Hydromet.uz
5.36K subscribers
10.9K photos
1.62K videos
5 files
9.02K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️is@meteo.uz

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
#LIVE #brifing
Ayni damda Bugun, O‘zgidromet va BMTTDning Adaptatsiya fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” qo‘shma loyihasining kengaytirilgan yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumati a’zosi Baxidjon Habibullayev, O‘zgidromet bosh direktori o‘rinbosari Ibratjon Karimov va BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovski tomonidan tabrik so‘zlari bilan ochib berildi.

#uzbekiston #uzgidromet #qoraqalpogiston #bmttd #qishloq_xojaligi #fermer #iqlim_ozgarishi #yigilish
Joriy yilning 24 noyabr kuni O‘zgidromet va BMTTD «O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” qo‘shma loyihasi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida ma’lumot berilgan edi. Mazkur yig‘ilish bo‘yicha batafsil ma’lumot rasmiy saytimizda

#uzbekiston #uzgidromet #qoraqalpogiston #bmttd #qishloq_xojaligi #fermer #iqlim_ozgarishi #yigilish
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tamonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Gidrometeorologiya boshqarmasi va stansiya, postlarida ishlovchi xodimlarning bolalari uchun berilgan Yangi yil sovg‘alari tantanali ravishla o‘z egalariga topshirildi. Bundan xodimlarimiz O‘zgidromet rahbariyatidan cheksiz mamnun ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

#qoraqalpogiston #gidrometeorologiya #boshqarma #uzgidromet #rahbariyat #yangi_yil #sovga #tadbir
#rasmiy_munosabat

⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 5-6 mart kunlari kuchli shamollar saqlanib qoladi

🌪2022 yil 4-5 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida 20-25 m/s tezlikdagi kuchli shamollar kuzatilib, ba’zi joylarda shamol tezligi 30 m/s gacha kuchaygan. Bundan avval Qoraqalpog‘iston hududlarida quruq
va iliq ob-havo kuzatilgan edi. Kuchli shamollar yerning qurigan yuzasidan qum va chang ko‘tarilishiga hamda ayrim joylarda ko‘rinuvchanlikning 180 m gacha kamayishiga olib keldi.

⚠️O‘zgidromet tomonidan ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, kuchli shamollar va chang to‘zonlar ko‘tarilishi haqida oldindan ogohlantirish berilgandi.

5 mart soat 13:00 holatiga respublika hududida yog‘ingarchilik yog‘moqda, bu esa o‘z navbatida qum va changli bo‘ronlarni atmosfera xavosiga ko‘tarilishini oldini oladi.

#rasmiy_munosabat #qumli_boron #shoshilinch_ogohlantirish #atmosfera_havosi #Qoraqalpogiston #kuchli_shamol #hudud