Uzpharmcontrol
8.11K subscribers
892 photos
349 videos
272 files
1.51K links
SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasining rasmiy telegram kanali

Telefon: (+99871) 203-01-01
Web-sayt: www.uzpharm-control.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bemor bolalarga qachon isitma tushuruvchi dori vositalari berish lozim?

Isitma — organizmning turli xil infektsiyalarga qarshi himoya reaktsiyasidir. Yuqori haroratda bakteriyalar va viruslar omon qolishi qiyinroq bo’ladi, shuning uchun organizm xavfli mikroorganizmlarni yo’qotish jarayonini boshlaydi va ayni paytda immunitet tizimini faollashtiradi.

Yuqoridagi videoda bemor bolalarda isitma kuzatilganda nima qilish kerakligi bo'yicha Shifokor Nigora Aliyeva tavsiyalari bilan tanishasiz.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O‘tgan hafta davomida kanalimizda eʼlon qilingan eng muhim postlar:

👉 Markaz va Roszdravnadzor laboratoriyalari o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yilmoqda

👉 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi mutaxassislari My5 telekanalining "Markaziy studiya" ko'rsatuvi muxbiri savollariga javob berdi

👉 JSST toʻrt tomonlama hamkorlikda oʻtkaziladigan muhim haftalikni eʻlon qildi

👉 Markazda “Roche Diagnostics” vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

👉 Samarqand viloyatidagi dorixona mas'ullari uchun seminar-yig'ilish o'tkazildi

👉 Farmatsevtika faoliyatiga doir qonunga o'zgartirish kiritildi

👉 Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

👉 Mutaxassis: Аnafilaksiya va anafilaktik shok hayot uchun oʼta xavfli

👉 Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi barcha yurtdoshlarimizni dorixonalardan dori vositalarini xarid qilish va uni qo‘llashda mahsulot yo‘riqnomasiga qat’iy rioya qilishlari lozimligi to‘g‘risida ogohlantiradi

👉 Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug’i bilan vazirlik tasarrufidagi klinik tadqiqotlar o‘tkaziladigan davolash-profilaktika muassasalarining tavsiyaviy ro‘yxati tasdiqlandi

👉 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida, muassasa rahbari Agzam Nartayev, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi sog‘liqni saqlash loyihalarida tibbiy texnologiyalarni boshqarish bo‘yicha eksperti, “GOPA” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Tibbiy salomatlikning ilg‘or texnologiyalarini boshqarish” loyihasi vakili Ann Kristin Xanser bilan uchrashdi

👉 Surxondaryo viloyatidagi dorixona mas’ullari uchun seminar-yig‘ilish tashkil etildi

Farmatsevtika mahsulotlari
xavfsizligi markazi Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Markazda Ekspertlar kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Farmatsevtika mahsuotlari xavfsizligi markazida Ekspertlar kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda farmatsevtika mahsulotlarining tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish, guvohnomalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi muhim masalalar ko'rib chiqildi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 27-29 noyabr kunlari Minsk shahri Belarus – O‘zbekiston tibbiyot anjumaniga mezbonlik qiladi. Shu maqsadda mamlakatimiz delegatsiyasi hozir ushbu hamkor davlatda bo‘lib turibdi.

🏢 Xususan, mazkur aksiya doirasida vakillarimiz Belarusdagi Respublika klinik tibbiyot markazini borib ko‘rdi.

Xo‘sh, bu yerda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov hamda Belarus sog‘liqni saqlash vaziri Dmitriy Pinevich boshchiligida tashkil etilgan tadbirda qanday masalalar muhokama etildi?

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Внимание юридическим и физическим лицам, работающим в сфере фармацевтики!

Согласно Закону Республики Узбекистан «О лекарственных средствах и фармацевтической деятельности», планируется проведение клинических исследований фармакологических средств или лекарственных средств с целью определения их безопасности и эффективности, их фармакологических свойств, побочных эффектов и взаимодействия с другими лекарственными средствами.

☑️ Для информации соответствующим приказом Минздрава утвержден рекомендуемый перечень лечебно-профилактических учреждений, находящихся в ведении Министерства, где проводятся клинические исследования, в который входят медицинские вузы, специализированные научно-практические медицинские учреждения. Центров республики и всего 38 клинических баз в медицинских учреждениях республиканского уровня.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Агзам Нартаев встретился с экспертом GIZ Анн Кристин Хансер

В Центре безопасности фармацевтической продукции руководитель учреждения Агзам Нартаев встретился с экспертом по управлению медицинскими технологиями в проектах здравоохранения Немецкого общества международного сотрудничества (GIZ) в Узбекистане Анн Кристин Хансер. Он ознакомился с проектом «Продвижение медицинского здравоохранения», реализуемый компанией «GOPA».

🔘 Подробно

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Markaz mutaxassislari Belarus “Sog‘liqni saqlash tizimidagi ekspertizalar va tadqiqotlar markazi” faoliyati bilan tanishdi

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi xizmat safari bilan Belarus Respublikasida bo‘lib turibdi. Mazkur delegatsiya tarkibida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining bir guruh mutaxassislari ham o'rin egallagan bo'lib, vakillarimiz Minskka tashrif doirasida bugun, Belarus “Sog‘liqni saqlash tizimidagi ekspertizalar va tadqiqotlar markazi” Respublika unitar korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Специалисты центра ознакомились с деятельностью Белорусского «Центра экспертизы и исследований системы здравоохранения»

Как сообщалось ранее, сегодня делегация нашей страны во главе с министром здравоохранения Амрилло Иноятовым находится с деловой поездкой в Республике Беларусь. В составе делегации также группа специалистов Центра безопасности фармацевтической продукции. Наши представители ознакомились с деятельностью белорусского унитарного предприятия "Центр экспертиз и исследований в системы здравоохранения" в рамках сегодняшнего визита в Минск.

🔘 Подробно

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Реестр референтных цен 28.11.2023.pdf
14 MB
Referent narxlar 28.11.2023

Markaz tomonidan mahalliy va xorijiy dori vositalariga nisbatan belgilangan cheklangan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yangilandi.
--
Обновлена информация об предельных ценах, установленных Центром на отечественные и зарубежные лекарства.

@uzpharmcontrol
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston-Belarus sog‘liqni saqlash va tibbiyot ta’limi kunlari” tibbiyot forumi doirasida “Belmedpreparati” bazasida “Farmatsevtika sanoati, transfuziologiya, tibbiy asbob-uskunalar, raqamlashtirish” seksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Belfarmprom xolding boshqaruv kompaniyasi bosh direktori Oleg Saxno va "Belmedpreparaty" bosh direktori Sergey Kazakevichlar shuningdek, Belfarmatsia, Respublika Transfuziologiya va tibbiy biotexnologiyalar ilmiy-amaliy markazi hamda Medtexnomarkaz vakillari belarus farmatsevtika sohasi yutuqlari bo'yicha taqdimot qildilar.

🎙 Seksiya davomida tomonlar Belarus - O‘zbekiston hamkorligining farmatsevtika sanoati, transfuziologiya hamda tibbiy asbob-uskunalar va raqamlashtirish sohasidagi dolzarb yo’nalishlarni muhokama qilib, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini belgilab oldilar.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Farmatsevtika korxonalariga “GMP” xalqaro standartiga o‘tish va markirovkalash tizimini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni farmatsevtika va elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarishni yanada qo‘llab-quvvatlash, korxonalarning eksport salohiyatini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

"Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi qonun bilan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonun 10-moddasining oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etillishi belgilandi:

“Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqotida klinik tadqiqot subyektining ishtirok etishi o‘zining yozma ravishdagi roziligi bilan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Klinik tadqiqot rahbari klinik tadqiqot subyektiga ushbu tadqiqot usulining ahamiyati, mazkur tadqiqotning mohiyati va ehtimol tutilgan xavfi haqida batafsil tushuntirish berishi shart. Klinik tadqiqot subyekti tadqiqotning istalgan bosqichida unda ishtirok etishni rad qilishga haqli.

Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqoti voyaga yetmagan yoxud muomalaga layoqatsiz klinik tadqiqot subyekti ishtirokida o‘tkazilgan taqdirda, tadqiqotlar boshlanishidan oldin uning ota-onasidan yoki boshqa qonuniy vakillaridan yozma ravishda rozilik olinishi kerak.

Voyaga yetmagan klinik tadqiqot subyektlari ishtirokidagi klinik tadqiqotdan oldin, qoida tariqasida, voyaga yetgan klinik tadqiqot subyektlarida klinik tadqiqot o‘tkazilgan bo‘lishi kerak”.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yana sanoqli daqiqalardan so‘ng Minsk shahridagi Respublika saroyida Belarus - O‘zbekiston sog‘liqni saqlash anjumani boshlanadi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab Belarusda ishlab chiqarilgan tibbiy buyumlar va farmatsevtika mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
--
Скоро во Дворце Республики в городе Минске начнется Форум здравоохранения Беларуси и Узбекистана.

Участники мероприятия сначала ознакомились с выставкой произведенных в Беларуси изделий медицинского назначения и фармацевтической продукции.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agzam Nartayev Xitoy delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida, markaz direktori A.Nartayev va Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

🔘 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Агзам Нартаев встретился с представителями китайской делегации

В государственном учреждении «Центр безопасности фармацевтической продукции» cостоялась встреча с представителями компании Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd. Встречу провел директор центра А.Нартаев.

🔘 Подробно

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube