Hydromet.uz
5.32K subscribers
11K photos
1.63K videos
5 files
9.04K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️is@meteo.uz

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
🔷Sinoptiklarning professional darajasini oshirish

Joriy yilning 21-sentabr kuni Meteorologik radarlarining imkoniyatlarini o'rganish bo’yicha trening boshlangani haqida 👉xabar bergan edik
☝️Bugun Meteorologik radiolokatorlarning (SRL) axborot imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha besh kunlik trening yakunlandi.

#uzgidromet #finlyandiya #meteorologiya #sinoptiklar #trening #sertifikat
_________

🔷Повышение профессионального уровня синоптиков-прогнозистов

👉Завершился пятидневный тренинг по изучению информационных возможностей метеорологических радиолокаторов (МРЛ).

#узгидромет #финландия #метеорология #синоптики #тренинг

Telegram | facebook | Instagram | Youtube
📌Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori va O‘zbekiston Respublikasining Jahon Meteorologiya Tashkilotidagi doimiy vakili Sh. Khabibullayev Finlyandiya Meteorologiya instituti tashkillashtirgan tadbirdagi ishtiroki haqida xabar bergan edik.

📍O‘zgidromet direktori Finlyandiya Meteorologiya Institutidagi ob-havo va xafvsizlik markazi (havo sifati laboratoriyasi xizmati hamda chaqmoqni aniqlash va namoyish qilish bo‘limlari) ga tashrif buyurdi va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

#uzgidromet #finlyandiya #jmt #meteorologiya #prognoz #tadbir

Telegram | facebook | Instagram | Youtube
📢 Bugundan yangi rubrika boshlaymiz!

Yangi rubrikamizda “Meteorologik atamalar” bilan tanishtirib boramiz.

‼️PROGNOZ (oldindan aytish) - atmosfera jarayonlarining kelajakdagi holatini, undagi o‘zgarishlarni oldindan aytish. Buning uchun hozirgi kundagi va o‘tmishdagi o‘zgarishlarni tahlil qilish yoki matematik hisoblash usullaridan foydalaniladi.

#meteorologiya #atamalar #prognoz #ob_havo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️Meteorologik atamalar” rubrikasining navbatdagi soni

📉Iqlimiy prognoz - iqlimshunoslik ma’lumotlari asosida berilgan uzoq muddatli ob-havo prognozi. Ko‘rilayotgan davr uchun (davr, oy, va boshqalar) meteorologik elementlarning holati va taqsimlanishi haqidagi, shuningdek, oldingi yillardagi kuzatishlarni statistik ishlovi natijasida olingan, ularning u yoki bu turining boshlanish ehtimoli haqidagi ma’lumotlar. Ob-havo prognozi sifatida qabul qilinishi mumkin.

#meteorologiya #atamalar #prognoz #ob_havo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☄️Yangiliklar yaratishda davom etamiz!
Bizda yana yangi rubrika - “Ijtimoiy so‘rovnomalar”

🎤Bugun biz aholimizdan “O‘zgidromet haqida” ma’lumot so‘radik. Javoblarni videorolikimizda ko‘rishingiz mumkin.

✔️Bizni kuzatishda davom eting. Keyingi so‘rovnomalarimizda to‘g‘ri javob berganlarga sovg‘alar ulashishni boshlaymiz!

#uzgidromet #ijtimoiy #sorovnoma #uzgidromet #ob_havo #meteorologiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Meteorologik atamalar” rubrikasi

📊Iqlimshunoslik- yer sharining turli tuman mintaqalaridagi iqlimni o‘rganadigan fan sohasi. Iqlimshunoslik iqlimni tashkil qiladigan jarayonlar natijasida va geografik omillar ta’sirida iqlimlar genezisini aniqlash, yer sharining viloyatlari iqlimini tavsiflash, tasniflash va ularning taqsimlanishi o‘tgan tarixiy va geologik (paleoiqlimshunoslik) davrlar iqlimini o‘rganish bilan shug‘ulanadi.
‼️Hozirgi vaqtda iqlimning o‘zgarish prognozini berish masalasi bilan ham shug‘ullanadi.

#meteorologiya #atamalar #prognoz #ob_havo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎤Ijtimoiy so‘rovnomalar” rubrikasi

Bugun biz sizlar bilan kecha aholimiz orasida o‘tkazgan so‘rovnomamizda bergan boshqa savollarimizga olgan javoblarimiz bilan bo‘lishamiz.

🎁 Eslatib o‘tamiz: Keyingi so‘rovnomalarimizda to‘g‘ri javob berganlarga sovg‘alar ulashishni boshlaymiz! Bizni kuzatishda davom eting.

#uzgidromet #ijtimoiy #sorovnoma #uzgidromet #ob_havo #meteorologiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Meteorologik atamalar” rubrikasi

🔼Nam havo - suv bug‘iga ega bo‘lgan havo. Havoda suv uch xil agregat holatlarda, ya’ni gaz, qattiq va suyuq holatlarda bo‘lishi mumkin. Havo namligi absolyut (mutlaq) va solishtirma namlik ko‘rinishida ifodalanadi.

#meteorologiya #atamalar #prognoz #ob_havo #nam #havo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️Meteorologik atamalar” rubrikasi

☄️Momaqaldiroq - chaqmoqda elektr razryadi (yashin) bilan kuzatiladigan tovush hodisasi. Momaqaldiroqning sababi yashin yo‘li bo‘ylab havoning isishi va natijada tezlik bilan kengayishidan kelib chiqadigan portlash to‘lqinidir. Tovush yashin yo‘lining har xil nuqtalaridan kuzatuvchiga bir vaqtda kelmasdan, balki bulut va yer sirtida bir necha marta qaytib har xil vaqtda kelgani uchun guldirash davomli bo‘ladi. Momaqaldiroq odatda 15-20 km. gacha eshitiladi.

#meteorologiya #atamalar #prognoz #ob_havo #momaqaldiroq
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM