2022 yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli donli ekinlarning o‘sib rivojlanishini tahlil qilish va baholash maqsadida Navoiy gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli Qiziltepa agrometeorologik post kuzatuvchisi Qalandarova Muxayyo kuzatuv dalasida, yillik agrometeorologik reja asosida bug‘doy o‘simligida, oktabr oyining oxirgi o‘n kunligi uchun kuzatuv olib bordi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra bug‘doyda pastki poyalanish qismidan tuproq ustida poyalarning paydo bo‘lishi fazasi kuzatildi, bug‘doy o‘simligining balandligi o‘rtacha 13-15 sm ni, 1 kv metrdagi o‘simlik soni 278 tani tashkil qildi. Bug‘doy dalasini baholaganda yaxshi holatda ekanligi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkichlar 2020 yil va ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi.
#navoiy #gidrometeorologiya #boshqarma #agrometeorologiya #bugdoy #ekin #qiziltepa #reja #kuzatuv
#navoiy #gidrometeorologiya #boshqarma #agrometeorologiya #bugdoy #ekin #qiziltepa #reja #kuzatuv