Ta'lim nazorati
107K subscribers
3.97K photos
960 videos
410 files
5.84K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatga olish boshlandi

2024-yil 1-yanvardan boshlab: oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

🔸oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasi boʻyicha https://pedagog.edu.uz/ platformasi orqali ariza yuborishlari mumkin boʻladi.

Shuningdek, barcha pedagoglar davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali murojaat qilish imkoniyat mavjud.

Oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagoglari attestatsiyaning:

birinchi bosqichda — pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi;

Ikkinchi bosqichda — oʻquv fani boʻyicha bilim darajasi baholanadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiya sinovlaridan qay tartibda o‘tadi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan tegishli Nizom talablariga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga attestatsiyaning nazariy (og‘zaki, yozma) sinovlari to‘rtta savoldan iborat bo‘ladi.

✔️ Belgilangan vaqtda, to‘liq, to‘g‘ri va sifatli javob berilganligi ko‘ra har bir topshiriq uchun 5 balldan, jami 20 ballik tizimda baholanadi.

🔹Amaliy sinovlar to‘rtta jismoniy mashqdan:

100 metrga yugurish;

joyidan turib uzunlikka sakrash;

turnikda tortilish (erkaklar uchun), gimnastika o‘rindig‘iga tayanib, qo‘llarni bukish va yoyish (ayollar uchun);

yotgan holda qo‘llarni bosh orqasiga qo‘yib gavdani ko‘tarishdan iborat. Har bir mashq uchun 15 balldan, jami 60 ball beriladi.

👉 Izoh: aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari attestatsiyaning amaliy sinovlaridan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi majburiy attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar pul to‘lamaydi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga ko‘ra, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Nizomga asosan, pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun:

davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi (hozirda 340 ming so‘m);
pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m);
yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

👉Eslatma: To‘lovlar navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga oʻquvchilarni saralab olish tartibi takomillashtirildi

Hukumat qarori bilan (20.01.2024 №38) “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga oʻquvchilarni saralab olish tartibi takomillashtirildi.

“Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyiga umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining 9-sinfini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega, sogʻligʻining holatiga koʻra oʻqishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasining erkak jinsli fuqarolari oʻqishga qabul qilinadi.

🔎 Saralash tadbirlari dastlabki tanlov, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat.

Nomzodlar uchun dastlabki tanlov ularning yashash va oʻqish joyi boʻyicha Chegara qoʻshinlari, DXX hududiy boshqarmalarining boʻlinmalari, tuman va shahar boʻlinmalari (boʻlimlari) tomonidan “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi masʼul xodimlari bilan birgalikda oʻtkaziladi.

📝 9-sinf oʻquvchilaridan 5-sentyabrdan 5-oktyabrga qadar arizalar qabul qilinib, Chegara qoʻshinlari harbiy qismlarining shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻlinmalariga taqdim etiladi.

🪖Harbiy-kasbiy tanlov 5-oktyabrdan 1-fevralga qadar oʻtkaziladi. Bunda nomzodning:

🗂 tegishli hujjatlari va tavsiflovchi maʼlumotlari oʻrganiladi;
🩺tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi;
🧑🏻‍⚕️psixofiziologik xususiyatlarini aniqlanadi;
💪 jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlanadi;
✏️ savodxonlik darajasini baholanadi (ijodiy bayon olinadi);

DXX harbiy xizmatchilari uchun belgilangan maxsus talablarga mos kelishini aniqlanadi;

Yakka tartibda yakuniy suhbat oʻtkaziladi va uni test sinovlariga qoʻyish toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilinadi.

Test sinovlari:

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladi;
umumtaʼlim fanlari bloki davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
nomzodlar oʻz ixtiyoriga koʻra uch tildan — oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birida topshiradilar.

Quyidagi nomzodlar litseyga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi:

🏆 xalqaro va respublika fan olimpiadalarining gʻoliblari — belgilangan qabul kvotasi doirasida;
🎖oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari — kvotadan tashqari;
📌yetim, ota-ona qarovisiz qolgan, davlat va jamiyat yordamiga muhtoj boʻlgan, joriy yilda maktabning 9-sinfini tamomlagan voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash boʻyicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi hamda DXX rahbariyatining qarorlari asosida — kvotadan tashqari belgilangan kvotaning 5 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi ishga kirgan oʻqituvchilar telegram botimiz(@uztdibot)ga “Men mutaxassisman. 2-toifaga oʻtmoqchiman. pedkadr.uzedu.uz sayti orqali attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborishda qaysi birini tanlayman?" degan savol bilan murojaat qilishgan.

Javob: Bu amaldagi malaka toifasini tasdiqlovchi Sertifikat seriyalari. Siz bulardan hech qaysini tanlamaysiz! Shu qator Sizda boʻsh qoladi!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'lim texnologiyalari 2024.pdf
30 MB
Pedagogik mahorat va ta’lim texnologiyalari bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi fizika, kimyo, biologiya fanlarini chuqur o‘rganishga mo‘ljallangan didaktik materiallar va multimedia mahsulotlarining yangi avlodlarini tayyorlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (ITSM) bilan hamkorlikda bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda.

Xususan, ITSM bilan birgalikda Pedagogik mahorat va taʼlim texnologiyalari (Phet, Kahoot, Nearpod) bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida o‘quv-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi.

Ushbu qo‘llanmada PhET, Nearpod va Kahoot o‘quv platformalari yordamida taʼlim jarayonini samarali tashkil etish, platformalarda shaxsiy akkaunt yaratishdan boshlab uning barcha funksiyalari haqida batafsil maʼlumotlar berilgan.

Shuningdek, platformalar yordamida interfaol topshiriqlar, dars rejalari, mustaqil vazifalar, testlar, viktorinalar, dars taqdimotlari, tanlangan mavzular bo‘yicha video kontentlarni, tarqatma materiallar yaratish yoki tayyor o‘quv resurslaridan dars jarayonida foydalanish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ayrim telegram kanallari yoki guruhlarida 2024-yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan Pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari o‘tkazilishi muddatlari to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilmoqda.

❗️Pedagoglardan mazkur xabarlarga e’tibor bermasliklarini so‘rab qolamiz, zero, bu sanalar o‘tgan yoki undan oldingi yillarda test sinovlari o‘tkazilgan sanalar ekanligini ma’lum qilamiz!

❗️Pedagog kadrlar attestatsiyasi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar vakolatli vazirliklarning (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi) rasmiy manbalarda e’lon qilinishini eslatib o‘tmoqchimiz!

❗️Shuningdek, yangi tartibga ko‘ra attestatsiya to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar, shu jumladan test sinovlarining o‘tkazilish muddatlari pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga SMS xabar yuborish orqali ma’lum qilinadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi #talimuchun loyihasi doirasidagi onlayn vebinarlarni davom ettirmoqda.

Loyihaning navbatdagi mehmoni AQShning Texas ta'lim agentligi maktab dasturlari bo'yicha strategik operatsiyalar va ma'lumotlar tahlilchisi Mavluda Oripova bo‘ladi.

🖥 Taqdimot mavzusi: Amerika maktablari: monitoring va baholash tizimi

Boshlanish vaqti: 26-yanvar soat 09:30

💻 Vebinarda ishtirok etish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/85089277132

ID: 850 8927 7132
Kod: 691909

Ma’lumot uchun, Mavluda Oripova O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning qizlari hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2024-yil 28-yanvar (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 08:30 dan boshlab (test sinovi 10:00 da) kiritiladi.

❗️ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Teknofest 2024" tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda!

2018-yildan beri 🇹🇷 Turkiya Respublikasida o'tkazilayotgan "Teknofest Aviatsiya, Koinot va Texnologiya Festivali" texnologiya sohasidagi eng yirik musobaqalardan biridir.

Bu yilgi festivalda 46 ta asosiy va 117 ta quyi kategoriyada musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Simsiz aloqa, blokcheyn, havo mudofaasi, moliyaviy texnologiyalar shular jumlasidan.

"TEXNOFEST" bilan "Kelajak Sensan" shiori bilan nufuzli musobaqalarida yuqori natija koʻrsatgan texnologiya ixlosmandlariga 30 million turk lirasi mukofot va 55 million turk lirasidan ortiq moddiy yordam beriladi.

🏫 Maktab va o‘rta maxsus ta'lim, magistratura va bakalavr yo‘nalishidagi o'quvchilar va bitiruvchi yoshlar tanlovda qatnashishi mumkin.

Batafsil ma'lumot va ariza topshirish uchun 👇
https://mth.tc/TEKNOFEST2024Yarismalar

Arizalar 2024-yil 20-fevraligacha qabul qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pedagog kadrlar attestatsiyasida ariza berishda shaxsiy kabinetdagi esdan chiqqan parolni tiklash bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Login va parolni tiklash uchun quyidagi havolaga oʻting va ochiq oynachalarni toʻldiring: http://pedkadr.tdi.uz/Pedagogue/resetPassword

Agar pasport o‘zgargan bo‘lsa ham ️JSHSHIR (PINFL) o‘zgarmaydi.

📌Eslatma: Login va parollarni tiklash uchun uch martagacha imkoniyat beriladi. Undan keyingi hollarda tizim administratorlariga, yaʼni viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalaridagi ishchi guruhlariga yoki @pkatdi_bot orqali murojaat yuborishingiz kerak boʻladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimidagi islohotlar bo‘yicha Loyiha ofislariga ishga taklif etamiz!

Agar siz sog‘liqni saqlash yoki ta’lim tizimi rivojlanishiga o‘z xissangizni qo‘shish, kelgusi yillarda millatning salomatligi va bilimini shakllantirish islohoti bilan shug‘ullanadigan jamoa a’zosi bo‘lish istagida bo‘lsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

Asosiy vazifalar:

• Ta’lim va tibbiyot sohasidagi amaldagi yondashuvlar va tajribalar tahlili;
• Ushbu sohalarni isloh qilish bo‘yicha yangi g‘oya va yechimlar ishlab chiqish;
• Xalqaro ekspertlar va tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish.

