Hydromet.uz
5.32K subscribers
11K photos
1.63K videos
5 files
9.04K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️is@meteo.uz

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
Xorazm gidrometeorologiya boshqarmasi Gurlan meteostansiyasi xodimlari belgilangan yillik rejaga asosan paxta dalalarida kuzatuv ishlarini olib borishdi.

#xorazm #gidrometeorologiya #boshqarmasi #gurlen #agrometeorologiya #goza #kuzatuv
2022 yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli donli ekinlarning o‘sib rivojlanishini tahlil qilish va baholash maqsadida Navoiy gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli Qiziltepa agrometeorologik post kuzatuvchisi Qalandarova Muxayyo kuzatuv dalasida, yillik agrometeorologik reja asosida bug‘doy o‘simligida, oktabr oyining oxirgi o‘n kunligi uchun kuzatuv olib bordi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra bug‘doyda pastki poyalanish qismidan tuproq ustida poyalarning paydo bo‘lishi fazasi kuzatildi, bug‘doy o‘simligining balandligi o‘rtacha 13-15 sm ni, 1 kv metrdagi o‘simlik soni 278 tani tashkil qildi. Bug‘doy dalasini baholaganda yaxshi holatda ekanligi aniqlandi. Ushbu ko‘rsatkichlar 2020 yil va ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi.

#navoiy #gidrometeorologiya #boshqarma #agrometeorologiya #bugdoy #ekin #qiziltepa #reja #kuzatuv
Buxoro gidrometeorologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan 2022 yil hosili uchun, noyabr oyida bug‘doy ekilgan maydonlarda avtomarshrut kuzatuvlari olib borilib, kuzgi boshoqli donli ekinlarni rivojlanish bosqichi, balandligi, zichligi, holati, zararlanishi, ekish sifati aniqlandi.

#buxoro #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #bugdoy #maydon #avtomarshrut #kuzatuv
Samarqand viloyati gidrometeorologiya boshqarmasi agrometeorologiya bo‘limi mutaxassislari 2021 yil noyabr oyi rejasi asosida bug‘doy ekilgan maydonlarda bug‘doyning rivojlanish fazasi, ekinlarning balandligi, qalinligi va holatini baholash bo‘yicha tekshirish ishlarini olib bordilar.

#samarqand #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #bugdoy #maydon #baholash #kuzatuv
Farg‘ona viloyati gidrometeorologiya boshqarmasi Sarikanda gidropostidan eng uzoq masofadagi sel xavfi mavjud joyida joylashgan 5 ta aholi yashash xonadonlaridan iborat bo‘lgan Qal’acha qishlog‘ining “Qal’acha-2 sel yo‘li”da nivelirlash ishlari olib borilmoqda.

#fargona #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #sarikanda #sel_xavfi #baholash #kuzatuv
Namangan viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga yangi zamonaviy bino topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 noyabrdagi PQ-4896 - son qaroriga asosan, Namangan viloyati gidrometeorologiya boshqarmasi hududida yangi zamonaviy bino qurilish ishlari tugatilib foydalanishga topshirildi.
Binonig ochilish marosimida Respublika Gidrometerologiya xizmati markazi Bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibulloxo‘jaev, tuman hokimi va sektor rahbarlari, mahalla faollari ishtirok etgan tadbir yuqori saviyada o‘tdi.
Yaratilgan shart-sharoitlar, islohotlar bilan tanishganlar chindan ham inson qadri uchun yo‘naltirilganiga yana bir karra ishonch hosil qildilar.

#namangan #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #yangi_bino #shart_sharoitlar #qurilish #kuzatuv
Norin tumani Uchtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Gidrologik post va biriktirilgan agrometeorologik postning yangi binosi ishga tushirilgani haqida ma’lumot bergan edik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 noyabrdagi farmonlariga asosan Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Namangan viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi tizimida ham yangi ob’ektlar qurib, foydalanishga topshirilmoqda.

👉PHOTO GALLERY

#namangan #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #yangi_bino #shart_sharoitlar #qurilish #kuzatuv
Farg‘ona viloyati gidrometeorologiya boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida Devayron sel yo‘lida nivelirlash ishlari olib borilmoqda.

#fargona #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #sarikanda #sel_xavfi #baholash #kuzatuv
Toshkent viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli Xojikent gidrologik stansiyasi xodimlari tomonidan Chotqol va Oqbuloq gidrologik postlarida nivelir nazorat ishlari olib borildi. Shuningdek, xodimlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida osma lyulkaning texnik holati tekshirildi va rejaga asosan suv sarfi o‘lchandi. Post kuzatuvchilariga mehnat muhofazasi bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar berildi.

#toshkent #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #chotqol #oqbuloq #suv_sarfi #baholash #kuzatuv
Toshkent viloyati gidrometeorologiya boshqarmasi agrometeorolog xodimlari Toshkent viloyati bo`ylab navbatdagi avtomarshrut kuzatuvlarini olib borishdi. Kuzatuv mobaynida viloyatda paxta va g`alla ekilgan maydonlarni zararlanishi, balandligi, qalinligini o`rganish ishlarini olib borildi.

#uzgidromet #viloyat #toshkent #dala #galla #goza #mutaxassis #kuzatuv

Telegram | facebook | Instagram | Youtube
Toshkent viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli G-1 Angren gildrometeorologik stansiya xodimlari tomonidan ketma-ket tinimsiz yog'inlardan so`ng Samarchuk gidrologik postida navabatdagi nazorat o`lchov ishlarini olib borishdi.

#uzgidromet #viloyat #toshkent #gidrologiya #post #olchov #mutaxassis #kuzatuv

Telegram | facebook | Instagram | Youtube
Navoiy gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli g'arbiy Qizilqumda joylashgan meteostansiyalar agrometeorologik kuzatuvchilari yaylov o'simliklarini holatini baholash maqsadida, aprel oyining uchinchi o'n kunligi uchun kuzatuvlar olib bordilar. Kuzatuv natijalariga ko'ra 2022 yilgi yaylov o'simliklarining rivojlanish bosqichlari ko'p yillik me'yoriy qiymatlarga yaqin, 2021 yildan 1,5-2 haftaga ilgari rivojlanmoqda.

#uzgidromet #viloyat #navoiy #agrometeorologiya #yaylov #mutaxassis #kuzatuv
O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2022 yil 11 yanvardagi 1-son buyrug‘ining ijrosini ta‘minlash maqsadida, Surxondaryo gidrometeorologiya boshqarmasining Gidrologiya bo‘limi, Denov Gidrostansiyasi va FVV bilan birgalikda Oltinsoy tumanida joylashgan Murob, Vaxshivor Bolalar oromgohi o‘rganib chiqildi va o‘rganish jarayonida tegishli ko‘rsatmalar berilib, dalolatnomalar tuzildi.

#uzgidromet #viloyat #fvv #gidrologiya #sel_toshqin #mutaxassis #kuzatuv
☝️Respublikamizning bazi joylarida sel xavfi kuzatilishi natijasida katta talofatlar yuzaga kelmoqda. Andijon viloyati gidrometeorologiya boshqarmasi o‘rinbosari D. O‘rmonov viloyatda 🔹sel xavfini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan viloyat ishchi guruhi bilan 17-18 may kunlari barcha 62 ta sel xavfi mavjud ob’ektlar o‘rganildi. O‘rganish natijasida daryo muhofaza zonalariga noqonuniy qurilayotgan bino inshootlarga vaqtida chek qo‘yildi. Yuqoridagi o‘rganishda Andijon gidrometeorologiya boshqarmasi pudratchi tashkilotlar bilan jami 100,0 mln so‘m miqdorida shartnomalgar tuzishga erishdi. O‘rganishlar davom etmoqda.

#uzgidromet #viloyat #andijon #gidrologiya #sel_toshqin #mutaxassis #kuzatuv
🔷Gidrometeorologiya xizmati faoliyatini rivojlantirish, qishloq xo'jaligini isloh qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini ob-havo ma'lumotlari bilan sifatli ta'minlash hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4896 - sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Navoiy viloyati Navbahor tumanida yangi agrometeorologik post 👉ishga tushirildi. Ishsiz qishloq yoshlari ish bilan ta'minlandi.

#uzgidromet #viloyat #navoiy #agrometeorologiya #qaror #mutaxassis #kuzatuv

Telegram | facebook | Instagram | Youtube