👍 “Ma‘rifatli oila” loyihasi🔍O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi hamkorligida yirik loyihaga qo‘l urildi.
🔍Maqsad - oilalarga ma‘rifat ulashish, ziyo tarqatish. Tarbiya, sadoqat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shu maskandan ulg‘aytirish, oiladan mahallaga, mahalladan butun jamiyatga olib boradigan tizimni yaratishdir.
🔍Bugun ilk bor Toshkent shahri Olmazor tumanida namunali tarzda ma‘naviy-ma‘rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
🔍Mazkur yirik
loyiha doirasida mahallalarda “Oqila ayollar”, “Kitobxon oila”, “Bolalar dunyosi”, “Zakovat”, “Uch avlod uchrashuvi” kabi ko‘plab tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
🔍“Mahalla kechasi”da ma‘naviy ozuqa olish bilan birga, mehnat yarmarkalarida ishtirok etishingiz, mahorat egalaridan hunar sirlarini o‘rganishingiz mumkin.
🔍Niyatimiz, mahallalarimizda ma‘rifatli oilalar ko‘p, qadriyatlar davomli, an‘analar barqaror bo‘lsin. Ana shunday maskanda albatta yoshlar tog‘ri yo‘ldan maqsadlari sari dadil odimlaydi.
#Mahallalaruyushmasi #loyiha✅ Facebook |
✅ Instagram |
✅ X |
✅ Telegram |
✅ You tube