Hydromet.uz
5.38K subscribers
10.9K photos
1.62K videos
5 files
9.02K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️is@meteo.uz

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi “Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-585-son Qarori ijrosini ta’minlash va takomillashtirish maqsadida Toshkent viloyati gidrometeorologiya boshqarmasi gidrolog xodimlari xamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan birgalikda Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chki va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish borasidagi Toshkent viloyati hududida o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.

#toshkent #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #sel_oqimi #qor_kochki #hodisa #organish
2021 yil 17-18 dekabr kunlari A-373 “M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil va “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘llarining “Qamchiq” dovoni qismida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda “FVDqT boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarning hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi. O‘quv mashqida Namangan viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi boshlig‘i, boshqarma mas’ul hodimlari va “Qamchiq”, “Orzu”, “ Chodak” qor ko‘chki stansiyalari boshliqlari ishtiroq etishdi. O‘quv mashqi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan umumiy yig‘ilishda, A-373 “M-39 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil va “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘llarining “Qamchiq” dovoni qismida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha soha bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berishdi.

#namangan #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #sel_oqimi #qor_kochki