Loyiha ofisiga tibbiyot yoki ta’lim tizimida chet elda o‘qigan yoki ishlagan mutaxassislar zarur. Agar siz ushbu sohalarga xissa qo‘shish niyatida bo‘lsangiz rezyume (CV) va ushbu sohalarni qanday isloh qilish to‘g‘risida fikringizni yozib, @projectofficevacancybot botiga jo‘nating.

❗️Diqqat: botni ishga tushirgandan so‘ng, rezyumeni yuklab, yuborishingiz so‘raladi.

Tibbiyot va ta’limda tarixiy islohotlarni amalga oshirish uchun jamoaga qo‘shiling!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_25

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

00:10 Ta’limda menejment yo‘nalishida tahsil olganman. Maktab direktorligiga nomzodimni qo‘yish uchun menejerlik kursida o‘qishim kerakmi? Agar shunday bo‘lsa, o‘qish uchun qayerdan, qay tartibda ro‘yxatdan o‘taman?

01:27 Maktab direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlayman, menejerlik o‘quv kursida o‘qish uchun ariza topshirdim. Ushbu o‘qishda avval kimlar o‘qiydi: direktorlarmi yoki boshqa nomzodlarmi?

02:25 Men menejerlik o‘quv kursiga qatnashish uchun ariza topshirdim. O‘quv jarayonlari qachon bo‘lib o‘tadi?

03:08 Endilikda sertifikati yo‘q o‘qituvchilar chet tili fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlolmas ekan, shu to‘g‘rimi?

Bayonotlarimiz davom etadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#malaka_toifasi

📣📣 Pedagoglar uchun muhim eslatma!

2022-yilda ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganligi uchun navbatdagi-majburiy attestatsiyadan ozod qilingan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar joriy yilgi navbatdagi-majburiy attestatsiyalarga jalb qilinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 41-bandiga asosan normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

⚡️ Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan hamda oliy toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligini hamda mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 12-sentabrdagi 03-03/1-4619-son xati hozirgi kunda ham o‘z kuchida ekanligini ma’lum qilamiz.

❗️ Bu haqida vazirlikning ijtimoiy tarmoq sahifalarida ham o‘z vaqtida rasmiy munosabat berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati keltirib o‘tilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarida "Gʻamxo‘rlik" guruhlari tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining "Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim olishlarini tashkil etish va ularni reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi (25.01.2024-y. 46-son) qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra,

alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yoʻllash boʻyicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya hamda ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarga yoʻllash boʻyicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar negizida Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari huzurida yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalari tashkil etiladi.

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda qisqa muddatli taʼlim va tarbiya berishga moʻljallangan “Gʻamxoʻrlik” guruhlari:

2024-yil 1-fevraldan Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda;

2024-yil 1-apreldan Toshkent viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda;

2024-yil 1-avgustdan respublikaning qolgan hududlaridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda;

2024-yil 1-apreldan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlarida bolalar reabilitatsiyasi boʻlimlari tashkil etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️TRKI-III (C1) Sertifikati uchun toifa olishda imtiyoz berilmaydi

Hukumat qarori (17.09. 2021-yil 572-son) bilan tasdiqlangan Nizomning 36-bandi: Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi.

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda oʻtgan yillardagi qaror tarqatilib, oʻqituvchilarda koʻplab savollar tugʻilmoqda. Mazkur sertifikatlar uchun imtiyozlar faqatgina bir marta, 2022-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilgan attestatsiyalarda berilgan. Undan keyingi davrlar uchun esa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida bekor qilingan.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryodagi maktab-internatda o‘quvchilar zaharlanishi ortidan jinoyat ishi ochildi

Maktab-internatga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan iste’molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlangan. Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilarning ovqatdan zaharlanishi qayd etilib, jinoyat ishi ochildi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.

Aniqlanishicha, hodisa 18-yanvar kuni sodir bo‘lgan. Maktab-internatga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona tomonidan iste’molga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlangan. Oqibatda 33 nafar o‘quvchi o‘tkir gastrit alomatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Tezkor-tergov guruhi tomonidan olib borilgan surishtiruvda maktab oshxonasidan olingan ayrim mahsulotlar sanitariya me’yorlari qoidalari va gigiyena normalari talablariga javob bermasligi hamda oshxona jihozlaridan foydalanish tartib qoidalariga rioya qilinmaganligi, bu esa bolalar o‘rtasida «yuqumli oshqozon ichak kasalliklari bilan kasallanishga» olib kelgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Aybdorlar 7 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Umumiy o‘rta ta`lim tashkilotlari.pdf
541.8 KB
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 20-dekabrdagi 565-sonli buyrug'i bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘linmalari nizomlari hamda umumiy oʻrta ta’lim muassasalari xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarining yangi tahririni tasdiqlandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent2024

⚡️Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬Unga ko‘ra:

◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.

🟩Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

‼️Eslatma o‘rnida, ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM