🆕 Joriy yilning 21-22-noyabr kunlari BMT TD, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiralayotgan “
O‘zbekistondagi jamoalarning iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga keladigan tabiiy xavflarga chidamliligini oshirish uchun erta ogohlantirishning kompleks tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida Gidrometeorologiya xizmati agentligi bilan hamkorlikda seminar-trening tashkillashtirildi.
⚡️Tadbirda “
Yashil iqlim fondi” orqali olingan yuqori texnologiyali suv sarfi va tezligini o‘lchovchi
Geolux RSS-2-300WL uskunasi bo‘yicha ishlab chiqaruvchi korxona mutaxassislari tomonidan
Gidrometeorologiya xizmati Agentligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O'zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti va bir qator tegishli tizim tashkilot mutaxasislariga amaliy bilimlar berildi.
☄️Tadbir yakuni bo‘yicha ishtirokchilarga ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan sertifikatlar topshirildi.
#toshkent #uzgidromet #smenar #trening #iqlim_ozgarishi #yashil_iqlim_fondi #noyabrTelegram |
Facebook |
Instagram |
Youtube