Ta'lim nazorati
105K subscribers
3.97K photos
960 videos
410 files
5.85K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Attestatsiyada kalkulyatordan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ishga tushirilgan test platformasida pedagoglar attestatsiyasiga tayyorgarlik boʻyicha oʻtkazilayotgan onlayn-repetitsiyalarda ayrim fanlardan kalkulyator va qoʻshimcha qoʻllanmalardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Attestatsiya jarayonlarida ham kalkulyatordan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bilimga yoʻnaltirilgan taʼlimdan natijaga yoʻnaltirilgan taʼlim standartlariga oʻtiladi

Taʼlimni rivojlantirish markazi boʻlim boshligʻi Shavkat Xoʻjaqulov brifingda ma’lum qilishicha:

Vazirlar Mahkamasining “Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan nizomni ishlab chiqish jarayonida Taʼlimni rivojlantirish markazi tomonidan YUNISEF tashkiloti koʻmagida xalqaro ekspertlar jalb qilinib, ular bilan birgalikda ilgʻor mamlakatlarning taʼlim standartlarini ishlab chiqish boʻyicha tajribalari oʻrganilgan.

📌Qarorga asosan:

Oʻzbekistonda mavjud taʼlim turlari YUNESKOning “Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi” darajalari bilan muvofiqlashtiriladi.

DTS, davlat taʼlim talablari va ular asosida ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari oʻquv natijalarini baholash komponenti qismi bilan toʻldiriladi.

Bilimga yoʻnaltirilgan taʼlimdan natijaga yoʻnaltirilgan taʼlim standartlariga oʻtiladi.

📅 2024-yil 1-avgustga qadar:

Oʻquv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash konsepsiyasi tayyorlanadi;

Taʼlim natijalarini baholash, taʼlim sifati va samaradorligini monitoring qilish, taʼlim siyosatida dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish amaliyotini joriy etish maqsadida umumiy oʻrta taʼlimda baholash konsepsiyasi ishlab chiqiladi;

Standartlarni ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha dts.uz” — Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablarining yagona ochiq muhokama portali ishga tushiriladi.

🔹 Batafsil: https://bit.ly/4arJIrW

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

Avval xabar qilinganidek, maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari 2024-yil 15-apreldan boshlab attestatsiyadan o‘tkaziladi.

❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mazkur malaka toifa sinovlari o‘tkazilish vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 15-16 aprel kunlari (2 kun);
Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 17-22 aprel kunlari (5 kun);
O‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 23-25-aprel kunlari (3 kun);
Matematika fanidan — 26-29-aprel kunlari (3 kun);
Fizika, Kimyo fanlaridan — 30-aprel — 1-may kunlari (2 kun);
Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 2-3 may kunlari (2 kun);
Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo’nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo’nalishi - o’g’il bolalar uchun) fanlaridan — 4-6 may kunlari (2 kun);
Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlaridan — 7-8 may kunlari (2 kun);
Fransuz tili, Hind tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 10-13 may kunlari (3 kun);
Davlat va huquq asoslari, Tarbiya, Tarix fanlaridan — 14-15-may kunlari (2 kun);
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya fanlaridan — 16-17-may kunlari (2 kun);
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, O‘qituvchi-defektolog, O‘qituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixologlarga — 18 may kunlari (1 kun);
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan — 20-21 may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

👉 Ma’lumot uchun: malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joy manzillari quyida keltirib o‘tilgan: https://t.me/uztdi/8206

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kimyo fani bo'yicha diagnostika testlari yuklandi!

Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.

Ushbu test topshiriqlari malakali testologlar tomonidan vazirlik tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testida haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegran botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar joylashtirildi:

🔹Kimyo
🔹Rus tili (milliy)
🔹
Fizika
🔹Biologiya
🔹Qoraqalpoq tili va adabiyoti
🔹Geografiya
🔹 Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
🔹 Ona tili
🔹 Matematika
🔹 Ingliz tili
🔹Tarix
🔹Jismoniy tarbiya

❗️Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.

Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

👉 @uztditestbot
👉
@uztdi_testbot
👉
@uztditestt_bot

👆Yuqoridagi videoda ushbu telegram botlardan qanday foydalanish lozimligi ko'rsatib berilgan.

📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul
.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun, 8-aprel kuni matematika, rus tili va adabiyoti fanidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatga olish boshlanadi.

Ro‘yxatga olish jarayonlari 14-aprelga qadar davom etadi.

💴 To‘lovlar esa 15-aprelgacha amalga oshirilishi mumkin.

✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 28-aprel kuni o‘tkaziladi.

📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Видеоинструкция

Видеоинструкция по проведению тестовых испытаний на квалификационную категорию педагогических кадров

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Йўриқнома

Pedagog kadrlarning malaka toifasi test sinovlari bo‘yicha videoyo‘riqnoma tayyorlandi.

❗️Unda attestatsiya kuni amal qilish lozim bo‘lgan qoidalar, belgilangan vaqt va imtihon tartibi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

📅 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar

📍Sinovlar o‘tkaziladigan joy manzillari

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi joriy yilda mamlakatimizda Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga toʻgʻri kelishi kutilayotganini maʼlum qildi.

Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo‘ladi:

🔴 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;

🔴 11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

🔴 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;

🟢 13-aprel, shanba — barcha uchun ISH KUNI;

🔴 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2024-yil 8-apreldagi “Muborak Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida:

joriy yilning 10 — 12-aprel (chorshanba — juma) kunlari — dam olish kuni, deb eʼlon qilingan.

🔹 Shu munosabat bilan, 2024-yil 13-aprel (shanba) kuni barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida rejadagi dars jadvali asosida oʻqish kuni hisoblanadi.

👉 Dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan oʻquv mashgʻulotlarini oʻquv yili yakuniga qadar mavzularni tigʻizlashtirgan holda oʻzlashtirish tavsiya etiladi.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Maktabgacha ta‘lim, texnologiya va tarix fani bo'yicha diagnostika testlari yuklandi!

Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor.

Diagnostik testida haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegran botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar joylashtirildi:

🔹Maktabgacha ta‘lim
🔹Texnologiya
🔹Tarix (2 xil)
🔹Kimyo
🔹Rus tili (milliy)
🔹
Fizika
🔹Biologiya
🔹Qoraqalpoq tili va adabiyoti
🔹Geografiya
🔹 Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
🔹 Ona tili
🔹 Matematika
🔹 Ingliz tili
🔹Jismoniy tarbiya

❗️Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.

Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

👉 @uztditestbot
👉
@uztdi_testbot
👉
@uztditestt_bot

👉 Telegram botlardan foydalanish bo‘yicha videoyo‘riqnoma: https://t.me/uztdi/8242

📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul
.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Attestatsiyasida ishtirok etadigan pedagoglarning guruhlar boʻyicha taqsimoti, yaʼni qaysi pedagog aynan qaysi sanada, nechanchi guruhda va soat nechada test topshirishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar test kunlaridan 2-3 kun oldin eʼlon qilib boriladi.

📅 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar

📍Sinovlar o‘tkaziladigan joy manzillari

Buxoro viloyatida 15-16-aprel kunlari o'tkaziladigan pedagoglar attestatsiyasi malaka (test) sinovlari ishtirokchilar ro'yxati

Andijon viloyatida 15-16-aprel kunlari o'tkaziladigan pedagoglar attestatsiyasi malaka (test) sinovlari ishtirokchilar ro'yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yakshanba kunlari toifa testlari o‘tkazilmaydi.

Matematika fani o‘qituvchilarida 28-aprel yakshanba kuni milliy Sertifikatlar uchun o‘tkaziladigan sinovlarda qatnashish imkoniyati mavjud.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat, attestatsiya!

Xabar qilinganidek, joriy yilning 15-aprel kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta, maktabgacha va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari ishtirokida attestatsiya jarayonlari boshlanadi.

❗️Sinov jarayonlariga mamlakatimiz boʻylab bir xil vaqt — soat 8:00 da start beriladi.

Hurmatli pedagoglar!

❗️Sizlardan jarayonlarning adolatli va shaffof oʻtkazilishida faol bo‘lish hamda attestatsiya davomida faqat oʻz bilimingiz va malakangizga suyanishingizni soʻrab qolamiz.

🤝 Malaka toifa sinovlarida barchangizga omad tilaymiz!

👉 Malaka toifa sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari, sanalari va videoyo‘riqnomani yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz pedagoglar!

Attestatsiya jarayonlariga ham juda oz fursat qoldi.

Mazkur jarayonlar sizning bilim va malakangizni sinovdan o‘tkazadi hamda yangi bilimlarni egallashingizga turtki bo‘ladi, deb ishonaman.

Qadrli ustozlar!

O‘ylaymanki, malaka sinovlarining adolatli va shaffof o‘tkazilishida har biringiz shaxsiy namuna ko‘rsatasiz.

Siz, albatta, bilim va kasbiy tajribangiz bilan ushbu malaka sinovlaridan yorug‘ yuz bilan o‘ta olasiz. Men bunga ishonaman!

Jarayonlarda barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!

P.S. Kimningdir yolg‘on va’dalariga ishonib, kasbiy obro‘yingizga xavf tug‘dirmang. Sizning obro‘yingiz bu butun tizimning yuzidir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bugun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

2024-yil 8-aprel kuni matematika, rus tili va adabiyoti fanidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📱 Ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshirilmoqda va 14-aprel (to‘lov qilish 15-aprel) ga qadar davom etadi.

❗️ Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz.

📆 Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 2024-yil 28-aprel (yakshanba) kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔴 Ayni damda umumiy o’rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o’tkazish jarayonlari boshlandi.

Bugun Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinovlar bo’lib o’tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘quvchilarning vaqtincha xorijiy davlatga chiqish tartibi o‘zgarishi mumkin

Muhokamalar portaliga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi buyrugʻi loyihasi joylashtirildi.

Unga koʻra ota-onalar farzandi bilan birga qaysi xorijiy davlatga ketish sabablarini va xorijda qolish muddatini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan (o‘quv yili davomida) murojaat etadi.

Ariza maktab direktori tomonidan (direktor bo‘lmagan vaqtda, direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi) bir ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, o‘quvchi vaqtincha xorijiy davlatga ketayotganligi haqida hamda sinf rahbari va fan o‘qituvchilarini xabardor qilish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi.

Maktab direktori quyidagi holatlarda o‘quvchining ota-onalarini, yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisini, tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limini va Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasini yozma ravishda ogohlantiradi va uni dars mashg‘ulotlariga jalb etish choralarini ko‘radi:

xorijiy davlatga vaqtincha chiqib ketgan o‘quvchilar xorijda bo‘lish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risida bir xafta muddatda maktabni xabardor qilmasdan dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan o‘quvchilar;

ota-onalar farzandi bilan xorijiy davlatga ketish sabablarini va xorijda qolish muddatini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat etmaganda.

Maktab direktori har yili 25-mayga qadar o‘quv yili davomida maktabni xabardor qilmasdan xorijiy davlatga chiqib ketib kamida uch oydan ortiq muddatda uzluksiz dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan (o‘quv yili yakunlanishidan oldin darsga qatnashgan o‘quvchilar bundan mustasno) o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasiga kiritadi.

Mazkur o‘quvchilar Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi roziligi bilan o‘quvchilar safidan chiqariladi.”

👉 Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/97393

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Attestatsiya

📣 Attestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

👉 Jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://cams.uzedu.uz/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM