“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
8.36K subscribers
2.25K photos
193 videos
14 files
1.02K links
“O’zbekiston temir yo‘llari" AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning rasmiy sahifasi

Facebook: https://www.facebook.com/uzrailpass
Instagram: https://www.instagram.com/uzrailpass/
Website: https://uzrailpass.uz/

Elektron chiptalar: https://chipta.railway.uz/
Download Telegram
ҲАРАКАТ ХАВФСИЗЛИГИ КУНИ:
“Ўзбекистон локомотив депоси”да поездлар ҳаракат хавфсизлигини таъминлашда учраётган ностандарт ҳолатлар, камчиликлар ҳамда уларни бартараф қилиш чораларига бағишлаб очиқ мулоқот ўтказилди


👉👉👉👉БАТАФСИЛ ЎҚИШ


Расмий саҳифаларимиз 👇 👇
🕊 Telegram 🥈 Facebook 🥉Instagram
Bugungi kunda mamlakatimizda xavfsizlikni ta’minlash eng ustuvor masalalardan biri hisoblanadi.

Temir yo‘l vokzallariga tashrif buyuruvchi har bir yo‘lovchi o‘zlarining buyumlari bilan tashrif buyurishi hammamizga ma’lum. Vokzal hududi va yo‘lovchi poyezdlarni hamda yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash “O‘ztemiryo’lyo‘lovchi” AJ xavfsizlik xodimlarining asosiy vazifasiga kiradi.

Vokzal hududiga kirishda yo‘lovchilar va ularning buyumlari maxsus uskunalar yordamida tekshiriladi. Shundan so‘ng, ularni vokzal hududiga kirishga ruhsat beriladi.

Shu o‘rinda yo‘lovchilardan xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shayotgan hissalari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
“Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

“Ramazon Hayiti” bayrami munosabati bilan
yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 10, 11, 12, 13-aprel kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi

Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi

Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Surxondaryo viloyati bo'ylab harakatlanuvchi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!

2024-yilning 20-aprel sanasidan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar yo‘nalishlariga yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkaziladi. Bunda yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo‘nalishga qarab, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lovni amalga oshiradilar.

Masalan, endilikda "Termiz — Sariosiyo — Termiz" yo‘nalishi yagona tarif narxi 15 000 so‘m, "Termiz — Darband — Termiz" yo'nalishi 15 000 so‘m, "Termiz — Surxonobod — Termiz" yo'nalishi 15 000 so'mni tashkil etadi. Yuqoridagi jadval orqali tariflar bilan tanishishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo'ylab harakatlanuvchi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!

Ma’lumki, 2024-yilning 10-aprel sanasidan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar yo‘nalishlariga yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkaziladi. Bunda yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo‘nalishga qarab, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lovni amalga oshiradilar.

Shuningdek, ushbu yo'nalishlarida harakatlanuvchi barcha shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari yo‘lovchilari elektron to‘lov tizimi (ATTO) orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Masalan, "Qo‘qon — Namangan — Andijon" yo‘nalishi yagona tarif narxi 15 000 so‘m. Lekin(ATTO) elektron to'lov tizimi orqali to'lovni amalga oshirmoqchi bo'lgan yo‘lovchilar naqd pulda amalga oshiriladigan to‘lovdan farqli ravishda 500 so‘m miqdorda kam pul to‘laydilar.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Ramazon Hayiti muborak bo'lsin!

🌙Aziz yurtdoshlar, sizni musulmonlarning saxovat va mehr-muruvvat bayrami bo'lgan Ramazon Hayiti bilan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ nomidan chin dildan tabriklaymiz.

Xonadoningizga iymon nurlari yog'ilsin. Barchangizga mustahkam iymon va oilangizga tinchlik, qut-baraka tilab qolamiz.

Ayyomingiz muborak bo'lsin!

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turistik charter poyezd harakati

Ma’lumki, 2013-yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati hamda Germaniyaning “Lernidee Erlebnisrisen” turistik kompaniyasi hamkorligidagi “Orient Silk Road Express” turistik charter poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Joriy yilning 29-mart kuni Germaniyaning “Lernidee Erlebnisrisen” kompaniyasi bilan hamkorlikda Qozog'istonning Olma-ota shahridan navbatdagi turistik charter poyezd o‘z harakatini boshladi. Hozirgi kunda "Orient Silk Road Express" nomi bilan "Olma-ota — Baliqchi — Bishkek — Turkiston — Samarqand — Qamashi — Shahrisabz — Buxoro — Xiva — Toshkent — Xiva — Buxoro — Shahrisabz — Qamashi — Samarqand — Turkiston — Bishkek — Baliqchi — Olma-ota" yo'nalishida turli davlatlar sayyohlariga xizmat ko'rsatadi. 

Ushbu turistik charter poyezdida mamlatimizga kelgan sayyohlar 11 kun davomida yurtimizning tarixiy shaharlarini tamosha qiladilar.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
🚄“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizayn loyihasi bo‘yicha tanlov e’lon qiladi!🎨

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ barcha iste’dodli dizaynerlarni Hyundai Rotem poyezdining o‘ziga xos va jozibali tashqi ko‘rinishini yaratishga taklif qiladi. Tanlov g‘olibi 100 million so‘m miqdoridagi mukofotga ega bo‘ladi va poyezdda o‘z dizaynidan tashqari g‘olibning bosh harflari ham tasvirlanadi!

Tanlov shartlari:

– Ikkitadan ortiq bo‘lmagan dizayn variantini taqdim eting.
– Ishlaringizni dizayn-nsr@uzrailway.uz elektron manziliga 2024-05-12 gacha yuboring.
– Mavzu satrida ko'rsating: “Hyundai Rotem poezd dizayni tanlovi."
– Aloqa ma‘lumotlarini ko‘rsating (F.I.Sh., telefon raqamingiz).

O‘z iste‘dodingizni namoyon etish va O‘zbekiston temir yo‘llari tarixining bir qismi bo‘lish imkoniyatidan foydalaning! 🌟

Barcha savollar uchun telefon orqali murojaat qiling: +998 71 299 92 66.

*Texnik topshiriqni bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.


|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|Twitter|
🚄 АО «Узбекистон темир йуллари» объявляет конкурс на дизайн высокоскоростного поезда Hyundai Rotem!🎨

АО «Узбекистон темир йуллари» приглашает всех талантливых дизайнеров создать оригинальный и привлекательный экстерьер поезда Hyundai Rotem. Победитель конкурса получит приз в размере 100 миллионов сумов и кроме собственного дизайна на поезде будут изображены и инициалы победителя!

Условия конкурса:
- Представьте не более двух вариантов дизайна.
- Отправьте свои работы на адрес dizayn-nsr@uzrailway.uz до 12.05.2024.
- Укажите в теме письма: «Конкурс на дизайн поезда Hyundai Rotem».
- Укажите свои контактные данные (Ф.И.О., номер телефона).

Не упустите шанс проявить свой талант и стать частью истории железных дорог Узбекистана! 🌟

По всем вопросам обращайтесь по телефону: +998 71 299 92 66.

*Техническое задание можно скачать тут.



|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|Twitter|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turistik charter poyezd harakati

Ma’lumki, 2013-yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati hamda Germaniyaning “Lernidee Erlebnisrisen” turistik kompaniyasi hamkorligidagi “Orient Silk Road Express” turistik charter poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Joriy yilning 29-mart kuni Germaniyaning “Lernidee Erlebnisrisen” kompaniyasi “Qozoq turizm” milliy kompaniyasi bilan hamkorlikda Qozog'istonning Olma-ota shahridan navbatdagi turistik charter poyezd o‘z harakatini boshladi. Hozirgi kunda "Orient Silk Road Express" nomi bilan "Olma-ota — Baliqchi — Bishkek — Turkiston — Samarqand — Qamashi — Shahrisabz — Buxoro — Xiva — Toshkent — Xiva — Buxoro — Shahrisabz — Qamashi — Samarqand — Turkiston — Bishkek — Baliqchi — Olma-ota" yo'nalishida turli davlatlar sayyohlariga xizmat ko'rsatadi. 

Ushbu turistik charter poyezdida mamlatimizga kelgan sayyohlar 11 kun davomida yurtimizning tarixiy shaharlarini tamosha qiladilar.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Savollarga javob

Bugun 16-aprel soat 13:00 va 14:00 oralig‘ida chiptaxona va elektron saytlarda uzilishlar kuzatilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

«АСУ» Экспресс tizimida profilaktika ishlari kuzatilganligi sababli bugun 13:00 va 14:00 oralig‘ida texnik uzilishlar yuz berdi. Natijada chiptaxonalar va elektron saytlarda 20 daqiqa tanaffus kuzatildi.

Ushbu vaqt oralig‘ida chiptalarni rasmiylashtira olmagan yo‘lovchilardan keltirilgan noqulayiklar uchun uzr so‘raymiz!

“O‘ztemiryo’lyo’lovchi” AJ matbuot xizmati
VIP zallar uchun to‘lovlar yanada osonlashdi!

Endilikda temiryo‘l vokzallarida VIP zallar xizmatidan foydalanishni xohlagan yo‘lovchilar to‘lov uchun temiryo’l kassalariga borishlari shart emas.

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida VIP zallari uchun to‘lovlarni Payme’ ilovasidan foydalangan holda amalga oshirish yo‘lga qo’yildi.

Buning uchun VIP zallar hududida mavjud QR kodni skaner qilishingiz yoki telefoningizda Payme’ ilovasining “Temiryo‘l vokzallari” bo‘limidan to‘lovni rasmiylashtirishingiz mumkin.

Ilovadagi to‘lovlar Respublikamizda mavjud barcha temiryo‘l vokzallari VIP zallariga amal qiladi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Turistik charter poyezd harakati

Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda sayyohlikni rivojlantirish, yurtimizga tashrif buyuradigan sayyohlarga yuqori darajadagi turistik xizmatlarni koʼrsatish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Xalqaro turizmni rivojlantirish maqsadida 2024-yilda "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ hamda Germaniyaning "Lernidee Erlebnisreisen" va Angliyaning "Golden Eagle Luxury Trains" turistik kompaniyalari hamkorligida 14 ga yaqin turistik charter poyezdlar harakatlanishi rejalashtirilgan.

Ushbu turistik charter poyezdlar АQSh, Аvstriya, Malayziya, Shvetsariya, Germaniya, Аngliya, Ispaniya, Frantsiya, Lyuksemburg, Kanada, Indoneziya, Gollandiya va Irlandiya kabi davlatlar sayyohlariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Mazkur poyezdlardan biri Toshkent shahriga kelib sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni yakunladi ikkinchisi esa hozirgi kunda sayyohlarga Samarqand shahrida xizmat ko‘rsatmoqda.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati