Hydromet.uz
5.23K subscribers
10.7K photos
1.61K videos
5 files
8.98K links
Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Olingan xabarlarda bizning manba ko‘rsatilsin!

100052, Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72

📞55 5052120
✉️is@meteo.uz

https://hydromet.uz
fb.com/uzhydromet
www.instagram.com/hydromet.uz
Download Telegram
#hududlar_faoliyati

🌍 “Yer kuni” doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Gidrometeorologiya markazida  “Sayyoramiz soati” respublika aksiyasi o‘tkazildi hamda 1 soatga chiroq va texnikalar elektr tokidan uzildi.

💠 Vaqtni foydali o‘tkazish maqsadida xodimlar gullarni parvarishlashdi, toza havoda sayr qilishdi va turli kitoblarni mutolaa qilishdi.
#hududlar

Navoiy viloyatining cho‘l-yaylov hududlarida tog‘ lolalarining gullash fazasi boshlangani kuzatildi.
#hududlar

Qashqadaryo viloyati Gidrometeorologiya markaziga qarashli aviameteorologik stansiyasining Qarshi Xalqaro aeroportiga xizmat ko‘rsatib kelayotgan KRAMS-4 asbob-uskunalar ishlash holati tekshirilib qiyoslash o‘tkazilmoqda.
#hududlar_faoliyati

Andijon meteorologik stansiyasi xodimlari hindistonlik mutaxassislar bilan birgalikda Andijon xalqaro aeroportidagi meteorologik datchiklarni tekshiruvdan o‘tkazib, talablarga moslashtirish ishlarini amalga oshirdilar.
#hududlar_faoliyati

Joriy yilning 23-aprel kuni Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi raisining 2024-yil 29-fevraldagi 11-sonli bayoni ijrosini ta’minlash hamda 20-21-aprelda  bo‘lib o‘tgan sel oqibatlarini bartaraf etish va kelgusida ularning  oldini olishga qaratilgan o‘quv  amaliy taktik mashg‘ulotlar  o‘tkazildi.
#hududlar_faoliyati

Joriy yilning 6-may kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilari uchun “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Mazkur yarmarkada Qoraqalpoq Gidrometeorologiya markazi xodimlari ishtirok etmoqdalar va bitiruvchilarni markaz ish faoliyati bilan tanishtirmoqdalar.
#hududlar

Andijon viloyati Xonobod stansiyasi, soat 14:00

Havo harorati: 27.9 °C
Havo namligi: 34.4%
Shamol tezligi: 4.1m/s
Shamol yoʻnalishi: 350°
#live #hududlar

Ayni vaqtda Finlyandiya meteorologiya instituti mutaxassislari bilan hamkorlikda hududlarda Chaqmoq hodisasini avtomatlashtirilgan tizim orqali kuzatishni tashkil etish maqsadida Farg‘ona gidrometeorologiya markazining Quva meteostansiyasida maxsus portativ uskuna yordamida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
#hududlar_faoliyati
#tadbir

Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Qashqadaryo viloyati Gidrometeorologiya markaziga ekskursiyaga tashrif buyurdilar.

O‘quvchilarga Qashqadaryo viloyati Gidrometeorologiya markazi bosh mutaxassisi A.Tojiyev tomonidan gidrologik va meteorologik jarayonlar, ularni monitoringini olib borish, gidrometeorologik ma’lumotlarning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ahamiyati, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan gidrologik postlar, meteorologik stansiyalar va ulardagi zamonaviy uskunalarning ishlashi tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlar_faoliyati

Samarqand shahar ixtisoslashtirilgan Prezident maktabi o‘quvchilari Samarqand viloyati Gidrometeorologiya markazida tabiiy fanlar bo‘yicha amaliy dars o‘tish uchun keldilar.

Markaz mutaxassislari o‘quvchilarni meteorologik maydoncha va u yerdagi asbob-uskunalar bilan tanishtirdilar.

Amaliy dars davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.