Ta'lim nazorati
120K subscribers
3.9K photos
930 videos
383 files
5.64K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Muddatdan oldin oliy ta'lim muassasalariga qabul qilingan maktab bitiruvchilari statistikasi

✔️ 2022-2023-o’quv yilidagi bitiruvchilar - 382 273 nafar
✔️ Muddatidan oldin OTM qabul qilinganlar - 12 340 nafar

Shundan:
Xorijiy OTM kirganlar - 4 113 nafar
Xorijiy OTM O’zbekistondagi filialiga kirganlar - 3 853 nafar
Nodavlat OTM kirganlar - 4 374 nafar

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥇Maktablarni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga OTMga kirishda imtiyoz beriladimi?

◼️ Yo‘q. Garchi maktab bitiruvchilari uchun beriladigan oltin va kumush medallar maktablarning barcha baholari a’lo bo‘lgan, yaxshi xulq-atvorli va jamaot ishlarida faol o‘quvchilariga berilsa ham, medallarning hech qanday imtiyozi yo‘q.

2023-yil boshida OTMlarga kirishda beriladigan imtiyozlar ro‘yxati tasdiqlangan. Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida 41 ta turdagi imtiyozlar mavjud. Biroq ular orasida oltin va kumush medalli bitiruvchilar yo‘q.

❗️Ma’lumot uchun: oltin va kumush medallar har yili bitiruvchilarga 15-iyungacha tantanali ravishda topshirilishi kerak.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Test topshiriqlarining qiyinlik darajasi va ularning taqsimoti qanday?

📚 Mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi:

1️⃣ oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida;
2️⃣ o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70% oralig‘ida;
3️⃣ qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida.

📌 Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni hamda Agentlik tizimida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga rahbar va pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 15-30-iyun kunlari bo'lib o'tadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
pedagogik oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlagan bo‘lishi (magistraturaning 2-bosqich talabalari ham o'qituvchi sifatida tanlovda ishtirok etishi mumkin);
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
malaka toifalar haqidagi tasdiqlovchi hujjatlar;
pedagogik qayta tayyorlashdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (sertifikat) nusxalari (agar mavjud boʻlsa).

👥 Bo‘sh ish o‘rinlari

🖥Hujjatlarni 15-30-iyun (shu kuni ham) kunlari job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

Call-markaz:
(71) 207 20 17 (ichki raqam 605)

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy davlatlarda oliy taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlari iyul oyida bo‘lib o‘tadi

🔰 Ma’lumki, 2023-yil mart oyidan boshlab xorijiy davlatlarda oliy taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish Bilim va malkalarni baholash agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Hozirga qadar Agentlik tomonidan xorijiy davlatlarda oliy taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha 4 marotaba test sinovlari o‘tkazildi.

📌 Agentlik tomonidan yil davomida 50 dan ortiq turdagi test sinovlarini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, iyun oyida 4 ta test sinovi o‘tkazilishi belgilangan.

☑️ Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlariga oz fursat qolgani sababli Agentlikda ish hajmi keskin ortgan.

📆
Shu sababli xorijiy davlatlarda oliy taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha navbatdagi test sinovlarini iyul oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

📣 Test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari iyun oyi yakuniga qadar eʼlon qilinadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qabul kvotalari.pdf
23.7 MB
Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi

“2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoyishi (F-31-son, 15.06.2023-y.) qabul qilindi.

Farmoyishga muvofiq, 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari:

🔹bakalavriat bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;

🔹magistratura bo‘yicha 8 923 nafar etib tasdiqlandi.

🗓
Tizimida OTM bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar kontrakt asosidagi qabul parametrlarini 2023-yil 20-iyungacha tasdiqlaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bakalavr_kvota_grant2023.pdf
27.8 MB
2023/2024-oquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga BAKALAVRIYATNING KUNDUZGI TA’LIM SHAKLI davlat bo‘yicha buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish boyicha kvota

👉 Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistr__kvota_grant2023.pdf
22.9 MB
2023/2024-oquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari MAGISTRATURASIga davlat buyurtmasi asosida oqishga qabul qilish boyicha kvota

👉 Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri matbuot kotibi vazirlik faoliyatiga doir eng ko‘p berilayotgan savollarga javob berdi.

