O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.3K photos
2.93K videos
323 files
9.54K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from ALUZSWLU
#musobaqa

🏆 YANA BIR YUTUQ! 💪🔥

🇺🇿 O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Akademik litseyida akademik litsey hamda kasbiy ta’lim muassasalari o’rtasida Street Workout va Streetbol sport turlari bo’yicha Toshkent shahar final bosqichi bo’lib o’tdi.

Akademik litsey ushbu musobaqaga mezbonlik qilib, uni yuqori saviyada tashkil etdi! Tashkiliy ishlar, muhit va sharoitlar ishtirokchilar uchun a’lo darajada yaratildi.

⚡️ Musobaqalar yuqori saviyada, qizg’in va murosasiz bahslar ostida o‘tdi.

🥇 Akademik litseyimizning qizlar jamoasi Street Workout sport turi bo’yicha faxrli 1-o‘rinni egallab, munosib ravishda Respublika bosqichiga yo’llanmani qo‘lga kiritishdi!

👏 Ularni ushbu ulkan yutuq bilan tabriklaymiz va keyingi bosqichda ham omad tilaymiz!

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
🚀Telegram | 📷Instagram | 🕸Web-sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
Forwarded from 𝗨𝘇𝗪𝗔𝗩𝗘
📢 Dear Students and Young Researchers,

🚀 We are pleased to invite you to an insightful session on Project Management: What & Why It Matters in Practice.

👥 The talk will be delivered by Davlatmurod Kuziev and Ayubkhon Nigmonkhujaev, who will tell practical perspectives on project management, its core principles, and share real cases from their practices

🔷 This session will help you understand not only what project management is, but why it plays a critical role in successful projects across various industries.

🗓 Date: April 18
🕑 Time: 11:00
📍 Location: 1st Faculty, Lecture Hall 1

This session is especially valuable for students and young researchers interested in management, business, and practical career skills

Best regards,
Uzwave


👉 Registration link: https://forms.gle/ktmZQXBHsBcjJeuQ8

@UzWAVE_center❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
🟦🟦🟦

Perudja universiteti vakillari bilan muzokaralar davom etmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida Italiyaning Perudja universiteti vakillari bilan hamkorlik uchrashuvlari davom etmoqda.

Uchrashuv davomida mehmonlar universitetda CELI markazini ochish bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, kompyuter xonalari hamda og‘zaki imtihonlarni tashkil etish uchun ajratiladigan auditoriyalar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida CELI imtihonlarini tashkil etishda ishtirok etadigan professor-o‘qituvchilar bilan kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Bundan tashqari, kafedrada tayyorlanayotgan tibbiyot terminlari tarjima lug‘ati bo‘yicha ham muhokamalar o‘tkazilib, Perudja universiteti vakillari mazkur loyihani qo‘llab-quvvatlash hamda uni hamkorlikda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot24 | 17.04.2026

Zamonaviy lingvistika: Global tendensiyalar va yangi yondashuvlar

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺 🗞️🟦🟦

15-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakultetida “Zamonaviy tilshunoslikda globallashuv muammolari va yechimlari, til siyosati hamda lingvistik identifikatsiya” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Axborot 24 informatsion dasturining rus tilidagi sonida ham batafsil yoritildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram   | Instagram  | Facebook  | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Ibroximxonova Sevaraxon)
⚡️ Talabalar o‘rtasida sport ruhi

17-aprel kuni O‘zDJTU Ingliz tili filologiyasi fakultetida tyutor Z. Islamova tashabbusi bilan 3-bosqich talabalari o‘rtasida shaxmat, shashka va qo‘l tennisi musobaqalari o‘tkazildi.

Shaxmat orqali tafakkur va sabr sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa, qo‘l tennisi o‘yinlarida chaqqonlik va epchillik namoyon bo‘ldi.


Talabalar o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rish bilan birga, vaqtni mazmunli va maroqli o‘tkazishdi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube |Facebook
2👍2