Navoiy gidrometeorologiya boshqarmasi tarkibidagi atmosfera havosi ifloslanishini kuzatish labaratoriyasi xodimlari va tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi xodimlari hamkorligida viloyat tumanlarining atmosfera havosidan navbatdagi namunalar olinib, tahlillar o’tkazildi. Tahlil natijalariga ko’ra tumanlar atmosfera havosi tarkibida gazlar miqdori meyor atrofida ekanligi aniqlandi.
#navoiy #gidrometeorologiya #boshqarma #laboratoriya #atmosfera #ifloslanish #namuna #tahlil
#navoiy #gidrometeorologiya #boshqarma #laboratoriya #atmosfera #ifloslanish #namuna #tahlil
2022 yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli donli ekinlarning o‘sib rivojlanishini tahlil qilish va baholash maqsadida Navoiy gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli Qiziltepa agrometeorologik post kuzatuvchisi Qalandarova Muxayyo kuzatuv dalasida, yillik agrometeorologik reja asosida bug‘doy o‘simligida, oktabr oyining oxirgi o‘n kunligi uchun kuzatuv olib bordi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra bug‘doyda pastki poyalanish qismidan tuproq ustida poyalarning paydo bo‘lishi fazasi kuzatildi, bug‘doy o‘simligining balandligi o‘rtacha 13-15 sm ni, 1 kv metrdagi o‘simlik soni 278 tani tashkil qildi. Bug‘doy dalasini baholaganda yaxshi holatda ekanligi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkichlar 2020 yil va ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi.
#navoiy #gidrometeorologiya #boshqarma #agrometeorologiya #bugdoy #ekin #qiziltepa #reja #kuzatuv
#navoiy #gidrometeorologiya #boshqarma #agrometeorologiya #bugdoy #ekin #qiziltepa #reja #kuzatuv
Joriy yilning 2 noyabr kuni Prezidentimiz raisligida aholini uy-joy bilan ta'minlash, yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan video selektor yig'ilishida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko'chatlarni ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlar sonini oshirish bo'yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda Navoiy viloyatida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida Navoiy gidrometeorologiya boshqarmasi xodimlari va tizimdagi barcha meteostansiya va agrometeorologik postlarda "Dolzarb 40 kunlik" aksiyasi doirasida ko'chat ekish va obodonlashtirish tadbirlari olib borilmoqda.
#navoiy #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #yashil_makon #daraxtlar_ekish #loyiha
#navoiy #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #yashil_makon #daraxtlar_ekish #loyiha
O‘zgidromet markazi tomonidan bolajonlar uchun taqdim etilgan "yangi yil" sovg'alari Navoiy gidrometeorologiya boshqarmasida tantanali ravishda topshirildi. Bolalar quvonchiga quvonch ulashildi.
#navoiy #gidrometeorologiya #boshqarma #uzgidromet #rahbariyat #yangi_yil #sovga #tadbir
#navoiy #gidrometeorologiya #boshqarma #uzgidromet #rahbariyat #yangi_yil #sovga #tadbir
Qizilqumning sharqiy va shimoliy qismlarida joylashgan Navoiy gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli olis meteostansiyalari hodimlari farzandlariga ham "yangi yil" sovgalari boshqarma boshlig'i tomonidan yetkazildi. Bolajonlar quvonchiga quvonch ulashildi.
#navoiy #gidrometeorologiya #boshqarma #uzgidromet #rahbariyat #yangi_yil #sovga #tadbir
#navoiy #gidrometeorologiya #boshqarma #uzgidromet #rahbariyat #yangi_yil #sovga #tadbir
Navoiy gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli g'arbiy Qizilqumda joylashgan meteostansiyalar agrometeorologik kuzatuvchilari yaylov o'simliklarini holatini baholash maqsadida, aprel oyining uchinchi o'n kunligi uchun kuzatuvlar olib bordilar. Kuzatuv natijalariga ko'ra 2022 yilgi yaylov o'simliklarining rivojlanish bosqichlari ko'p yillik me'yoriy qiymatlarga yaqin, 2021 yildan 1,5-2 haftaga ilgari rivojlanmoqda.
#uzgidromet #viloyat #navoiy #agrometeorologiya #yaylov #mutaxassis #kuzatuv
#uzgidromet #viloyat #navoiy #agrometeorologiya #yaylov #mutaxassis #kuzatuv
🔷Gidrometeorologiya xizmati faoliyatini rivojlantirish, qishloq xo'jaligini isloh qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini ob-havo ma'lumotlari bilan sifatli ta'minlash hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4896 - sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Navoiy viloyati Navbahor tumanida yangi agrometeorologik post 👉ishga tushirildi. Ishsiz qishloq yoshlari ish bilan ta'minlandi.
#uzgidromet #viloyat #navoiy #agrometeorologiya #qaror #mutaxassis #kuzatuv
Telegram | facebook | Instagram | Youtube
#uzgidromet #viloyat #navoiy #agrometeorologiya #qaror #mutaxassis #kuzatuv
Telegram | facebook | Instagram | Youtube