UzFHM
3.73K subscribers
4.17K photos
246 videos
1.53K links
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasmiy kanali

Instagram sahifamiz: https://instagram.com/uzfhm?igshid=ZDdkNTZiNTM=
Download Telegram
⚽️ Shavkat Nasibullayev va Akobirxoʻja Shukurullayev Superligada 100 o'yinni bosh hakam sifatida boshqarib bordi.

Tajribali hakamlarimiz Shavkat Nasibullayev va Akobirxoʻja Shukurullayev Oʻzbekiston Superligasida 100 tadan oʻyin boshqargan hakamlar roʻyxatiga kirdi.

🗒 Yuqoridagi grafikada ularning toʻliq statistikasi bilan tanishishingiz mumkin.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonlik hakamlar yana bir nufuzli uchrashuvda munosib ishtirok etdi.

Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi kecha bo‘lib o‘tgan Elit Chempionlar Ligasi finalida — “Machida” va “Al Ahli” jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi bahsni yuqori saviyada boshqarib bordi.

Uchrashuvda hakamlarimiz: Ilgiz Tantashev (bosh hakam), Andrey Sapenko (yordamchi hakam) va Firdavs Norsafarov (AVAR) faoliyat olib bordi va munosib tarzda taqdirlandi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 Ayollar Oliy ligasi: 3-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing.

Ayollar Oliy ligasining 3-tur o‘yinlarini boshqarib boruvchi hakamlar jamoalari va komissarlar tayinlandi.

🗓 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar yuqoridagi grafikada ko‘rsatilgan.

Ma'lumot uchun, "Paxtakor-W" va "Sevinch" jamoalari o'rtasidagi bahs qoldirildi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 Ekspert hakamlar guruhi xulosasi.

Championat.asia internet nashrida e’lon qilingan maqolada rossiyalik ekspert tomonidan “Navbahor” — “So‘g‘diyona” uchrashuvida bekor qilingan gol yuzasidan tahlil berilib, ushbu vaziyatda ofsayd holati aniqlanmagani ta’kidlangan.

Mazkur epizod Ekspert hakamlar guruhi, ya’ni FIFA, OFK hamda mahalliy tajribali instruktorlar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. Olib borilgan tahlillar natijasida bosh hakam tomonidan qabul qilingan qaror to‘g‘ri ekani tasdiqlandi. Tahlilga ko‘ra, to‘p uzatilgan paytda hujum qilayotgan jamoa futbolchisi ofsayd holatida bo‘lgan.

Ushbu vaziyatga batafsil to‘xtaladigan bo‘lsak, uchrashuvning 52-daqiqasida mehmonlar tomonidan kiritilgan gol VAR aralashuvi orqali tekshirildi. VAR tavsiyasiga asosan epizod qayta ko‘rib chiqilib, to‘p uzatilgan paytda gol muallifi ofsayd holatida bo‘lgani aniqlandi. Shundan kelib chiqib, bosh hakam tomonidan golni bekor qilish qarori qabul qilindi.

Taqdim etilgan chizmalarda “Navbahor” jamoasi futbolchisining yelkasidan ko‘k chiziq, “So‘g‘diyona” jamoasi futbolchisining yelkasidan esa qizil chiziq tortilgani ko‘rish mumkin. Mazkur holatda hujum qilayotgan jamoa futbolchisining yelkasi darvozaga yaqinroq joylashgani sababli ofsayd holati qayd etilgan.

Shuningdek, mazkur maqolada “Xorazm” — “Neftchi” uchrashuvining 63-daqiqasida yuzaga kelgan vaziyat ham tahlil qilingan.

Mazkur epizod ham FIFA, OFK hamda mahalliy tajribali instruktorlar tomonidan tahlil qilindi. Xulosaga ko'ra, mehmon jamoasi futbolchisi to‘p uchun kurash jarayonida oyog‘ini yuqoriroq ko‘targan holda harakat qilgan va raqib futbolchining oyog‘iga yengil kontakt yuzaga kelgan. Biroq ushbu vaziyatda qo‘pollik holati kuzatilmagan.

Shu bois, mazkur holat qoidabuzarlik sifatida baholanmaydi va o‘yinni davom ettirish qarori to‘g‘ri deb topiladi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 Ayni paytda davom etayotgan “Mash’al” — “Buxoro” o’yinini boshqarib borayotgan Shavkat Nasibullayevga Superligadagi 100 o‘yinni boshqarib borgani munosabati bilan esdalik sovg‘asi topshirildi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Proliga–2026: 6-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing.

O‘zbekiston Proligasining 2026-yilgi mavsumi 6-tur bahslarini boshqarib boruvchi hakamlar jamoalari tayinlandi.

📋 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar — yuqoridagi grafikada.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Birinchi liga 4-turida ishlovchi rasmiylar bilan tanishing.

👉 Batafsil

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 O‘zbekiston ayollar Oliy ligasi 1–2-tur uchrashuvlari tahlili o‘tkazildi.

Bugun Zoom platformasi orqali O‘zbekiston ayollar Oliy ligasining 1–2-tur uchrashuvlariga bag‘ishlangan tahlil yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqada faoliyat olib borayotgan hakamlar ishtirok etdi.

Mazkur tur o‘yinlari bo‘yicha tahlillar Vladislav Seytlin, Timur Galeev hamda Edita Mirabidova tomonidan olib borildi.

Yig‘ilish davomida uchrashuvlarda kuzatilgan bahsli vaziyatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir epizod yuzasidan hakamlar qarorlari tahlil qilinib, to‘g‘ri yondashuv va qaror qabul qilish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM