UzFHM
4.03K subscribers
4.24K photos
246 videos
1.55K links
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasmiy kanali

Instagram sahifamiz: https://instagram.com/uzfhm?igshid=ZDdkNTZiNTM=
Download Telegram
📋 “Neftchi” — “Nasaf” uchrashuvida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha Ekspert hakamlar guruhi xulosasi.

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan “Neftchi” — “Nasaf” uchrashuvining 5-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi to‘pni bosh bilan jamoadoshiga uzatgan. Epizod davomida to‘pni qabul qilib, darvozani ishg‘ol etgan futbolchi ofsayd holatida bo‘lgan.

Ekspert hakamlar guruhi xulosasiga ko‘ra, mazkur vaziyatda bosh
hakam tomonidan qayd etilgan ofsayd qarori to‘g‘ri hisoblanadi. Shu sababli kiritilgan golning bekor qilinishi to‘g‘ri qaror sifatida baholangan.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️Proliga–2026: 4-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing.

O‘zbekiston Proligasining 2026-yilgi mavsumi 4-tur bahslarini boshqarib boruvchi hakamlar jamoalari tayinlandi.

📋 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar — yuqoridagi grafikada.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📋 “Lokomotiv” — “Navbahor” uchrashuvida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha ekspert hakamlar guruhi xulosasi.

Superliga doirasidagi “Lokomotiv” — “Navbahor” uchrashuvining 16-daqiqasida “Navbahor” futbolchisi raqib jamoaning jarima maydonchasi ichida yiqildi. Mazkur vaziyatda bosh hakam tomonidan penalti belgilandi. VAR tomonidan vaziyat ko‘rib chiqilib, qaror tasdiqlandi.

Tahlilga ko‘ra, himoyachi hujumchining erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan. Hujumchi to‘pga faol harakat qilayotgan paytda ushbu kontakt yuzaga kelgan va bu qoidabuzarlik sifatida baholanadi.

Ekspert hakamlar guruhi bosh hakam tomonidan penalti belgilanishi to‘g‘ri qaror bo‘lganini qayd etdi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝 Oʻzbekistonlik hakamlar OChL-2 chorak finalida ishlaydi.

Ertaga Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan “Al-Vasl” (BAA) — “Al-Nassr” (Saudiya Arabistoni) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahsda o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi faoliyat olib boradi.

Bosh hakam sifatida Rustam Lutfullin, yordamchi hakamlar sifatida Akmal G‘iyosov va Sanjar Shoyusupov ishlaydi. VAR hakami — Ahrol Risqullayev.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝 Oʻzbekiston vakillari sohil futboli boʻyicha Osiyo kubogida faoliyat olib boradi.

2026-yil 22–30-aprel kunlari Xitoyda sohil futboli boʻyicha Osiyo kubogi boʻlib oʻtadi. Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston vakillari ham ishtirok etadi.

Musobaqada Nayim Qosimov bosh hakam sifatida uchrashuvlarni boshqarib borsa, Baxtiyor Namozov hakamlar instruktori sifatida faoliyat yuritadi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝 Oʻzbekistonlik hakamlar Elit Chempionlar ligasi yarim finalida ishlaydi.

Bugun bo'lib o'tadigan Elit Chempionlar ligasi yarim final uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Ushbu bahsda Yaponiyaning “Vissel Kobe” hamda Saudiya Arabistonining “Al Ahli” jamoalari oʻzaro kuch sinashadi. Ushbu bahsda oʻzbekistonlik hakamlar jamoasi unda faoliyat olib boradi.

Bosh hakam sifatida Ilgiz Tantashev, yordamchi hakam sifatida Andrey Sapenko, AVAR hakami sifatida esa Firdavs Norsafarov ishlaydi.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️Superliga-2026: 9-tur uchrashuvlari rasmiylari bilan tanishing.

Superliganing 9-tur o‘yinlarini boshqarib boruvchi hakamlar jamoalari va komissarlar tayinlandi.

🗓 Barcha o‘yinlar uchun tayinlovlar yuqoridagi grafikada ko‘rsatilgan.

⚽️ t.me/uzfhm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM