Hydromet.uz
5.33K subscribers
10.3K photos
1.6K videos
4 files
8.9K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️is@meteo.uz

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-son Farmonining 7-bandiga movofiq, O‘zgidromet faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasini muvofiqlashtirish maqsadida Joriy yilning 28 mart kuni soat 12:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot kommunikatsiyalar agentligi tadbirlar zalida ☝️O‘zgidromet va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan jamoatchilik kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
✍️Barcha ommaviy axborot vakillari va blogerlarni taklif etamiz!

#uzgidromet #oaka #faoliyat #ochiqlik #farmon #jamoatchilik #kengash #yig‘ilish
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kengash_yigilishi

Joriy yilning 6-iyun kuni O‘zgidromet agentligi tarkibiy boshqarmalari va mustaqil bo‘lim boshliqlari hamda hududiy gidrometeorologiya markazlari boshliqlari ishtirokidagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qaror hamda farmonlari, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda O‘zgidromet agentligi buyruq va farmoyishlari ijrosi;

🔹Hududiy gidrometorologiya markazlarida sinoptik mutaxassislar faoliyatini tashkil etish masalalari;

🔹O‘zgidrometning 2024-yil uchun ixtisoslashtirilgan gidrometerologik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;

🔹O‘zgidromet direktori, direktor o‘rinbosari va maslahatchilarining hududlarga amalga oshirgan xizmat safarlari davomida berilgan topshiriqlar ijrosi;

🔹Gidrometeorologik kuzatuv tarmog‘ini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlari.

Shu bilan birga, yig‘ilishda barcha hududiy boshqarmalar va markaziy apparat boshqarma, bo‘lim boshliqlarining takliflari eshitildi, o‘zaro muhokamalar qilindi. Kelgusida bunday yig‘ilishlarni yana tashkil etib borishga kelishildi.