O'zLiDeP - Toshkent viloyati
1.91K subscribers
9.87K photos
695 videos
17 files
3.64K links
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi Toshkent viloyat Kengashining rasmiy telegram sahifasi

☎️Tel: +99897 837 84 87
facebook.com/uzlidep.toshkentviloyati

📩 E-mail: tv-uzlidep@mail.ru
www.uzlidep.uz
Download Telegram
#uzlidep
#deputat
#deputat_hududda

DEPUTAT SAYYOR QABULDA SAYLOVCHILARI BILAN MULOQOTDA BO‘LDI

😎 "Taraqqiyot" mahallasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tadbirkor, okrug deputati Otabek Qahramonov saylovchilari bilan uchrashdi va ularning murojaatlarini qabul qildi.

😎 Qabulda murojaat qilgan fuqarolardan bir nafarining bandligini ta’minlashda ko’maklashadigan bo‘ldi.

🖥 FACEBOOK | YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uzlidep
#deputat
#deputat_hududda

Deputat ishtirokida o‘tgan sayyor qabul amaliy natijalarga boy bo‘ldi

😎 "Taraqqiyot" MFYda Xalq deputatlari Angren shahar Kengashidagi partiya deputati Otabek Qahramonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan sayyor qabuldan so‘ng, fuqarolarning murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish, baho berish va ijobiy hal qilish maqsadida shahar hokimi Alisher Rayimov, shahar prokurori Allayor Xayriddinov, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Bekzod Shomirzayev, hokim o‘rinbosari Mavluda Abduraxmonova, mutasaddi rahbarlar, mahalla raisi va xodimlari hamrohligida hududda joylashgan 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi stadioniga tashrif buyurildi.

😎 Ta’lim maskanida joylashgan stadionni rekonstruksiya qilish zarurati borligiga guvoh bo‘lgan mutasaddilar bilan birga masalani ijobiy hal etish choralari xususida fikrlashildi.

😎 Shu yerda 2/2 dahasi 23-uyda yashovchi aholining yerto‘lada yuzaga kelgan nosozlik bo‘yicha murojaati ham tinglandi. Mas’ullarga muammoni hal etish chorasini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi va ijrosi nazoratga olindi.

🖥 FACEBOOK | YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uzlidep
#deputat
#deputat_mahallada

Chirchiqda saxovatpesha deputat yana bir oilani tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, oyoqqa turishiga ko‘maklashdi

😎O‘zLiDeP mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali farovonlikka chiqarish, tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib bormoqda.

😎 Partiyaning mana shunday ezgu maqsadlarini ro‘yoga chiqarishda kamarbasta bo‘lib kelayotgan Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashidagi O‘zLiDeP vakili Rajabbuvi Imomberdiyeva tashabbusi bilan yana bir kambag‘al oila qo‘llab-quvvatlanib, o‘z tadbirkorligini davom ettirish orqali moddiy farovonlikka erishadigan bo‘ldi.

😎 Deputat Rajabbuvi Imomberdiyeva tashabbusi bilan amaliy yordam ko‘rsatilgan “Madaniyat” MFY Haqiqat ko‘chasi, 66-uyda istiqomat qiluvchi kambag‘allik reyestridagi oila — Umida Zarmatova hamda uning oila a’zolari saxovatpesha xalq vakilidan minnatdor.

😎 Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Umida Zarmatova ikki nafar farzandni tarbiyalamoqda. Turmush o‘rtog‘i va qaynonasi nogiron. Shuningdek, vasiylikka olingan ikki nafar jiyani ham bor. Oilaning daromad manbai sifatida novvoyxona faoliyat yuritgan. Ammo, uning holati qoniqarsiz bo‘lib, ta’mirlashga muhtoj edi.

😎 Mazkur holat deputat Rajabbuvi Imomberdiyevaning e’tiboridan chetda qolmadi. U novvoyxonani kapital ta’mirlash va uni faoliyatga qayta tiklash ishlarini o‘z zimmasiga oldi.

😎 Hozirgi kunda ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, qisqa fursatda novvoyxona to‘liq faoliyat yuritadigan holatga keltiriladi. Bu esa oilaning o‘z mehnati bilan daromad topishi va ijtimoiy ahvolini yaxshilashi uchun mustahkam zamin yaratadi.

😎 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi o‘z dasturiy maqsadlariga muvofiq aholi farovonligini oshirish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash uchun bundan keyin ham faol amaliy ishlar olib boradi.

🖥 FACEBOOK | YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uzlidep
#deputat
#ayollar_qanoti

Nodavlat tibbiyot muassasalarining samaradorligini oshirishga ko‘makdoshmiz!

😎Partiya Saylovoldi dasturi va 2025 yilga mo‘ljallangan ish rejasida nodavlat tibbiyot muassasalariga aholining hayoti, sog‘ligi va sanitariya epidemiologik xotirjamligi uchun yuqori darajadagi xavf xatar bilan bog‘liq tibbiy faoliyat turlaridan boshqa barcha tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishga, murakkab operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berish va litsenziyalash tartibini yanada soddalashtirish yuzasidan tizimli muammolarni aniqlash va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifalari belgilangan edi.

😎 Aprel mobaynida Chinoz tumanidagi partiya mutasaddilari hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashidagi partiya deputatlari tomonidan ayni shu maqsadda o‘rganishlar olib borildi.

😎 Hududda faoliyat yuritayotgan 34 ta “VAHOBOV STOM” MCHJ, “Chinoz tibbiy diagnostika” MCHJ, “CHINOZ DORUL SHIFO” xususiy klinikasi, “STOM CLINIK DENTAL”, “SERVEROV SERVER DENTAL”, “SHOIRA SHIFO OLAMI”, “OLMAZOR IXLOS SHIFO”, “Asal Med” singari xususiy tibbiyot muassasalarida o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida ularning faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqildi. Mutasaddilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning faoliyatidagi muammolar, qonunchilikdagi kamchiliklar va takomillashtirishga muhtoj jihatlar aniqlandi.

😎 Xususan, nodavlat tibbiyot muassasalarining faoliyatini litsenziyalash tartibidagi murakkabliklar, malakali shifokorlar yetishmovchiligi, aholining nodavlat tibbiyot muassasalariga bo‘lgan ishonch darajasining pastligi ularning samaradorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganini qayd etishdi.

😎 Xususiy tibbiyot muasasalarini keraklik tibbiy jihozlar bilan ta’minlash hamda svet, gaz, ichimlik suvi narxlarida imtiyozlar berilishi, farmatsevtika sohasida narx-navoning nazorat qilinishi borasidagi o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surishdi.

😎 O‘rganish natijalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish, nodavlat tibbiyot muassasalarining faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

😎 O‘zLiDePning saylovoldi va’dalarini amalga oshirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish maqsadida Chinoz tumanidagi partiya mutasaddilari hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashidagi partiya deputatlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar muhim ahamiyatga ega. Ushbu o‘rganishlar natijasida ishlab chiqilgan takliflar qonunchilikni takomillashtirish va nodavlat tibbiyot muassasalarining faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

🖥 FACEBOOK | YOUTUBE | TELEGRAM | INSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM