Hydromet.uz
5.39K subscribers
10.9K photos
1.62K videos
5 files
9.02K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️is@meteo.uz

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
Forwarded from O'zbekistonda ob-havo
☀️Бугун Ўзбекистон ҳудудига Эрон ҳудудларидан жуда илиқ ҳаво кириб келиши бошланади. Ҳаво ҳарорати 34-37° атрофида бўлади.
🔆🌤Дам олиш кунлари илиқ ҳаво кириб келиши кучаяди, жуда иссиқ об-ҳаво Ўзбекистоннинг барча ҳудудларини қамраб олади. Ҳаво ҳарорати 36-39° гача, шимолда, жанубда ва чўл ҳудудларида 40-42° гача кўтарилади. Республика бўйича асосан кам булутли об-ҳаво бўлиши кутилмоқда, фақат тоғли ҳудудларда куннинг иккинчи ярмида конвектив булутлилик ривожланиши билан баъзи жойларда қисқа муддатли ёмғир ёғиши, момақалдироқ бўлиши мумкин.

🔷Батафсил маълумот Ўзгидромет сайтида

#ўзбекистон #ўзгидромет #обҳаво #прогноз #иссиқ

Telegram | facebook | Instagram | Youtube
#munosabat

Ijtimoiy tarmoqda berilgan habarga  ko‘ra O‘zgidromet ma’lumotlarni to‘liq taqdim etmayotganligi haqidagi ma’lumot mutaxassislar tomonidan o‘rganildi. Unga ko‘ra saytda “Shaharlar bo‘yicha ma’lumotlar " bo‘limida to'rtta meteorologik stansiyalar: Toshkent, Nukus, Samarqand, Termiz bo‘yicha o‘tgan kecha-kunduz uchun meteorologik va iqlimiy ma’lumotlar joylashtirilgan.

Ushbu punktlar Jaxon ma’lumotlar tarmog‘i haritasida mavjudligi sababli, kuzatuvlarni 50yildan ko‘p ma’lumotlarini uzatuvchi xarita setkasida (100x100) joylashganligi bois, O‘zbekiston Respublikasi hududini eng to‘liq ma’lumotlar bilan qamrab olish uchun tanlab olingan. Ular mamlakatimizning shimoliy-g‘arbiy (Nukus), janubiy (Termiz), markaziy (Samarqand) hududlari va O‘zbekiston poytaxti (Toshkent) meteorologik sharoitlarini yoritadi.

📣OAV vakillari tomonidan so‘ralayotgan ushbu ma’lumotlar yangi rasmiy veb-saytga yangi ko‘rinishda joylanishini bosqichma-bosqich ta’minlanishini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, arxiv va analitik ma’lumotlar bo‘yicha so‘rov murojaatlar bo‘limiga kelib tushgandan so‘ng o‘rnatilgan tartibda taqdim etiladi.