Unga ko‘ra:

👉 Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlarga ega pedagoglarga har oy qoʻshimcha ustama toʻlab boriladi;

👉 Maktab rahbariyati o‘quv yilining oxirida “Bo‘shliqlar daftari”, “Tezislar” kabi hujjatlarni talab qilishi mumkin emas;

👉 O‘qituvchilar bitiruvchilarining o‘qishga hujjat topshirishi hamda kirishini ta’minlashga majbur emas.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Texnika yo‘nalishidagi matematika savollari iqtisod yo‘nalishidagi matematika savollaridan farq qiladimi?

▶️ Bir fan doirasida barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun bir xil test topshiriqlari spetsifikatsiyasidan foydalaniladi.

📌 Demak, texnika yo‘nalishidagi matematika savollari iqtisod yo‘nalishidagi matematika savollaridan farq qilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan yilgi savollar bu yil takrorlanishi mumkinmi?

📚 Test sinovlari bir kunda ikki smenada bo‘lib o‘tadi. Birinchi smenada tushgan test variantlari ikkinchi smenada takrorlanmaydi.

🗂
Test sinovlari 15 kun davomida 2 smenada bo‘lib o‘tadigan bo‘lsa, har bir smena uchun tegishli fanlar bo‘yicha alohida test topshiriqlari bazasi shakllantiriladi.

📌
Bunda test variantlarining teng kuchliligi ta’minlanadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qabul kvotalari tasdiqlandi. Unda xususiy universitetlar uchun 1000 ta grant bor

◼️ 2022-yilgi qabuldan boshlab nodavlat OTMlar uchun ham 1000 ta davlat granti ajratilishi boshlandi.

Bu yilgi kvotalar to‘g‘risidagi prezident farmoyishida ham nodavlat universitet va institutlar uchun 1000 ta grant o‘rni ajratilishi belgilangan.

Bu o‘rinlar OTMlar o‘rtasida qanday taqsimlanadi?

Bu o‘rinlar xususiy va xorijiy OTMlar yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlanib, Qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi va 1-iyulgacha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi saytida e’lon qilinishi kerak.

Xususiy OTMlar imtihonlari tugagach, eng yuqori ball to‘plab talaba bo‘lganlar va grant olishni istaganlar OTM va vazirlik bilan birgalikda 3 tomonlama shartnoma imzolaydi. Bu shartnoma asosida ular o‘qishni tugatib o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlab berish majburiyatini oladi. Ishlash muddati yo‘nalish xususiyatiga qarab turlicha belgilanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu yil 16 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligi ochildi

Ma’lumki, Prezident farmoyishi bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat granti kvotalari tasdiqlandi.

Farmoyish bilan joriy yildan 16 ta bakalavriyat yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligiga yangidan qabul tashkil etilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalari kesimida ro‘yxat ilovada 👆

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Matematika va ba’zi fanlarda kerakli formulalar beriladimi?

▶️
Joriy yilgi OTMlarga kirish test sinovlarida ham abituriyentlarga fanlar majmuasidan kelib chiqqan holda quyidagi jadvallarni berish rejalashtirilmoqda:

🔹
kimyo fanidan kimyoviy elementlar davriy jadvali;
🔹
fizika fanidan doimiy fizik kattaliklar va shartli belgilashlar jadvali;
🔹
kimyo, fizika va matematika fanlaridan asosiy formulalar jadvali.

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ўзбекистонда Қурбон ҳайити 2023 йил 28 июнь куни нишонланади.

Қурбон
ҳайити муносабати билан иш ҳафтасининг туридан қатъи назар барча ходимлар учун 29-30 июнь кунлари, олти кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун 1 июль куни қўшимча дам олиш куни сифатида белгиланди.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Abituriyentlar diqqatiga!

⚡️ Endi oʻqishga hujjat topshiraman deb, har qayoqqa yugurib, har kimdan yordam soʻrash zamoni oʻtdi, chunki 20 dan ortiq xususiy va xalqaro universitetlarga birgina dastur orqali hujjat topshirish imkoni paydo boʻldi.

⚡️ Nufuzli xususiy, xalqaro va davlat oliy ta’lim muassasalari haqida mentalaba.uz orqali maʻlumot olishingiz hamda xuddi shu veb-sayt orqali xalqaro va xususiy universitetlarga toʻgʻridan toʻgʻri, hech qanday vositachilarsiz hujjat topshirishingiz mumkin!

⚡️ Qabul boshlangan universitetlar roʻyxatini Men talaba telegram sahifasi yoki mentalaba.uz orqali koʻrish imkoniga egasiz.

Oliy taʻlimni mentalaba.uz bilan kashf et!

InstagramTelegram | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qizim IELTS 5,5 oldi. Andijon davlat chet tillar institutiga kirmoqchi. Qizimga ingliz tilidan maksimal ball beriladimi?

🔰 Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 395-son qaroriga muvofiq chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi.

📌 Ularga chet tili fanidan to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball beriladi. Chet tili fani:

1️⃣
-mutaxassislik fani bo‘lsa — 93 ball;
2️⃣
-mutaxassislik fani bo‘lsa — 63 ball.

❇️
Ushu tartib chet tilidan ijodiy imtihon bo‘ladigan yo‘nalishlar (OTMlar) uchun ham, chet tilidan test sinovi bo‘ladigan yo‘nalishlar (OTMlar) uchun ham o‘rinli.

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAKTAB BITIRUVCHILARI DIQQATIGA!

⚡️ Sizlar uchun yana bir qulaylik yaratilganini maʼlum qilamiz.

Endilikda Siz e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali o‘z shahodatnomangizni joriy yilning 20-iyun kunidan boshlab onlayn tarzda yuklab olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun, 11-sinf maktab bitiruvchilarning shahodatnoma maʼlumotlari "Bilim va malakalarni baholash agentligi" (sobiq DTM)ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan.

Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvchilar shahodatnomalarini shaxsan taqdim etishlariga ehtiyoj yo'q
.

Ma'lumot o'rnida, joriy o‘quv yilida umumtaʼlim maktablarini 390 mingdan ortiq bitiruvchilar tamomlaydi.

Shu o'rinda eslatib o'tamiz, e-shahodatnoma.uz elektron platformasiga quyidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari 11-sinf bitiruvchilarining shahodatnoma ma'lumotlari kiritilgan:

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari;
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar;
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tasarrufidagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;
Nodavlat ta'lim tashkilotlarining 11-sinf bitiruvchilari.

Akademik litseylar va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining diplom ma'lumotlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining elektron tizimiga kiritiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-2024-O‘QUV YILI UCHUN 1-SINFGA QABUL 20-IYUNDAN BOSHLANADI

O‘rnatilgan tartibga ko‘ra, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi.

1-BOSQICH: mikro-hudud doirasida
(20-iyun – 31-iyul)
2-BOSQICH: mikro-hududdan tashqarida
(1 - 15-avgust)

43 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda, ota-onalar 20-iyun soat 10-00dan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

Qolgan tumanlarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat etib boriladi.

Ma’lumot uchun: 2023-2024-o‘quv yilida respublikamiz bo‘yicha 730 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Muhim eslatma!
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning (9-moddasi)ga asosan bolalar, ular 7️ yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Ya’ni bu yil 1-sinflarga 2016-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining 71-203-07-04 raqami orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Abituriyentlarni ro‘yxatga olish kunning ikkinchi yarmida boshlanadi

📄 Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish har yili 20-iyundan 20-iyulga qadar amalga oshirilishi belgilangan.

👨🏻‍💻
Ayni vaqtda 2023-2024-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimotini my.uzbmb.uz saytiga joylashtirish ishlari yakunlanmoqda.

2023-2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali kunning ikkinchi yarmida boshlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM