Ta'lim nazorati
106K subscribers
3.95K photos
965 videos
402 files
5.81K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
⚡️Ayrim ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni tashkil etish vazifasi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga o‘tkaziladi

Prezident qarori (2023.01.06.PQ-176) bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga vazirlik va idoralardan oʻtkaziladigan vazifalar va shtat birliklari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining:

➡️ 2023-yil 15-iyundan Bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularni ruhiy qoʻllab-quvvatlash hamda mehribonlik uylari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi va 707 ta shtat birligi;

➡️ 2024-yil 1-avgustdan Ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish vazifasi va 222 ta shtat birligi yangi agentlikka oʻtkaziladi.

P.S: Qarorda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar nazarda tutilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kirish imtihonlari qanday sharoitda o‘tishi kerak?

▪️ Garchi o‘tgan bir necha yil imtihonlar stadionlar va ochiq binolarda o‘tgan bo‘lsa-da, lekin qonunchilik bo‘yicha test sinovlari yopiq binoda o‘tishi kerak.

Bu yilgi kirish imtihonlari uchun yopiq binolar tanlab olingan.

Test o‘tkaziladigan har bir binoni tayyorlashda unga yorug‘lik tushishi, binoni shamollatish, abituriyentni tik tushgan quyosh nuridan himoyalash imkoniyatlari hisobga olinishi lozim;

Binoga tegishli hududda va binoga kirish joylarida guruh va abituriyentlar soni yozilgan ko‘rsatkichlar ilib qo‘yilgan bo‘lishi shart.

Test sinovlari o‘tkaziladigan har bir hududda test jarayoni uchun zarur axborot, texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim yo’nalishini o‘zgartirmasdan ta’lim shaklini o‘zgartirish mumkinmi?

Talaba bir OTM doirasida ta’lim shaklini o’zgartirish bo‘yicha 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza qoldirishi mumkin.

Ariza OTMning qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida ma’lumot berildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 6-maydan 31-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (8-10-iyun) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Bugun – ehtiyojmand oiladagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma uchun ariza topshirishning oxirgi kuni

◼️ Hali ariza topshirmagan, biroq tavsiyanoma olishni rejalashtirganlar uchun bugun, 8-iyun ariza topshirishning oxirgi kuni. Arizani xotin-qizlar.uz platformasi orqali topshirish kerak.

Tavsiyanoma olish uchun qator talablarga mos kelish bilan birga o‘rta ta’limni tugatganlik haqida hujjat bo‘lishi shart! Ya’ni maktabni yoki kollej, liseyni tugatmaganlarga tavsiyanoma berilmaydi.

❗️Eslatma: ehtiyojmand oilalar xotin-qizlariga beriladigan tavsiyanoma muddati – 1 yil. Ariza topshirish bilan bog‘liq savollar paydo bo‘lsa, talabgorlar doimiy yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga yoki qo‘mitaning (71) 202-10-76 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi: https://t.me/uztdi/6770

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ПК-176.pdf
2.2 MB
⚡️ Maktablardagi ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi tugatiladi

Prezidenting 2023-yil 1-iyundagi PQ-176-sonli qarori bilan maktablardagi ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi shtatlari tugatiladi.

📄
"Quyidagilar:

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashaydigan hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish uyida xizmat koʻrsatuvchi barcha ijtimoiy xodimlari;

davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi Ijodiy-madaniy muassasalar boʻyicha targʻibotchi lavozimi tugatilib, 2 528 shtat birligi hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi 2 896 ta shtat birligi Agentlik tizimiga oʻtkaziladi."

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Talabalar uchun ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri stipendiyasi taʼsis etiladi

Prezident qarori (PQ–174-son, 31.05.2023-y.) ga ko‘ra:

🗓 2023-yil 1-sentyabrdan oliy taʼlim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, oʻrmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri stipendiyasi taʼsis etiladi.

👉
Bunda, toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarning bir yillik toʻlov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda BHMning 3 baravarida (990 ming soʻm), davlat granti asosida taʼlim olayotgan talabalarga har oyda BHMning 6 baravarida (1 mln 980 ming soʻm) stipendiyalar tayinlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi 2023-yilning 10-20-iyun kunlari oralig‘ida tashkil etiladi.

Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

➡️ G‘oliblar ikki bosqichda saralab olinadi:

1️⃣ nazariy topshiriqlar – 50 ta test, maksimal 50 ball;
2️⃣ amaliy topshiriqlar – tegishli fan bo‘yicha 1 ta topshiriq, maksimal 50 ball.

👉 Ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi.

Eslatma o‘rnida, olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega bo‘ladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5 yillik stajga ega bo‘lganlarga OTMga kirish uchun o‘tgan yili berilgan tavsiyanoma joriy yilda ham amal qiladimi? Bu tavsiyanomani qaysi tashkilotlar beradi?

Savolga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari 12-iyun kuni e’lon qilinadi

📆 Ma’lumki, 2023-yil 14-may kuni ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkazilgan edi.

Hozirga qadar talabgorlarning yopiq va ochiq turdagi (1 dan 44 gacha) test topshiriqlari bo‘yicha natijalari to‘liq hisoblab bo‘lingan.

📝 Yozma ishlarni tekshirish murakkab va ko‘p vaqt talab etadigan jarayon bo‘lib, har bir talabgorning yozma ishi kamida 2 nafar, ayrim holatlarda esa 3 nafar ekspert tomonidan tekshiriladi.

Yozma ishlar soni ko‘p ekanligi va yozma ishlari tekshirish ko‘p vaqt talab etadigan jarayon bo‘lgani sababli yozma ishlarini tekshirish jarayoni to‘liq yakunlanmagan.

📌 Yozma ishlarni tekshirish 12-iyun kuniga qadar to‘liq yakunlanadi va shu kunning o‘zida talabgorlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bu yil magistraturaga qabul faqat bir marta bo‘ladi — vazir

◼️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning qabulga oid jonli efirda ma’lum qilishicha, 2023-yil magistraturaga faqat bir marta yozda qabul bo‘ladi.

"O‘tgan yili ilk marta til sertifikati talab qilingani uchun faqat bir yil uchun 2 marta qabulga ruxsat olgan edik. Lekin bu yil qabul an’anaviy faqat bir marta bo‘ladi", dedi vazir.

Ma'lumot uchun: o'tgan yili magistraturaga qishki va yozgi qabul o'tkazilgandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu yil texnikumni bitirganlar suhbat asosida 2-kursga qabul qilinadimi?
#abituriyent

JAVOB: Ha, qabul qilinadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ma’lum qildi.

Prezidentning 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5812-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qaroriga ko'ra, o‘tgan yildan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus taʼlim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali OTMlarda 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi. Yuqoridagi ikkala hujjat ham hozir kuchida turibdi, bekor bo‘lgani yo‘q.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga kirish uchun quyidagi barcha shartlarga mos kelishi kerak:

1️⃣ texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari «5 (aʼlo)» va «4 (yaxshi)» bo'lishi;
2️⃣ bunda o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun kamida 85 foizi) «5 (aʼlo)» bo‘lishi;
3️⃣ birorta «3 (qoniqarli)» bahosi bo'lmasligi kerak.

Texnikum bitiruvchilari uchun o‘z sohasiga mos bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari RO‘YXATI

Avvaloq vazirlik xodimi texnikum bitiruvchilarini OTMlarga suhbat asosida qabul qilish tartibiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgani haqida ma’lum qilgan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish maqsadida qabul e’lon qiladi.

🗂 Ushbu bo‘sh o‘rinlarga qabul Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida e’lon qilinmoqda.

🗓 Bo‘sh o‘rinlarga hujjatlarni joriy yilning 10-iyunidan 30-iyuniga qadar ariza.piima.uz sayti orqali topshirish mumkin.

👇 Maktablardagi bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

👉 Prezident maktablari
👉 Ijod maktablari
👉 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Abituriyentlarga imtihon javoblari chiqqandan keyin yo‘nalish tanlash imkoni berilishi mumkin

Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov yangi o‘quv yiliga oid o‘zgarishlarga bag‘ishlangan suhbatda ma‘lum qildi:

💬
“Abituriyent yo‘nalishini oʻzgartirishini soʻrab vazirlikka murojaat bilan kelgan vaziyatlar ham koʻp boʻlgan. Shuning uchun yangi tartib haqida oʻylayapmiz...

O‘qishga hujjat topshirayotganda
5ta yo‘nalishni tanlaydi. Keyingi yildan imtihondan o‘tgach, test natijalari chiqqandan keyin yo‘nalishlarni tanlash imkoniyatini beramiz. Yangi islohot ustida Moliya, Mehnat va bandlik [hozirgi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi] vazirliklari bilan birga bu ishlarni rejalashtiryapmiz

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻqituvchiga oʻrindosh boʻlib ishlayotgan maktabdan ham asosiy ish joyi kabi bir xil shartlar asosida mehnat taʼtili beriladimi? Ularga taʼtil puli toʻlash tartibi qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan barcha xodimlar, shu jumladan, oʻrindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqiga ega.

Kodeksga binoan, olti oydan kam ishlagan oʻrindoshlarga birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat taʼtili ularning xohishiga koʻra, asosiy ish boʻyicha har yilgi mehnat taʼtili bilan bir vaqtda oʻrindoshlik asosida ishdagi taʼtil uchun ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda haq toʻlangan holda beriladi.

➡️ Olti oy va undan ortiq ishlagan oʻrindoshlarga ikkinchi va keyingi ish yillari uchun ushbu toifadagi xodimlarning mehnat taʼtiliga ushbu taʼtil ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qatʼiy nazar toʻliq haq toʻlanadi.

Savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi javob bergan

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uchtepada o‘qituvchi o‘quvchisining yaqinlari tomonidan kaltaklandi. Janjalda maktab mulkiga ham zarar yetkazilgan

Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisi 8-iyun kuni maktab o‘quvchisi va uning oila a’zolari tomonidan kaltaklangan.

Janjal oqibatida jarohatlangan o‘qituvchi «tez yordam» mashinasida shifoxonaga olib ketilgan.

Kun.uz’ning voqea yuzasidan qilgan so‘roviga javoban Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham munosabat bildirdi.

Jumladan, vazirlik matbuot xizmatining vazir munosabati, deya taqdim etgan izohida aytilishicha, ayni paytda holat yuzasidan IIB surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

💬Holatni shaxsan o‘zim nazoratga oldim. Aybdorlarning qilmishiga yarasha jazo olishi bo‘yicha chora ko‘rilishi ta’minlanadi.

Maktab va o‘qituvchiga nisbatan bunday munosabatda bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaymiz
”, – deyiladi vazir munosabatida.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Komil Allamjonov
Тошкент шаҳар Учтепа туманидаги 62-сонли мактабнинг информатика фани ўқитувчисини калтаклашда иштирок этган кимки бўлса, уларнинг барчаси қонунда белгиланган тартибда қаттиқ жазоланади. Бу бўйича ҳуқуқ-тартибот органларига керакли кўрсатмалар берилди. Валломати бўлса ҳам ўқитувчини хафа қилишга хеч кимнинг ҳаққи йўқ.

_

Те, кто участвовал в избиении учителя информатики школы № 62 Учтепинского района города Ташкента, по закону будут строго наказаны. В связи с этим правоохранительным органам даны необходимые поручения. Никто, кем бы он ни был, не имеет права обижать педагога.
#Bilasizmi?

Mehnat ta’tili haqi soatbay haq to’lash miqdori tarkibiga kiritilgan

Mehnat kodeksi (30.04.2023-y.) ning 227-moddasiga ko‘ra:

Olti oydan kam ishlagan o‘rindoshlarga birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tili ularning xohishiga ko‘ra asosiy ish bo‘yicha har yilgi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda o‘rindoshlik asosida ishdagi ta’til uchun ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi.

Olti oy va undan ortiq ishlagan o‘rindoshlarga birinchi ish yili uchun o‘rindoshlik asosidagi ishda beriladigan har yilgi mehnat ta’tiliga, shuningdek ikkinchi va keyingi ish yillari uchun ushbu toifadagi xodimlarning mehnat ta’tiliga, ushbu ta’til ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar, to‘liq haq to‘lanadi.

Ta’kidlash lozimki, Adliya vazirligida 3157-son bilan ro‘yxatga olingan qo‘shma qarorga (22.04.2019-y.) muvofiq, soatbay haq to’lash miqdori tarkibiga mehnat ta’tili haqi kiritilgan. Shuning uchun soatbay (o’rindosh) ishlaganlarga yozda mehnat ta’tili uchun alohida haq to’lanmaydi.

Ta’lim muassasalaridagi boshqa lavozimlarda asosiy ish joyidan tashqari o’rindosh bo’lib ishlayotgan xodimlarga (masalan targ’ibotchi) mehnat ta’tili uchun haq to’lanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Akademik litseylarga qabul haqida eng muhimlari

◾️Litseylarga 9-sinfni bitirgan o‘quvchilar olinadi. Saralash 2 bosqichda:
1️⃣-bosqich: psixologik-pedagogik jihatdan rivojlanishiga tashxis – 10-iyungacha;
2️⃣-bosqich: kirish imtihoni.

◽️Qabul har yili 20–30-iyun oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Topshiriladigan hujjatlar:
✔️ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan ariza;
✔️tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport yoxud ID nusxasi;
✔️3,5x4,5 sm 6 ta rasm;
✔️O‘qishga imtihonsiz kirish huquqini beruvchi xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g‘oliblari diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlarning aslini topshiradi.
Hujjatlarni https://litsey.edu.uz/ portali orqali ham topshirish mumkin.

Imtihon vaqti
Hujjatlari tasdiqlangan abituriyentlar uchun 10–15-iyul oralig‘ida imtihon bo‘lib o‘tadi. Imtihon ijodiy yoki test ko‘rinishida bo‘ladi.

📄 Javoblar esa imtihondan keyingi kun akademik litsey qarashli bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi yoki akademik litsey o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyent kirish imtihonida qatnashish uchun qancha to‘lov qilishi kerak?

◼️Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun BHMning yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Ayni paytda bir BHM 330 ming so‘m, uning yarmi esa 165 ming so‘mni tashkil qiladi.

To‘lovdan ozod abituriyent toifalari:
o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM