“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
9.15K subscribers
2.44K photos
241 videos
14 files
1.08K links
“O’zbekiston temir yo‘llari" AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning rasmiy sahifasi

Facebook: https://www.facebook.com/uzrailpass
Instagram: https://www.instagram.com/uzrailpass/
Website: https://uzrailpass.uz/

Elektron chiptalar: https://chipta.railway.uz/
Download Telegram
KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA

Bugun 24-noyabr Toshkent Janubiy vokzalida "9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash" kuniga bag`ishlangan "Korrupsiyaga qarshi birgalikda" nomi ostida tadbir bo`lib o`tdi.

Mazkur tadbirda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha qabul qilingan "Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha asosiy ichki idoraviy hujjatlarini tasdiqlash to`g`risida" 647-H-sonli hamda "Jamiyatning odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlashga doir ichki idoraviy hujjatlarini tasdiqlash to`g`risida" 1015-H-sonli buyruqlar va ularga biriktirilgan ilovalar bilan ishchi-xodimlar tanishtirildi.

"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati
Toshkent-Markaziy (Shimoliy) vokzalida hamda “Toshkent – Qarshi – Toshkent” yo`nalishida harakatlanuvchi “Nasaf” tezyurar poyezd vagonlarida rozetka yetishmasligi muammosi bo‘yicha murojaatga izoh:

Ta’kidlash joizki, Toshkent-Markaziy (Shimoliy) vokzalining kutish zalida 11 ta rozetka va yuqori darajada xizmat ko`rsatish (VIP) zalida 15 ta rozetka soz va yaroqli holatda. “Nasaf” tezyurar poyezdi vagonlarida 3 nafar yo`lovchiga mo`ljallangan kupelarda 1 ta rozetka, 6 nafar yo`lovchiga mo`ljallangan kupelarda 2 tadan rozetka, vagon koridorlari 1 ta rozetka bilan jihozlangan.

Bugungi kunda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan yo‘lovchi tashuvchi poyezdlarda rekonstruksiya ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda va bu haqda xabar bergandik. Har bir vagonda gadjet (mobil telefon, planshet va h.k.)larni quvvatlash uchun USB-portlar bilan jihozlanmoqda.

“Nasaf” tezyurar poyezdlari ham yaqin vaqt oralig`ida yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilinishi va qo`shimcha USB-portlar va rozetkalar bilan jihozlanishi rejalashrtirilgan.

“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati
“Noyabr oyi — keksalar turizm oyligi” munosabati bilan 2022-yilning 25-noyabr kuni “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Alisher Navoiy MFYning 15 nafar keksalari uchun “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 072-sonli yo‘lovchi poyezdida sayohat uchun homiylik yordami ko‘rsatildi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent-Markaziy (shimoliy) vokzalida yo`lovchilarni poyezdga chiqish jarayonidan videolavha

"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati
"HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI" O`TKAZILDI

Bugun 30-noyabr "Harakat xavfsizligi kuni" munosabati bilan “O`ztemiryo`lyo`lovchi” Aksiyadorlik jamiyatining “Yo`lovchi vagonlarini texnik va texnologik tayyorlash, ta’mirlash” VChD-2 filialida "Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘limi" boshlig‘i A.A.Yo`lchiev va "Ishlab chiqarishda muvofiqlashtirish bo`limi", yong`in xavfsizligi bo`yicha yetakchi mutaxassis H.F.Saidov ishtirokida amaliy mashg`ulot bo`lib o`tdi.

Mashg`ulot “Yo`lovchi vagonlarini texnik va texnologik tayyorlash, ta’mirlash” VChD-2 filiali xodimlari o‘rtasida maxsus jihozlangan "O‘quv-texnik mashg‘ulot vagoni"da o`tkazildi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” Aksiyadorlik jamiyatining korxona, tashkilot va muassasalarida 2022-yilning boshidan bugungi kungacha sodir bo‘lgan mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlab chiqarish bilan bog‘liq har bir baxtsiz hodisalar tahlil qilindi.

Shuningdek, kelgusida ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar sodir bo‘lmasligi uchun ishchi-xodimlar mehnat muhofazasi, sanoat, sanitariya-gigienik, texnika, yong`in xavfsizligi qonun-qoidalari va talablariga amal qilgan holda faoliyat olib borish kerakligi tushuntirildi.

"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati