Hydromet.uz
5.32K subscribers
10.1K photos
1.59K videos
4 files
8.84K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️is@meteo.uz

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
☝️Joriy yilning 21 fevral kuni O‘zgidromet mutaxassislari ishtirokida Qishloq xo‘jaligi vazirligida agrar sohada malaka va tajriba almashish hamda O‘zgidromet markazi tomonidan qanday xizmat turlariga ehtiyoj borligi haqidagi masalalar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔷Uchrashuvda paxtachilik, g‘allachilik, meva-sabzavotchilik bo‘yicha mutaxassislar bilan birgalikda sohaga oid masalalar ustida bahs olib borildi va hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.

#uzgidromet #qishloq_xojalik #mutaxasis #meva_sabzavot #bogdorchilik #uchrashuv
🔷Joriy yilning 23 fevral kuni Sirdaryo viloyati Gidrometeorologiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Xaydarov hamda agrometeorologlar U.Raxmonqulov va F.Axmedjanovalar Sirdaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Umarov, Paxtachilik bo‘limi boshlig‘i L.Boyqo‘ziev, G‘allachilik bo‘limi boshlig‘i M.Xo‘djamov hamda Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi bo‘limi boshlig‘i O.Xudoynazarovlar bilan hamkorlikda tajriba almashish, hozirgi yangi turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘rganish va sohaga yangi turdagi ekinlarni kiritish, agrometeorologiya sohasini tubdan rivojlantirish, agro klasterlar va fermer xo‘jaliklarini xizmat turlariga jalb etish bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.
Shuningdek, uchrashuvda har oyda rejaga asosan paxta va g‘alla maydonlarida olib boriladigan o‘rganish ishlarini hamkorlikda amalga oshirishga kelishildi.

#uzgidromet #sirdaryo #qishloq_xojalik #mutaxasis #meva_sabzavot #bogdorchilik #uchrashuv
☝️🎄“Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarida
🔷O‘zgidrometning viloyat Gidrometeorologiya boshqarmalari jumladan, Buxoro, Surxondaryo hamda Qaraqalpog‘iston Respublikasi gidrometeorologiya boshqarmasi xodimlari faol qatnashmoqdalar. “Yashil makon” umummilliy loyihasi o‘zimiz yashab turgan ona tabiatni, ekologik vaziyatning yaxshilinishiga ahamiyatli qadamlardan biri hisoblanadi. Loyiha doirasida xodimlarimiz tamonidan boshqarma binosi atrofi tozalanib, manzarali va mevali daraxtalar ekilib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. 🎄“Yashil makon” umummilliy loyihasi viloyat boshqarmalariga qarashli meteostansiyalar, gidrologiya va agrometeorologiya postlarida qizg‘in davom ettiriladi.

#uzgidromet #viloyat #yashil_makon #loyiha #mutaxassis #bogdorchilik #daraxt
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 1 martidan joylarda "Yashil yillik", "Yashil makon" umummilliy tadbiri e'lon qilindi. Shu jumladan Navoiy viloyatida ham ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash hamda hududlarni obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish maqsadida Navoiy gidrometeorologiya boshqarmasi va tizimdagi hududiy meteostansiyalarda gul va daraxt ko'chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi. Kelgusida ham ushbu savobli ish, daraxt va ko'chatlarni ekish rejalashtirilmoqda.

#uzgidromet #viloyat #yashil_makon #loyiha #mutaxassis #bogdorchilik #daraxt

Telegram | facebook | Instagram | Youtube
Surxоndaryo gidrometeorologiya boshqarmasiga qarashli Denov gidrometeorologik stansiyasining kuzatuv dala maydonida gʻoʻza ekini 8-aprel kuni ekildi, 12-aprel kuni urugʻ boʻrtishi kuzatildi, 18-apreldadan boshlab unib chiqish fazasiga o‘tdi.

#uzgidromet #viloyat #denov #dala #mutaxassis #bogdorchilik #goza
Andijon viloyati gidrometeorologiya boshqarmasi Ulugnor meteostansiyasida qishloq xo‘jaligiga oid ekinlari ekildi va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

#uzgidromet #viloyat #andijon #ekin #mutaxassis #bogdorchilik
🍀Yashil makon umummilliy loyihasi doyirasida Qoraqalpog’iston Respublikasi gidrometerologiya boshqarmasiga qarashli Taxtako’pir meteorologiya stansiyasi xodimlari tamonidan meteostansiya atirofida joylashgan tomorqa maydonlariga 210 dona intensiv olma, shaftoli, o’rik, nok, va boshqa turdagi mevali daraxtlar ekildi. Ekilgan meva daraxtlarni doyimiy sug’orish uchun tomchilatib sug’orish texnologiyasi o’rnatilib ishga tushirildi.

#uzgidromet #viloyat #yashil_makon #loyiha #mutaxassis #bogdorchilik #daraxt