Hydromet.uz
5.37K subscribers
10.9K photos
1.62K videos
5 files
9.02K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️is@meteo.uz

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
❗️ShOShILINCh AXBOROT!

Joriy yilning 17 may kuni O‘zgidromet 18-23 may kunlari shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, hamda tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi haqida ogohlantirish 👉bergan edi.

⚠️20 may holatiga ko‘ra 21 mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 22 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 23-28 m/s ga yetishi mumkin. Ayrim joylarda shamol chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

☝️Yurtimiz aholisi va mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rishni, hamda mashinalarni daraxtlar va reklama taxtalari ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz.

#uzgidromet #shoshilinch_axborot #prognoz #may #harorat #sel #toshqin #shamol
Namangan Gidrometeorologiya boshqarmasi xabariga ko‘ra bugun ko‘plab tumanlarida yaqin soatlar ichida jala yog‘inlar yog‘ishi kutilmoqda.

⚠️O‘zgidromet bundan oldin 15-17 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv hodisalari yuzaga kelishi haqida shoshilinch axborot bergan edi.

🔊Tog‘ oldi va tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz.

#uzgidromet #shoshilinch_axborot #prognoz #iyun #harorat #sel #toshqin #shamol