Hydromet.uz
5.39K subscribers
10.9K photos
1.62K videos
5 files
9.02K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️is@meteo.uz

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
Mamlakatimizda e’lon qilingan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi mevali va manzarali daraxtlar ekish “dolzarb 40 kunlik” jarayonlarida Sirdaryo viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi xodimlari ham uyushqoqlik bilan ko‘tarinkilik ruhda qatnashmoqdalar.

#sirdaryo #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #yashil_makon #daraxtlar_ekish #loyiha
Bugungi kunda yashil olamni saqlash va ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik bilan boshlash tashabbusi ilgari surildi.
Buxoro gidrometeorologiya boshqarmasi xodimlari ayni kunlarda meteostansiya va agrometeorologik postlarda mazkur aksiyada faol ishtirok etyaptilar.
Ayniqsa, 300 km uzoqlikdagi Qizil Ravot meteorologik stansiyasi yetakchilik qilyapti

#buxoro #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #yashil_makon #daraxtlar_ekish #loyiha
Joriy yilning 2 noyabr kuni Prezidentimiz raisligida aholini uy-joy bilan ta'minlash, yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan video selektor yig'ilishida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko'chatlarni ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlar sonini oshirish bo'yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda Navoiy viloyatida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida Navoiy gidrometeorologiya boshqarmasi xodimlari va tizimdagi barcha meteostansiya va agrometeorologik postlarda "Dolzarb 40 kunlik" aksiyasi doirasida ko'chat ekish va obodonlashtirish tadbirlari olib borilmoqda.

#navoiy #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #yashil_makon #daraxtlar_ekish #loyiha
Buxoro gidrometeorologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan 2022 yil hosili uchun, noyabr oyida bug‘doy ekilgan maydonlarda avtomarshrut kuzatuvlari olib borilib, kuzgi boshoqli donli ekinlarni rivojlanish bosqichi, balandligi, zichligi, holati, zararlanishi, ekish sifati aniqlandi.

#buxoro #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #bugdoy #maydon #avtomarshrut #kuzatuv
Samarqand viloyati gidrometeorologiya boshqarmasi agrometeorologiya bo‘limi mutaxassislari 2021 yil noyabr oyi rejasi asosida bug‘doy ekilgan maydonlarda bug‘doyning rivojlanish fazasi, ekinlarning balandligi, qalinligi va holatini baholash bo‘yicha tekshirish ishlarini olib bordilar.

#samarqand #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #bugdoy #maydon #baholash #kuzatuv
Farg‘ona viloyati gidrometeorologiya boshqarmasi Sarikanda gidropostidan eng uzoq masofadagi sel xavfi mavjud joyida joylashgan 5 ta aholi yashash xonadonlaridan iborat bo‘lgan Qal’acha qishlog‘ining “Qal’acha-2 sel yo‘li”da nivelirlash ishlari olib borilmoqda.

#fargona #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #sarikanda #sel_xavfi #baholash #kuzatuv
Farg‘ona gidrometeorologiya boshqarmasi TMIMKL xodimlari Farg‘ona viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari bilan ifloslantiruvchi manbalar monitoringi dasturiga kiritilgan rejaga asosan yer ustki suv havzalaridan hamkorlikda namunalar olinib, fizik-kimyoviy suv tahlili ishlarini bajardilar. Boshqa ifloslantiruvchi ingridientlar tahlili ishlarini bajarish va tahlil natijalarini solishtirishga kelishib oldilar.

#fargona #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #atmosfera_havosi #suv_namunasi #tahlil #kuzatish
Namangan viloyati gidrometeorologiya boshqarmasiga yangi zamonaviy bino topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 noyabrdagi PQ-4896 - son qaroriga asosan, Namangan viloyati gidrometeorologiya boshqarmasi hududida yangi zamonaviy bino qurilish ishlari tugatilib foydalanishga topshirildi.
Binonig ochilish marosimida Respublika Gidrometerologiya xizmati markazi Bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibulloxo‘jaev, tuman hokimi va sektor rahbarlari, mahalla faollari ishtirok etgan tadbir yuqori saviyada o‘tdi.
Yaratilgan shart-sharoitlar, islohotlar bilan tanishganlar chindan ham inson qadri uchun yo‘naltirilganiga yana bir karra ishonch hosil qildilar.

#namangan #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #yangi_bino #shart_sharoitlar #qurilish #kuzatuv
Norin tumani Uchtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Gidrologik post va biriktirilgan agrometeorologik postning yangi binosi ishga tushirilgani haqida ma’lumot bergan edik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 noyabrdagi farmonlariga asosan Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Namangan viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi tizimida ham yangi ob’ektlar qurib, foydalanishga topshirilmoqda.

👉PHOTO GALLERY

#namangan #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #yangi_bino #shart_sharoitlar #qurilish #kuzatuv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi “Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-585-son Qarori ijrosini ta’minlash va takomillashtirish maqsadida Toshkent viloyati gidrometeorologiya boshqarmasi gidrolog xodimlari xamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan birgalikda Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chki va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish borasidagi Toshkent viloyati hududida o‘rganish ishlarini olib borishmoqda.

#toshkent #gidrometeorologiya #boshqarma #meteostansiya #sel_oqimi #qor_kochki #hodisa #organish