ÔŹĨMĨŹŃĨĶĨĹÁŔ ĶÁŃÁĹĨ • 🐼🌿🤗
22 subscribers
5.34K photos
4K videos
16 files
1.01K links
Qiziqarli🤔
Kulgili😂
Jinnicha😛
Tasirli😟
Jiddiy
Faqat bizda🙃
Biz bilan boling va 🏘da qoling😉
Taklif va murojaatlaringiz bòlsa @uzimiznik_larr ga yozasila
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Йил_онаси

Фарзандингни инжиқликларини ёдлаб олганингда😂

@uzimiznik_lar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўтмишига қизиқмайдиганлар кўпайиб кетди 😂
Бир кишига дўстлари эчки эмар совға қилишди. У бу ноёб мавжудотни парвариш қила бошлади. Кунларнинг бирида кутилмаганда эчкиэмар унинг бармоғидан тишлаб олди. Жон аччиқғида бу махлуқни йўқотмоқчи бўлди ю жониворнинг кўзларига кўзи тушгач, бўшашиб, ғазаби босилди. Эчкиэмар гўёки унга садоқат тўла нигоҳлари билан маҳзун боқиб: - “кечир хўжайин” – деяётгандай туйилди. Жонивор кун бўйи унинг ортидан эргашиб бир қадам ҳам нари кетмади. Хўжайин шундай содиқ дўстни йўқотмоқчи бўлганлигини ўйлаб бироз хижолат ҳам бўлди.
Эрталаб уйғониб қараса “дўсти” тун бўйи ёнидан жилмай, ундан кўз узмай, ғамгин нигоҳлари билан унга қараб турганини кўрди. Ва ичидан қандай ажойиб, ғамхўр ҳайвони борлигини ўйлаб суюнди. Унинг бу мамнунлигини кечаги жароҳатланган бармоғининг шишиб, чидаб бўлмас оғриқ бериши бузар эди. Эчкиэмарини ёнига олиб шифокор кўригига борди.
У ерда маълум бўлишича эчкиэмарнинг бу тури заҳарли ҳисобланиб, заҳар кучсиз бўлганлиги сабабли ўлжа бирданига ўлмаган, шунинг учун бу ақлсиз махлуқлар ўлжани аввал тишлаб, кейин унинг ўлишини пойлаб, ортидан эргашишар экан...
Садоқат билан кўзларингизга боқиб, ортингиздан эргашадиган, ўтирсангиз атрофингизда тикка турадиганларга кўпам ишонаверманг, улар шунчаки пайтини пойлаб, жисмингизни парчалашни кутаётган бўлишлари ҳам мумкин...
Bilinyapti kòzlaringiz nam ,
jilmayishga urinsangiz ham ,
Dunyo ahir òzida bir kam ,
Yiģlayapsiz.... menga sezdirmay.....

Muncha sirli nigohlaringiz ,
Qalbim ezar  qiynoqlaringiz ,
Kipriklarchi -- guvohlaringiz ,
Yiģlayapsiz...menga sezdirmay...

Bermay deysiz hech sizga  ozor  ,
Sevgi asli òtmas bir bozor ,
Yurak dardga bòlsa bir  mozor ,
Yiģlayapsiz...menga sezdirmay...

Rost alamim kòksim tilgani ,
Tunlar yulduz sirdosh bòlgani ,
Borolmayman , afsus kòrgani ,
Yiģlayapman...sizga sezdirmay...


ISXOQJON TURSUNOV
Soʻrab turing koʻnglimizni koʻngil uchun.

Siz tarafga burdi taqdir yoʻlimizni,
Duolarga toʻldiraylik qoʻlimizni,
Panohida asrab yursin Alloh sizni,
Koʻnglimizni soʻrab turing koʻngil uchun!

Kimlar yetmay dogʻda boʻlsa vaslimizga,
Siz intizor etursizmi shirin soʻzga,
Koʻnglingiz yoʻq boʻlsa hamki asli bizga,
Koʻnglimizni soʻrab turing koʻngil uchun!

Siz kimsani shod etursiz boʻlgay savob,
Mehr bering, ming bor mehr boʻlgay javob,
Hoy boshimda yonib turgan misli oftob,
Koʻnglimizni soʻrab turing koʻngil uchun!

Asli sizni bizdan oʻtib suyguchi yoʻq,
Xatar kelsa umrin garov qoʻyguchi yoʻq,
Sogʻinchlarda shirin jondan toʻyguchi yoʻq,
Koʻnglimizni soʻrab turing koʻngil uchun.

ISXOQJON TURSUNOV
Gar yo‘q bo‘lsa berolmaganlar.
Hech hotirjam bo‘lolmaganlar.
Bunday yashash qiyin emasmi.
Bir-birini ko‘rolmaganlar.

Til uchida nazarga ilib.
Gap boshlaydi boyligin bilib.
Chopar hasad tulporin minib.
Bir-birini ko‘rolmaganlar.

Bir-birini pul bilan sinar.
Kim o‘zarga moshina minar.
Chirangancha katta to‘y qilar.
Bir-birini ko‘rolmaganlar.

Yayrab o‘ynab kulayin deydi.
Kuch quvvatga to‘layin deydi.
Bo‘lgan sari bo‘layin deydi.
Bir-birini ko‘rolmaganlar.

Osonga jon bergisi kelmas.
Yondoshga yon bergisi kelmas.
Nochorga non bergisi kelmas.
Bir-biriniko‘rolmaganlar.

Qo‘lingizni tutganda qo‘li.
Aylanadi sizla o‘ng-so‘li.
Dor bo‘ladi boshlagan yo‘li.
Bir-birini ko‘rolmaganlar.

O‘ldim degan so‘zlari soxta.
Sizga boqqan ko‘zlari soxta.
O‘zligi yo‘q o‘zlari soxta.
Bir-birini ko‘rolmaganlar

Xudo urib zamona netti.
Bunaqalar kopayib ketti.
O‘z-o‘zining boshiga yetti.
Bir-birini ko‘rolmaganlar.


ISXOQJON TURSUNOV
Eng yoqtirgan sherlarimdan.

Tugadi-ku yetar deb balki,
Takror-takror o‘ylashdan to‘ydik.
Ortga tashlab barin shunchaki,
Unutmadik eslamay qo‘ydik,

Bas deguncha to‘lab hunlarni,
Azob yutgan tongsiz tunlarni,
Boshimizdan o‘tgan kunlarni,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Holimizga guvoh bir hudo,
Dilga afsus beradi jazo,
Unutaman dedigu ammo,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Biroz o‘chgan bo‘lsada hira,
Qalb tubida bordir hotira,
Essiz shu deb bizning xotima,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Mayli bizga buyurmadi baxt,
Bajarilmay qoldi qancha ahd,
Buyog‘ini ko‘rsatar deb vaqt,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Yurak u deb tursada urib,
Tuyg‘ularni bir chetga surib,
G‘ururimiz ustunroq ko‘rib,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Xar daqiqa sog‘inganimiz,
Sog‘inganda og‘ringanimiz,
So‘ng suhbat-la ovunganimiz,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Tanish chehra tanish o‘sha yuz,
O‘sha ovoz o‘sha mungli so‘z,
Yurak o‘ynar tushsa ko‘zga ko‘z,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Hayollarga qo‘yib olib chek,
O‘zni tutib begonalardek,
Xudbinlarcha tan olmaymiz lek,
Unutmadik eslamay qo‘ydik.

Muallif Komila Qiz


@uzimiznik_lar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BIR KUNI BEXOSDAN KO'RISHIP QOLSAK🍂🍁🥀
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | @uzimiznik_lar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
14 ёшли қизчала 15 ёшли болалага "ман сизи Аллоh учун яхши кўраман" дб юрибди.



бз бўса халиям ҳаётдан мано қидириш билан оворамиз)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️ИБРАТ

Қизларимизни эрта турмуш қуриши, жамиятнинг таназзулига олиб келади!

Мурғак кўнгилларни барбод қилманг!

@uzimiznik_lar
Xayrli tong hammaga 🌙

Yaxshi kayfiyat ☺️
Yaxshi nastroy 😊
Kunila yaxshi o'tsin 🥰
DARS QILISHSIN

Dil tubida nolalar,
Ey amma -yu, holalar,
O‘ynamasdan telefon,
Dars qilishsin bolalar.

Maxkam bog‘lab belini,
Yodlab baytu she’rini,
Ko‘rmasdan *Gulperini
Dars qilishsin bolalar

Ochib kitob daftarin,
Misoli gul -nastarin,
Chiroyli qilib xatin,
Dars qilishsin bolalar.

Nima ko‘p zamonada,
,,Matoh"lar har yonada,
Televizor yo‘q xonada,
Dars qilishsin bolalar.

O‘yab o‘yla ,izla,top,
Baxslar qilishsin har bob,
Tik turmaydi bo‘m bo‘sh qop,
Dars qilishsin bolalar.

Ustozlari bo‘lar shod,
Kundalik bo‘lmas kasod,
Multfilmdan VOYDOD,
Dars qilishsin bolalar.

Keldi hush zamonalar,
To‘lsin kitobxonalar,
Aziz ota onalar,
Dars qilishsin bolalar.

Bir hazil she’r so‘zladim,
Rostmi yolg‘on so‘zlarim,
Haqiqatni ko‘zladim,
Dars qilishsin bolalar.
          
Xurshid Karim


https://t.me/uzimiznik_lar