Hydromet.uz
5.33K subscribers
11K photos
1.63K videos
5 files
9.04K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️is@meteo.uz

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
Kuchli shamollar tufayli mavsumga hos bo'lmagan chang-qumli bo‘ron xodisalari

2021 yil 4 noyabr kuni O‘zbekiston hududiga Uraldan sovuq havo oqimlari kirib kelishi haqida O‘zgidromet sayti va ijtimoiy tarmoqlarida xabar berilgan

Sovuq front zonasida shamolning 12-15 m/s gacha, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 20-25 m/s gacha kuchayishi kuzatildi.

Shamol kuchayishining oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarildi va respublikaning bir qator tumanlarida ko‘rinuvchanlik 500-1000 m gacha pasayib, chang-qumli g‘ubor holatini keltirib chiqardi.
Atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oshdi
Ayni damda shamol tezligi 5-10 m/s va tunggi 24:00gacha prognoz qilinadi

#uzgydromet #shoshilich_axborot #sovuq #havo_oqimlari #shamol #kuchayishi #chang #qumli_gubor
#rasmiy_munosabat

Toshkentga qalin tuman tushdi. Atmosferada havoning kuchli sovishini keltirib chiqardi va namlikning kichik zarralarida qattiq mayda suspenziyalar mavjud bo'lib, ular suv tomchilari bilan birga yerga to'planadi. O‘zgidrometning havo ifloslanishini avtomatik monitoring olib borish stansiyalarining ma’lumotlariga ko‘ra, PM 10 ning miqdori 111,2 mkg/m3 ni tashkil etadi, bu O‘zbekistonda belgilangan maksimal ruxsat etilgan kontsentratsiyalarning (ruxsat etilgan konsentratsiyasi 500 mkg/m3) qiymatlaridan oshmaydi.

O'zgidromet hafta davomida tuman tushishi haqida ma'lumot bergan

#uzgydromet #shoshilich_axborot #sovuq #havo_oqimlari #shamol #kuchayishi #chang #toshkent #shahar #postlar #atmosfera #havo #modda #ifloslantiruvchi
⚠️ShOShILINCh AXBOROT

Hurmatli hamshaharlar, shahrimiz mexmonlari!

⚡️Toshkent shahrida yaqin 2 soat ichida kuchli momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ishi, shuningdek shamol tezligi 12-14 m/s kuchayishi kutilmoqda. Sizlardan ehtiyot choralarni ko‘rishlaringizni so‘rab qolamiz.

🚘 Haydovchilardan tezlik me’yoriga rioya qilgan holda ehtiyotkorlik bilan harakat qilishlarini, zarurat bo‘lmasa ushbu vaqt oralig‘ida avtomashinada xarakatlanishni imkon qadar cheklashlarini so‘rab qolamiz.

#uzgidromet #shoshilich_axborot #sel_kelish #ehtiyotkorlik #harakatlanish #kuchli_yomgirlar #momaqaldiroq #shamol_tezligi