan amaldagi malaka toifalariga mos ravishda haq toʻlanishiga rozilik berildi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan belgilangan, oliy malaka toifa (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifani 15-yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaslik tartibi 2022-yil 2-avgustga qadar 15 yillik uzluksiz ish stajiga hamda oliy malaka toifaga ega (bunda oliy toifaga ega boʻlganlik davri muhim emas) boʼlgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandida keltirilgan talablar ikkinchi xorijiy til pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi.

⚡️Rash modeli asosida hisoblab berilgan milliy sertifikat bilan imtiyozga ega boʻlish uchun qanday natija qayd etish kerak?
Xabaringiz bor, Hukumat (10.01.2024 17-son) qarori bilan umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikatini olish uchun test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanishi belgilandi.
“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.
Qarorda abituriyentlarga beriladigan imtiyoz aniq koʻrsatilgan boʻlib, 65 balldan oʻtgan abituriyent “A +, A” darajaga ega boʻladi va OTMga kirishda oʻsha fandan maksimal ballga ega boʻladi.
Oʻtgan yillarda olingan milliy sertifikatlar 100 ballik tizimda hisoblanar edi va oʻqituvchilar uchun ustama belgilash boʻyicha qoʻshma qarorda 100 ballik tizim boʻyicha minimum 80 va undan yuqori ball, boshlangʻich taʼlim ustozlari (ona tili va adabiyot va matematika fanlaridan) minimum 60 va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda ustama toʻlanishi belgilangan edi.
Hozirlikcha vakolatli vazirliklar tomonidan qoʻshma qarordagi oʻzgarish va ballar haqida rasmiy maʼlumot berilmadi.
Biroq bizga bu borada juda koʻp savollar yuborilgani uchun mustaqil mutaxassislardan izoh soʻraganimizda pedagoglarga minimum A daraja (65 — 69,9 ball), boshlangʻich taʼlim ustozlar esa minimum C daraja(46 — 49,9 ball) olgan taqdirda ustama toʻlanishi mantiqan toʻgʻri boʻlishini maʼlum qilishdi.
Vazirliklar tomonidan bu haqida rasmiy maʼlumot berilsa kanalimiz (@uztdi) orqali xabar beramiz.