Ta'lim nazorati
105K subscribers
3.97K photos
960 videos
410 files
5.85K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
❗️ Adliya vazirligi umumta’lim maktablariga ishga olish va ishdan bo‘shatish buyruqlarini avgustda amalga oshirishni so‘radi

2022-yil sentyabr oyida
tuman va shaharlardagi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarida davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishga oid buyruq loyihalarining hajmi ortganligi kuzatilgan. Bu esa loyihalarni o‘z vaqtida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishiga ta’sir qilgan.

Shu sababli Adliya vazirligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga umumta’lim maktablariga ishga olish va ishdan bo‘shatishga oid buyruq loyihalarini sentyabr oyida emas, avgustda qabul qilish bo‘yicha xat yubordi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O'zbekistonda Buyuk Britaniya ta’lim dasturi asosidagi xalqaro maktab ochiladi

◼️ Prezidentning agrar sohaga oid yangi qaroriga ko‘ra, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti huzurida Buyuk Britaniya ta’lim tizimi asosida ixtisoslashgan Xalqaro maktab tashkil etiladi. Maktabga qabul 2023/2024-o'quv yilidan 1-sinf va 5-sinf uchun bo‘ladi.

Xalqaro maktab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan mustaqil nodavlat umumta’lim muassasasi hisoblanadi.

Maktab faoliyatini tashkil etishga ketadigan xarajatlarga: qurilish, o‘quv anjomlari, laborotoriya jihozlari va anjomlarga Jahon bankining "O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish" loyihasi doirasidagi mablag‘lari ajratiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!

Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

Ushbu toifadagi abituriyentlar 2023-yil 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta'lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar platformada avtomatik shakllanadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, ushbu Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ayrim taʼlim muassasalarida “Askiya va qiziqchilik sanʼati” yoʻnalishi ochiladi

“Respublikada milliy askiya va qiziqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
gi Prezident qarori (PQ–222-son, 11.07.2023-y.) ga ko‘ra:

askiya va qiziqchilik sanʼati sohasida taniqli ijodkorlarning mahorat maktablari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

ushbu qarorda belgilangan tartibda oʻzining mahorat maktabini yaratgan ijodkorlar asosiy ish joyi orqali har oyda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5 baravari (4 mln 900 ming soʻm) miqdorida qoʻshimcha ragʻbatlantirib boriladi;

mahorat maktablariga ular faoliyat yuritadigan muassasa obyektlaridan tekin foydalanish huquqi berilib, ularga ushbu muassasa tomonidan alohida xona ajratiladi.

📄 2024/2025 oʻquv yilidan Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji hamda Fargʻona ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabidaAskiya va qiziqchilik sanʼati” yoʻnalishi ochiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar oʻqituvchilariga B2 darajadagi sertifikat majburiy bo‘ladi

Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga asosan, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab davlat taʼlim muassasalarining xorijiy tillar oʻqituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi belgilangan edi.

Oʻtgan yili maktablarda xorijiy tillarni oʻqitish jarayoni davomiyligini taʼminlash maqsadida Hukumat tomonidan B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlmagan cheti tili fani oʻqituvchilarini ishga qabul qilinmaslik xususidagi talab 2023/2024-oʻquv yilidan kuchga kirishi yuzasidan topshiriq berilgan edi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar oʻqituvchilaridan B2 darajadagi sertifikat talab qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, 2024/2025-oʻquv yilidan maktabdagi har qanday chet tili fani oʻqituvchisi B2 darajadagi sertifikatga ega boʻlishi talab etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#prezident_maktabi

AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR UCHUN ESLATMA!

📌 Imtihonga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi;
http://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma;

⛔️ Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi:

tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va http://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelgan talabgorlar;
imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar;

Talabgor imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelishi shart.

Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ertaga Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi boshlanadi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muasasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi:

📈 Hududlar kesimida bir o‘ringa qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatida 267 ta, Farg‘ona viloyatida 229 taga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, bir o‘ringa qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida 80 ta, Navoiy viloyatida 74 taga to‘g‘ri kelmoqda.

🗓 Prezident maktablarining birinchi bosqich imtihonlari joriy yilning 15 iyul kuni 3 smenada: 1-smena soat 08.00da, 2-smena 12.00da hamda 3-smena 17.00da bo‘lib o‘tadi.

📚 Bunda, talabgorlar 1 soat vaqt davomida Matematika fanidan 30 ta test topshiriqlarini bajarishi lozim.

📤 Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlar talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma tarzida yuborildi.

📌 Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 yarim soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan imtihon bo‘lib o‘tadigan joyga kelishlari kerak.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ertadan mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirish boshlanadi

🗂 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023-yil 4-chorak uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning shakllaridan biri – mustaqil izlanuvchilikka onlayn hujjatlar topshirish boshlanishini ma’lum qildi.

📥
Hujjatlar joriy yil 15-iyuldan 15-avgustga qadar Yagona elektron tizimi (phd.mininnovation.uz) orqali qabul qilinadi.

💬 "Hujjatlar taʼlim tashkilotlari tomonidan koʻrib chiqilib, qabul qilinadi yoki rad etiladi. Bunda yuqorida belgilangan muddatlarda talabgorlarning hujjatlari kiritilishi lozim," – deyiladi vazirlik xabarida.

📚 Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga talabgorlar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Siz matematikani oʻrganishga qiynalasizmi? Fizika, kimyo va boshqa tabiiy fanlarni-chi?


Aslida, ularni oʻzlashtirish siz oʻylaganchalik murakkab emas. 

“Asaxiy Books” matematika va boshqa tabiiy fanlarni qanday qilib oson oʻzlashtirish haqida AQSHlik professor Barbara Ouklining “Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa boʻladi” kitobini oʻzbek tilida chop etdi. 

Unutmang, sizning kelajagingiz bugun olayotgan taʼlimingizga va uning sifatiga bogʻliq. Kitobni oʻqib, oʻzingizning yangi aqliy imkoniyatlaringizni oching. 

Ushbu kitob Xalq banki homiyligida tarjima qilingan bo'lib, ularning soha rivojiga qo'shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Kitob narxi: 45 000 Soʻm 
Buyurtma berish: asaxiy.uz/u/6494308e86a84

Buyurtmalar butun Oʻzbekiston boʻylab yetkazib beriladi.
PM Bino manzil va guruh raqamlari.pdf
441 KB
2023/2024-o‘quv yili uchun Prezident maktablarining kirish imtihonlari o‘tkaziladigan katta sig‘imli binolar RO‘YXATI

Ertaga, 15-iyul kuni – Prezident maktablari kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Imtihonlar 3 smenada – 08:00, 12:00 va 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon boshlanishidan 1 yarim soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

Ma’lumot uchun, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichida Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugundan o'qishni ko'chirish uchun ariza olish boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, bugun 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.

🗂 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:

👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

🎓 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga kochirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

👰‍♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑‍✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

💵 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turdosh ta'lim yo'nalishlar 2023.pdf
265.1 KB
Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash shu oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

Quyidagi hollarda talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi:

oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha bir vazirlik (idora) doirasida boshqa oliy ta’lim muassasasiga;

oliy ta’limning mos va turdosh yo‘nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo‘yicha turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari ilovada (rasm)

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tilidan ijodiy imtihon sanalari e’lon qilindi

📆 2023-yil 17-23-iyul kunlari barcha hududlarda 8 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladi.

Imtihon 2 bosqichda tashkil etilib:

1️⃣-bosqichda gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni — 17-20-iyul kunlari kompyuterda;

2️⃣-bosqichda tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihoni — 21-23-iyul kunlari qog‘oz shaklda bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishlari mumkin.

📌 Abituriyentlar imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Chet-tili-07-13

❗️ Izoh: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ruxsatnoma shakllantirilmaydi. Ularga chet tilidan maksimal ball beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi

🗓 Kirish test sinovlari 2023-yil 24-iyul kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.

Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti

birinchi smena soat 9:00 da boshlanadi.
ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

❗️Test sinovlarini oʻtkazilish hududi va imtihonga kirish ruxsatnomasini olish yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

✔️ Eslatma: Prezident qaroriga (PQ-200, 03.07.2023-y.) asosan bu yildan e’tiboran ALga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilingan.

👉 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezoni (matn ustiga bosing)

👉 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Endi malaka toifasi boʻyicha maʼlumotnomani Telegram botdan yuklab olish mumkin!

📥 Ustoz va murabbiylarga qulaylik yaratish maqsadida JSHSHIR (PINFL) orqali telegram botga kirib malaka toifasi haqidagi maʼlumotlarni bilish va ularni PDF formatidagi maʼlumotnoma koʻrinishida yuklab olish imkoniyati yaratildi.

🗂 Buning uchun Taʼlim nazorati kanalining @uztdibot manzilidagi telegram botiga kirib sertifikat izlash boʻlimini tanlash va har bir pedagog JSHSHIR (PINFL) ni yuborishi kifoya. Ushbu xizmat mutlaqo bepul hisoblanadi.

Taʼkidlash joizki, @uztdibot manzilidagi telegram botimiz ishonchli sifatida Telegram maʼmuriyati tomonidan verifikatsiyalangan boʻlib, qidirganingizda koʻk belgi (галочка )si mavjud.

📬 Ushbu xizmat hozirlikcha test rejimida ishga tushirilgan boʻlib, undan foydalanishni yuzaga kelgan noqulayliklar va uni takomillashtirish boʻyicha takliflaringizni ushbu botning savol yoki taklif yuborish boʻlimi orqali yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar diqqatiga!

📆 2023-yil 20-iyul — OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, mazkur jarayon 20-iyul kuni 23:59 da to‘liq yakunlanadi.

👨🏻‍💻
Oldingi yillardan ma’lumki, qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi.

Hurmatli abituriyentlar!

❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang. Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting. Yaqinlaringiz bilan maslahatlashib, tezroq bir qarorga keling.

Ro‘yxatdan o‘tishda tanlov ustuvorligi, maqsadli qabul, ta’lim shakli, ta’lim tili, yo‘nalishlar ketma-ketligi, chet tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘ling.

🖥 20-iyul kuni 23:59 ga qadar barcha ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng tanlovingizni o‘zgartira olmaysiz.

Shu sababli qabulning so‘nggi kunlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishni, tanlov qilishda e’tiborli bo‘lishni va ma’lumotlaringizni sinchiklab tekshirib olishni tavsiya qilamiz.

🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz

📹 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://t.me/uztdi/6937

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyent hujjat topshirishda grantni tanlasa, kontraktda o‘qiy olmaydimi?

◼️ Tanlov ustvorligini tanlash —
abituriyentlar uchun yaratilgan eng qulay imkoniyatlardan biri. Bunda abituriyent bilimiga qarab avval grantda o‘qish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi.

Qanday qilib tanlash mumkin?

Abituriyent OTMga hujjat topshirayotganda 2 xil usuldan birini tanlashi mumkin:

1️⃣ “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

2️⃣ “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

📌
Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik asosida amalga oshiriladi.

Qisqa aytganda, abituriyent 1-usulda eng avval faqat grantga balli yetadigan joylarni, 2-usulda esa ham grant, ham kontraktga balli yetadigan joylarni tanlagan holda talaba bo‘lishi mumkin.

Masalan, abituriyent grant ustuvorligini tanlagan: u Toshkent tibbiyot akademiyasiga kontrakt, Samarqand tibbiyot institutiga esa grant o‘qishga kirdi. U grant ustuvorligini tanlagani uchun avtomatik ravishda Samarqand tibbiyot insituti talabasi bo‘ladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
transfer.edu.uz platformasi orqali o‘qishni ko‘chirish yuzasidan ariza berish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Ushbu platforma orqali davlat OTMning biridan boshqasiga ko‘chirish uchun ariza beriladi.

Bir OTM doirasida mos va turdosh yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishini ko‘chirish rektorning buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, xorijdagi yoki respublikamizdagi nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sanjar Obidov Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

Obidov Sanjar Omonxo‘jayevich Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Sanjar Obidov 1986-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. Toshkent moliya institutini va Buyuk Britaniyaning Sterling universitetini tamomlagan.

Bugunga qadar qator mas'ul lavozimlarda – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Pedagog kadrlar sifati nazorati, ta'lim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi direktori v.v.b bo‘lib ishlagan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin

Ko‘plab abituriyentlar tomonidan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqqan holda my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan talabgorlar uchun tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.

👨🏻‍💻 Endilikda my.uzbmb.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamini yo‘qotgan talabgorlar yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔗 Bunda talabgor yangi telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)ni kiritganda uning barcha ma’lumotlari yangi telefon raqamiga biriktiriladi.

O‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti

🔹BAKALAVR:

KUNDUZGI — 127 259 nafar;

SIRTQI — 49 078 nafar;

KECHKI — 11 125 nafar.

MASOFAVIY — 2 825 nafar.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM