Ta'lim nazorati
105K subscribers
3.95K photos
965 videos
402 files
5.81K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
⚡️ Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli davom etmoqda

Joriy yilning 30-may ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlangan edi.

📝 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

🗓 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

Tavsiyanoma berish shartlari va mezonlari
: 👉 https://t.me/uztdi/6770

Ushbu tavsiyanoma qanday imtiyoz berishi haqida batafsil bu yerda: 👉 https://t.me/uztdi/6792

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥🟥🟥🟥

🥰Yoz kelishi bilan boshqa talaba yotoqxonalari yopilgan bo’lsa-da, STARS International University talabalar turar joyi yoz davomida ham xizmat ko’rsatishni davom ettiradi!

🥰STARS International University PREMIUM CLASS Talabalar Turar Joyi (TTJ) Toshkentda o‘qiyotgan barcha davlat, nodavlat va xalqaro oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ochiq🥰

🚀Fursatdan foydalaning va quyidagi havola orqali tezda ro’yhatdan o’ting ⬇️

🔗 Ro’yxatdan o’tish uchun havola

🥰Bizning TTJ da quyidagi qulayliklar mavjud:

🗄 Shaxsiy javonlar
💳 Shaxsiy elektron kalit
📺 Shaxsiy Smart TV + 3000 dan ortiq kanallar, 2000dan ortiq filmlar (quloqchinlari bilan)
👨‍💻Co-working xonasi
📚 Kutubxona
👨‍💻Kompyuter xonasi
🏖 Dam olish hududi
🎮 PlayStation 5
📶 Bepul Wi-Fi Unifi tezligi 6G /500 mb/s
❄️ Muzlatgichlar
🔥 Mikroto’lqinli pechlar
🧺 Kir yuvish mashinalar
🚿 24/7 issiq va sovuq suvi
🚾 Zamonaviy hojatxonalar
🛁 Zamonaviy alohida yuvinish xonalari
⚡️ 24/7 to‘xtovsiz elektr energiyasi (shaxsiy generator)

🧺 Bepul xizmatlar:

• Talabalarning kiyimlari va choyshablari BEPUL yuviladi va dazmol qilinadi!

💵 TTJ narxi: 1 500 000 so’m. To’lovni 3 kun oldin amalga oshirsangiz, 100 000 so’m chegirma mavjud!

🏃 Shoshiling! Joylar soni cheklangan

📞 Qo’shimcha ma’lumot uchun: +998-93-222-24-49,
+998-94-634-23-38
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari milliy sertifikatdan necha ball olsa ustama oladi?

Yangi qarorga koʻra, boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga milliy sertifikat imtihonlarida C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama beriladi.

Boshlangʻich sinflarda dars beruvchi pedagoglarning matematika, oʻzbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot fanidan olingan sertifikatlari aynan shu fandagi dars soatlari uchun amal qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi:

“70 balldan yuqori ball olganlarga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olganlarga A daraja;
60 — 64,9 ball olganlarga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olganlarga B daraja;
50 — 54,9 ball olganlarga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olganlarga C darajali sertifikat berilmoqda.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sertifikatlar ishga kirish uchun 2024.pdf
785 KB
❗️Xorijiy til oʻqituvchilari ishda qolish yoki ishga kirish uchun quyidagi sertifikatlardan birini olishi kerak!

2024/2025-oʻquv yiliga qadar barcha xorijiy til ustozlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklarining qarori (29.05.2024, №3515) 1-ilovasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarning biridan kamida B2 darajasiga ega boʻlishi lozim.

Avvalgi, 2021-yilda tasdiqlangan qaror bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlar roʻyxatdan chiqarib yuborilgan:

APTIS for teachers
Linguaskill
Test of English for International Communication (TOEIC)

🗓 Agar oʻqituvchilar qaror kuchga kirgunga qadar (2024-yil 29-mayga qadar) roʻyxatdan chiqarib yuborilgan sertifikatlarni olgan boʻlsalar ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllaniladi.

❗️Quyidagi sertifikatlar bilan xorijiy tillarni bilish darajasi emas, balki xorijiy tillar boʻyicha malaka va koʻnikmalar aniqlanadi:

Teaching Knowledge Test (TKT)
Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL)
Teaching English as a Foreign Language (TEFL)
Teaching English as a Second Language (TESL)
Certificate in English Language Teaching to Adults (CELTA)
Diploma in Teaching English to Speakers of Other Languages (DELTA)

Shu sababli ular ushbu roʻyxatga kiritilmagan.

2024-yil 29-maydan keyin faqat yangi qarorda koʻrsatib oʻtilgan sertifikatlar amal qiladi.

Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi.

Eslatib oʻtamiz, pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati ushbu yangi qarorning 3-bobida alohida tasdiqlangan boʻlib, ishga kirishda soʻraladigan va ustama toʻlanadigan sertifikatlar roʻyxati qisman farq qiladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident maktablari bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish uchun qabul davom etmoqda

Bo‘sh o‘rinlarga hujjatlarni joriy yilning 20-iyuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

Ushbu bo‘sh o‘rinlarga qabul Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshiriladi.

Qabul tartibi batafsil:👉 https://talimxabarlari.uz/4910/

@piimatestbot agentlik matbuot xizmati eʼlon qilgan testlar joylashtirilgan bo‘lib, ularni o‘zingizga qulay vaqtda yechishingiz mumkin.

Ayni paytda botda matematika, fizika va ingliz tiliga oid fanlar mavjud boʻlib, keyinchalik yangi testlar qoʻshib boriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Abituriyent OFF | Rasmiy
⚡️RASMAN: Maktab o'quvchilari va abituriyentlar uchun maxsus onlayn test tashkil etilmoqda!

💰 Yutuq: 1.000.000 so'm
🏢 Homiy: Perfect university
📲 Ro‘yxatdan o‘tish BEPUL va shart!

📆 Seshanba, 4-iyun kuni Perfect University, Imtihon Markazi hamda OLIYGOH.UZ taʼlim platformasi hamkorligida onlayn test tashkil etiladi.

Testlar sifatiga 100% javob beriladi.

Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi shart!

📚Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting:
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo‘nalish tanlash
👉 🇷🇺 Ruscha yo'nalishlarni tanlash


Perfect university - Toshkent shahridagi nufuzli oliygohlardan biri bo'lib, 2024-2025 o'quv yilida 50 nafar abituriyentga GRANT ajratmoqda.

🔖Test yakunida ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish:
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashgan maktabdagi bo‘sh o‘rinlar.pdf
426.2 KB
⚡️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlardagi 3395 ta bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qilindi

Respublika bo‘ylab 200 taga yaqin ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlardagi 3395 ta bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qilindi.

Bo‘sh o‘rinlarga hujjatlarni shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda topshirish mumkin.

Hukumat qarori (27.05.2023, №214) bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra o‘quvchilar tanlagan yo‘nalishiga qarab test topshiradi:

🧮 Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
5 — 7-sinflar uchun matematika (30 ta ), ingliz tili (15 ta) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);

8 — 11-sinflar uchun algebra (12 ta ), geometriya (8 ta ), fizika (10 ta ) va ingliz tili (15 ta ) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.

🧬Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:


7-sinflar uchun tabiiy (sceince) fan (30 ta ) va ingliz tili (15 ta ) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);

8 — 11-sinflar uchun biologiya (10 ta topshiriq), kimyo (20 ta topshiriq), ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.

Qabul tartibi batafsil:👉 https://talimxabarlari.uz/4915/

@piimatestbot yordamida agentlik tomonidan e’lon qilingan na’munaviy testlarni bajarib imtihonlarga tayyorlanishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilda abituriyentlarga maksimal ball beruvchi chet tili sertifikatlari ro‘yxati

Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarori bilan bakalavriat bosqichiga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu qarorga muvofiq, abituriyentning B2 darajadagi chet tili sertifikati bo‘lsa, unda u chet tili fanidan maksimal ball oladi va shu fandan imtihon topshirib o‘tirmaydi.

2024-yilda chet tili birinchi fan bo‘lgan mutaxassisliklarida ijodiy imtihon o‘tkaziladigan 8 ta OTMda kirish imtihoni sifatida test olinadi.

Eslatib o‘tamiz, keyingi o‘quv yilidan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XUSHXABAR
#xalqaro_reyting

Ilk bor Oʻzbekistonning 2 ta oliygohi dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan o‘rin egalladi

Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – “QS World University Rankings-2025” natijalarini eʼlon qildi.

Reytingdan birinchi marta Oʻzbekistonning birvarakayiga ikki oliy taʼlim muassasasi – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 547-oʻrin hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti 781–790-oʻrin bilan munosib joy egalladi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Akademik nufuz” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning eng yaxshi 300 ta oliy oʻquv yurtlari qatoriga va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlar uchligiga kirdi.

Oʻzbekiston milliy universiteti “Chet ellik oʻqituvchilar ulushi” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning 200 ta eng yaxshi universitetlari qatorida boʻlib, Markaziy Osiyo oliy oʻquv yurtlari orasida ikkinchi oʻrinni qayd etdi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida bakalavriat va magistraturaga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi!

Tibbiyot texnikumlari va tibbiyot kollejlari bitiruvchilari farmatsiya hamda sanoat farmatsiyasi yo‘nalishlariga imtihonsiz qabul qilinadi.

Bakalavriat yo‘nalishlari:

Farmatsiya (turlari bo‘yicha) - o‘qish muddati 5 yil;
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) – o‘qish muddati 4 yil;
Davolash ishi - o‘qish muddati 6 yil;
Tibbiy profilaktika ishi - o‘qish muddati 5 yil.

Magistratura mutaxassisliklari:

Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
Dorilarning sanoat texnologiyasi;
Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
Eksperimental va sport farmakologiyasi.

O‘qish muddati 2 yil.

Hujjatlar onlayn va oflayn qabul qilinadi.
👉 Hujjat topshirish

Litsenziya (0033-son, 8.09.2021-y.)

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 48-uy
Mo‘ljal: "Uz Mal oil" yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Korzinka supermarketi (Sayram Korzinka)

📍Lokatsiya
👉 Batafsil ma'lumot

☎️
Murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ta'lim reklamasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent2024
⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

🖥 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abituriyentlar diqqatiga: hujjat topshirishda tanlanayotgan OTM faqat imtihon topshiradigan bino sifatida tanlanadi

2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni my.uzbmb.uz ro‘yxatga olish boshlandi.

abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos;

agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan o'zi kirmoqchi bo'lgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetiga kirmoqchi bo'lsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topshirsa ham bo'ladi;

Test topshirish hududi qismida So'x va Denov tumani ham bor. Ya'ni So'x tumanidagilar Farg'ona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas;

Avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 170 ming so'm miqdorida to'lov qilishi kerak bo'ladi. To'lovni 25-iyungacha bo'lib to'lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

fikri o’zgarib qolgan abituriyent 25-iyungacha qayta ariza topshirsa bo’ladi. 25-iyundan keyin arizani o’zgartirishga ruxsat berilmaydi;

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Milliy reytingda yetakchilik qilib kelgan oliygohlarimiz dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan oʻrin oldi

Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi tomonidan eʼlon qilingan dunyodagi eng yaxshi universitetlari TOP-1000 talik reytingiga “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (547-oʻrin) hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti (781–790-oʻrin) ham kiritildi.

Taʼkidlash joizki, 2017-yildayoq Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizdagi OTMlarga xalqaro reytinglardan oʻrin olishlariga ko‘maklashish vazifasi belgilab berilgan edi.

Shu asosida 2017-yildan boshlab Taʼlim sifati nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taʼlim sifatini obyektiv va shaffof baholab borish, oliy taʼlim muassasalarining xalqaro tan olingan reytinglarda oʻrin olishlariga koʻmaklashish maqsadida QS, THE, ARWU kabi xalqaro tan olingan reyting agentliklari metodologiyasi asosida milliy oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlab, har yili eʼlon qilib borish yoʻlga qoʻyildi.

Eʼtiborlisi, bugungi kunda xalqaro reytingda munosib oʻrin egallagan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti milliy reytingda ham muntazam ravishda ravishda yuqori oʻrinlarni egallab kelgan: 2017-yil 3-oʻrin, 2018-, 2019-yillarda 2-oʻrin, 2020-, 2021-yillarda esa 1-oʻrin.

Oʻzbekiston milliy universiteti ham inspeksiya tomonidan eʼlon qilingan reytingda milliy reytingda 2017-, 2018-, 2019-yillarda 1-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2020- va 2021-yillarda 2-oʻrinni band etgan.

Fursati kelganda aytib oʻtish joizki, inspeksiya tomonidan har yili OTMlar reytingi eʼlon qilinganda baholash metodikasi va jarayonning xolisligi boʻyicha turli xil eʼtirozli fikrlar ham uchrab turgan.

Biroq vaqt oʻtib milliy reytingda yetakchilik uchun talashib kelgan oliygohlarimiz Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba TOP-1000 talik roʻyxatdan oʻrin olgani bu farazlarning barchasi asosiz ekanligi koʻrsatib berdi.

Ushbu ikki universitet jamoasini koʻp yillik mehnatlarining amaliy natijasi xalqaro miqyosida tan olingani bilan samimiy tabriklaymiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktab o‘quvchilariga maxsus telegram bot orqali bepul test yechib, imtihonga tayyorlanish imkoniyati yaratildi

Prezident maktablaridagi 16 ta hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining 6-7-8-9-10-sinflaridagi 3 395 ta bo‘sh o‘rinlarni o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qilingan haqida xabar bergan edik.

👫 Bo‘sh o‘rinlar uchun tanlovda o‘quvchilar tanlagan yo‘nalishiga qarab test topshiradi va eng yaxshi natija ko‘rsatganlar o‘qishga qabul qilinadi.

O‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan e’lon qilingan namunaviy testlar maxsus telegram botga joylashtirildi.

Hozirgi paytda telegram botga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar sinflar kesimida joylashtirilgan:

Matematikadan 6-7-8-sinflar uchun
Ingliz tili 6-7-8-sinflar uchun
Fizika 7-sinflar uchun


🗂 Tez fursatda boshqa sinflar uchun ham test topshiriqlari botga joylashtiriladi.

✔️ Test ishlash uchun ushbu bot 👉 @piimatestbot

📌 Ushbu bot orqali test topshiriqlarini bajarish bepul.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibi

Hukumat qarori (12.10.2020, №646)ga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda:

❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

❇️ Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

❇️ Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

💡Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

❗️2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan):

❇️ A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

❇️ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

💡 Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ertaga, 8-iyun kuni abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli yakunlanadi

Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar orasidan 2 ming kishi qo’shimcha kvotaga talabalikka qabul qilinadi.

Tavsiyanoma berish shartlari va mezonlari: 👉 https://t.me/uztdi/6770

Ushbu tavsiyanoma qanday imtiyoz berishi haqida batafsil bu yerda: 👉 https://t.me/uztdi/6792

❗️Tavsiyonoma berildi degani, o’qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi.

Tavsiyanoma muddati qancha?

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi.

‼️ESLATMA: o’tgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar yana qayta ariza yuborishlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bo’lgani uchun joriy yilda o’tmaydi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: bir kishi ikkala tavsiyanomani olishi ham mumkin, shartlariga to’g’ri kelsa bo’ldi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fanlar majmuasi-2024.pdf
541.1 KB
⚡️2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.

5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko’plab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo’nalishlarga to’g’ri keladi?”, degan savollar kelib tushmoqda.

Buni bilish uchun joriy yilgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi bilan tanishib chiqing.

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM