UzFHM
4.02K subscribers
4.24K photos
246 videos
1.55K links
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasmiy kanali

Instagram sahifamiz: https://instagram.com/uzfhm?igshid=ZDdkNTZiNTM=
Download Telegram
⚽️Proliga–2026: 4-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing.

O‘zbekiston Proligasining 2026-yilgi mavsumi 4-tur bahslarini boshqarib boruvchi hakamlar jamoalari tayinlandi.

📋 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar — yuqoridagi grafikada.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 “Lokomotiv” — “Navbahor” uchrashuvida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha ekspert hakamlar guruhi xulosasi.

Superliga doirasidagi “Lokomotiv” — “Navbahor” uchrashuvining 16-daqiqasida “Navbahor” futbolchisi raqib jamoaning jarima maydonchasi ichida yiqildi. Mazkur vaziyatda bosh hakam tomonidan penalti belgilandi. VAR tomonidan vaziyat ko‘rib chiqilib, qaror tasdiqlandi.

Tahlilga ko‘ra, himoyachi hujumchining erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan. Hujumchi to‘pga faol harakat qilayotgan paytda ushbu kontakt yuzaga kelgan va bu qoidabuzarlik sifatida baholanadi.

Ekspert hakamlar guruhi bosh hakam tomonidan penalti belgilanishi to‘g‘ri qaror bo‘lganini qayd etdi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝 Oʻzbekistonlik hakamlar OChL-2 chorak finalida ishlaydi.

Ertaga Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan “Al-Vasl” (BAA) — “Al-Nassr” (Saudiya Arabistoni) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahsda o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi faoliyat olib boradi.

Bosh hakam sifatida Rustam Lutfullin, yordamchi hakamlar sifatida Akmal G‘iyosov va Sanjar Shoyusupov ishlaydi. VAR hakami — Ahrol Risqullayev.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝 Oʻzbekiston vakillari sohil futboli boʻyicha Osiyo kubogida faoliyat olib boradi.

2026-yil 22–30-aprel kunlari Xitoyda sohil futboli boʻyicha Osiyo kubogi boʻlib oʻtadi. Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston vakillari ham ishtirok etadi.

Musobaqada Nayim Qosimov bosh hakam sifatida uchrashuvlarni boshqarib borsa, Baxtiyor Namozov hakamlar instruktori sifatida faoliyat yuritadi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝 Oʻzbekistonlik hakamlar Elit Chempionlar ligasi yarim finalida ishlaydi.

Bugun bo'lib o'tadigan Elit Chempionlar ligasi yarim final uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Ushbu bahsda Yaponiyaning “Vissel Kobe” hamda Saudiya Arabistonining “Al Ahli” jamoalari oʻzaro kuch sinashadi. Ushbu bahsda oʻzbekistonlik hakamlar jamoasi unda faoliyat olib boradi.

Bosh hakam sifatida Ilgiz Tantashev, yordamchi hakam sifatida Andrey Sapenko, AVAR hakami sifatida esa Firdavs Norsafarov ishlaydi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️Superliga-2026: 9-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing.

Superliganing 9-tur o‘yinlarini boshqarib boruvchi hakamlar jamoalari va komissarlar tayinlandi.

🗓 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar yuqoridagi grafikada ko‘rsatilgan.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 Hakamlar akademiyasining 2-moduli doirasidagi dastlabki nazariy va amaliy mashg‘ulotlar bugundan boshlandi.

Nazariy mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarga o‘yin epizodlarini tahlil qilish, qaror qabul qilish jarayonlari hamda hakamlik mezonlari yuzasidan darslar o‘tilmoqda.

Shuningdek, 21-apreldan Farg‘ona viloyatida O‘FA tasarrufidagi futbol maktablarining 2011-yilda tug‘ilgan futbolchilari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati uchrashuvlari boshlanadi. Mazkur musobaqalarda Hakamlar akademiyasi tinglovchilari uchrashuvlarni boshqarish orqali amaliy tajriba orttiradi.

Bu kabi yondashuv yosh hakamlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularni professional darajaga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 Hakamlar qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish davomida hakamlikni rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Superliga va Proliga uchrashuvlari davomida hakamlar faoliyati bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi.

Kun tartibidagi birinchi masala:

Hakamlikni rivojlantirish yoʻnalishida OʻzFHM tasarrufida tashkil etilgan Hakamlar akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish, jumladan, nazariy va amaliy mashgʻulotlarni sifatli tashkil etish, yosh hakamlar uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularning oʻz ustida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash, respublika musobaqalari davomida mahorat va tajriba orttirishlariga koʻmaklashish, shuningdek, chet tillarini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratish masalalari qayd etildi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala:

Superliga uchrashuvlari davomida ayrim hakamlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatoliklar tahlil qilindi.

Xususan, Superliga 5-turi doirasidagi “Surxon” – “Buxoro” uchrashuvi bosh hakami Firdavs Norsafarov oʻyin qoidalarini bir xil mezonda qoʻllamaganligi, 6-turi doirasidagi “Andijon” – “Navbahor” uchrashuvi bosh hakami Nayim Qosimov tomonidan “Andijon” jamoasi bosh murabbiyiga nisbatan yetarli darajada qatʼiy choralar koʻrilmagani, shuningdek, 6-turda “Qoʻqon-1912” – “Nasaf” uchrashuvida bosh hakam Rustam Lutfullin va VAR hakami Ibrohim Ismoilov tomonidan qoʻpol xatoliklarga yoʻl qoʻyilgani qayd etildi.

Hakamlar qoʻmitasi qaroriga koʻra, aniqlangan kamchiliklar uchun Nayim Qosimov va Firdavs Norsafarov ogohlantirildi.

“Qoʻqon-1912” – “Nasaf” bahsini boshqarib borgan bosh hakam Rustam Lutfullin hamda VAR hakami Ibrohim Ismoilov yoʻl qoʻygan xatolari uchun Superliga, Proliga va Oʻzbekiston kubogi bahslaridan birinchi davra yakuniga qadar chetlashtirildi. Shuningdek, har ikki hakam Birinchi ligaga tushirildi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM